Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

IHMA Jizzax viloyati

ihma_jizzaxviloyati
Subscribers
2 270
24 hours
30 days
930
Post views
983
ER
43,3%
Posts (30d)
94
Characters in post
831
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
June 16, 04:22
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Yangi_xizmat
👨‍🦽
Sharof Rashidov tumanida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim xizmat yo‘lga qo‘yildi.
👨‍🦯
Endilikda o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati tashkil etilib, ular kun davomida malakali mutaxassislar nazoratida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
🤝
Autsorsing asosida faoliyat yuritayotgan markaz tadbirkor Dilnoza Sanakulova tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, haftasiga 5 kun, kuniga kamida 8 soat xizmat ko‘rsatmoqda.

Markazda fuqarolarga kundalik parvarish, gigiyenik yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
👥
Hozirgi kunda 10 nafar fuqaro ushbu xizmatdan foydalanmoqda. Natijada ularning yaqinlari doimiy parvarish bilan band bo‘lib qolmasdan, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va oilaviy daromadni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
📝
Telegram
|
💻
Instagram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

June 15, 09:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Rasmiy ishlamaydigan ayollar ham dekret puli olishi mumkinmi?
🤰
Ha, mumkin.
Agar ayol rasmiy ish joyiga ega bo‘lmasa ham, ayrim hollarda unga homiladorlik va tug‘ish (dekret) nafaqasi to‘lanadi.
Buning uchun quyidagi shartlardan biri bajarilgan
bo‘lishi kerak
:

ayol o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lab kelayotgan bo‘lishi;
yoki

ayol ishlamasa, uning uchun turmush o‘rtog‘i ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lab kelayotgan bo‘lishi kerak.
📌
Muhim shart:
Dekret puli olish uchun
ixtiyoriy sug‘urta badallari kamida 10 oy davomida
to‘langan bo‘lishi, shundan
oxirgi 6 oy uzluksiz
bo‘lishi lozim.
💰
Nafaqa miqdori qanday belgilanadi?
Ixtiyoriy sug‘urta badallari qancha uzoq muddat va muntazam to‘langan bo‘lsa, tayinlanadigan nafaqa miqdori ham shunga mos ravishda yuqori bo‘ladi.
❗️
Bunda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravaridan oshmaydi
. Bugungi kunda ushbu miqdor 6 mln 355 ming so‘mni tashkil etadi.
↗️
Ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badalining eng kam oylik miqdori
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining
5 foizi
miqdorida belgilangan bo‘lib,
hozirda 63 550 so‘mga teng
.
Badallarni Baraka mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin.
Ilovani yuklab olish
📞
Ishonch raqami: 1070
🌐
Batafsil:
baraka.gov.uz
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

June 15, 04:32
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Ijtimoiy_dayjest
🇺🇿
Ijtimoiy Dayjest
O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.

🇺🇿
Sociallıq Dajdjest
Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.

🇬🇧
Social Digest
Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

June 15, 04:19
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Inson_qadri_uchun
👮‍♂️
Jizzax shahar Xalqaobod mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Po‘latova Nafisaning samarali faoliyati aholi turmush farovonligini oshirish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Mahallada:
👥
680 ta oila,
🖋
67 ta “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oila,
👨‍🦽
120 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs,
👫
37 nafar nogironligi bo‘lgan bola,
👨‍🦯
2 nafar yolg‘iz keksa istiqomat qiladi.
🤝
Ijtimoiy xodim tomonidan nafaqat ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda, balki aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion tashabbuslar ham amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kam ta’minlangan oilaning bir nafar ishsiz a’zosi Po‘latova Nafisa tomonidan bir oy davomida bepul “Mental arifmetika” yo‘nalishida o‘qitildi. Natijada ushbu fuqaro mahalladagi maktabda “Mental arifmetika” to‘garagini tashkil etib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda.
💻
Loyiha orqali oilaning qo‘shimcha daromad manbai yaratilmoqda, bolalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham hissa qo‘shilmoqda.
📝
Telegram
|
💻
Instagram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

June 15, 04:04
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#Matbuotda_biz
📰
“G‘allaorol ovozi” gazetasining navbatdagi sonida G‘allaorol tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi M. Turanovaning
“Zo‘ravonlikka yo‘q deymiz”
sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
📝
Telegram
|
💻
Instagram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

June 15, 03:55
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Matbuotda_biz
📰
Zarbdor tumani hokimligining rasmiy veb-sahifasida Zarbdor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyatiga oid
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtiriladi”
sarlavhali maqola e’lon qilindi.
📌
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati, ushbu hujjat orqali ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kuchaytirish, manzilli yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish hamda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga qaratilgan yangiliklar yoritilgan.
Maqolani o’qish

📝
Telegram
|
💻
Instagram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

June 12, 14:43
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

#Matbuotda_biz
📰
“Inson qadri ulug‘landi” – Baxmal tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati e’tirof etildi
Jizzax viloyatining ijtimoiy-siyosiy nashrlaridan biri bo‘lgan
“Jizzax haqiqati”
gazetasining navbatdagi sonida Baxmal tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyatiga bag‘ishlangan
“Inson qadri ulug‘landi”
sarlavhali maqola e’lon qilindi.
📝
Telegram
|
💻
Instagram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

June 12, 09:32
Media unavailable
3
Show in Telegram

#mutaxassis_fikri
❗️
Savollaringizni bering javob beramiz
.
2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.
😲
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi “
Aholiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
” 796-son qaroriga muvofiq:

vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining tegishli
kalendar yildagi
mehnatga layoqatsizlik davrining
5-kunigacha
boʻlgan qismi sugʻurtalangan shaxsning
ish beruvchisi tomonidan
,
6-kundan boshlab esa Jamgʻarma tomonidan toʻlab beriladi
;

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining ish beruvchi tomonidan toʻlanadigan qismi
oʻrindoshlik asosidagi
, shu jumladan, ichki oʻrindoshlik asosidagi
ish joyi boʻyicha ham toʻlanadi
.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

June 12, 05:59
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Hafta_hujjati
💻
Tizim xodimlarining huquqiy bilimlari muntazam oshirilmoqda
Bugun, 12 iyun kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida navbatdagi
“Hafta hujjati”
o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
🖋
Masofaviy seminar davomida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi
271-son qarori
hamda unga ilova qilingan nizomlarning mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi.
😮
Ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat muassasalari faoliyatini takomillashtirish;
😮
Ijtimoiy, tibbiy va psixologik xizmatlar sifatini oshirish;
😮
Yangi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini hududlarda yagona yondashuv asosida tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Interaktiv savol-javoblar tarzida o‘tgan seminar yakunida xodimlarga yangi hujjatlar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
📝
Telegram
|
💻
Instagram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

June 12, 04:28
Media unavailable
2
Show in Telegram

#OAVda_Biz
🎙
Jizzax teleradiokanalining “Maxsus reportaj” radiodasturida Forish tumani Oqtom mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar hamda aholi farovonligini ta’minlashda ijtimoiy xodimlarning o‘rni haqida so‘z yuritildi.
📝
Telegram
|
💻
Instagram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati