Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

iHistory 📝

iHistorii
Intellectual o'yinlarga savol qilinuvchi asab buzar manbalardan biri. Ko'plab sizga ma'qul bo'lmaydigan savollar shu kanaldan tuzilishi mumkin.
Subscribers
1 620
24 hours
30 days
-20
Post views
1 304
ER
80,74%
Posts (30d)
Characters in post
580
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
January 03, 16:55

Benedikt Arnold
Izoh: AQSHlik Iuda.

January 03, 16:20

"Yaxshisi Solga qoʻngʻiroq qiling" serialida amerikalik qahramonning soʻzida turmasligi haqida gapirilar ekan U eslab oʻtiladi. Ice Cube o'z guruhini ogʻir vaziyatda tashlab ketgan Niggazni UNGA qiyoslaydi. U kim?

January 03, 16:14

Bolgar soyaboni
Izoh: dissident Georgiy Markov, Londonda boʻlgan vaqtida soyabon bilan oyogʻiga yengil jarohat berib ketishadi. Keyinchalik bu aslida ritsin ekanligi maʼlum boʻlib Markov jon beradi. Boshqa josuslik filmlarida ham bu syujet eslangan.

January 03, 16:10

Breaking Bad serialida dushmanni ritsin bilan oʻldirilish haqida gapirilar ekan, ukol soʻngra U eslanadi. Uni biri atoqli ot boʻlgan ikki soʻzda ayting.

October 24, 08:05

#fakt #navoiy Alisher Navoiy metro bekati devorlarida nega "Hayrat ul-abror" asariga oid panno mavjud emas? Bekat devorlarida "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai sayyor", "Saddi Iskandariy" ga bag'ishlangan pannolar mavjud. Ammo "Xamsa" ning birinchi…

October 24, 08:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

#fakt
#navoiy
Alisher Navoiy metro bekati devorlarida nega "Hayrat ul-abror" asariga oid panno mavjud emas?
Bekat devorlarida
"Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai sayyor", "Saddi Iskandariy"
ga bag'ishlangan pannolar mavjud. Ammo
"Xamsa"
ning birinchi qismiga atalgan dekorativ suratni ko'rmaysiz.
Birinchi versiyaga ko'ra,
simmetriya buzilmasligi uchun
bu asarning pannosini chizishmagan, ya'ni 2 asar qarshisida boshqa 2 asarning pannosi chizilib, simmetriya hosil qilingan.
Ikkinchi versiyaga ko'ra, asardagi
diniy elementlar sabab Moskva aynan shu asar pannosini rad qilgan.
Uchinchi va menga yoqadigan versiya esa quyidagicha:
"Hayrat ul-abror"
nomi
"Yaxshi kishilarning hayratlanishi"
degan ma'noni beradi. Metro bekatiga tushgan
YAXSHI ODAMLAR
bekat haybati va go'zalligidan
HAYRATLANISHI
kerak edi, ya'ni
bu asarga o'rnatilmagan panno - odamlarning o'zlaridir
🔥
.
Fakt yoqqan bo'lsa, boshqalarga ham ulashsangiz, xursand bo'lamiz!
😊
@hammasiyaxshi_rancho

October 19, 17:31
Media unavailable
2
Show in Telegram

August 23, 05:06

Savol tuzish boʻyicha qarashlar.
Diskleymer
:
kanal asosiy kontenti maʼlumot ulashish boʻlsada, bu postda baʼzi masalalardagi shaxsiy qarashlar beriladi. Shuningdek, yozilgan maʼlumotlarga muallifning oʻzi doimo, amal qilib kelganligi yoki bundan keyin bunday boʻlmasligiga kafolat berilmaydi.
Navbatchilikka savol tuzib, uni xalqqa tortiq qilayotganimga ham bir necha yil boʻlib qolibdi. Bu borada, baʼzi oʻzgargan qarashlarim haqida aytib oʻtmoqchiman.
Dastlab, fakti ogʻir, klubga hali tanish boʻlmagan, uncha mashhur boʻlmagan, tor doiradagi faktlardan savol tuzish, shuningdek savolning javobi oʻqilgandagi klubning "sukunat ovozi"
dan bahra olish tarafdori boʻlganman.
Lekin yaqin yillarda tushunib yetdimki, bir qiziq paradoks mavjud yaʼni qiyin savol tuzish oson, oson savol tuzish esa juda
qiyin
)).
Masalan siz Dayson sferasi haqida oʻqib qoldingiz, ushbu faktni qiyin savol qilib koʻring, undan soʻng oson savol qilib koʻring. (
Javobi aynan shunday chiqishi shart emas, izohlarda tuzib koʻrishingiz mumkin
). Aniq ayta olamanki, oson savol tuzishingiz uchun koʻproq, chuqurroq izlanishga kirishasiz. Aytmoqchimanki, qiyin savolni istalgan odam tuzib bera olishi mumkin. Lekin oson savoln unday emas. Bundan kelib chiqib aytishim mumkinki, men qachondir tuzgan qiyin savollarni, klubdagi istalgan boshqa bilimdon ham tuzib bera olgan va tuzib beradi ham.
Umuman olganda aytmoqchimanki, klubga chindanam yangi narsani koʻrsatmoqchi boʻlsam, buni toʻgʻridan-toʻgʻri javobda soʻrab emas, (
qachonlardir, Edward Cammings, Overton oynasi, Prosper Merime savollari kabi – barchasi oʻz vaqtida "grob" boʻlgan)
aksincha, savol matnida berib borish afzal degan fikr tarafdoriga aylandim.
Bu gaplar albatta, shunchaki shaxsiy fikr va boshqa jamoalarga murojaatnoma, yoki taklif emas. Sababi, sizlarga ham qachondir shu fikr kelishiga ishonaman.

August 15, 18:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

Eng mashhur yetti qonun
1. Myorfi qonuni: Nimadir sodir boʻlishidan qanchalik koʻp qoʻrqsangiz, uning sodir boʻlish ehtimoli shunchalik katta boʻladi
2. Kidlin qonuni: Agar muammo aniq va konkret yozib qoʻyilsa, uning yarmi hal boʻlgan deyavering.
3. Gilbert qonuni: Biror masalani hal qilishga kirishar ekansiz, kerakli natijaga erishishning eng yaxshi usullarini topish uchun doimo shaxsan masʼulsiz.
4. Uilson qonuni: Agar bilim va intellekt birinchi oʻringa qoʻyilsa, pul oʻz-oʻzidan kela boshlaydi.
5. Folklend qonuni: Agar qandaydir masala yuzasidan qaror qabul qilish zaruriyati boʻlmasa — qabul qilmang.
6. Parkinson qonuni: Ish unga ajratilgan barcha vaqtni band qiladi, hattoki u haddan ziyod boʻlsa ham, bu esa samaradorlikni pasaytiradi.
7. Pareto prinsipi (80/20 qoidasi): Juda koʻp vaziyatlarda 80 foiz natijani 20 foizlik saʼy-harakat va omillar taʼminlab beradi.
👉
@ilmiy_darajali_kadrlar

April 25, 20:15

"
Bolgar soyaboni"
(inglizcha: Bulgarian Umbrella) — bu maxsus yashirin mexanizmga ega soyabon bo‘lib, uning ichida kichik zaharli pellet (odatda ritsin zahari) yuborish uchun pnevmatik qurilma o‘rnatilgan.
Bu atama Bolgariya dissident yozuvchisi Georgi Markovning 1978-yil 7-sentrabrda Londondagi Vaterloo ko‘prigida o‘ldirilishi bilan mashhur bo‘ldi. Markov o‘sha kuni noma’lum shaxs tomonidan soyabon uchi bilan soniga zarb berilganidan so‘ng, to‘rt kun o‘tib vafot etdi. Otopsi natijasida uning tanasida ritsin zahari bo‘lgan kichik metall pellet topilgan.
Post SI yordamida yozildi.