Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

htoshgaz
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Subscribers
2 288
24 hours
4
30 days
113
Post views
589
ER
25,74%
Posts (30d)
198
Characters in post
804
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 20, 04:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Olmazor tumanida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali, “Olmazortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi hamda Toshkent shahar va Olmazor tumani prokuraturasi hamkorligida Olmazor tumanida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida tabiiy gaz ta’minoti tizimlarining mavsumga tayyorligi, gaz quvurlari va gaz taqsimlash punktlarining texnik holati, shuningdek, iste’molchilarni tabiiy gaz bilan barqaror, uzluksiz va xavfsiz ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan birga, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda tabiiy gaz ta’minoti ishonchliligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar iste’molchilarni kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan bir maromda va uzluksiz ta’minlashga qaratilgan.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati

October 19, 17:58
Media unavailable
6
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioni
qabul qildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
принял
Государственного секретаря Соединенных Штатов Америки Марко Рубио.
#Mirziyoyev
#qabul
#AQSh
#hamkorlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 19, 12:23

Hurmatli iste’molchilar!
Toshkent shahri Yunusobod tumani “Yangiarik” MFYda, Iftixor ko‘chasida joylashgan yer osti o‘rta bosimli D-530 mm gaz quvurida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining “Yunusobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 20-oktabr kuni rejalashtirilgan.
Ushbu ta’mirlash ishlarini bajarish jarayonida 2026-yil 20-oktabr kuni soat 09:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarining gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari:
• “Minor” MFY markazidagi 6-dahada joylashgan 32 ta ko‘p qavatli uy — jami 1 700 ta xonadon;
• “Minor” MFYning Gunafsha, Elobod, Xurshid, Minor berk va Dalazor ko‘chalaridagi 120 ta yerli xonadon;
• “Iftixor” MFY, Iftixor ko‘chasidagi 1-A va 121–170-sonli ko‘p qavatli uylar — jami 121–170 ta xonadon.
Tabiiy gaz ta’minoti ta’mirlash ishlari yakunlangach, bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati

October 19, 08:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚠️
MUTAXASSIS TAVSIYASI
🧑‍🔧
🔥
IS GAZI HAQIDA ODDIY TUSHUNCHA
💨
IS GAZI — KO‘RINMAS, LEKIN O‘TA XAVFLI!
Is gazi (uglerod oksidi) hidsiz, rangsiz va o‘ldiruvchi gaz bo‘lib, u inson organizmiga kirgach, bir necha daqiqada hushni yo‘qotish yoki nafas olishni to‘xtatish xavfini tug‘diradi.
🏠
Eng ko‘p uchraydigan sabablar:
🚫
Mo‘rikonning yopilib qolishi
💨
Gaz yoqilganda havoning yetarli bo‘lmasligi
🔥
Gaz plitasi, isitgich yoki pechdan noto‘g‘ri foydalanish
‼️
Eslab qoling:
✅
Har doim mo‘rini tekshirib turing
✅
Xonani tez-tez shamollating
✅
Yondirilgan gazni nazoratsiz qoldirmang
😷
Is gazi — jim dushman, uni ko‘rmaysiz, lekin his qilgan payt kech bo‘lishi mumkin.

