Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

iHistory πŸ“

iHistorii
Intellectual o'yinlarga savol qilinuvchi asab buzar manbalardan biri. Ko'plab sizga ma'qul bo'lmaydigan savollar shu kanaldan tuzilishi mumkin.
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
1 620
24 часа
β€”
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
-20
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
1 304
ER
80,74%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
β€”
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
580
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
EDΠžΠ±Ρ‰Π΅Π΅ ΠΎΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅ ΠΈ новости
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠœΡƒΠΆΡΠΊΠΎΠΉ
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ИсслСдования и акадСмия
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
January 03, 16:55

Benedikt Arnold
Izoh: AQSHlik Iuda.

January 03, 16:20

"Yaxshisi Solga qoΚ»ngΚ»iroq qiling" serialida amerikalik qahramonning soΚ»zida turmasligi haqida gapirilar ekan U eslab oΚ»tiladi. Ice Cube o'z guruhini ogΚ»ir vaziyatda tashlab ketgan Niggazni UNGA qiyoslaydi. U kim?

January 03, 16:14

Bolgar soyaboni
Izoh: dissident Georgiy Markov, Londonda boΚ»lgan vaqtida soyabon bilan oyogΚ»iga yengil jarohat berib ketishadi. Keyinchalik bu aslida ritsin ekanligi maΚΌlum boΚ»lib Markov jon beradi. Boshqa josuslik filmlarida ham bu syujet eslangan.

January 03, 16:10

Breaking Bad serialida dushmanni ritsin bilan oΚ»ldirilish haqida gapirilar ekan, ukol soΚ»ngra U eslanadi. Uni biri atoqli ot boΚ»lgan ikki soΚ»zda ayting.

October 24, 08:05

#fakt #navoiy Alisher Navoiy metro bekati devorlarida nega "Hayrat ul-abror" asariga oid panno mavjud emas? Bekat devorlarida "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai sayyor", "Saddi Iskandariy" ga bag'ishlangan pannolar mavjud. Ammo "Xamsa" ning birinchi…

October 24, 08:05
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#fakt
#navoiy
Alisher Navoiy metro bekati devorlarida nega "Hayrat ul-abror" asariga oid panno mavjud emas?
Bekat devorlarida
"Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai sayyor", "Saddi Iskandariy"
ga bag'ishlangan pannolar mavjud. Ammo
"Xamsa"
ning birinchi qismiga atalgan dekorativ suratni ko'rmaysiz.
Birinchi versiyaga ko'ra,
simmetriya buzilmasligi uchun
bu asarning pannosini chizishmagan, ya'ni 2 asar qarshisida boshqa 2 asarning pannosi chizilib, simmetriya hosil qilingan.
Ikkinchi versiyaga ko'ra, asardagi
diniy elementlar sabab Moskva aynan shu asar pannosini rad qilgan.
Uchinchi va menga yoqadigan versiya esa quyidagicha:
"Hayrat ul-abror"
nomi
"Yaxshi kishilarning hayratlanishi"
degan ma'noni beradi. Metro bekatiga tushgan
YAXSHI ODAMLAR
bekat haybati va go'zalligidan
HAYRATLANISHI
kerak edi, ya'ni
bu asarga o'rnatilmagan panno - odamlarning o'zlaridir
πŸ”₯
.
Fakt yoqqan bo'lsa, boshqalarga ham ulashsangiz, xursand bo'lamiz!
😊
@hammasiyaxshi_rancho

October 19, 17:31
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

August 23, 05:06

Savol tuzish boΚ»yicha qarashlar.
Diskleymer
:
kanal asosiy kontenti maΚΌlumot ulashish boΚ»lsada, bu postda baΚΌzi masalalardagi shaxsiy qarashlar beriladi. Shuningdek, yozilgan maΚΌlumotlarga muallifning oΚ»zi doimo, amal qilib kelganligi yoki bundan keyin bunday boΚ»lmasligiga kafolat berilmaydi.
Navbatchilikka savol tuzib, uni xalqqa tortiq qilayotganimga ham bir necha yil boΚ»lib qolibdi. Bu borada, baΚΌzi oΚ»zgargan qarashlarim haqida aytib oΚ»tmoqchiman.
Dastlab, fakti ogΚ»ir, klubga hali tanish boΚ»lmagan, uncha mashhur boΚ»lmagan, tor doiradagi faktlardan savol tuzish, shuningdek savolning javobi oΚ»qilgandagi klubning "sukunat ovozi"
dan bahra olish tarafdori boΚ»lganman.
Lekin yaqin yillarda tushunib yetdimki, bir qiziq paradoks mavjud yaΚΌni qiyin savol tuzish oson, oson savol tuzish esa juda
qiyin
)).
Masalan siz Dayson sferasi haqida oΚ»qib qoldingiz, ushbu faktni qiyin savol qilib koΚ»ring, undan soΚ»ng oson savol qilib koΚ»ring. (
Javobi aynan shunday chiqishi shart emas, izohlarda tuzib koΚ»rishingiz mumkin
). Aniq ayta olamanki, oson savol tuzishingiz uchun koΚ»proq, chuqurroq izlanishga kirishasiz. Aytmoqchimanki, qiyin savolni istalgan odam tuzib bera olishi mumkin. Lekin oson savoln unday emas. Bundan kelib chiqib aytishim mumkinki, men qachondir tuzgan qiyin savollarni, klubdagi istalgan boshqa bilimdon ham tuzib bera olgan va tuzib beradi ham.
Umuman olganda aytmoqchimanki, klubga chindanam yangi narsani koΚ»rsatmoqchi boΚ»lsam, buni toΚ»gΚ»ridan-toΚ»gΚ»ri javobda soΚ»rab emas, (
qachonlardir, Edward Cammings, Overton oynasi, Prosper Merime savollari kabi – barchasi oΚ»z vaqtida "grob" boΚ»lgan)
aksincha, savol matnida berib borish afzal degan fikr tarafdoriga aylandim.
Bu gaplar albatta, shunchaki shaxsiy fikr va boshqa jamoalarga murojaatnoma, yoki taklif emas. Sababi, sizlarga ham qachondir shu fikr kelishiga ishonaman.

August 15, 18:46
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Eng mashhur yetti qonun
1. Myorfi qonuni: Nimadir sodir boΚ»lishidan qanchalik koΚ»p qoΚ»rqsangiz, uning sodir boΚ»lish ehtimoli shunchalik katta boΚ»ladi
2. Kidlin qonuni: Agar muammo aniq va konkret yozib qoΚ»yilsa, uning yarmi hal boΚ»lgan deyavering.
3. Gilbert qonuni: Biror masalani hal qilishga kirishar ekansiz, kerakli natijaga erishishning eng yaxshi usullarini topish uchun doimo shaxsan masΚΌulsiz.
4. Uilson qonuni: Agar bilim va intellekt birinchi oΚ»ringa qoΚ»yilsa, pul oΚ»z-oΚ»zidan kela boshlaydi.
5. Folklend qonuni: Agar qandaydir masala yuzasidan qaror qabul qilish zaruriyati boΚ»lmasa β€” qabul qilmang.
6. Parkinson qonuni: Ish unga ajratilgan barcha vaqtni band qiladi, hattoki u haddan ziyod boΚ»lsa ham, bu esa samaradorlikni pasaytiradi.
7. Pareto prinsipi (80/20 qoidasi): Juda koΚ»p vaziyatlarda 80 foiz natijani 20 foizlik saΚΌy-harakat va omillar taΚΌminlab beradi.
πŸ‘‰
@ilmiy_darajali_kadrlar

April 25, 20:15

"
Bolgar soyaboni"
(inglizcha: Bulgarian Umbrella) β€” bu maxsus yashirin mexanizmga ega soyabon boβ€˜lib, uning ichida kichik zaharli pellet (odatda ritsin zahari) yuborish uchun pnevmatik qurilma oβ€˜rnatilgan.
Bu atama Bolgariya dissident yozuvchisi Georgi Markovning 1978-yil 7-sentrabrda Londondagi Vaterloo koβ€˜prigida oβ€˜ldirilishi bilan mashhur boβ€˜ldi. Markov oβ€˜sha kuni noma’lum shaxs tomonidan soyabon uchi bilan soniga zarb berilganidan soβ€˜ng, toβ€˜rt kun oβ€˜tib vafot etdi. Otopsi natijasida uning tanasida ritsin zahari boβ€˜lgan kichik metall pellet topilgan.
Post SI yordamida yozildi.