
Hikmatlar Xazinasi 🍃
Ustoz: " Bu besh kunlik dunyo "qachon tugaydi?
Shogird kulib: Juma kunida, ustoz.
Ustoz: O‘zing hech narsaga tushinmading, lekin javobing to‘g‘ri.
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Men bir ruhning ne chog'lik kuchli
ekanini uning qancha haqiqatni
ko'tara olishi bilan o'lchayman.
Fridrich Nietzsche
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Jim turuvchi ko‘pchilik
Haydar Jamol: …Eng quyi pog‘onada jim turuvchi ko‘pchilik turadi — megapolis changi. Bular ajdodlari qishloqlarda yashagan, ammo katta shaharlarga uloqtirib yuborilgan, yo‘lini yo‘qotgan millionlab odamlardir. Ular o‘zlariga xos diskursga ega emaslar va boshqalarning diskursini ham tushunmaydilar. Ular televizor tomosha qiladilar, u yerda ko‘rgan narsalari ularni jahlini chiqaradi, chunki ular buni tushunmaydilar. Bu esa ularda tobora kuchayib borayotgan g‘azabni keltirib chiqaradi. Aynan shu g‘azabdan boshqa klublar foydalanadi.
#manqurt
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
🎁
"2+1" AKSIYA BOSHLANDI!
Assalomu alaykum, qadrli kitobxonlar!
Endi istalgan 2 ta kitobni xarid qilsangiz, sizga 65 000 so‘mlik kitob HADYA!
🎉
🎁
Hadya kitob 4 xil chiroyli sovg‘a qadoqlaridan biri bilan taqdim etiladi. O‘zingiz uchun ham, yaqinlaringizga sovg‘a sifatida ham ajoyib tanlov!
⚠️
Aksiya uchun ajratilgan kitoblar soni atigi 500 dona.
Shoshiling, aksiya kitoblar tugaguniga qadar amal qiladi!
📦
Buyurtma berish:
@TaskinKitob
📞
+998 93 523 12 33
📍
Manzil:
Yunusobod, Shahriston metro, Chinobod ko‘chasi 2-uy
🌿
Taskin Kitoblar — qalbingizga taskin beruvchi kitoblar.
🎁
TASKIN KITOBLARDA “2+1” AKSIYASI!
Siz kutgan, kitob javoningizni boyitadigan va kayfiyatingizni ko‘taradigan vaqt keldi!
Taskin Kitoblar do‘konidan O‘ZINGIZ ISTAGAN 2 ta kitobni xarid qiling va qiymati 65 000 so‘m bo‘lgan, tafakkuringizni sayqallovchi ajoyib kitobni MUTLAQO TEKIN/HADYA sifatida qo‘lga kiriting!
✨
Bu shunchaki sovg‘a emas...
Hadya qilinadigan kitob maxsus 5 xil bayramona va chiroyli o‘ramda (shokolad qilib
🍫
) qadoqlangan bo‘ladi. Kitobning o‘zi bir yutuq bo‘lsa, uning estetik o‘rami sizga yana bir olam quvonch bag‘ishlaydi! O‘zingizga yoki yaqiningizga ajoyib tuhfa.
🚨
MUHIM ESLATMA: Aksiya uchun ajratilgan hadyabop kitoblar soni cheklangan — atigi 500 dona! Ulgurib qoling, kitoblar tugab qolishi mumkin.
📲
Buyurtma berish va bog‘lanish:
Aksiyada qatnashish va kitoblarni tanlash uchun hoziroq bizga yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling:
Telegram:
@taskinkitob
Telefon: +998935231233
📚
Taskin Kitoblar — har sahifada Taskin!
Ayolingizni boshqasiga tayyorlamang
🧨
Ayol va erkak bir-biriga faqat moddiy emas, hissiy hamroh hamdir Ayolning qalbi mehrga, erkakning qalbi hurmatga chanqoq. Qachonki bu ehtiyojlar uzoq vaqt qondirilmasa, munosabatlarda masofa paydo bo'ladi.
Shuning uchun oilani buzadigan narsa ko'pincha katta janjallar emas. Aytilmay qolgan iliq so'zlar, berilmay qolgan e'tibor va sezilmay qolgan og'riqlardir. Ayol bir kunda ketmaydi. Uni ketkazadigan narsa - uzoq davom etgan mehrsizlikdir.
🧨
"Mehrsizlik va etiborsizlik orqali erkak ayolini boshqa erkakka tayyorlaydi" degan jumla ortida chuqur psixologik haqiqat yotadi.
Ayolning eng katta ehtiyojlaridan biri o'zini ko'rilgan, eshitilgan va qadrlangan his qilishdir. Ayolning qalbi mehr bilan oziqlanadi. Agar u uzoq vaqt davomida sovuqqonlik, befarqlik va e'tiborsizlikni boshdan kechirsa, uning ichida hissiy bo'shliq paydo bo'ladi.
Davomi bor...
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Meningcha, insonning eng katta fojiasi — uning yolg‘izligida emas, balki uni tushunmaydigan, borliq hissini doimiy ravishda noto‘g‘ri talqin qiladigan kimsalar davrasida o‘tirishidan boshlanadi. Ha, baxtsizlik hamroh topolmaslikda emas, balki munosib suhbatdoshga zorlikda aks etadi!
Shuning uchun ham, ichingizda kechayotgan barcha tug‘yonlarni sizni noto‘g‘ri tushunishlaridan qo‘rqmasdan, boricha to‘kib sola oladigan bir insonning hayotingizda borligi — siz erishishingiz mumkin bo‘lgan eng buyuk ne'matdir.
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Gapirish, tinimsiz gapirish. Keyin esa turib hech narsa qilmaslik. Koʻpincha biz tushib qoladigan absurd (maʼnisiz) hayot yo‘llaridan biri mana shudir...
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Men ertaning o‘ligiman,
Bugunimga kuymoq ne?
Alvidolar aytar ekan,
Kuygunimcha suymoq ne?
Balki o‘sha erta ham yo‘q,
Erta kechdir o‘limga?
Balki hozir nafasimdan
Oldin chiqar yo'limga?
Nima uchun jon koyitib
Yetmishimni o‘ylayin?
Sakson-u to‘qson, yuzni
Yetmay turib bo‘ylayin?
O‘chadigan shamimga
Bunchalar parvonaman?
Yo dunyocha mehr bor,
Yo shuncha devonaman?
Xayollarni har yoqqa
Sochmog‘imda hikmat yo‘q.
Barin boqiy tarafga
Burmoq uchun himmat yo‘q.
Kecha bugunni devdim,
Bugun esa ertani —
Suvi yo‘q dengizlarga
Sudrayapman kemani.
Men ertaning o‘ligiman,
Yo ertaga yetmayman.
Bugunning o‘yi bilan
O‘lib ketsam netgayman?..
©
O‘tkirbek Muhammad Sobir
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...