
IHMA Jizzax viloyati
Yuksak e’tirof — Agentligimiz xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoniga
muvofiq davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan Agentligimiz tizimi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mukofot sohiblarini Agentligimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklab, ularning sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalaridagi fidokorona mehnati, kasbiga sadoqati hamda insonlar salomatligi va farovonligi yo‘lida qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdik.
Prezident Farmoniga muvofiq, Agentligimiz tizimining quyidagi xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi:
✅
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
—
Kayumov Taxir Pottaxovich
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining bosh shifokori
—
Elov Boymurod Dilmurodovich
- Buxoro nogironligi bo‘lgan ayollar uchun “G‘amxo‘rlik” markazi shifokor-terapevti
✅
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
—
Narzullayev Abdigafur
Urakovich
- Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi bosh mutaxassisi
✅
“Shuhrat” medali bilan
—
Toshbo‘lova Muxayyo Egamqulovna
- Jizzax nogironligi bo‘lgan ayollar uchun “G‘amxo‘rlik” markazining kichik tibbiy xodimi
Har bir mukofot ortida yillar davomidagi fidoyilik, mas’uliyat va insonlarga xizmat qilishdek ezgu maqsad mujassam. Bunday e’tirof nafaqat mukofot sohiblari, balki butun jamoamiz uchun katta faxr va yangi marralar sari intilish uchun rag‘batdir.
Barcha mukofot sohiblarini ushbu yuksak e’tirof bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, farovonlik va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Inson qadri va farovonligi yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin
!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
#Sharof_Rashidov
🧠
Ijtimoiy xodimlar uchun psixologik ta’lim va motivatsion trening tashkil etildi
😊
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi tomonidan o‘z ish faoliyatida turli qiyinchiliklarga duch kelayotgan hamda kasbiy kuyish holatini boshdan kechirayotgan ijtimoiy xodimlar uchun psixologik ta’lim va motivatsion trening o‘tkazildi.
💻
Trening davomida stressni boshqarish, hissiy zo‘riqishni kamaytirish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash hamda ish jarayonida sog‘lom va ijobiy psixologik muhitni shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
🖋
Shuningdek, mashg‘ulotlarda nafas olish mashqlari, hissiyotlarni boshqarish, ijobiy fikrlash va guruhiy muloqot usullaridan foydalanildi. Turli psixologik metodikalar va energayzerlar orqali ishtirokchilarning kayfiyatini ko‘tarish, o‘zaro hamkorligini mustahkamlash hamda kasbiy motivatsiyasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
💚
Zero, ijtimoiy xodimning ruhiy salomatligi va kasbiy barqarorligi — aholiga sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning muhim omilidir.
📝
Telegram
|
💻
Instagram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
#Do
‘stlik
👨🦯
Keksalarga e’tibor — inson qadrining yuksak ifodasi!
Do‘stlik tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda “Shifo XAB” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tumandagi yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi keksalar holidan xabar olindi.
✅
Tashrif davomida keksalarning hol-ahvoli so‘ralib, ularga samimiy e’tibor va mehr ko‘rsatildi. Bunday xayrli tashabbuslar keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘nglini ko‘tarish hamda jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
👩👩👧👦
Zero, ba’zan bir og‘iz shirin so‘z, samimiy suhbat va xolis yordam inson qalbiga quvonch bag‘ishlaydi. Keksalarimizni e’zozlash, ularning duosini olish va ehtiyojmand insonlarni qo‘llab-quvvatlash — barchamizning insoniy burchimizdir.
💚
Mehr ulashaylik, keksalarimizni qadrlaylik va yaxshilik qilishdan charchamaylik!
📝
Telegram
|
💻
Instagram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
ga
muvofiq,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar
davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
✅
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
—
Kayumov Taxir Pottaxovich
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining bosh shifokori
—
Elov Boymurod Dilmurodovich
- Buxoro nogironligi bo‘lgan ayollar uchun “G‘amxo‘rlik” markazi shifokor-terapevti
✅
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
—
Narzullayev Abdigafur
Urakovich
- Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi bosh mutaxassisi
✅
“Shuhrat” medali bilan
—
Toshbo‘lova Muxayyo Egamqulovna
- Jizzax nogironligi bo‘lgan ayollar uchun “G‘amxo‘rlik” markazining kichik tibbiy xodimi
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
Bolalar farovonligiga kompleks yondashuv: Samarqand sammiti Euronews nigohida
Xalqaro Euronews nashri Samarqandda bo‘lib o‘tgan
“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l”
Jahon sammiti haqida maqola e’lon qildi. Unda bolalar salomatligi, ta’limi va himoyasiga investitsiyalarni oshirish, shuningdek, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlarni bola va oila ehtiyojlarini inobatga olgan holda uyg‘unlashtirish masalalari yoritilgan.
Maqolada, shuningdek, O‘zbekistonda bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, maktabgacha ta’lim qamrovi va inklyuziv maktablar sonining o‘sishi hamda Samarqanddagi “Imkon” reabilitatsiya markazi faoliyati haqida so‘z boradi.
