Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

Hikmatlar Xazinasi πŸƒ

hikmatlar
Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, oβ€˜qi, ibrat ol... Admin bilan bogβ€˜lanish uchun: @HikmatlarXazinasi_bot
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
2 710
24 часа
β€”
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
-40
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
621
ER
23,84%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
13
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
560
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
РСлигия ΠΈ Π΄ΡƒΡ…ΠΎΠ²Π½ΠΎΡΡ‚ΡŒ
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
35-44
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠžΠ±Ρ€Π°Π· ΠΆΠΈΠ·Π½ΠΈ ΠΈ услуги
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
March 11, 12:39

Allohning haqlaridan senga vojib boβ€˜lvan amallariga mahkam yopish va ularni ado etishga harakat qil. Bularning eng muhimi β€” yashirin shirkdan saqlanishdir.
Yashirin shirk shuki: inson koβ€˜rinib turgan sabablar (vositalar)ga suyanib, ularning mavjudligi bilan qalbi xotirjam boβ€˜lishi, ular yoβ€˜q boβ€˜lsa esa qoβ€˜rquv va xavotirga tushishidir. Har qanday insonning, ayniqsa moβ€˜minlarning bunday sabablar bilan bogβ€˜lanib qolishi va shunday e’tiqodda boβ€˜lishi kufrga olib boruvchi soβ€˜qmoqdir!
Qur’oni karimda yashirin shirkga shunday ishora qilingan:
Yusuf surasi 106‑oyat:
β€œUlarning koβ€˜pchiligi Allohga faqat shirk qoβ€˜shgan holda iymon keltiradilar.”
Ya’ni Allohning borligiga iymon keltirib, ammo barcha ishlarning mutlaq bajaruvchisi sifatida Allohni yagona deb bilmagan kishilarning iymoni nuqsonlidir. Agar ular Allohning borligi va birligiga ham iymon keltirmagan boβ€˜lsalar edi, bu ochiq kufr boβ€˜lardi.
Bir hadisda Paygβ€˜ambarimiz
Muhammad
(shunday dedilar): β€œBilasizlarmi, Allohning bandalari ustidagi haqqi nima?
Allohning bandalari ustidagi haqqi β€” Unga hech narsani sherik qilmasdan ibodat qilishlaridir. Agar ular shunday qilsalar, bandalarning Alloh ustidagi haqqi shuki, Alloh ularni azoblamaydi.”
Hadisdagi β€œhech narsa” soβ€˜zi umumiy ma’noda kelgani uchun ochiq shirkni ham, yashirin shirkni ham oβ€˜z ichiga oladi.
Shunday qilgan kishilarning qalblari Allohdan boshqa hech narsaga bogβ€˜lanmaydi.
Ochiq shirk β€” kufr va inkordir, ya’ni Islomdan chiqishdir. Buning azobi ma’lum.
Yashirin shirk esa sabab va vositalarga suyanish va ularga ishonishdir. Bunday kishilar duch keladigan azob β€” aynan shu sabablarning oβ€˜ziga bogβ€˜lanib qolishdir. Chunki sabablar yoβ€˜q boβ€˜lib ketishga mahkumdir. Ular mavjud boβ€˜lsa ham, kamayib qolishi yoki yoβ€˜q boβ€˜lib ketishidan qoβ€˜rqib, qalblari doimo iztirob ichida boβ€˜ladi. Agar sabablar yoβ€˜q boβ€˜lsa, ular bundan ham koβ€˜proq iztirob va azob chekadi. Demak, sabablar bor boβ€˜lsa ham, yoβ€˜q boβ€˜lsa ham β€” har ikki holatda ham ular iztirobda yashaydilar.
Ammo Allohga hech narsani sherik qilmagan va sabab-vositaga suyanmagan kishilar esa ularning borligi yoki yoβ€˜qligidan bezovta boβ€˜lmaydilar. Ular doimo huzur va ne’mat ichida boβ€˜ladilar. Chunki ular sabablar emas, balki Allohga tavakkal qilganlar. Alloh esa doimo mavjud boβ€˜lib, bandalariga kutmagan joydan ham hisobsiz rizq berishga qodirdir.
Bu holat Qur’onda ham aytilgan: Taloq surasi 2–3‑oyatlar:
β€œKim Allohdan qoβ€˜rqsa (taqvo qilsa), Alloh unga chiqish yoβ€˜lini beradi va uni oβ€˜zi oβ€˜ylamagan tomondan rizqlantiradi.”
Demak, insonning Allohdan haqiqiy qoβ€˜rqayotganining β€” ya’ni taqvodor ekanining belgisi shuki, unga rizq kutmagan joydan keladi. Agar rizqi faqat oβ€˜zi kutgan joydan kelayotgan boβ€˜lsa, u hali taqvoning haqiqiy darajasiga toβ€˜liq yetmagan boβ€˜ladi.
"Ularga qoβ€˜rquv yoβ€˜q" kitobidan.
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat moβ€˜minning yoβ€˜qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

March 11, 04:22
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Duolar oβ€˜rnini xayollar egallagan kundan buyon zaradamiz...
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat moβ€˜minning yoβ€˜qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

March 09, 23:13
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

"Eshikni sen uchun ochiq qoldirdim.
Ammo ichkariga hamma kirdi β€”
odamlar, ilonlar, qushlar, hasharotlar,
chang, yomgβ€˜ir, shamol...
Faqat sen kelmading.."
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat moβ€˜minning yoβ€˜qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

March 05, 03:03
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Zamonaviy dunyoda eng koβ€˜p soxtalashtirilgan, ataylab buzib talqin qilinadigan tushunchalardan biri β€” β€œsiyosiy Islom”dir. Uni Islomning bir β€œyoβ€˜nalishi”, ekstremal varianti yoki tarixiy tasodif sifatida koβ€˜rsatishga urinadilar. Aslida esa Islomning siyosiy boβ€˜lishi β€” uning tabiiy holati, undan ajratib boβ€˜lmaydigan mohiyatidir.
Islom hokimiyat masalasini chetlab oβ€˜tolmaydi, chunki hokimiyat β€” bu faqat institut emas, balki ma’nolarni belgilash huquqidir. Kim ma’noni belgilasa, u tarixni belgilaydi. Kim tarixni belgilasa, u insonni belgilaydi. Shu sababli kufr tizimi Islomni eng avvalo ma’nodan, keyin esa siyosatdan ajratishga intiladi.
Shayx Ali Tantoviyning "Ey oβ€˜gβ€˜lim" kitobidan.
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat moβ€˜minning yoβ€˜qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

March 04, 11:57
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Odamlar uning ismini hayqirib aytishlarini va atrofida parvona bo'lishlarini xohlaydigan kishi - tirik sanamdir (butdir). U ham tosh va yog'ochdan yo'nilgan sanamlarning qismatiga (ya'ni, parchalanishga) loyiqdir!
Qodir Misiroβ€˜gβ€˜lining "Hayot falsafasi" kitobidan.
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat moβ€˜minning yoβ€˜qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

March 04, 03:59
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Kim Islomni faqat masjid ichiga qamab qoβ€˜ymoqchi boβ€˜lsa, u ongli yoki ongsiz ravishda kufr loyihasiga xizmat qilmoqda.
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat moβ€˜minning yoβ€˜qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

March 03, 02:37
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Yetti yoshli bola edim. Bir kecha onamning: "Xufton o'qidingmi?" degan savoliga yolg'ondan "Ha", deya javob berdim. Onam menga shubha bilan qaradi-da, aytdi: "Nima desang de, lekin bilib qo'y, U Zot seni ko'rib turibdi!"
Onamning bu so'zidan murg'ak yuragimga qo'rquv kirdi va namoz o'qigani o'rnimdan turdim...
"Ularga qoβ€˜rquv yoβ€˜q"
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat moβ€˜minning yoβ€˜qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

March 02, 11:01
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Shaharda baxtsiz odamlar uchun yashash qulay. Odam shaharda yuz yil yashashi mumkin, biroq uning allaqachon oβ€˜lib, chirib ketganini hech kim bilmaydi.
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat moβ€˜minning yoβ€˜qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

March 01, 17:59
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

"Nimadir berishing va buning evazini (mukofotini) odamlardan emas, balki odamlarning Parvardigoridan boβ€˜lishini bilishing naqadar goβ€˜zaldir."
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat moβ€˜minning yoβ€˜qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

February 23, 00:43
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Kamoli e'tirof dushman tomonidan keladi. Kamoli tanqid esa doΚ»stdan. Biz esa dushmanning tanqidi, doΚ»stning e'tirofiga aldanib yuribmiz.
🌾
@Hikmatlar
_ Hikmat moβ€˜minning yoβ€˜qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...