
HR Biznesni rivojlantirish banki
🚀
KARYERANGIZNI BRB BILAN DAVOM ETTIRING!
📍
Xiva BXM
jamoasiga
Korporativ mijozlar biznes menejeri RM (bo‘lim boshlig‘i)
lavozimiga kuchli mutaxassislarni taklif qilamiz!
💼
Sizni qanday vazifalar kutmoqda?
🔹
Korporativ va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash
🔹
Yangi mijozlarni jalb qilish va hamkorlikni rivojlantirish
🔹
Kredit va bank mahsulotlarini taklif etish
🔹
Mijozlarning moliyaviy ehtiyojlarini tahlil qilish
🔹
Biznes rejalar va moliyaviy tahlillarni ishlab chiqish
🔹
Hududdagi bizneslarni rivojlantirishga ko‘maklashish
🎯
Biz izlayotgan nomzod:
✅
Oliy iqtisodiy ma’lumotli
✅
Bank sohasida
kamida 5 yillik tajribaga ega
✅
Kreditlash va korporativ biznes bilan ishlash ko‘nikmasiga ega
✅
Moliyaviy tahlilni yaxshi biladi
✅
Mijozlar bilan samarali muloqot qila oladi
✅
Tizimli va tanqidiy fikrlaydi
✅
MS Office va bank tizimlaridan foydalana oladi
⭐
Rus yoki ingliz tilini bilish — ustunlik beradi!
📍
Ish joyi:
Xorazm viloyati, Xiva shahri
💼
Lavozim:
Korporativ mijozlar biznes menejeri RM (bo‘lim boshlig‘i)
Sizning tajribangiz — BRB rivoji uchun muhim!
📩
Bizning jamoaga qo‘shiling va yangi marralarni birga zabt eting!
Ma'lumotnomalaringizni telegram orqali
@HR_BRB_Recruit
ga tashlashingiz mumkin
Xujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni 15.09.2026
🚀
Biznesni rivojlantirish banki va BRB-TECH — Silk Road Finance & Technology Forum 2026’da!
📍
24–25-avgust kunlari Toshkent shahridagi
Central Asian Expo Uzbekistan
majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda
Global Finance & Technology Network (GFTN)
tomonidan tashkil etilgan ilk xalqaro
Silk Road Finance & Technology Forum 2026
bo‘lib o‘tdi.
🌍
Forum 2 000 dan ortiq delegatni — markaziy banklar rahbarlari, regulyatorlar, investorlar va yetakchi texnologik kompaniyalar vakillarini bir maydonda jamladi.
🏦
«Biznesni rivojlantirish banki» ATB
o‘zining texnologik kompaniyasi
BRB-TECH
bilan birgalikda forumda jamoamiz tomonidan
tashqi vendorlarsiz, mustaqil ishlab chiqilgan fintech yechimlarini
namoyish etdi.
✨
BRB stendida taqdim etilgan yechimlar:
🖐
Biometrik to‘lov tizimi — Pay by Palm / Pay by Smile
Stendning asosiy eksponati — kaft yoki tabassum orqali, karta va telefonsiz to‘lov imkonini beruvchi innovatsion yechim. O‘zbekiston bank sektorida ushbu texnologiya ilk bor namoyish etildi. Mehmonlar kaftini ko‘rsatish orqali kofe uchun to‘lovni real vaqt rejimida amalga oshirib ko‘rishdi.
📊
Kredit monitoring va erta ogohlantirish tizimi
Kredit portfelidagi risklarni real vaqt rejimida tahlil qiladi, aktivlar sifati yomonlashishining dastlabki belgilarini aniqlaydi hamda risk-menejment uchun tavsiyalar shakllantiradi. Forum tizimning jonli demo-versiyasi namoyish etildi.
🤖
Sun’iy intellekt asosidagi undirish tizimi
Muammoli qarzlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtiradi. AI-operator mijozlar bilan telefon muzokaralarini mustaqil olib boradi. Stend mehmonlari tizim orqali amalga oshirilgan real qo‘ng‘iroq yozuvini tinglash imkoniga ega bo‘lishdi.
💼
«Biznes 24/7»
Yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari platformasi — to‘lovlarni yaratish, hisobotlarni shakllantirish va boshqa bank operatsiyalarini
24/7
amalga oshirish imkonini beradi.
🔗
CRM360
Bankning barcha biznes yo‘nalishlarini mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishning yagona ekotizimiga birlashtiruvchi ichki CRM-platforma.
💳
«Sherdor» premium kartasi
Forumda bankning flagman mahsulotlaridan biri —
«Sherdor» premium kartasi
ham alohida taqdim etildi. Uning nomi O‘zbekistonning boy tarixiy merosiga ishora qilib, Buyuk ipak yo‘lining innovatsion ruhi va milliy an’analarni uyg‘unlashtiradi.
💡
BRB va BRB-TECH — milliy bank texnologiyalarini yangi bosqichga olib chiqayotgan jamoa!
🏦
@HR_BRB
#BRB
#YoshIqtidorlari
#Yoshlar
#Trening
#Rivojlanish
#KelajakLiderlari
📽
“BRB Yosh iqtidorlari” klubining 2-mavsumidan tayyorlangan videorolik.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
X
|
You Tube
#BRBZakovat
🧠
“BRB Zakovat” III mavsumi 1-turining hayajonli va qiziqarli lahzalaridan fotolavhalar
📸
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
#BRBZakovat
🧠
“BRB Zakovat”ning III mavsumiga start berildi!
Bankimiz xodimlari o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratilgan
“BRB Zakovat” o‘yinining III mavsum 1-turi
bo‘lib o‘tdi.
🏢
Bosh bank (Korporativ BHO), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar vakillaridan iborat 17 jamoa bellashuvi nihoyatda qizg‘in va murosasiz kechdi.
👥
Olti oy davom etadigan bilimlar marafoni yakunida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan va eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoalar bank Boshqaruvi tomonidan taqdirlanadi.
🧠
Jamoalarga keyingi turlarda omad tilaymiz!
⚡️
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
#BRBZakovat
🧠
“BRB Zakovat” III mavsumi 1-turining hayajonli lahzalari haqida videorolik
📹
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
Bank kartalarini faol emissiya qilish orqali bankimiz ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shayotgan professional hamkasblarimiz bilan tanishing!
🏆
2026-yil 2-chorak davomida
eng ko'p bank kartalarini emissiya qilgan servis menejerlar
🥇
Tongotarova Sevara
Ko'kdala BXM, servis menejer
🥈
Rajapova Go'zal
Beruniy BXM, servis menejer
🥉
Niyazova Marifat
Yakkasaroy BXM, servis menejer
🥉
Xolboyeva Nargiza
Xo'jaobod BXM, servis menejer
🏦
@HR_BRB
🏆
2026-yil 2-chorak davomida Tijorat mikroqarzlari ajratib, Bankning strategik maqsadlari yoʻlida fidokorona mehnat qilib, chakana biznes rivojida yuqori natijadorlik va professional mahorat namunasini koʻrsatgan hamkasblarimiz !
🥇
Suyunbekov Islombek
Yunusobod BXM, mijoz menejeri;
🥈
Tajenova Genjegul
Nukus BXO, mijoz menejeri;
🥉
Kurbanova Venera
Nukus BXO, mijoz menejeri.
🏦
@HR_BRB
🏆
2026-yil 2-chorak davomida Ipoteka kreditlari yoʻnalishida tengsiz natijalarni zabt etgan hamkasblarimiz! Sizning saʼy-harakatlaringiz tufayli minglab hamyurtlarimiz oʻz shaxsiy uyiga ega boʻlmoqda. Aynan mana shu yuksak mahorat va gʻayratingiz chakana biznes yo‘nalishining eng mustahkam ustunidir!!!
🥇
G'aybullayev Umid
Jizzax BXO, mijoz menejeri;
🥈
Abdurahmonov Ismoil
Namangan BXO, mijoz menejeri;
🥉
Abdullayev Anvar
Termiz BXO, mijoz menejeri.
🏦
@HR_BRB