Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Abu Ali ibn Sino maktabi

ibnsinomaktabuz
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 👉🏻 https://www.instagram.com/ibnsinomaktabi.uz/ 👉🏻 https://ibnsino-maktab.uz/ 👉🏻 https://www.youtube.com/@Ibnsinomaktabuz
Подписчики
3 874
24 часа
-5
30 дней
-76
Просмотры
1 116
ER
28,81%
Посты (30д)
46
Символов в посте
1 082
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 26, 06:15
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

📚
KELAJAK KASBLARI BUGUNDAN BOSHLANADI!
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda
o‘quvchilarning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish va kelajak kasblari haqida bilimlarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etildi.
🔹
7–8-sinflar
uchun — «Kelajak kasblari bugundan boshlanadi»;
🔹
9–11-sinflar
uchun — «Kelajak kasblari – ongli ravishda kasb tanlash» mavzularida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
💡
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar sun’iy intellekt, robototexnika, kiberxavfsizlik, biotexnologiya va yashil energetika kabi istiqbolli yo‘nalishlar bilan tanishdilar. Guruhiy loyihalar orqali zamonaviy kasblarning vazifalari, ularni egallash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni tahlil qildilar.
🎯
Shuningdek, o‘quvchilar o‘z kasbiy qiziqishlarini aniqlash, kelajakdagi maqsadlarini belgilash va ularga erishish yo‘llarini rejalashtirish bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajardilar.
✅
Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, jamoada ishlash va kasb tanlashga ongli yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
✨
Zero, muvaffaqiyatli kelajak sari ilk qadam bugun qo‘yiladi!
Bizni kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web
|
🌐
Youtube

October 25, 18:58
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💥
Бугун, 25 октябрь — Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар органлари ходимлари куни!
🏫
Абу Али ибн Сино номидаги ихтисослаштирилган мактаб
жамоаси барча ички ишлар органлари ходимларини касб байрами билан самимий муборакбод этади!
Ҳурматли тинчлигимиз посбонлари! Сизларга мустаҳкам саломатлик, оилавий бахт, хотиржамлик ва шарафли фаолиятингизда улкан муваффақиятлар тилаймиз!
Юртимиз тинчлиги ва халқимиз осойишталиги йўлидаги масъулиятли хизматингизда доимо куч-қувват ва зафарлар ёр бўлсин!
🎉
Байрамингиз муборак бўлсин!
Ҳурмат билан,
Абу Али ибн Сино номидаги ихтисослаштирилган мактаб директори
Беков Бахтиёр Муратходжаевич!

October 24, 15:58
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🧪
KIMYO FANIDAN QIZIQARLI LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab kimyo fani laboranti tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Termiz filiali o‘quvchilari uchun laboratoriya mashg‘uloti tashkil etildi.
🔬
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar kimyo fanidan qiziqarli laboratoriya tajribalarini bajarish, kimyoviy jarayonlarni amaliy kuzatish hamda laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni o‘rganmoqdalar.
📚
Ushbu mashg‘ulot o‘qituvchilarning laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini boyitish, tajriba almashish hamda ta’lim jarayonida samarali metodlardan foydalanishga xizmat qiladi.
✨
Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — sifatli ta’lim asosi!
#Kimyo
#Laboratoriya_mashg
‘uloti
#Metodik_hamkorlik
#Texnika_xavfsizligi
#Taʼlim_sifati
🔔
Bizni kuzatib borishda davom eting!
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
W
eb

October 24, 15:58
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

📚
METODIK HAMKORLIK — TA’LIM SIFATI VA RIVOJLANISH YO‘LIDA!
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab rahbariyati Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Termiz filialida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonlarini yanada takomillashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda ish faoliyatini rivojlantirish yuzasidan metodik tavsiyalar berdilar.
Tashrif davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (MMMIBDO‘), o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (O‘QIBDO‘) hamda xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining faoliyati, ish jarayonlarini samarali tashkil etish, mavjud vazifalarni takomillashtirish va o‘zaro tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday metodik uchrashuvlar ta’lim sifatini oshirish, samarali boshqaruv tajribalarini ommalashtirish va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝
Hamkorlik — taraqqiyot garovi, sifatli ta’lim esa umumiy maqsadimiz!
#Abu_Ali_Ibn_Sino
#Termiz_filiali
#Metodik_hamkorlik
#Talim_sifati
#Tajriba_almashish
🔔
Bizni kuzatib borishda davom eting!
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
W
eb

October 22, 15:13
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
ONA TILIM — MILLAT G‘URURI VA MA’NAVIY MEROSIMIZ!
🎥
Toshkent telekanalida maxsus reportaj!
🏫
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Al-Beruniy xalqaro maktab-internati hamkorligida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri
Toshkent telekanali reportajida
keng yoritildi.
✨
Tadbir davomida o‘quvchilarimiz ona tilimizning betakror go‘zalligi, boy tarixi va milliy o‘zligimizni ifodalovchi bebaho qadriyat ekanini o‘z chiqishlari orqali namoyon etdilar. She’rlar, kuy-qo‘shiqlar va jozibali raqslar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
💙
Ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni yosh avlod qalbiga singdirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda o‘zbek tilining nufuzini yanada yuksaltirish — barchamizning sharafli burchimizdir!
📺
Reportajni tomosha qiling va bayram lahzalaridan bahramand bo‘ling!
Bizni kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web
|
🌐
Youtube

October 21, 17:34
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
ONA TILIM — MILLAT G‘URURI!
✨
Til — millat ko‘zgusi, milliy g‘urur va ma’naviyat timsoli!
📚
Bugun, 21-oktabr kuni
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Al-Beruniy xalqaro maktab-internati hamkorligida
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan
“Ona tilim — millat g‘ururi”
nomli ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
🌷
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ona tilimizning beqiyos go‘zalligi, boy tarixi va millatimiz ma’naviy hayotidagi o‘rnini tarannum etuvchi dilrabo she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda jozibali raqslar namoyish etildi.
📜
Ayniqsa, millatimizning ma’rifatparvar jadid bobolariga bag‘ishlangan chiqishlar tadbirga o‘zgacha mazmun bag‘ishladi. Ularda jadid ajdodlarimizning milliy til, ma’rifat va millat ravnaqi yo‘lidagi ezgu g‘oyalari yorqin ifoda etildi.
✨
O‘quvchilarning ijodiy chiqishlari, sahnadagi mahorati va ona tiliga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbati bayramga o‘zgacha fayz ulashdi.
💫
Ikki ta’lim muassasasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🇺🇿
Zero, ona tili — millatning ruhi, xalqning g‘ururi, ajdodlardan avlodlarga o‘tuvchi bebaho merosdir!
🌷
Ona tilimizning qadri hamisha yuksak, mavqeyi esa bardavom bo‘lsin!
Bizni kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web
|
🌐
Youtube

October 21, 05:10
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
ONA TILIM — MILLATIM FAXRI, MA’NAVIYATIMIZ KO‘ZGUSI!
💙
📚
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bayramona muhit hukm surdi.
🌷
Ertalabdan maktabga tashrif buyurgan ustozlar, xodimlar va o‘quvchilar ko‘tarinki kayfiyatda, samimiy kutib olindi. Bayramona ruhda bezatilgan maskanda ona tilimizning boyligi, go‘zalligi va betakror jozibasini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi.
📖
Ko‘rgazmalarda Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegim, Abdulla Qodiriy, Zulfiya kabi o‘zbek adabiyoti va ma’naviyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk siymolarning hayoti va ijodiga alohida e’tibor qaratildi.
🧠
Bayram davomida ishtirokchilar ona tilimizga oid qiziqarli tez aytishlar, mantiqiy boshqotirmalar va zukkolikni sinovdan o‘tkazuvchi topshiriqlarda faol qatnashib, o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etdilar.
✨
Ushbu tadbir barchaga bayramona kayfiyat ulashish bilan birga, o‘zbek tilining naqadar boy, serjilo va keng imkoniyatlarga ega ekanini yana bir bor namoyon etdi.
💚
Ona tiliga ehtirom — millatga ehtirom!
Tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash, boy merosimizni kelajak avlodga yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.
🇺🇿
Ona tilimiz doimo qalbimiz faxri, milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimiz timsoli bo‘lib qolsin!
Bizni kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web
|
🌐
Youtube

