Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Lalu - Homiladorlik maktabi

homiladorlik_maktabi
Lalu ilovasi boʻyicha savol va takliflar uchun: @laluyordam
Подписчики
854
24 часа
-4
30 дней
-89
Просмотры
9 338
ER
1 093,44%
Посты (30д)
4
Символов в посте
608
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Медицина
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
November 20, 11:47
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Sizning bolangiz charchaganda birinchi nima qiladi?
🤍
Ko‘z ishqalash charchoqning birinchi belgisi emas. Ko‘pincha bu kechki bosqich belgilaridan biri.
1️⃣
Sokin belgilar.
Bola bir nuqtaga tikilib qoladi, o‘yinchoqlarga qiziqmay qo‘yadi. Ko‘zlari suzilib, harakatlari sekinlashadi. Uxlatishni boshlash uchun eng qulay payt shu.
2️⃣
Yaqqolroq belgilar.
Bola injiqlik qiladi va esnaydi. Odatda 4 oylikdan keyin ko‘zini ham ishqalaydi.
3️⃣
Yig‘i.
U ko‘pincha oxirida keladi.
😴
Bola haddan tashqari charchab ketsa, uni tinchlantirish qiyinlashishi mumkin. Bir nuqtaga jimgina tikilish bolaning «men tayyorman» degani.
🌙
Lalu ilovasidagi «Uyqu nazorati» bolangiz yoshida odatda qancha vaqt uyg‘oq turishini ko‘rsatadi.
Har bir bola o‘ziga xos. Bola uyqusi xavotirga solsa, pediatr bilan maslahatlashing.
💬
Siz bolangiz charchaganini qanday bilasiz? Izohlarda yozib keting.
📲
Ilovani yuklab olish
👇
lalu.uz/lalu-application

November 15, 16:17
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

📏
Bolangiz har oy qancha o‘syapti?
Lalu’dagi «O‘sish» bo‘limida vazn, bo‘y va bosh aylanasini bir joyda yozib borasiz. Ilova JSST egri chiziqlarida bolangizning chizig‘ini o‘zi chizadi. Shifokor ko‘rigiga aniq raqamlar bilan borasiz.
Qanday ishlatiladi?
1️⃣
Asosiy sahifada «Vazn va bo‘y» qatorini bosing.
2️⃣
«O‘lchov qo‘shish» tugmasini bosing.
3️⃣
O‘lchovni kiriting va «Saqlash»ni bosing.
4️⃣
Grafikda bolangizning chizig‘ini ko‘ring.
Bo‘lim bepul. Savollaringiz bo‘lsa, pediatringiz bilan maslahatlashing.
Ilovani yuklab olish
👇
lalu.uz/lalu-application

November 15, 13:23
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

🍌
Farzandingiz hozir qanchalik katta?
Lalu har hafta homiladorlik muddatingizni hisoblaydi. Asosiy sahifada necha hafta va necha kun bo‘lganini, tug‘ruq sanasini va qolgan kunlarni ko‘rasiz. «Homila o‘lchami» bolajonning taxminiy bo‘yi va vaznini bir meva bilan taqqoslab ko‘rsatadi.
Qanday ishlatiladi?
1️⃣
Asosiy sahifa tepasida haftangizni ko‘ring.
2️⃣
«Vositalar» sahifasida «Homila o‘lchami»ni ko‘ring.
3️⃣
Ulashish belgisini bosing.
4️⃣
Rasmni saqlang yoki yaqinlaringizga yuboring.
Bo‘lim bepul. Raqamlar o‘rtacha. Aniq o‘lchamni UZI va shifokoringiz aytadi.
Ilovani yuklab olish
👇
lalu.uz/lalu-application

November 13, 12:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Lalu ilovasida bolangiz uchun 6 ta yangi bo‘lim ochildi
🤍
📸
«Oylik suratlar». Har oy bitta surat olasiz. Oy to‘lganda ilova «7 oylik bo‘ldi!» kartasini tayyorlaydi. Uni yaqinlaringizga yuborishingiz mumkin.
📖
«Birinchi yil». Bu bolangizning kundaligi. Suratlar, o‘lchovlar va chiqqan tishlar unga o‘zi qo‘shiladi. Muhim kunlarni o‘zingiz ham yozasiz.
🦷
«Tishlar». Qaysi tish qachon chiqqanini belgilab borasiz.
📏
«O‘sish». Vazn, bo‘y va bosh aylanasini yozasiz. Grafikda bolangiz qanday o‘sayotganini ko‘rasiz.
🌳
«Sayr» va
🛁
«Cho‘milish». Sayr vaqtini taymer hisoblaydi. Cho‘milishni bitta tugma bilan belgilaysiz.
Bu bo‘limlar farzandingiz tug‘ilgandan keyin ko‘rinadi. Ularda yozib borish bepul.
Yangi bo‘limlar «Vositalar» sahifasida. «Sayr» va «Cho‘milish» «Asosiy» sahifada turadi.
Ko‘rish uchun ilovani yangilang
👇
lalu.uz/lalu-application

December 31, 19:21

Kirib kelgan yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
O‘tgan yil davomida biz bilan bo‘lganingiz, loyihamizga qiziqish bildirib qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.
2025-yil barchamizga yangi muvaffaqqiyatlar olib kelsin.
Albatta, oilangizdan baxt-u saodat, xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik arimasin!

December 12, 15:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Lalu mobil ilovasida texnik ishlar amalga oshirilishi sababli ilova ishlashida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz, texnik ishlar Laluʼning kelgusidagi rivojlanish bosqichlari uchun amalga oshirilmoqda.

November 27, 11:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Homilador ayollarda birinchi ultratovush tekshiruvi qachon o‘tkaziladi?
Odatda, birinchi ultratovush tekshiruvi homila 11-12 haftalik bo‘lganda o‘tkaziladi.
Birinchi tekshiruvda quyidagi holatlar aniqlanadi:
▪️
Homilaning yurak urishi tekshiriladi;
▪️
Homila necha haftalik yoki kunlik bo‘lganini aniqlab, shifokorlar taxminiy tug‘ish vaqtini aytishadi;
▪️
Homila nechtaligi aniqlanadi. Agar birdan ortiq chaqaloq kutayotgan bo‘lsangiz, shifokor buni ultratovush orqali ko‘rib aytadi;
▪️
Ektopik homiladorlik holati bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Ektopik homiladorlik deyilganda homilani bachadondan tashqarida rivojlanishi nazarda tutiladi;
▪️
Genetik nuqsonlar tekshiriladi. Bu tekshiruvda homilada Daun sindromi, tug‘ma yurak kasalligi kabi yurakning jismoniy nuqsonlari bilan tug‘ilish ehtimoli bor yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun ensa bo’shlig’i tekshiruvi ham o‘tkaziladi.
Kanalimiz
👉
Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt
|
Mobil ilova
|
Instagram
|
Telegram

November 13, 12:14

​​
Homiladorlik va dorilar
Homiladorlik davrida ba'zi dorilarni ichish xavfli bo'lishi mumkin, chunki ular rivojlanayotgan homilaga zarar yetkazishi ehtimoli bor. Bu jarayon homiladorlikning turli bosqichlarida o‘ziga xosliklarga ega:
1. Homiladorlikning birinchi uch oyligi (0–12 hafta):
Birinchi trimestr homila organlarining shakllanishi davri bo‘lib, ayniqsa nozik hisoblanadi. Shu sababli, bu davrda dori-darmonlarni qabul qilish juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. Bu bosqichda homilaga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan dorilarni qabul qilishdan butunlay saqlanish tavsiya etiladi, chunki ular tug'ma nuqsonlar xavfini oshirishi mumkin.
2. Ikkinchi va uchinchi uch oyliklar (13–40 hafta):
Bu davrlarda ham ehtiyotkorlik talab qilinadi, chunki dori vositalari homilaning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, 28-haftadan keyin ayrim dorilar homilaning o‘pkasi, asab tizimi yoki boshqa muhim organlariga zarar yetkazishi ehtimoliga ega.
Kanalimiz
👉
Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt
|
Mobil ilova
|
Instagram
|
Telegram

November 06, 05:00

​​
⚡️
Homiladorlikda tomir tortishishi (spazm) xavflimi?
Ushbu maqola orqali siz quyidagi savollarga javob olasiz:
❓
Homiladorlikda nimalar tomir tortishishiga olib keladi?
❓
Qachon shifokorga koʻrinish kerak?
❓
III trimestrdagi tomir tortishishi: vaziyat qanchalik jiddiy?
❓
Homiladorlikda tomir tortishishini qanday yengillashtirish mumkin?
Maqolani o'qishingiz uchun havola:
https://lalu.uz/tomir-tortishishi/
Kanalimiz
👉
Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt
|
Mobil ilova
|
Instagram
|
Telegram

November 05, 10:37
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Homiladorlik va og'riqlar
Kanalimiz
👉
Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt
|
Mobil ilova
|
Instagram
|
Telegram