Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ICT xabar.uz

ictxabaruz
ict.xabar.uz axborot-tahliliy portalining rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🤖 Murojaat uchun: @ictxabaruzbot Asosiy kanal: @xabaruzofficial ICT ruscha kanali: @ictxabaruz_ru #LIFEHACK #NEWS #TERMIN #MOTIVATSIYA #HUQUQ
Subscribers
1 580
24 hours
30 days
-270
Post views
48
ER
0,03%
Posts (30d)
109
Characters in post
826
December 10, 15:40
Media unavailable
6
Show in Telegram

O'zTTBRM
xodimlari
sport musobaqalarida g‘olib bo'ldi
“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK xodimlari o‘rtasida shashka, shaxmat bo‘yicha sovrinli sport musobaqalari tashkil etildi.
Ushbu tadbir nafaqat xodimlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, balki ularning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborini yanada oshirishga qaratildi.
Musobaqa davomida xodimlar o‘zlarining mahorati va jamoaviy ruhini namoyon etib, faol ishtirok etdilar. Tadbir nihoyasida barcha g‘oliblar va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar hamda esdalik mukofotlari topshirildi.
Bayramona kayfiyatda o‘tgan tadbir, nafaqat sport musobaqalari, balki xodimlarning birgalikdagi muloqotlari va ijobiy energiya almashinuvi bilan ham yodda qoldi. Faollik va jamoaviy birdamlikni namoyish qilgan xodimlar tadbirni chinakam ko‘tarinki ruhda o‘tkazdilar.
🌍
ICT.XABAR.UZ

December 10, 13:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

IT Park rezidentlari soni rekord darajada o‘sdi
2025-yil kuzida 470 ta yangi kompaniya IT Park Uzbekistan tarkibiga qo‘shildi, natijada umumiy rezidentlar soni 3 500 dan oshdi va global bozorda kuchli qiziqish yana bir bor tasdiqlandi.
Rezidentlar geografiyasi Iordaniya, Indoneziya, Meksika, Lixtenshteyn, Yangi Zelandiya va Norvegiya kabi yirik mintaqa va davlatlarni o‘z ichiga oladi.
Kuzning har bir oyida 90 dan ortiq eksportga yo‘naltirilgan va 50 ga yaqin xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar qo‘shildi — bu esa ekotizimning barqaror o‘sishini ko‘rsatadi.
Kompaniyalar biznes tahlili, ta’lim konsaltingi va texnik hujjatlashtirish kabi ilg‘or xizmatlarga o‘tmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston texnologik tadbirkorlikni rivojlantirib, yangi global IT-hab sifatidagi mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.
🌍
ICT.XABAR.UZ

December 10, 10:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
10-dekabr — O‘zbekiston Davlat madhiyasi qabul qilingan kun muborak aziz yurtdoshlar!
Madhiyamiz — bu shunchaki qo‘shiq emas. Bu bizning shonimiz, tariximiz va ertamizga bo‘lgan ishonchimiz.
Bu kuy yangraganda yuraklar boshqacha hapqirib uradi, ko‘zlarda umid jilvasi paydo bo‘ladi, Vatan degan tuyg‘u yanada balandroq yangraydi!
Bugun madhiyani qalbdan tinglaylik. Unda yangragan vatan tuyg'usini dildan his etaylik.
🌍
ICT.XABAR.UZ

December 10, 08:34
Media unavailable
6
Show in Telegram

O'zTTBRMda
xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir tashkil qilindi
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda korrupsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’siri, uning oldini olishda davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilikning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, xodimlar o‘rtasida halollik, shaffoflik va mas’uliyat madaniyatini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yoritib berildi.
Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy va xalqaro tajribalar, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar joriy etilayotgan yechimlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan savollar berib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
🌍
ICT.XABAR.UZ

December 10, 07:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

REAL HOLAT HACKATHON bilan g’oyangizni real loyihaga aylantiring!
Mamlakatimizdagi haqiqiy muammolar sizni befarq qoldirmaydimi? Maktablar, klinikalar, ichimlik suvi, yo‘llar va boshqa infratuzilma masalalariga raqamli yechim taklif qilishga tayyormisiz?
Davlatda real ma’lumotlar bor — sizda esa g‘oya, kreativlik va ishtiyoq.
🏆
Bosh sovrin — 100 000 000 so‘m!
Sizni nimalar kutmoqda?
• Haqiqiy davlat ma’lumotlari bilan ishlash;
• Kuchli mentorlar va foydali master-klasslar;
• O‘zbekiston bo‘ylab kelgan dasturchi, dizayner, tahlilchi va innovatorlar bilan jonli networking.
Kimlar qatnasha oladi?
• Dasturchilar;
• Dizaynerlar;
• Tahlilchilar;
• Talabalar;
• Va eng muhimi — g‘oyasi bor, lekin qayerdan boshlashni bilmayotgan yoshlar.
Tajriba shart emas. Muhimi — o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq va motivatsiya.
20-dekabrgacha
ro’yxatdan o’tishga
shoshiling.
🌍
ICT.XABAR.UZ

December 10, 06:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Muzaffar Jalolov: Komfort zonadan chiqishni xohladim
Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimi soʻnggi yillarda chuqur oʻzgarishlar davrini boshdan kechirmoqda.
Ana shunday murakkab, ammo imkoniyatlarga boy davrda taʼlim boshqaruvi, raqamli transformatsiya va innovatsion yondashuvlari bilan tanilgan mutaxassis — Muzaffar Jalolov faoliyati yana bir bor eʼtibor markaziga chiqdi.
U bir necha yillar yillar mobaynida INHA Universiteti rektori sifatida oʻzining texnologik boshqaruvga asoslangan modeli, xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha tashabbuslari va zamonaviy taʼlim standartlarini joriy etishdagi saʼy-harakatlari bilan tanildi.
Bugun esa u mutlaqo yangi masʼuliyat — Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiyasi Universitetida raqamli transformatsiya boʻyicha prorektor vazifasini bajarmoqda.
Ushbu intervyu orqali Muzaffar Jalolovni nafaqat oʻz sohasining yetuk mutaxassisi, balki oddiy bir shaxs sifatida ham yaqindan taniysiz.
▶️
VIDEO:
https://xabar.uz/fe36
🌍
ICT.XABAR.UZ

December 10, 05:55
Media unavailable
2
Show in Telegram

Telegram hamyoni
O‘zbekistonda ham rasmiy ravishda mavjud
ekanligini bilarmidingiz?
Endi O‘zbekistonlik Telegram foydalanuvchilari ilovaning o‘zida Humo, Visa yoki MasterCard kartalaridan foydalanib, kriptoaktivlarni xavfsiz sotib olish, saqlash, yuborish va qabul qilishlari mumkin.
Bu kriptoaktivlardan hali foydalanib ko‘rmaganlar va yangi boshlovchilar uchun ajoyib imkoniyat.
Dunyo bo‘ylab millionlab foydalanuvchilar allaqachon Telegram hamyonining qulayliklaridan foydalanmoqda.
Jahon kripto aktivlariga oddiy va tushunarli tarzda kirish imkoniyatini beruvchi Telegram hamyon endi O‘zbekiston aholisi uchun ham ochiq.
🌍
ICT.XABAR.UZ

December 09, 13:34
Media unavailable
7
Show in Telegram

O‘zbekistonda Milliy sun’iy intellekt konsepsiyasini shakllantirish bo‘yicha yangi bosqichni boshlandi
O‘zbekiston ta’lim tizimida sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha muhim qadam sifatida “
Ta’limda Milliy AI (Sun’iy intellekt) konsepsiyasi
” bo‘yicha yuqori darajadagi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizdagi tegishli idoralar, xalqaro tashkilotlar va xususiy IT sektori vakillari ishtirok etdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda UNICEF hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir davomida Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEF o‘rtasida raqamli rivojlanish va ta’lim yo‘nalishida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi imzolandi.
Umid qilamizki, ushbu hujjat sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va bolalar manfaatiga qaratilgan innovatsiyalar bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlaydi.
🌍
ICT.XABAR.UZ

December 09, 12:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

IT Park Capital kompaniya va tashkilotlarning tashabbuslariga hamisha ochiq
Biz ta’lim loyihalari, startaplar va IT-xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratishga yordam beradigan takliflarni yig‘moqdamiz.
📩
Havola orqali o‘tib,
shaklni to‘ldiring — sizning g‘oyalaringiz O‘zbekiston IT sohasida moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirishga hissa qo‘shadi.










IT Park Capital is open to initiatives from companies and organizations
We are collecting proposals that can help create new projects to support educational programs, startups, and the export of IT services.
📩
Click the link and fill out the form
— your ideas will contribute to improving financial mechanisms in Uzbekistan’s IT sector.
🌍
ICT.XABAR.UZ

December 09, 07:35
Media unavailable
3
Show in Telegram

Endi miya saratonini davolash uchun inson hayotini xavfga qo'yib, jarrohlik amaliyoti o'tkazish shart emas
Liverpul shifoxonasida olimlar MRT texnologiyasidan nafaqat diagnostika, balki davolash uchun ham foydalanish mumkin bo'lgan usulni joriy qilishdi.
Yangi apparat xavfli o'simtalarni va ularning tuzilmasini buzgan holda muzlatib yo'q qilishga, shu bilan birga bemorning og'riqlarini kamaytirishga qodir.
Eng asosiysi bu jarayon mutlaqo jarrohlik aralashuvisiz o'tadi, bu esa tiklanish vaqtini qisqartiradi va asoratlarni kamaytiradi.
Ushbu usul boshqariladigan krioterapiyaga asoslangan bo'lib, to'qimalarni o'simta hujayralari nobud bo'ladigan haroratga qadar muzlatadi.
MRT esa sovuq havo oqimini aniq yo'naltirish va jarayonni real vaqtda kuzatib turish uchun qo'llaniladi. Bu esa davolash jarayonini maksimal darajada xavfsiz va samarali amalga oshiradi.
Ushbu texnologiya ayniqsa miyadagi qiyin yetib boriladigan yoki sezgir hududlarni davolashda nihoyatda muhim yangilik.
🌍
ICT.XABAR.UZ