October 20, 16:06
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

📚
ONA TILI — MA’NOLAR XAZINASI!
🏫
20-oktabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ona tili fanidan
“Ma’nolar xazinasi: maqollar. So‘z yasalishi”
mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
🌟
Dars davomida o‘quvchilarning ona tilimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilimlarini mustahkamlash, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida turli noan’anaviy metodlar hamda interfaol usullardan samarali foydalanildi.
📌
Mashg‘ulot jarayonida rang-barang tarqatma materiallar, rasmlar asosida tuzilgan savollar, qiziqarli topshiriqlar va mantiqiy mashqlar qo‘llanildi. O‘quvchilar maqollarning mazmun-mohiyatini ochib berish, ularda aks etgan xalq donishmandligi va hayotiy tajribani anglash, so‘zlarning ma’nosini izohlash hamda so‘z yasalishiga oid bilimlarini amalda qo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar.
💡
Interfaol metodlar asosida tashkil etilgan ochiq dars o‘quvchilarning faolligi, izlanuvchanligi, mantiqiy fikrlashi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
👩‍🏫
Ona tili fani o‘qituvchisi:
Sabirdjanova M.T.
Bizni kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web
|
🌐
Youtube

October 20, 15:52
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

✍️
📚
UMUMMILLIY DIKTANT — SAVODXONLIK VA DAVLAT TILIGA EHTIROM TIMSOLI!
🇺🇿
Yurtimizda oktabr oyining
“Umummilliy diktant oyligi”
deb e’lon qilinishi ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish, aholining yozma savodxonligini oshirish hamda o‘zbek tilining imlo me’yorlariga rioya etish madaniyatini mustahkamlash yo‘lidagi muhim tashabbusdir.
🏫
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda
ham mazkur tashabbus doirasida
“Savodxon tashkilot — savodli jamiyat”
shiori ostida pedagog xodimlar ishtirokida umummilliy diktant tashkil etildi.
📝
Diktant davomida pedagoglar o‘zbek tilining imlo qoidalariga amal qilish darajasini sinovdan o‘tkazib, yozma nutq savodxonligini mustahkamlash va adabiy til me’yorlariga rioya etish borasidagi bilimlarini namoyon etdilar.
🌿
Zero, tilga ehtirom — millatga ehtiromdir! Ona tilimizning sofligini asrash, uning boy imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish har birimizning sharafli burchimizdir.
💙
Savodxon jamiyat — taraqqiyot poydevori!
Bizni kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web
|
🌐
Youtube

October 19, 12:32
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
📣
📣
❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
🌾
🎨
“HOSIL BAYRAMI” MAVZUSIDA RASMLAR TANLOVI!
🍇
🍂
📣
Aziz 7–8-sinf o‘quvchilari!
Siz rasm chizishga qiziqasizmi? O‘z ijodingiz va iste’dodingizni namoyon etishni istaysizmi? Unda “Hosil bayrami” mavzusidagi rasmlar tanlovida ishtirok eting!
🖌️
🍎
Kuzning betakror go‘zalligi, tabiat ne’matlari, dalalardagi mo‘l hosil va kuz saxovatini o‘z rasmlaringizda aks ettiring. Ranglar uyg‘unligi va ijodiy yondashuvingiz orqali o‘z mahoratingizni namoyish eting!
🏆
Aziz o‘quvchilar, ijodingizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Har bir chizilgan rasm — bu o‘ziga xos iste’dod va tasavvur ifodasidir. Tanlovda faol ishtirok eting va o‘z mahoratingizni namoyish qiling!
🗓
Rasmlarni topshirish muddati:
22-oktyabr, payshanba.
👩‍🏫
Tanlov tashkilotchisi:
Maxamadjonova Dilfuza.
🌟
Barchangizga omad va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web
|
🌐
Youtube