October 19, 06:49
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#Sessiya_oldi_organish
#19_1_Modda_ijrosi
✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
❗️
YAKKASAROY TUMANIDA GAZ TA’MINOTI VA AVARIYA-DISPETCHERLIK XIZMATI FAOLIYATI O‘RGANILDI
🏛
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Muminov Obidjon Odilovich boshchiligida, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda
poytaxtda ichimlik va issiq suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti, kanalizatsiya tizimi hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan hududlarda sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borildi.
🔺
O‘rganishlarning dastlabki manzili
Yakkasaroy tumanidagi markaziy avariya-dispetcherlik markazi
bo‘ldi. Deputatlar va soha mutasaddilari markazning kundalik faoliyati, tabiiy gaz ta’minoti tizimida yuzaga keladigan nosozliklarga tezkor munosabat bildirish hamda aholining murojaatlarini qabul qilish jarayonlari bilan tanishdi.
♻️
Jarayonda
kuz-qish mavsumida tabiiy gaz ta’minotining barqarorligini ta’minlash, gaz tarmoqlaridagi bosimni nazorat qilish, avariya holatlarining oldini olish va ularni tezkor bartaraf etish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📞
Shuningdek, dispetcherlik xizmatiga kelib tushayotgan murojaatlarni ro‘yxatga olish, ularni tegishli avariya brigadalariga yo‘naltirish, tezkor xizmatlarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish hamda fuqarolarni yuzaga kelgan uzilishlar haqida xabardor qilish tartiblari ko‘rib chiqildi.
🗣
“Hududgaz Poytaxt” GTF boshlig‘i B. Po‘latov mas’ulligida
markaz faoliyati, mavjud texnik imkoniyatlar, gaz taqsimlash tarmoqlarining mavsumga tayyorgarligi hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
📋
O‘rganish davomida gaz ta’minoti sohasidagi xavfsizlik talablariga rioya etish, avariya-dispetcherlik xizmatining doimiy shayligini ta’minlash va kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlashga qaratilgan choralar e’tibor markazida bo‘ldi.
➡️
Poytaxtda kommunal ta’minot tizimlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari navbatdagi manzillarda davom etmoqda.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
🔎
E-kengash

October 19, 05:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Safar davomida transport infratuzilmasi va zamonaviy shaharsozlik loyihalari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Ertaga, 19-oktabr kuni, davlatimiz rahbari Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Самаркандскую область. Программой поездки предусмотрено ознакомление с проектами развития транспортной инфраструктуры и современного градостроительства.
Завтра, 19 октября, глава нашего государства примет участие в заседании Американо-узбекского делового и инвестиционного совета и проведет ряд двусторонних встреч.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 19, 05:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz Imom Moturidiy majmuasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с созидательной работой в комплексе Имама Матуриди.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 19, 04:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialiga tashrif buyurdilar
Ushbu mavzu yuzasidan “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturida so‘z bordi.
“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati

October 18, 10:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗
#XavfsizGaz
: UYINGIZ HAMISHA ILIQ BO‘LSIN!
🏠
🔥
Sovuq kunlarda gazdan xavfsiz va oqilona foydalaning:
☑
Gaz jihozlarining sozligini tekshiring
☑
Xonalarni muntazam shamollatib turing
☑
Mo‘ri va dudburonlarni vaqtida tozalang
☑
Gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang
📱
Tabiiy gaz uchun to‘lovlarni mobil ilovalar orqali o‘z vaqtida amalga oshiring
⚠️
Xavfsizlik qoidalariga amal qiling — o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang!
🔂
•
Facebook
•
Instagram
•
YouTube
•
Telegram
•

October 18, 10:05

Hurmatli iste’molchilar!
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi “Obod” MFY hududida joylashgan yer osti yuqori bosimli D-325 mm gaz quvurini kesish ishlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining “Yunusobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 19-oktabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur ishlarni bajarish jarayonida
2026-yil 19-oktabr kuni soat 09:00 dan 18:00 ga qadar
quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarining gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari:
• “Posira” MFY hududidagi 4 ta ko‘p qavatli uyda joylashgan jami 515 ta xonadon;
• “Obod” MFY hududidagi 120 ta yerli xonadon.
Ulgurji iste’molchilar:
• “EDEM” AGNKS;
• Bolalar uyi;
• “Dream Gaz” AGNKS;
• “TRIUMPH ORIENTIR” AGNKS;
• “Posira” va “Obod” MFYlar hududida joylashgan 32 ta ulgurji iste’molchi.
Gaz ta’minoti rejalashtirilgan ishlar yakunlanganidan so‘ng bosqichma-bosqich tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati