
Ibrahim Gulyamov
Kuchli jamoa qurishning 2ta asosiy mezoni qaysilar
,
bilasizmi?
Birinchi mezon bu nomzodning insoniylik jihati va qadriyatlaridir.
Xodimning shaxsiy qadriyatlari korxona qadriyatlariga mos kelishi shart.
Ikkinchi mezon xodimning kasbiy mahorati va tajribasidan iborat.
U o‘z yo‘nalishida yetarli tajribaga ega bo‘lishi lozim.
Faqat kuchli bilim va tajribaning o‘zi yetarli hisoblanmaydi.
Shu bilan birga faqat yaxshi inson bo‘lish ham yetarli emas.
Shtatga qabul qilishda ushbu ikki jihat bir-biri bilan uyg‘unlashadi.
Nomzod ham ma’nan ham professional jihatdan mos kelsa ishga olinadi.
Har ikki mezon bir xil darajada muhim ahamiyatga ega.
Aynan shu muvozanat korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
Qadriyati deganda siz nimani tushunasiz?
@IbrahimGulyamov
❓
Biz shunchaki yashab oʻtib ketish uchun keldikmi?
Dangasalik va maqsadsizlikning asl sababi - oxirgi nuqtani aniq bilmaslikda.
Yangi videoda ushbu muhim mavzularda gaplashdik :
•
Oliy maqsad:
Oxirgi natija nima va unga qanday boramiz?
•
Qadriyatlar:
Yo'ldan adashmaslik uchun chegara (bordyorlar).
•
Aqlning vazifasi:
Jasaddan tashqari ruhni anglash, o'zlikni va Yaratganni tanish.
Buni har bir tadbirkor ko'rishi shart:
📱
Videoni tomosha qilish
Arzon xodim aslida kompaniya uchun juda qimmatga tushadi.
Nega bilasizmi?
Tadbirkor tejash maqsadida shunday tajribasiz xodimni oladi.
Bunday xodim esa tez-tez noto‘g‘ri qarorlar qabul qiladi.
Uning mas’uliyatsizligi va xatolari sabab ishlar qayta bajariladi.
Bu jarayonda kompaniyaning vaqti va puli behuda sarflanadi.
Natijada arzon xodimning yetkazgan zarari bir necha barobar ortadi.
Shuning uchun malakasiz va arzon xodim aslida eng qimmat xodimdir.
Sizda shunday holat bo'lganmi?, bundan keyin o'zingizga qanday xulosa olgansiz?
@IbrahimGulyamov
Rad etib bo'lmas taklif qanday tuziladi?
Bugun darsda tadbirkorlar shunday taklif tuzishni o'rganishdi.
@IbrahimGulyamov
Sizga hozir 100.000$ pul bersam birinchi bo'lib nima qilasiz?
Ko'pchilik biznes boshlash haqida o'ylaydi, balki siz ham o'ylagandirsiz?
Lekin, bu xuddi haydashni bilmaydigan odamga mashina bergandek gap.
Avval, u pulni to'g'ri sarflash ilmi kerak hammamizga.
Shunday ekan, pul kelganida darrov uni sarflash haqida o'ylamang.
U pulni qanday boshqarish ilmini oling.
Sizda hech katta imkoniyatdan noto'g'ri foydalanish holati bo'lganmi?
@IbrahimGulyamov
Qarindoshlarni ishga olishdagi 3ta muhim jihat.
Bularni bilsangiz, hech qachon qarindoshni ishga olganda afsuslanmaysiz.
Tadbirkor do‘stlaringizga yuboring, o‘zingizga saqlab oling. Kerak bo‘ladi.
@IbrahimGulyamov
Oramizda qarindoshini ishga olganlar bormi?
Ishga olib baraka topdingizmi?
Yoki qarindoshchiligingizga putur yetib afsuslandingizmi?
Respublika bo'ylab 3 kunlik intensiv dasturimizga start berdik.
Sizda shunday muammolar bormi?
• Savdo tushib ketgan, raqobatchilar ko'paygan.
• Mayda ishlar ham sizga bog’liq bo’lib qolgan.
• Mijozlarni qanday jalb qilishni bilmayapsiz
• Oilaga, ota-onaga, sog`liqqa qarashga vaqt ajrata olmaysiz
• Yaxshi xodimlarni topolmayapsiz.
• Rahbar sifatida o'z ustingizda ishlay olmayapsiz.
• Foyda-zarar, biznes va shaxsiy pul aniqmas.
Bularga ushbu darslardan yechim olasiz:
1-kun
• Biznes egasi transformatsiyasi
• Marketing strategiyasi
2-kun
• Xodimlarni samarali boshqarish
• Samarali sotuv
3-kun
• Biznesda moliyani boshqarish
• Shaxsiy moliyani boshqarish
Intensiv
haqida batafsil ma’lumot olish uchun hoziroq izohda
" + "
belgisini yozib qoldiring!
@IbrahimGulyamov
Yozishni yomon ko'rasizmi
Og'zaki gapirish tezroq deb o'ylaysiz.
Qisqa muddatda bu haqiqatan tez.
Lekin uzoq muddatda katta muammo tug'iladi.
Xodimga og'zaki vazifa berdingiz.
U noto'g'ri tushunadi va xato bajaradi.
Qarzni yozmadingiz va vaqt o'tib unutasiz.
Sherikchilik shartlarini yozmadingiz.
Keyin "men bunaqa demagandim" deb janjal chiqadi.
Yozishga bir oz vaqt ketadi xolos.
Ammo o'sha yozuv sizni keyingi ko'p kelishmovchiliklardan qutqaradi.
Siz har bir kelishuv va o'rgangan narsalaringizni yozib borasizmi?