
IHMA Namangan viloyati boshqarmasi
📌
📌
📌
📌
📌
📌
#Qutlov
🇺🇿
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
👥
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari va soha faxriylari!
✅
Sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!
🟢
El-yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan sharafli va mas’uliyatli xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🟢
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, xizmat faoliyatingizda kuch-g‘ayrat va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.
🟢
Yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz doimo yuksak e’tiroflarga munosib!
💚
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📝
Telegram
📝
Facebook
💻
Instagram
🎞
YouTube
📌
📌
📌
📌
📌
📌
🫰
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi binosida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
🟢
Seminar Namangan viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, viloyat hokimligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi.
🟢
Unda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga o‘z vaqtida ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, shuningdek, sudlar hamda mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
🟢
Shuningdek, sudlarga taqdim etiladigan da’vo arizalarini rasmiylashtirish tartibi, ularga ilova qilinadigan hujjatlar, jabrlangan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini tiklash hamda ularning ehtiyojlarini inobatga olgan holda adolatli qarorlar qabul qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
☺️
Ayniqsa, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ma’lumotlar almashinuvini tezkor tashkil etish hamda muammoli vaziyatlarga kompleks yondashish muhimligi ta’kidlandi.
😮
Seminar yakunida xotin-qizlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularga ko‘rsatilayotgan yordam sifati va samaradorligini oshirish hamda idoralararo hamkorlikni izchil rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📝
Telegram
📝
Facebook
💻
Instagram
🎞
YouTube
Samarqand turli mamlakatlar vakillari, birinchi xonimlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va hamkorlarni bolalar farovonligi yo‘lida birlashtirdi.
“Sammitning eng muhim natijasi bolalar va ularning oilalari o‘z hayotida his qiladigan ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini istayman. Biz Samarqandda aynan shu maqsad yo‘lida birlashdik”, — deb yozdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
Shahnoza Mirziyoyeva
o‘zining Instagram sahifasida.
Mamlakatimizdagi davlat idoralari va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ushbu nufuzli sammitni Samarqandda tashkil etish men va Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi uchun katta sharaf.
O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston Respublikasi, Livan va Zimbabvening birinchi xonimlarini, oliy martabali mehmonlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillarini – bolalar kelajagi uchun birlashgan barcha mehmonlarimizni Samarqandda ko‘rib turganimizdan mamnunmiz.
Shunday lahzalarda O‘zbekistonimiz bilan yanada ko‘proq faxrlanaman! Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlarimizning bolalar kelajagi uchun birlashayotgani juda quvonarli. Birgalikda harakat qilsak, qanchalik katta ishlarni amalga oshirishimiz mumkinligini yana bir bor his qilmoqdaman.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
Samarqand Jahon sammiti: ijtimoiy himoya bo‘yicha hamkorlik yangi kelishuvlar bilan mustahkamlandi
22-oktabr kuni Samarqand Jahon sammiti doirasida
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov ishtirokida Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va Xitoydagi hamkor tashkilot bilan ijtimoiy sohadagi hamkorlik hujjatlari imzolandi.
Shuningdek, Jahon banki bilan ehtiyojmand xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyiha bo‘yicha marosim o‘tkazildi.
Qirg‘iz Respublikasi Mehnat, ijtimoiy ta’minot va migratsiya vazirligi bilan imzolangan memorandum
keys-menejment, ijtimoiy himoyani raqamlashtirish, ijtimoiy xodimlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tajriba almashishni nazarda tutadi. Hujjat ekspertlar hamkorligi va qo‘shma tadbirlarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi bilan imzolangan memorandum
nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, manzilli ijtimoiy to‘lovlar, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va kunduzgi parvarish xizmatlarini rivojlantirishni qamrab oladi. Qo‘shma stajirovkalar, tadqiqotlar va malaka oshirish dasturlari ham hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilandi.
Xitoy Xalqaro madaniy aloqalar markazi bilan hamkorlik memorandumi va chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Hujjatlarda bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, to‘siqsiz muhit yaratish, «Najot» markazi hamda ko‘p funksiyali markaz faoliyatini rivojlantirish, mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar belgilangan.
Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benxasin ishtirokidagi marosim
esa Yaponiya ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasi — JSDF ko‘magidagi loyihaga bag‘ishlandi. Loyiha doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj
kamida 4 ming nafar xotin-qizni qo‘llab-quvvatlash, 1 mingta ish o‘rni yaratilishiga ko‘maklashish va tadbirkorlik tashabbuslari uchun grantlar ajratish
rejalashtirilgan.
Ushbu kelishuvlarning amaliy ahamiyati — xalqaro tajriba va resurslarni sifatli ijtimoiy xizmatlar, manzilli yordam hamda ehtiyojmand insonlarning mustaqil hayot kechirishi uchun yangi imkoniyatlarga yo‘naltirishdir.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
«Янги кун» — меҳр ва ғамхўрлик маскани
Поп туманидаги «Поп» МФЙ ҳудудида «Adrenalin medical servis» хусусий корхонаси томонидан ташкил этилган «Янги кун» кундузги қараб туриш хизмати фаолияти билан вилоят ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов танишди.
Давлат-хусусий шериклик асосида йўлга қўйилган мазкур хизмат руҳий ҳолати бузилган, I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахсларга кундузги парвариш, ижтимоийлашув, мулоқот ва ҳаётий кўникмаларни шакллантиришда кўмак беради.
Бугунги кунда хизматга
15 нафар фуқаро
жалб этилган. Бу имконият уларнинг оила бағрида қолишига, шунингдек, яқинларининг меҳнат қилиб, даромад топишига шароит яратади.
Маълумот учун, Поп туманида ушбу тоифага мансуб
128 нафар шахс
рўйхатга олинган.
Инсон қадрига эътибор — оилага мадад, жамиятга ғамхўрликдир!
___
«Yangi kun» — mehr va ğamxörlik maskani
Pop tumanidagi «Pop» MFY hududida «Adrenalin medical servis» xususiy korxonasi tomonidan taşkil etilgan «Yangi kun» kunduzgi qarab turiş xizmati faoliyati bilan viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov tanişdi.
Davlat-xususiy şeriklik asosida yölga qöyilgan mazkur xizmat ruhiy holati buzilgan, I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga kunduzgi parvariş, ijtimoiylaşuv, muloqot va hayotiy könikmalarni şakllantirişda kömak beradi.
Bugungi kunda xizmatga
15 nafar fuqaro
jalb etilgan. Bu imkoniyat ularning oila bağrida qolişiga, şuningdek, yaqinlarining mehnat qilib, daromad topişiga şaroit yaratadi.
Maʼlumot uçun, Pop tumanida uşbu toifaga mansub 128 nafar şaxs röyxatga olingan.
Inson qadriga eʼtibor — oilaga madad, jamiyatga ğamxörlikdir!
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
X
|
YouTube
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti o‘z ishini boshladi. Anjumanda turli mamlakatlarning birinchi xonimlari, BMT, UNICEF, Jahon banki, JSST va boshqa xalqaro tuzilmalarning yuqori martabali vakillari ishtirok etmoqda.
Sammitning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyevning anjuman ishtirokchilariga tabrigini o‘qib eshittirdim.
Davlatimiz rahbari murojaatida bolalar farovonligi, avvalo, ularning bugungi hayoti bilan bog‘liq ekani ta’kidlangan. Har bir bola hozirning o‘zida mehr, xavfsizlik, sifatli ta’lim va zarur tibbiy yordamga haqli. Shu bois, bolalikka sarmoya davlat siyosatida izchil va barqaror o‘rin egallashi zarur.
O‘zbekistonda bu borada olib borilayotgan islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim qamrovi 27,7 foizdan 78 foizga oshdi, so‘nggi besh yilda bolalar kambag‘alligi qariyb to‘rt baravar qisqardi. Inklyuziv maktablar soni ham sezilarli ko‘paydi. Prezidentimiz bu ishlarning haqiqiy natijasi har bir oila hayotida sezilishi kerakligiga e’tibor qaratdi.
Bola hayotining ilk davridan uzluksiz ko‘makni kuchaytirish, ona salomatligi, to‘g‘ri ovqatlanish, erta rivojlanish va maktabgacha ta’limni o‘zaro bog‘lash muhimligi ta’kidlandi. Bolalarning og‘ir kasalliklarini, jumladan, onkologik xastaliklarni erta aniqlash va davolashda xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari Birinchi xonimlarning bolalar onkologiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Bolalar uchun xavfsiz ta’lim va raqamli muhit yaratish, ularni zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilish ham murojaatning muhim yo‘nalishlaridan bo‘ldi. Prezidentimiz bolalarning o‘zlariga daxldor xizmatlar haqidagi fikrini eshitishga chaqirib, hamkorlikni davom ettirish uchun Samarqand platformasini amaliy muloqot mexanizmi sifatida shakllantirishni taklif etdi.
—
В Самарканде начал работу Всемирный саммит «Инвестиции в благополучие детей: путь к устойчивому и справедливому развитию будущих поколений», организованный по инициативе Первой леди Республики Узбекистан Зироат Мирзиёевой. В нем участвуют первые леди различных стран, высокие представители ООН, ЮНИСЕФ, Всемирного банка, ВОЗ и других международных структур.
На церемонии открытия я зачитал приветственное послание Президента Шавката Мирзиёева участникам саммита.
В своем обращении глава нашего государства подчеркнул, что благополучие детей прежде всего касается их жизни сегодня. Каждый ребенок уже сейчас имеет право на заботу, безопасность, качественное образование и необходимую медицинскую помощь. Поэтому инвестиции в детство должны занимать последовательное и устойчивое место в государственной политике.
Благодаря проводимым в Узбекистане реформам охват дошкольным образованием вырос с 27,7 до 78 процентов, а детская бедность за последние пять лет сократилась почти в четыре раза. Значительно увеличилось и число инклюзивных школ. При этом Президент нашей страны обратил внимание на то, что подлинные результаты этой работы должны ощущаться в жизни каждой семьи.
Указано на важность оказывать семьям своевременную поддержку, связывая воедино охрану здоровья матери и ребенка, полноценное питание, раннее развитие и дошкольное образование. Отмечена необходимость расширения международного сотрудничества в ранней диагностике и лечении тяжелых детских заболеваний, в том числе онкологических.
Глава нашего государства выразил поддержку инициативе международного сотрудничества первых леди в области детской онкологии.
Важное место в послании заняли вопросы создания безопасной образовательной и цифровой среды, защиты детей от насилия и эксплуатации. Президент нашей страны призвал прислушиваться к мнению самих детей о предназначенных для них услугах и предложил сформировать Самаркандскую платформу как механизм практического диалога.
Facebook
|
Instagram
|
X
📌
📌
📌
📌
📌
📌
❔
Sizchi, o’zbek xalq maqollarini bilasizmi?!
🟢
O’zbek tili o’zining so’zga boyligi va qadimiyligi bilan ham e’tirofga sazovor. Ayniqsa turli naql, matal va maqollar orqali u yanada jozibadorlik kasb etadi.
🟢
Xalqimiz azaldan muloqot chog’ida ko’plab hikmatli so’zlarni qo’llab, suhbatning ta’sirchan va ma’noli bo’lishiga ahamiyat berishgan.
🟢
Xo’sh, bugunchi?! O’zimiz va atrofimizdagilarning so’z boyligi qay darajada?
🖋
Siz ham o’z jamoangiz, yaqinlaringiz, do’stlaringiz bilan shu kabi mavzularda kichik so’rovnomalar o’tkazib ko’ring. Bu ham qiziqarli, ham manfaatli bo’ladi!
🎬
Batafsil videoda...
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
📌
📌
📌
📌
📌
📌
#Xushxabar
✅
Namanganlik sportchidan yana bir yutuq!
🥈
Islomjon To‘xtaboyev — Para Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibi!
🟢
Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarida para dzyudo bo‘yicha J1 klassining +95 kg vazn toifasida final bahsi yakunlandi.
🟢
Musobaqa finalida O‘zbekiston vakili Islomjon To‘xtaboyev eronlik raqibiga qarshi tatamiga chiqdi. Murosasiz kechgan bahs yakunida hamyurtimiz kumush medalni qo‘lga kiritdi.
🟢
Ushbu natija — sportchimizning matonati, irodasi va mehnati samarasidir!
🤝
Islomjon To‘xtaboyevni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📝
Telegram
📝
Facebook
💻
Instagram
🎞
YouTube
📌
📌
📌
📌
📌
📌
#Xushxabar
🥇
Namanganlik
Ruxshona O‘ktamova — Osiyo chempioni!
🟢
Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarida namanganlik sportchi Ruxshona O‘ktamova para pauerlifting bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi!
🟢
Ayollar o‘rtasidagi 67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ruxshona
127 kg natija
qayd etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
🟢
Ushbu yorqin g‘alaba — matonat, kuch va tinimsiz mehnat samarasi!
🤝
Ruxshona O‘ktamovani tarixiy yutuq bilan tabriklaymiz! Yangi marralar va zafarlar tilaymiz!
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📝
Telegram
📝
Facebook
💻
Instagram
🎞
YouTube
📌
📌
📌
📌
📌
📌
#Online
🌐
Samarqandda bolalar farovonligi bo‘yicha Jahon sammiti boshlandi!
🇺🇿
21–22-oktabr kunlari Samarqand shahrida
“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l”
mavzusidagi Jahon sammiti bo‘lib o‘tmoqda.
🟢
100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilayotgan xalqaro sammitda bolalar salomatligi, ijtimoiy himoyasi, erta rivojlanishi, inklyuziv ta’limi hamda bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.
🟢
Sammitning asosiy maqsadi — har bir bolaning sog‘lom, xavfsiz va munosib muhitda ulg‘ayishi, sifatli ta’lim olishi hamda o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun teng imkoniyatlar yaratish.
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📝
Telegram
📝
Facebook
💻
Instagram
🎞
YouTube