
HR Biznesni rivojlantirish banki
📩
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
hh.uz
orqali ariza yuborish
🏦
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasiga taklif etamiz!
📣
MOLIYA BOZORLARI BOSHQARMASI BOSHLIG‘I
lavozimiga tanlov e’lon qilamiz!
🔷
ASOSIY VAZIFALAR:
• Rhombus, Refinitiv LSEG va Bloomberg platformalari orqali valyuta-konversion va boshqa tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;
• Banklararo pul bozorida REPO, valyutaviy svop hamda depozitlarni jalb qilish va joylashtirish operatsiyalarini bajarish;
• Qarz qimmatli qog‘ozlarini sotib olish, sotish va ularni boshqarish;
• Asosiy xorijiy valyutalar bilan spot, svop, forvard, fyuchers va opsion operatsiyalarini amalga oshirish;
• Ochiq valyuta pozitsiyalarini belgilangan normativlar doirasida samarali boshqarish.
🔷
NOMZODGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
• Oliy iqtisodiy ma’lumot — magistr darajasiga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi;
• Bank g‘aznachiligi, diling, qimmatli qog‘ozlar, valyuta yoki moliya bozori operatsiyalari sohasida kamida
6 yillik amaliy tajriba
;
• Bank faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilish va amaliyotda samarali qo‘llay olish;
• MS Office va bankning ichki dasturlarida mukammal ishlash ko‘nikmasi;
• O‘zbek, ingliz va rus tillarini mukammal bilish.
🔷
ISH SHAROITLARI:
🗓
Besh kunlik ish haftasi, soat
09:00–18:00
;
📍
Ish joyi — bankning markaziy idorasi;
💰
Ish haqi hamda ish hajmi va erishilgan natijalarga qarab oylik mukofot.
📩
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali rezyumengizni yuboring:
📩
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali rezyumengizni yuboring:
👉
Vakansiyaga ariza topshirish
#Vakansiya
#BRB
#MoliyaBozorlari
#Bank
#Karyera
📣
LIZING KOMPANIYASIGA
BOSH DIREKTOR LAVOZIMIGA TANLOV!
🔷
TALABLAR:
• Bank yoki lizing sohasida rahbarlik lavozimida 3–5 yillik tajriba;
• Lizing biznesini tashkil etish yoki rivojlantirish tajribasi;
• Lizing bozori, qonunchilik va MHXS 16 standartini bilish;
• Sotuv, risklarni boshqarish va anderrayting bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar.
🔷
VAZIFALAR:
• Kompaniya strategiyasi va biznes-rejasini amalga oshirish;
• Lizing portfeli va rentabellik bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish;
• Bank filiallari orqali sotuvlarni rivojlantirish;
• Samarali jamoani shakllantirish;
• Aktivlar sifati va qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash.
📩
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
👉
Vakansiyaga o‘tish
#Vakansiya
#BoshDirektor
#Lizing
#BRB
🏦
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasiga qo‘shiling!
Operatsion risklar boshqarmasi menejeri lavozimiga tajribali mutaxassisni ishga taklif qilamiz.
🔷
ASOSIY VAZIFALAR:
• Operatsion risklarni aniqlash, baholash va monitoring qilish;
• Risk-appetit va limitlarni nazorat qilish, stress-testlar o‘tkazish;
• Risklarni boshqarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va jarayonlarni avtomatlashtirish;
• Bank rahbariyati va kollegial organlar uchun hisobotlar tayyorlash.
🔶
TALABLAR:
• Iqtisodiyot, moliya, matematika yoki statistika yo‘nalishida oliy ma’lumot;
• Bank-moliya tizimida kamida 6 yil, shundan tegishli yo‘nalishlarda kamida 3 yil ish tajribasi;
• Operatsion risklarni boshqarish va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;
• O‘zbek tilini a’lo, rus tilini yaxshi, ingliz tilini o‘rta darajada bilish;
• FRM, PRM yoki CFA sertifikatlari afzallik hisoblanadi.
🔶
BIZ TAKLIF QILAMIZ:
• Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi;
• Do‘stona jamoa va qulay ish muhiti;
• Raqobatbardosh ish haqi va natijaga bog‘liq bonuslar;
• Poytaxt markazida joylashgan ofis.
📩
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
👉
hh.uz
orqali ariza topshirish
.
Xujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni 01.10.2026
🚀
KARYERANGIZNI BRB BILAN DAVOM ETTIRING!
📍
Xiva BXM
jamoasiga
Korporativ mijozlar biznes menejeri RM (bo‘lim boshlig‘i)
lavozimiga kuchli mutaxassislarni taklif qilamiz!
💼
Sizni qanday vazifalar kutmoqda?
🔹
Korporativ va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash
🔹
Yangi mijozlarni jalb qilish va hamkorlikni rivojlantirish
🔹
Kredit va bank mahsulotlarini taklif etish
🔹
Mijozlarning moliyaviy ehtiyojlarini tahlil qilish
🔹
Biznes rejalar va moliyaviy tahlillarni ishlab chiqish
🔹
Hududdagi bizneslarni rivojlantirishga ko‘maklashish
🎯
Biz izlayotgan nomzod:
✅
Oliy iqtisodiy ma’lumotli
✅
Bank sohasida
kamida 5 yillik tajribaga ega
✅
Kreditlash va korporativ biznes bilan ishlash ko‘nikmasiga ega
✅
Moliyaviy tahlilni yaxshi biladi
✅
Mijozlar bilan samarali muloqot qila oladi
✅
Tizimli va tanqidiy fikrlaydi
✅
MS Office va bank tizimlaridan foydalana oladi
⭐
Rus yoki ingliz tilini bilish — ustunlik beradi!
📍
Ish joyi:
Xorazm viloyati, Xiva shahri
💼
Lavozim:
Korporativ mijozlar biznes menejeri RM (bo‘lim boshlig‘i)
Sizning tajribangiz — BRB rivoji uchun muhim!
📩
Bizning jamoaga qo‘shiling va yangi marralarni birga zabt eting!
Ma'lumotnomalaringizni telegram orqali
@HR_BRB_Recruit
ga tashlashingiz mumkin
Xujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni 15.09.2026
🚀
Biznesni rivojlantirish banki va BRB-TECH — Silk Road Finance & Technology Forum 2026’da!
📍
24–25-avgust kunlari Toshkent shahridagi
Central Asian Expo Uzbekistan
majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda
Global Finance & Technology Network (GFTN)
tomonidan tashkil etilgan ilk xalqaro
Silk Road Finance & Technology Forum 2026
bo‘lib o‘tdi.
🌍
Forum 2 000 dan ortiq delegatni — markaziy banklar rahbarlari, regulyatorlar, investorlar va yetakchi texnologik kompaniyalar vakillarini bir maydonda jamladi.
🏦
«Biznesni rivojlantirish banki» ATB
o‘zining texnologik kompaniyasi
BRB-TECH
bilan birgalikda forumda jamoamiz tomonidan
tashqi vendorlarsiz, mustaqil ishlab chiqilgan fintech yechimlarini
namoyish etdi.
✨
BRB stendida taqdim etilgan yechimlar:
🖐
Biometrik to‘lov tizimi — Pay by Palm / Pay by Smile
Stendning asosiy eksponati — kaft yoki tabassum orqali, karta va telefonsiz to‘lov imkonini beruvchi innovatsion yechim. O‘zbekiston bank sektorida ushbu texnologiya ilk bor namoyish etildi. Mehmonlar kaftini ko‘rsatish orqali kofe uchun to‘lovni real vaqt rejimida amalga oshirib ko‘rishdi.
📊
Kredit monitoring va erta ogohlantirish tizimi
Kredit portfelidagi risklarni real vaqt rejimida tahlil qiladi, aktivlar sifati yomonlashishining dastlabki belgilarini aniqlaydi hamda risk-menejment uchun tavsiyalar shakllantiradi. Forum tizimning jonli demo-versiyasi namoyish etildi.
🤖
Sun’iy intellekt asosidagi undirish tizimi
Muammoli qarzlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtiradi. AI-operator mijozlar bilan telefon muzokaralarini mustaqil olib boradi. Stend mehmonlari tizim orqali amalga oshirilgan real qo‘ng‘iroq yozuvini tinglash imkoniga ega bo‘lishdi.
💼
«Biznes 24/7»
Yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari platformasi — to‘lovlarni yaratish, hisobotlarni shakllantirish va boshqa bank operatsiyalarini
24/7
amalga oshirish imkonini beradi.
🔗
CRM360
Bankning barcha biznes yo‘nalishlarini mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishning yagona ekotizimiga birlashtiruvchi ichki CRM-platforma.
💳
«Sherdor» premium kartasi
Forumda bankning flagman mahsulotlaridan biri —
«Sherdor» premium kartasi
ham alohida taqdim etildi. Uning nomi O‘zbekistonning boy tarixiy merosiga ishora qilib, Buyuk ipak yo‘lining innovatsion ruhi va milliy an’analarni uyg‘unlashtiradi.
💡
BRB va BRB-TECH — milliy bank texnologiyalarini yangi bosqichga olib chiqayotgan jamoa!
🏦
@HR_BRB
#BRB
#YoshIqtidorlari
#Yoshlar
#Trening
#Rivojlanish
#KelajakLiderlari
📽
“BRB Yosh iqtidorlari” klubining 2-mavsumidan tayyorlangan videorolik.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
X
|
You Tube
#BRBZakovat
🧠
“BRB Zakovat” III mavsumi 1-turining hayajonli va qiziqarli lahzalaridan fotolavhalar
📸
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
#BRBZakovat
🧠
“BRB Zakovat”ning III mavsumiga start berildi!
Bankimiz xodimlari o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratilgan
“BRB Zakovat” o‘yinining III mavsum 1-turi
bo‘lib o‘tdi.
🏢
Bosh bank (Korporativ BHO), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar vakillaridan iborat 17 jamoa bellashuvi nihoyatda qizg‘in va murosasiz kechdi.
👥
Olti oy davom etadigan bilimlar marafoni yakunida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan va eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoalar bank Boshqaruvi tomonidan taqdirlanadi.
🧠
Jamoalarga keyingi turlarda omad tilaymiz!
⚡️
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube