Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ibrohim Abdurahmonov

ibrokhim_abdurakhmonov
O’zR qishloq xo’jaligi vaziri Министр сельского хозяйства РУз Minister of Agriculture of the Republic of Uzbekistan fb.com/ibrokhim.abdurakhmonov.7 Instagram.com/ibrokhim.abdurakhmonov twitter.com/Ibrokhimabdu5
Subscribers
3 390
24 hours
51
30 days
520
Post views
513
ER
15,13%
Posts (30d)
307
Characters in post
1 023
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
September 12, 14:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

#mavsum2026
#season2026
#new_era_in_cotton_farming
#Xorazm_viloyati
#Uzbekistan
100 центнерлик пахта даласини кўрмоқчимисиз?
Мархамат, Хоразимда бугун шундай ҳосил етиштирилмоқда!

September 12, 13:25
Media unavailable
9
Show in Telegram

#giantic_pamkins
#feed_crops
Жорий йилда Италиядан
#Биг_Макс
,
#Атлантик_Гигант
ва
#Маммот_Голд
навларининг 600 кг уруғи келтирилиб, барча ҳудудлардаги тажриба станцияларимизнинг жами 150 гектар майдонига экилди. Ҳар гектардан ўртача 500 центнер ҳисобида жами 7,5 минг тонна ҳосил кутилмоқда. Қовоқ меваларининг вазни 25–40 кг га етмоқда.
Хонқада олим иштирокида 312 та фермер хўжалиги раҳбари учун амалий семинар ўтказилди. Ўқув семинарлари бошқа хулудларда ҳам ўтказилмоқда.

September 12, 12:19
Media unavailable
7
Show in Telegram

Oltinsoyda mo‘l hosil: yangi yondashuvlar uzumchilikda o‘z samarasini bermoqda
Ishchi tashrif bilan Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi
“Janub joziba” fermer xo‘jaligiga qarashli uzumzorlar faoliyati
bilan tanishdim.
Umumiy maydoni 3,5 gektarni tashkil etuvchi ushbu hududda ayni paytda 4 xil uzum navi zamonaviy agrotexnik talablar asosida parvarish qilinmoqda.
Mas’ullarning ma’lum qilishicha, xo‘jalikda 4 nafar doimiy va 15–20 nafar mavsumiy ishchi mehnat qilmoqda. Yetishtirilayotgan mahsulotlar, asosan, ichki bozorga yo‘naltiriladi.
Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va tizimli amalga oshirilishi natijasida joriy mavsumda har gektardan 3,5 tonnagacha uzum hosili olish rejalashtirilgan. Ayni paytda pishib yetilgan hosilni sifatini saqlagan holda yig‘ib-terib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Uzumzorlarni ko‘zdan kechirish davomida bu yerda qo‘llanilayotgan zamonaviy agrotexnik yondashuvlar bilan tanishdim.
Shuningdek, mas’ullarga uzum navlarini parvarishlashda ilmiy asoslangan agrotexnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish ishlariga tajribali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdim.

September 12, 12:16
Media unavailable
10
Show in Telegram

Paxtachilikda 8 ta qonun — yuqori hosil garovi
Ishchi tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibman. Tashrif dasturiga ko‘ra, Oltinsoy tumani Paxtakor hududidagi
“Oltinsoy chavandozi”
fermer xo‘jaligining 10 gektarlik paxta maydonida bo‘lib, hosildorlik holatini ko‘zdan kechirdim.
Dalada paxta yetishtirishning asosiy agrotexnik tadbirlari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilgani, g‘o‘zaning rivojlanishi hamda ko‘saklarning ochilishi qoniqarli ekanini qayd etdik.
Fermer xo‘jaligi tomonidan paxtachilikning 8 ta qonunida belgilangan talablar bosqichma-bosqich va o‘z vaqtida bajarilgan.
Hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olishga alohida e’tibor qaratib, desikatsiya ishlarini sifatli yakunlash, g‘o‘za poyalarini to‘liq quritib olish va shundan so‘ng terimga kirish bo‘yicha tavsiyalar berdim.
Ta’kidlaganimdek, agrotexnik tadbirlarning izchil va sifatli bajarilishi bilan bir qatorda, hosilni o‘z vaqtida va to‘g‘ri yig‘ib-terib olish ham yakuniy natijaga bevosita ta’sir qiladi.
Shu bois hozirgi bosqichda desikatsiya va terim jarayonlarini talab darajasida tashkil etish muhim hisoblanadi.

September 12, 12:10
Media unavailable
10
Show in Telegram

Surxondaryoda paxta terimini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan ishchi tashrifim davomida Sho‘rchi tumani hokimligi binosida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan fermerlar, soha mutaxassislari hamda agrar tarmoq mas’ullari ishtirokida amaliy seminar tashkil etdik.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdi.
Seminarda
paxta hosildorligini oshirish, terimni uyushqoqlik bilan tashkil etish va hosilni qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olish
masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Mutaxassislar tomonidan paxta dalalaridagi yakuniy agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish, xususan,
desikatsiyani to‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazish
bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Jumladan, desikatsiya muddatlari, qo‘llaniladigan preparatlar, ularning sarf me’yorlari va ishlov berish bosqichlari yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Shuningdek, terimchilar va texnikalarni safarbar etish, dalalarda terim sur’atini oshirish, yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish va qabul punktlariga uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha aniq vazifalarni belgiladik.
Tadbir davomida fermerlar va hududiy mas’ullarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot va savol-javob tashkil etilib, amaliyotda uchrayotgan muammolarga mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida viloyat va tuman mas’ullariga
paxta terimini jadal sur’atlarda olib borish, mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish hamda yig‘im-terim jarayonini kunlik nazoratga olish
yuzasidan tegishli topshiriqlar berdik.

September 12, 10:02
Media unavailable
2
Show in Telegram

👍
Dala maydonlarida tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
⚡️
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi Nuriddin Taniqulov fermer xo‘jaligida dala maydonlari atrofi plastik va boshqa chiqindilardan tozalanmoqda.
🌱
Mazkur ishlar qishloq xo‘jaligi maydonlarida sanitariya va ekologik tozalikka rioya etish, hududlarni obod va ozoda saqlashga qaratilgan.

Tashkil etilgan tozalash ishlari kelgusida tumandagi boshqa fermer xo‘jaliklarida ham izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzating

Facebook
|

Instagram
|

YouTube
|

Telegram
|
🌐
web
-
sayt

September 12, 08:58
Media unavailable
10
Show in Telegram

Sho‘rchi tumani dalalarida agrotexnik tadbirlar izchil olib borilmoqda
Hozirda ishchi tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibman. Tashrif davomida Sho‘rchi tumanidagi “Zuhriddin-Zuhro” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalalarida amalga oshirilayotgan zamonaviy agrotexnik tadbirlar bilan tanishdim.
Mazkur xo‘jalik dalalarida g‘o‘zaning serhosil navlari zamonaviy agrotexnik yondashuvlar asosida 76×10 sxemada qo‘shqator usulida ekilgan. Maydonlarda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish ishlari ham belgilangan uslubiy qo‘llanma talablari asosida tashkil etilgan.
Ayni paytda g‘o‘za navlarining rivojlanish holati sog‘lom va barqaror. Etefon va Avguron preparatlari belgilangan me’yor va talablar asosida qo‘llanilgani natijasida joriy mavsumda gektaridan 100 sentnergacha hosil olish kutilmoqda.
O‘rganish davomida dalalarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni ijobiy baholab, mavsum davomida fermerlar uchun tashkil etilgan seminarlarda berilgan tavsiya va ko‘rsatmalar amaliyotda o‘z ifodasini topayotganini ta’kidladim.
Shuningdek, hosil sifatini barqaror saqlash va g‘o‘zani terimga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan desikatsiya tadbirlarini ham belgilangan agrotexnik talablar asosida o‘z vaqtida tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdim.
Bunday agrotexnik yondashuvlar natijasida yuqori hosildorlikka erishish, o‘z navbatida, fermer xo‘jaligi daromadini oshirishga xizmat qilishini qayd etdim. Bu esa zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish uchun muhim rag‘bat ekanini ta’kidladim.
Shu bilan birga, hosilni yig‘ib-terib olishga shoshilmasdan, pishib yetilish jarayonlarini inobatga olgan holda terimni maqbul muddatlarda tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdim.