Batafsil:
euronews.com
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
09:00 26.10.2026
Aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda
#JIzzax
muxbir: Nabijon Ergashev
https://t.me/zamon_lavhalar
#SEMINAR
📌
Sudlarga kiritilayotgan da’vo arizalarining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasida sudlarga kiritilayotgan da’vo arizalarining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi.
✅
Seminar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
✅
Unda hududiy “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash sho‘balari hamda huquqiy masalalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislari ishtirok etdi.
✅
Seminar davomida sudlarga kiritilayotgan da’vo arizalarining mazmun-mohiyati, ularni tayyorlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar hamda huquqiy masalalarda samarali ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
📝
Telegram
|
💻
Instagram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
#Ijtimoiy_dayjest
🇺🇿
Ijtimoiy Dayjest
O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.
🇺🇿
Sociallıq Dayjest
Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.
🇬🇧
Social Digest
Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
🏆
Ijtimoiy himoya milliy agentligi loyihalari «AI4DOST Social Award 2026» mukofotiga sazovor bo‘ldi: «INSON» markazlari g‘olib deb topildi, yana uchta loyiha finalistlar qatoriga kirdi
Ozarbayjonning Xonkandi shahrida o‘tkazilgan «SOCGOV 2026 – Aqlli boshqaruv uchun raqamli tahlil» xalqaro forumi doirasida «AI4DOST Social Award 2026» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Turli davlatlardan taqdim etilgan 84 ta loyihadan 20 tasi finalga chiqdi, 7 tasi g‘olib deb topildi.
🥇
«Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi g‘olibi:
🧠
«INSON markazlari va mahalladagi ijtimoiy xodimlar tizimi: mahalla bilan integratsiyalashgan smart tizim»
. Bugungi kunda «INSON» tizimi O‘zbekistonning barcha hududlarida faoliyat yuritmoqda: 208 ta markaz 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatadi, ularning 80 foizdan ortig‘i raqamlashtirilgan.
🏅
Yana uchta loyiha finalist sertifikatlari bilan taqdirlandi:
🧠
«IMKON: Har bir bolaga eshiklarni ochamiz»
(«Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi);
🧠
«Yordamchi texnologiyalar uchun smart-vaucher ekotizimi»
(«Ijtimoiy sohada sun’iy intellektga asoslangan raqamli yechimlar» nominatsiyasi);
🧠
«To‘siqsiz kasblar» — Agentlik huzuridagi Xalqaro inklyuziv hub
loyihasi («Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi).
Ishimizning xalqaro darajada e'tirof etilgani biz uchun quvonarli. Aholiga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni har bir inson uchun yanada qulay, zamonaviy va inklyuziv qilishga undaydi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
Samarqand Jahon sammiti: ijtimoiy himoya bo‘yicha hamkorlik yangi kelishuvlar bilan mustahkamlandi
22-oktabr kuni Samarqand Jahon sammiti doirasida
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov ishtirokida Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va Xitoydagi hamkor tashkilot bilan ijtimoiy sohadagi hamkorlik hujjatlari imzolandi.
Shuningdek, Jahon banki bilan ehtiyojmand xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyiha bo‘yicha marosim o‘tkazildi.
Qirg‘iz Respublikasi Mehnat, ijtimoiy ta’minot va migratsiya vazirligi bilan imzolangan memorandum
keys-menejment, ijtimoiy himoyani raqamlashtirish, ijtimoiy xodimlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tajriba almashishni nazarda tutadi. Hujjat ekspertlar hamkorligi va qo‘shma tadbirlarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi bilan imzolangan memorandum
nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, manzilli ijtimoiy to‘lovlar, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va kunduzgi parvarish xizmatlarini rivojlantirishni qamrab oladi. Qo‘shma stajirovkalar, tadqiqotlar va malaka oshirish dasturlari ham hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilandi.
Xitoy Xalqaro madaniy aloqalar markazi bilan hamkorlik memorandumi va chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Hujjatlarda bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, to‘siqsiz muhit yaratish, «Najot» markazi hamda ko‘p funksiyali markaz faoliyatini rivojlantirish, mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar belgilangan.
Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benxasin ishtirokidagi marosim
esa Yaponiya ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasi — JSDF ko‘magidagi loyihaga bag‘ishlandi. Loyiha doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj
kamida 4 ming nafar xotin-qizni qo‘llab-quvvatlash, 1 mingta ish o‘rni yaratilishiga ko‘maklashish va tadbirkorlik tashabbuslari uchun grantlar ajratish
rejalashtirilgan.
Ushbu kelishuvlarning amaliy ahamiyati — xalqaro tajriba va resurslarni sifatli ijtimoiy xizmatlar, manzilli yordam hamda ehtiyojmand insonlarning mustaqil hayot kechirishi uchun yangi imkoniyatlarga yo‘naltirishdir.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren