Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ICT xabar.uz

ictxabaruz
ict.xabar.uz axborot-tahliliy portalining rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🤖 Murojaat uchun: @ictxabaruzbot Asosiy kanal: @xabaruzofficial ICT ruscha kanali: @ictxabaruz_ru #LIFEHACK #NEWS #TERMIN #MOTIVATSIYA #HUQUQ
Подписчики
1 210
24 часа
30 дней
-310
Просмотры
137
ER
11,49%
Посты (30д)
31
Символов в посте
1 005
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Технологии и приложения
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Технологии и разработка software
Краткое описание
February 25, 10:02

Global taraqqiyot: Marhabo sunʼiy intellekt!
Endi sunʼiy intellektdan foydalanishni bilmaganlar ishsiz qoladi! Bu daʼvat bejiz emas, albatta. Davlatimiz rahbari barcha sohaga sunʼiy intellektni joriy etish toʻgʻrisida har bir chiqishlarida alohida taʼkidlamoqdalar.
Yoshlarimizning aksariyati allaqachon sunʼiy intellektni ishgʻol qilishga ham ulgurishdi. SI borasidagi mulohazalar har kimda turlicha.
Albatta, ishimizni yengillashtirib, vaqtimizni ham, naqdimizni ham tejayotgan sunʼiy intellekt vositalarining oʻziga xos salbiy jihatlari ham yoʻq emas. Mavzuga doir fikrlar toʻqnashuvi hanuz davom etmoqda.
Hayotimizga avval pochta, telegraf, soʻng telefon ajabtovur moʻjiza kabi kirib kelganidek,⁸ sunʼiy intellekt ham hozircha ayrimlarda ana shunday antiqa taassurot qoldirmoqda.
Raqamlarga diqqat qaratsak, 1865-yilning aprelida poytaxtimizda ilk bor pochta xizmati yoʻlga qoʻyilgan. 1876-yilning 14-fevralida ixtiro qilingan telefon aloqasi esa mamlakatimizga 1913-yilda kirib kelgan. 50-yillardan boshlab xonadonlarni telefonlashtirish boʻyicha ishlar izchil yoʻlga qoʻyilgan. 1955-yilgacha faqat qishloq kengashlarida va rahbarlarning xonadonlaridagina telefon apparatlari boʻlgan. Bugun esa telefon nafaqat aloqa manbayi, balki ish faoliyatimizning ajralmas qismiga aylandi.
Pochta haqida yozar ekanman, bolalik xotiralarim koʻz oldimda goʻyo kino lentadek aylana boshladi:
Qishlogʻimizdagi “Pochta” binosi eng qadrli joy edi. Orzu-umidlar maskaniga aylangan bu bino doimo odamlar bilan gavjum. Kimdir armiyadagi oʻgʻlidan, kimdir olisdagi jigarlaridan mujdalar kutgan, yana kimlardir esa pochtalyonlar taʼrifi bilan aytganda, “gazeta-jurnallarni yeb yuboradigandek oʻqiydiganlar”...
Tizim shu qadar aniq ishlardiki, odamlar pochta kelar vaqtiga qarab soatlarini toʻgʻirlardilar. Pochtaga telefon apparati qoʻyilganining dastlabki kunlari odamlar gaplashgani emas, apparatni koʻrgani guruh-guruh boʻlib kelardilar.
Aloqachi otaxonlar-u onaxonlarning aytishlaricha, odamlar narigi tomondan kelayotgan ovozni eshitishgan on titragancha javob bera olmay, darhol goʻshakni pochtachiga tutqazgan ekanlar. Ilgari telefon orqali muloqot qilishni xush koʻrmaydigan, jonli, yuzma-yuz suhbatnigina tan oladigan odamlar koʻp boʻlgan.
Telefon orqali muloqot qilishni samimiyatdan, mehr-u oqibatdan yiroq jarayon deb biladigan odamlarni bugun telefonda suhbatlashishga ham malollanib, ijtimoiy tarmoqlarda “like“ orqali gaplashadigan yoshlar hech qachon tushunolmasa kerak.
Oddiy telefon oʻrnini smartfon egallaganidek, sunʼiy intellekt ham ayrim kasblarni allaqachon oʻzlashtirishga ulgurdi. Buyogʻiga faqat undan oqilona foydalanishni bilganlargina yutadi.
Hafiza Salyahova, “
Xabar.uz
“ axborot-tahliliy portalining Fargʻona viloyatidagi muxbiri
🌍
ICT.XABAR.UZ

February 21, 07:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

​​
​​QR-kod nima?
QR-kod – maxsus tarzda kodlangan qandaydir bir ma’lumot, kvadrat ko’rinishidagi tasvir. Bu oddiy matn, internet manzili, telefon raqami, ma’lum bir joyning joylashgan o’rni va boshqa shu kabilar bo’lishi mumkin.
Hozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar kvadrat ko’rinishidagi tasvir ostida yashiringan ma’lumotlarni oson o’qish imkoniyatini bermoqda. Buning uchun bor yo’g’i telefon kamerasini QR-kodga yo’naltirgan holda, unda kodlangan ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin.
QR-kod – inglizcha “
Quick Response
” so’zlaridan olingan bo’lib, Quick – tez, Response – javob, ya’ni “tezkor javob”ma’nosini anglatadi.
Ushbu tizim 1994-yilda
Yaponiyaning Denso-Wave kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bitta QR-kod 7089 ta raqam, 4296 ta raqam-harf, ikkilik sanoq sistemasida 2953 bayt yoki 1817 ta ierogliflarni o’z ichiga olishi mumkin.
🌍
ICT.XABAR.UZ

February 20, 09:55
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Venetsiyaga yo‘l ochildi: Inha talabalari endi Italiyada bepul o‘qiydi
Toshkent shahridagi Inha universiteti rasmiy ravishda Italiya bilan qo‘shma ta’lim dasturini ishga tushirdi!
Universitet rektori Bobur Abdullayev va Ca' Foscari University of Venice o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Endi abituriyentlar uchun yangi daraja, yangi darvoza ochildi.
Ta’lim 3+1 formatda:
3 yil Toshkentda, 1 yil Italiyada va eng qizig‘i, Italiyadagi o‘qish mutlaqo bepul!
Computer Engineering (Data Science) yo'nalishida ta'lim olib, O‘zbekiston + Italiya namunadagi ikki tomonlama diplomga ega bo'lishingiz mumkin.
Bu shunchaki diplom emas. Bu xalqaro tajriba, global networking va Yevropa akademik muhitida o‘qish imkoniyati.
Inha endi nafaqat IT markaz, balki xalqaro ta’lim ekotizimiga kirish eshigiga aylanmoqda. Siz Italiyada o‘qib, global bozorda raqobatlashishga tayyormisiz?
🌍
ICT.XABAR.UZ

February 19, 17:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

30 ming nafar yoshlar tekinga IT sohasini o'rganishi mumkin
2026-yil davomida “Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” dasturi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 30 000 nafar farzandi eng talabgir yo‘nalishlarda mutlaqo bepul o‘qitiladi.
Yo‘nalishlar esa shunchaki kurs emas, real daromadga olib boradigan skillar:
💻
Axborot texnologiyalari;
📲
SMM;
🌍
Ingliz tili;
🛒
Elektron tijorat;
📈
Marketing.
Bu hali hammasi emas, kursni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi 5 000 nafar yosh uchun malakali mentorlar bilan oflayn intensiv mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Ya’ni real tajriba, real networking va real natija.
itstudy.uz
orqali ro'yxatdan o'ting.
Savollaringizga esa har bir hududga biriktirilgan
mutaxassislar
orqali batafsil javob olishingiz mumkin.
🌍
ICT.XABAR.UZ

February 19, 12:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Startap qilaman, deb tuzoqqa tushib qolmang
Internetda “tayyor biznes”, “startup sotamiz”, “tez kunda milliardlik loyiha” degan shov-shuvli takliflar ko‘paydi.
Ular soxta havolalar yuboradi. “sarmoya kiriting”, “hamkor bo‘ling” deydi. Havolaga kirgan zahotingiz sizdan shaxsiy ma’lumot, bank karta rekvizitlari yoki Telegram tasdiqlash kodi so‘raladi.
Natijada esa akkauntingiz o‘g‘irlanadi, bank kartangizdan pul yechiladi yoki nomingizdan boshqalarga firibgarlik xabarlari tarqatiladi.
Eng xavflisi hammasi juda ishonchli ko‘rinadi. Go'yoki rasmiy sayt, baland va’dalar, muvaffaqiyatli investorlar haqidagi soxta hikoyalar. Lekin bir narsani unutmang, haqiqiy startap hech qachon sizdan maxfiy kod yoki karta ma’lumotini so‘ramaydi.
Shubhali havolalarga kirmang, tasdiqlash kodini hech kimga bermang, ikki bosqichli himoyani yoqing, tez boyib ketish haqidagi va’dalarga ishonmang.
Internetda eng qimmat narsa — bu sizning ma’lumotingiz. Uni milliardlik loyiha degan chiroyli so‘zlarga almashtirmang.
🌍
ICT.XABAR.UZ

February 19, 06:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Meta va Nvidia sun'iy intellekt poygasini boshlab yubordi
Meta va Nvidia SI infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha ko‘p yillik hamkorlikni e’lon qildi. Eng qizig‘i loyiha doirasida millionlab Nvidia grafik protsessorlari ishga tushiriladi.
Bu degani nima?
🫟 Meta SI modellarini yanada tez va kuchli ishlatadi;
🫟 Ma’lumot markazlari gigant hajmga chiqadi;
🫟 SI rivoji yanada tezlashadi.
Nvidia chiplar beradi, Meta esa ularni global miqyosda ishga soladi. Natijada SI bo‘yicha raqobat yangi bosqichga ko'tariladi.
Oddiy qilib aytganda, kelajakni serveri va chipi ko‘p bo‘lganlargina qura oladi. SI endi shunchaki trend emas, bu trillion dollarlik infratuzilma o‘yini.
🌍
ICT.XABAR.UZ

February 19, 05:32
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Marhamatda vazirlik rahbariyati bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tdi
Kuni kecha, 18-fevral kuni Andijon viloyati Marhamat tumanida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Uchrashuvda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilot rahbarlari, tuman hokimligi vakillari hamda O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi mutasaddilari ishtirok etdi.
Fuqarolar va tadbirkorlar bevosita rahbariyatga murojaat qilib, telekommunikatsiya xizmatlari, infratuzilma va sohadagi dolzarb masalalar bo‘yicha taklif hamda savollarini yo‘lladi.
Markaz direktori M. Yuldashev va direktor o‘rinbosari I. Umarov murojaatlarni joyida ko‘rib chiqib, ayrim masalalar bo‘yicha tezkor yechimlar taqdim etdi. Qolgan masalalar esa batafsil o‘rganish uchun nazoratga olindi.
Raqamli transformatsiya jarayonida ochiqlik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot — eng muhim tamoyil. Marhamatdagi uchrashuv ana shu yondashuvning amaldagi isboti bo‘ldi.
🌍
ICT.XABAR.UZ

February 18, 13:18
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Xiaomi 18 — iPhone 16 Proning klonimi?
Aytishlaricha, hali rasman ommaga taqdim etilmagan Xiaomi 18 allaqachon shov-shuvga aylandi, chunki uning tashqi ko‘rinishi iPhone 16 Proni eslatadi.
Hozirgi Xiaomi 17 Pro ham Apple flagmanining vizual “egizagi” sifatida tillarda doston bo'lmoqda.
Bir narsa aniqki, premium segmentdagi brendlar o‘rtasidagi o‘xshashlik tobora kuchaymoqda.
🌍
ICT.XABAR.UZ

February 18, 10:55
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

TruckTech Day: Toshkent logistika + SI markaziga aylandi!
Raqamli texnologiyalar vazirligida yuk tashish va logistika sohasida sun’iy intellektga bag‘ishlangan TruckTech Day konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda 42 ta xorijiy, 312 ta mahalliy kompaniyalardan 438 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Serbiya, Moldova va Qirg‘izistondan kelgan kompaniyalar O‘zbekistonni nafaqat hamkorlik, balki operatsion ofislar ochish uchun ham platforma sifatida ko‘rmoqda.
Tadbirda avtopark boshqaruvi va dispetcherlikda SI yechimlar, xarajatlarni kamaytirish va rejalashtirish aniqligini oshirish, xavflarni minimallashtirish va shaffoflikni kuchaytirish va “Zero Risk” konsepsiyasi muhokama qilindi.
Panel muhokamada transport biznesini SI bilan masshtablash va xalqaro bozorlarga chiqish strategiyalari ochiq gapirildi.
Bugun 500 dan ziyod kompaniyalar texnopark rezidenti sifatida logistika ekotizimini shakllantirmoqda. Toshkent asta-sekin mintaqadagi logistika va SI muloqot maydoniga aylanmoqda.
🌍
ICT.XABAR.UZ

February 18, 06:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

44 nafar yosh IT yulduzi aniqlandi!
Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi tanlovi yakunlandi. 205 nafar nomzod ichidan 44 nafar eng kuchli talaba va o‘quvchilar g‘olib deb topildi.
Tanlovda:
🫟 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Samarqand filiali bilan);
🫟 Inha University in Tashkent;
🫟 Amity University Tashkent
hamda TATU akademik litseylari ishtirok etdi.
40 nafar talaba va 4 nafar litsey o‘quvchilari g'olib deb topildi.
Bu oddiy stipendiya emas. Bu IT sohasida kelajak liderlari shakllanayotganining muhim belgisidir.
Xabar.uz
axborot-tahliliy portali nomidan tabriklaymiz! Endi navbat — katta loyihalar va xalqaro yutuqlarga!
🌍
ICT.XABAR.UZ