Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Lalu - Homiladorlik maktabi

homiladorlik_maktabi
Lalu ilovasi boʻyicha savol va takliflar uchun: @laluyordam
Subscribers
1 330
24 hours
30 days
-30
Post views
7 222
ER
5,43%
Posts (30d)
Characters in post
670
December 31, 19:21

Kirib kelgan yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
O‘tgan yil davomida biz bilan bo‘lganingiz, loyihamizga qiziqish bildirib qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.
2025-yil barchamizga yangi muvaffaqqiyatlar olib kelsin.
Albatta, oilangizdan baxt-u saodat, xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik arimasin!

December 12, 15:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Lalu mobil ilovasida texnik ishlar amalga oshirilishi sababli ilova ishlashida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz, texnik ishlar Laluʼning kelgusidagi rivojlanish bosqichlari uchun amalga oshirilmoqda.

November 27, 11:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Homilador ayollarda birinchi ultratovush tekshiruvi qachon o‘tkaziladi?
Odatda, birinchi ultratovush tekshiruvi homila 11-12 haftalik bo‘lganda o‘tkaziladi.
Birinchi tekshiruvda quyidagi holatlar aniqlanadi:
▪️
Homilaning yurak urishi tekshiriladi;
▪️
Homila necha haftalik yoki kunlik bo‘lganini aniqlab, shifokorlar taxminiy tug‘ish vaqtini aytishadi;
▪️
Homila nechtaligi aniqlanadi. Agar birdan ortiq chaqaloq kutayotgan bo‘lsangiz, shifokor buni ultratovush orqali ko‘rib aytadi;
▪️
Ektopik homiladorlik holati bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Ektopik homiladorlik deyilganda homilani bachadondan tashqarida rivojlanishi nazarda tutiladi;
▪️
Genetik nuqsonlar tekshiriladi. Bu tekshiruvda homilada Daun sindromi, tug‘ma yurak kasalligi kabi yurakning jismoniy nuqsonlari bilan tug‘ilish ehtimoli bor yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun ensa bo’shlig’i tekshiruvi ham o‘tkaziladi.
Kanalimiz
👉
Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt
|
Mobil ilova
|
Instagram
|
Telegram

November 13, 12:14

​​
Homiladorlik va dorilar
Homiladorlik davrida ba'zi dorilarni ichish xavfli bo'lishi mumkin, chunki ular rivojlanayotgan homilaga zarar yetkazishi ehtimoli bor. Bu jarayon homiladorlikning turli bosqichlarida o‘ziga xosliklarga ega:
1. Homiladorlikning birinchi uch oyligi (0–12 hafta):
Birinchi trimestr homila organlarining shakllanishi davri bo‘lib, ayniqsa nozik hisoblanadi. Shu sababli, bu davrda dori-darmonlarni qabul qilish juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. Bu bosqichda homilaga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan dorilarni qabul qilishdan butunlay saqlanish tavsiya etiladi, chunki ular tug'ma nuqsonlar xavfini oshirishi mumkin.
2. Ikkinchi va uchinchi uch oyliklar (13–40 hafta):
Bu davrlarda ham ehtiyotkorlik talab qilinadi, chunki dori vositalari homilaning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, 28-haftadan keyin ayrim dorilar homilaning o‘pkasi, asab tizimi yoki boshqa muhim organlariga zarar yetkazishi ehtimoliga ega.
Kanalimiz
👉
Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt
|
Mobil ilova
|
Instagram
|
Telegram

November 06, 05:00

​​
⚡️
Homiladorlikda tomir tortishishi (spazm) xavflimi?
Ushbu maqola orqali siz quyidagi savollarga javob olasiz:

Homiladorlikda nimalar tomir tortishishiga olib keladi?

Qachon shifokorga koʻrinish kerak?

III trimestrdagi tomir tortishishi: vaziyat qanchalik jiddiy?

Homiladorlikda tomir tortishishini qanday yengillashtirish mumkin?
Maqolani o'qishingiz uchun havola:
https://lalu.uz/tomir-tortishishi/
Kanalimiz
👉
Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt
|
Mobil ilova
|
Instagram
|
Telegram

November 05, 10:37
Media unavailable
5
Show in Telegram

Homiladorlik va og'riqlar
Kanalimiz
👉
Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt
|
Mobil ilova
|
Instagram
|
Telegram

October 29, 14:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Homiladorlikda isitma chiqishi — sabablari, xavfi va isitmani tushirish usullari
Homiladorlikda isitma chiqishi bila
homiladorlikka xos qizishni o'zaro farqlash qiyin bo'lishi mumkin.
Homiladorlik davrida isitma chiqishi haqidabilishingiz kerak boʻlgan muhim narsalar, shu jumladan, homilador ayollarda isitma nimaligi, tana harorati ko'tarilib, isitma qilganda qanday dori ichish mumkinligi va isitma sizga va o'sayotgan bolangizga olib kelishi mumkin bo'lgan xavflarni minimallashtirish uchun shifokoringizga murojaat qilishning ahamiyati haqida quyidagi maqola orqali ma'lumot berib o'tamiz.
👉
Yanada to'liqroq ma'lumot:
https://lalu.uz/fever-during-pregnancy/

October 28, 12:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Amniotik suyuqlik nima?
Bola bachadonda ikkita membrana ichida joylashgan boʻlib, amniotik suyuqlik bilan oʻralgan parda ichida rivojlanadi.
Amniotik suyuqlik homilaning sogʻlom rivojlanishi uchun juda muhim. Ushbu suyuqlik miqdorining meʼyordan kam yoki koʻpligi turli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Suyuqlik homiladorlikning 20-haftasida homila buyragi tomonidan ishlab chiqariladi.
Amniotik suyuqlik qanday koʻrinishda bo’lishi va uning vazifalari haqida mazkur maqolada bilib olasiz!
👉
lalu.uz/amniotik-suyuqlik-nima

October 23, 10:39

​​
Bolani sovuq havoga chiniqtirish o'ta muhim!
Yosh bolalarni kuz va qish mavsumida ochiq havoga olib chiqish ularning sog‘lom rivojlanishi uchun foydali, chunki bu immunitetni kuchaytiradi va sovuqqa chidamlilikni oshiradi.
Tayyorgarlikni oshirish:
Bolani sovuq mavsumga tayyorlash uchun avval salqin kunlarda qisqa vaqtga tashqariga olib chiqishni boshlang. Keyinchalik vaqtni asta-sekin ko‘paytirib boring.
To‘g‘ri kiyinish:
Bolani haddan tashqari qalin kiydirishga hojat yo‘q. Kiyimlar qatlamli va qulay bo‘lishi kerak, shamol va namlikdan himoya qilishga ahamiyat bering. Bosh kiyim, qo‘lqop va etiklar muhim.
Toza havodan foydalaning:
Toza havo va quyosh nuri bolaning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur. Qisqa yurishlar, ayniqsa quyoshli kunlarda, D vitamini olishga yordam beradi, bu suyaklar uchun muhimdir.
Havoning "kayfiyatini" kuzating:
Juda sovuq yoki kuchli shamol bo‘lgan kunlarda uzoq vaqt tashqarida qolishdan saqlaning. Havoning harorati -10°C dan past bo‘lsa, 10-15 daqiqadan ortiq yurish tavsiya etilmaydi.
Bola holatini nazorat qiling:
Agar bola yaxshi harakat qilsa va o‘zini qulay his qilsa, bu yaxshi belgi. Lekin agar bola qo‘llari va yuzlari juda sovib ketsa, darhol ichkariga olib kiring.
Sovuqqa chiniqish bolaning sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi. To‘g‘ri va doimiy ravishda tashqariga olib chiqish ularni kasalliklarga qarshi kuchliroq qiladi.

October 22, 11:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

Homiladorlik davridagi muntazam oylik shifokor tekshiruvlari nima uchun muhim
?

Homilaning rivojlanishini kuzatish:
Shifokor homilaning o‘sishi va rivojlanishini nazorat qiladi, uning yoshiga mos ravishda vazn va o‘lchamlarini tekshiradi, yurak urishi va harakatlarini baholaydi.

Ona salomatligini saqlash:
Shifokor homilador ayolning tibbiy holatini tekshirib, homiladorlik bilan bog'liq xavfli holatlar rivojlanishini oldini oladi.

Xavfli holatlarni erta aniqlash:
Muntazam tekshiruvlar ona yoki homilada paydo bo'lishi mumkin bo'lgan muammolarni erta aniqlashga yordam beradi.

Tug‘ruq tayyorgarlik:
Homiladorlikning oxirgi bosqichlarida shifokor tug'ruq jarayoni va uni yengil o'tkazishga yordam beradigan maslahatlar beradi.
Muntazam tekshiruvlar orqali ona va homila salomatligini qo'llab-quvvatlash, tug'ruq jarayonini xavfsiz va sog'lom o‘tishini ta'minlash mumkin. Shuning uchun homiladorlikdagi davriy tekshiruvlarni kanda qilmang!
Sayt
|
Mobil ilova
|
Instagram
|
Telegram