September 12, 08:56
Media unavailable
10
Show in Telegram

Sho‘rchi tumani dalalarida agrotexnik tadbirlar izchil olib borilmoqda
Hozirda ishchi tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibman. Tashrif davomida Sho‘rchi tumanidagi “Zuhriddin-Zuhro” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalalarida amalga oshirilayotgan zamonaviy agrotexnik tadbirlar bilan tanishdim.
Mazkur xo‘jalik dalalarida g‘o‘zaning serhosil navlari zamonaviy agrotexnik yondashuvlar asosida 76×10 sxemada qo‘shqator usulida ekilgan. Maydonlarda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish ishlari ham belgilangan uslubiy qo‘llanma talablari asosida tashkil etilgan.
Ayni paytda g‘o‘za navlarining rivojlanish holati sog‘lom va barqaror. Etefon va Avguron preparatlari belgilangan me’yor va talablar asosida qo‘llanilgani natijasida joriy mavsumda gektaridan 100 sentnergacha hosil olish kutilmoqda.
O‘rganish davomida dalalarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni ijobiy baholab, mavsum davomida fermerlar uchun tashkil etilgan seminarlarda berilgan tavsiya va ko‘rsatmalar amaliyotda o‘z ifodasini topayotganini ta’kidladim.
Shuningdek, hosil sifatini barqaror saqlash va g‘o‘zani terimga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan desikatsiya tadbirlarini ham belgilangan agrotexnik talablar asosida o‘z vaqtida tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdim.
Bunday agrotexnik yondashuvlar natijasida yuqori hosildorlikka erishish, o‘z navbatida, fermer xo‘jaligi daromadini oshirishga xizmat qilishini qayd etdim. Bu esa zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish uchun muhim rag‘bat ekanini ta’kidladim.
Shu bilan birga, hosilni yig‘ib-terib olishga shoshilmasdan, pishib yetilish jarayonlarini inobatga olgan holda terimni maqbul muddatlarda tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdim.

September 12, 08:53
Media unavailable
7
Show in Telegram

Paxta hosilini saqlab qolishda desikatsiyaning ahamiyati yana bir bor ta’kidlandi
Ishchi tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibman. Tashrif davomida Qumqo‘rg‘on tumanidagi
“Alpomish o‘g‘lonlari” fermer xo‘jaligining paxta dalalarida
bo‘lib, hosilning yetilishi va yig‘im-terimga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdim.
Xo‘jalikda jami 50 gektar yer maydoniga paxta ekilgan. 15 gektarlik dalani ko‘zdan kechirish chog‘ida o‘z vaqtida
Etefon va Avguron
bilan berilgan ishlov bugun o‘z natijasini berganini qayd etdik.
Paxtaning bugungi holati talab darajasida ekanligi, bu esa o‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlarning natijadorligini ko‘rsatayotganini ta’kidlab, g‘o‘za poyasini to‘liq quritish, uning tarkibidagi ozuqa moddalarini imkon qadar hosilga yo‘naltirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berdim.
Shu bois hosilni sifatli va kam nobudgarchilik bilan yig‘ib-terib olish uchun
desikatsiya tadbirlarini belgilangan muddat va talablar asosida qat’iy amalga oshirish muhimligini
ta’kidladim.
Paxta yaxshi yetilayotgani qayd etilar ekan, endi asosiy e’tibor — hosilni daladan sifatli va o‘z vaqtida yig‘ib olishga qaratilmoqda.

September 12, 08:52
Media unavailable
2
Show in Telegram

#PaxtaChellenj
🇺🇿
Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi “Ozodbek, O’ktambek agro” fermer xo‘jaligi
dalalarida paxta yetishtirish jarayonlari
mutlaqo yangicha yondashuvlar asosida
tashkil etilmoqda.
☁️
Xususan,
g‘o‘za mikroelementlar va bor kislotasi
bilan oziqlantirilgan.
Azotli mineral o‘g‘itlardan
esa kamroq foydalanish orqali
yuqori samaradorlikka
erishilmoqda.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram