
Abu Ali ibn Sino maktabi
#Tashrif
🏛️
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
ning 8-“E” sinf o‘quvchilari Tarix fani o‘qituvchisi
H. Qalandarov
boshchiligida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga
tashrif buyurdilar.
📚
Tashrif davomida o‘quvchilar tariximizning eng qadimgi davrlaridan tortib, mustaqillik va Yangi O‘zbekiston davrigacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar hamda qimmatli eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
🏺
Muzeydagi tarixiy manbalar va arxeologik topilmalar o‘quvchilarning darslarda olgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
💬
Ekskursiya davomida o‘quvchilar tarixiy jarayonlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
✨
Mazmunli tashkil etilgan ushbu ekskursion dars o‘quvchilarda katta taassurot qoldirib,
Vatanimiz tarixini chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga
xizmat qildi.
Bizni kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web
|
🌐
Youtube
#Kelajak_soati
⏰
✨
🇺🇿
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida
“Oilada: Mustaqillik yillari yutuqlari muhokamasi”
mavzusida
“Kelajak soati”
mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
📚
Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar bilan O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan buyon mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar va xalqimiz hayotida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar haqida suhbatlar tashkil etildi.
👨👩👧👦
Mavzuni oilaviy muhit bilan bog‘lagan holda, o‘quvchilar oila davrasida mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim, fan, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi yutuqlar haqida fikr almashdilar.
💬
Suhbatlar davomida o‘quvchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik, Vatanga muhabbat va mustaqillikni qadrlash tuyg‘ularini yanada mustahkamladilar.
🌱
Shuningdek, yosh avlodning bugungi imkoniyatlardan unumli foydalanishi, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishi haqida fikrlar bildirildi.
✨
Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, kelajagimiz uchun mustahkam poydevordir!
Bizni kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web
|
🌐
Youtube
Channel photo updated
#Mustaqillik_darslari
🇺🇿
#Kelajak_soati
⏰
✨
🇺🇿
Mustaqillik darslari va “Kelajak soati” maktabimizda yuqori shukuh bilan bo‘lib o‘tdi!
🎉
Yangi 2026–2027-o‘quv yilining ilk kunida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bayramona kayfiyat, Vatanga muhabbat va faxr tuyg‘ulariga boy tadbirlar tashkil etildi.
📚
Barcha sinflarda ilk dars soati
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
shiori ostida “Mustaqillik darslari” hamda “Kelajak soati”ga bag‘ishlandi.
✨
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarimiz O‘zbekiston mustaqilligining
35 yillik sharafli yo‘li
, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda tinchlik va osoyishtalikning bebaho qadri haqida fikr almashdilar.
💡
“Kelajak soati” doirasida o‘quvchilar o‘z orzu-maqsadlari, kelajakda egallamoqchi bo‘lgan kasblari va yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shadigan hissalari haqida o‘z g‘oyalarini taqdim etdilar.
📚
Darslar qiziqarli taqdimotlar, videoroliklar, savol-javoblar, samimiy munozaralar va interaktiv topshiriqlar asosida tashkil etildi.
🌟
O‘quvchilarning faolligi, intilishi va kelajakka bo‘lgan ishonchi ushbu mashg‘ulotlarning mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minladi.
🇺🇿
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yangi o‘quv yili barchamiz uchun ulkan zafarlar va yangi marralar yili bo‘lsin!
🏆
Bizni kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web
|
🌐
Youtube
#Bilimlar_kuni
🎓
📚
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda
2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni”
tadbiri tantanali va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿
Tadbir davomida o‘quvchilar va ustozlarga ezgu tilaklar bildirilib, yangi o‘quv yiliga katta maqsad va ishonch bilan qadam qo‘yildi.
✨
Yangi o‘quv yili — yangi marralar sari!
Bizni kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web
|
🌐
Youtube
🎆
BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILI YANGI MAQSADLAR BILAN BOSHLANDI!
🎓
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan
“Bilimlar kuni”
tadbiri tantanali va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
🌟
Tadbirni maktab direktori
Bekov Baxtiyor Muratxodjayevich
ochib berdi. Direktor o‘z tabrigida o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etib, barchaga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak natijalar va omad tiladi.
🇺🇿
Shundan so‘ng,
Al Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati direktori Javohir Ahmedov
so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llangan
Bayram tabrigini o‘quvchilar va ustozlarga o‘qib eshittirdi.
📚
Tadbir davomida yangi o‘quv yilining ustuvor vazifalari, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda xalqaro va respublika miqyosida yuqori natijalarga erishish borasidagi maqsadlar haqida so‘z yuritildi.
🏆
O‘tgan o‘quv yilida o‘quvchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yuqori natijalar munosib e’tirof etildi.
✨
Yangi o‘quv yili — yangi marralar, yangi imkoniyatlar va yangi zafarlar sari dadil qadam!
💫
Barchaga bilim va izlanishlarga boy, muvaffaqiyatli o‘quv yili tilaymiz!
Bizni kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web
|
🌐
Youtube
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga
tabrigi
Aziz farzandlarim!
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Hurmatli ota-onalar!
Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman.
Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin!
Hurmatli bayram ishtirokchilari!
Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz.
Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir.
Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir.
Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz.
Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang.
Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang!
Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling!
Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
—
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!
Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!
Слава нашему народу – созидателю независимости!
С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан.
Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток!
Да здравствует Республика Узбекистан!
Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев,
Президент Республики Узбекистан
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#Mustaqillik_menga_nima_berdi
🇺🇿
Mustaqilligimizning
35 yilligi
munosabati bilan olimpiadachi yoshlarimizning bayram tilaklari davom etmoqda.
✅
Videolavhada
IChO 2026 kumush medali sovrindori Mirjalol Homidjonov
Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘zining samimiy tilaklarini yo‘llaydi.
🇺🇿
Olimpiadachi
yoshlarimiz ishtirokidagi bayramona fleshmob davom etadi!
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor