
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchinni
qabul qildi.
—
В рамках программы пятого Ташкентского международного инвестиционного форума Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
принял
Премьер-министра Республики Беларусь Александра Турчина.
#Mirziyoyev
#qabul
#Belarus
#hamkorlik
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadovni
qabul qildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
принял
Премьер-министра Азербайджанской Республики Али Асадова, прибывшего в нашу страну для участия в Ташкентском международном инвестиционном форуме.
#Mirziyoyev
#qabul
#Ozarbayjon
#hamkorlik
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz
Prezidentimiz AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.
—
Президент нашей страны встретился с руководителями ведущих компаний США.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🔥
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali va tuman gaz ta’minoti bo‘limlari xodimlari yozning jazirama kunlarida ham iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz, xavfsiz hamda me’yoriy bosimda ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan gaz tarmoqlari va qurilmalarining texnik holati muntazam nazorat qilinib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aholi va iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda tabiiy gazni ishonchli yetkazib berish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
.
Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begayni rasmiy kutib olish
marosimi
boʻldi.
—
В резиденции «Куксарой» прошла
церемония
официальной встречи Президента Республики Албания Байрама Бегая, совершающего официальный визит в нашу страну.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Albaniya
#marosim
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz
🏃♀️
“Hududgaz Poytaxt” GTF xotin-qizlari “Ayollar sport olimpiadasi”da faol ishtirok etdi
Poytaxtdagi Olimpiya shaharchasida “Ayollar sport olimpiadasi”ning respublika bosqichi doirasida ommaviy badantarbiya mashqlari hamda “Besh ming qadam” yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sport tadbirida “Hududgaz Poytaxt” GTF xotin-qizlari ham faol qatnashib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jismoniy faollikni oshirishga munosib hissa qo‘shdilar.
Bunday tadbirlar xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, jamoada hamjihatlik muhitini kuchaytirish hamda faol hayot tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Mirzo Ulug‘bek tumani “Ming Lola” MFY, Qora Suv 6-mavzesidagi o‘rta bosimli gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqishi holatini bartaraf etish maqsadida 8 ta ko‘p qavatli uyda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.
“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tasarrufidagi
“Zangori olov” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
navbatdagi mavsumda bolajonlarimiz uchun o‘z eshiklarini ochdi.
Ushbu mavzu yuzasidan “O‘zbekiston 24” radiosining “Yangiliklar-24” informatsion dasturida so‘z bordi.
“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
😊
😊
😊
😊
😊
🔥
Tabiiy gaz zaxiralari abadiy emas
Energiya resusrlaridan tejamkor foydalanaylik
!
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz
Toshkent shahrida Italiya texnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti o‘rnatilmoqda
2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yunusobod tumanida ma’nan va texnik jihatdan eskirgan yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti zamonaviy, Italiya texnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan yangi gaz taqsimlash punktiga almashtirilmoqda.
Mazkur ishlar “Hududgazta’minot” AJ, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali, “Texnopark” MCHJ hamda italiyalik mutaxassislar hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Texnopark” MCHJ tomonidan Yunusobod tumanida yuqori bosimli “Osten” gaz taqsimlash punkti (GTP) o‘rnatildi. Pietro Fiorentini texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan mazkur GTP soatiga 122 ming kub metr tabiiy gaz o‘tkazish quvvatiga ega. Uskunaning gazni filtrlash darajasi yuqori bo‘lib, -20°C dan +60°C gacha bo‘lgan har qanday ob-havo sharoitida iste’molchilarni tabiiy gaz bilan bir me’yorda va barqaror ta’minlash imkonini beradi.
Loyihaning asosiy maqsadi iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz, xavfsiz va barqaror ta’minlashdan iborat. Yangi gaz taqsimlash punkti zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega bo‘lib, gaz ta’minoti jarayonlarini onlayn monitoring qilish va masofadan boshqarish imkoniyatini yaratadi.
Shuningdek, uskunaning zamonaviy hisoblash mexanizmlari gaz sarfini aniq nazorat qilishga xizmat qiladi hamda gaz ta’minoti tizimining ishonchliligi va samaradorligini yanada oshiradi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida infratuzilmani modernizatsiya qilish va iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati