Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

IHMA Namangan viloyati boshqarmasi

ihma_namangan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasining Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasi
Подписчики
8 341
24 часа
-19
30 дней
-451
Просмотры
630
ER
7,55%
Посты (30д)
150
Символов в посте
907
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Низкий
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 11, 09:26
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram


Ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida o‘ziga xos tizimni yo‘lga qo‘yganmiz.
Endilikda xonadonlarning o‘zida ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va taqdimotlar bilan bevosita tanishib, ularni tahlil qilamiz. Bu esa har bir oilaning ehtiyojini joyida o‘rganish va muammolarga manzilli yechim topish imkonini bermoqda.
Shuningdek, ijtimoiy xodimlarning bir kunlik faoliyati davomida amalga oshiradigan asosiy ishlari, duch kelayotgan muammolari hamda ularning takliflarini alohida muhokama qilamiz. Maqsadimiz — ijtimoiy xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ish samaradorligini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash.
👉
Obuna bo’ling-
@ibroxim_xodjiyev

September 11, 08:14
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram


Navbatdagi xonadonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-son qarori bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan tanishdik.
“Sharshara” MFYda yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro N. Ubaydullayevaning xonadoni “Energiya tejamkor” talablari asosida ta’mirlangan. Oila “Ijtimoiy reyestr”ning “Davlat ta’minoti” toifasiga kiritilib, bolalar nafaqasi, protez-ortopediya mahsuloti sifatida bir juft qo‘ltiqtayoq hamda boshqa zarur ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlangan.
Shuningdek, turmush o‘rtog‘i R. Mamajonovga homiylik mablag‘lari hisobidan elektr skuter olib berilgan, MFY hududidagi oshxonaga ishga joylashtirilib, bandligi ta’minlangan. Oila elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun bir martalik kompensatsiya, Ramazon oyida moddiy yordam, Hayit bayramida oziq-ovqat mahsulotlari hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun vaucher bilan ta’minlangan.
Mazkur xonadonda amalga oshirilgan ishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan amaliy ko‘makning yorqin namunasidir.
👉
Obuna bo’ling-
@ibroxim_xodjiyev

September 11, 07:13
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

👫
Navbatdagi inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘rganish ishlarimiz 31-sonli umumta’lim maktabida davom etdi.
“Ozod” MFY hududida joylashgan mazkur maktabda 2026-yilda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, o‘quvchilar uchun, jumladan, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha zarur sharoitlar tashkil etilgan.
Bugungi kunda maktabda 1 nafar bola PTPK xulosasi asosida inklyuziv ta’limga jalb etilgan. O‘rganish davomida yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda inklyuziv ta’limni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishildi. Bu kabi sa’y-harakatlar har bir bolaning sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👉
Obuna bo’ling-
@ibroxim_xodjiyev

September 11, 06:07
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

🎓
Namangan shahridagi “Lsl school” xususiy maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ta’limga jalb etish bo‘yicha joriy qilingan yangi xizmat faoliyati bilan tanishdik.
Bugungi kunda maktabda ushbu toifadagi 6 nafar bola ta’lim olmoqda.
Mazkur loyiha respublikamiz bo‘ylab namunaviy loyihalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislar bilan suhbatlashib, erishilgan natijalar va yangi yondashuvlar haqida fikrlashdik.
Zero, inklyuziv ta’lim — e’tiborimiz markazidagi muhim yo‘nalishlardan biridir.
👉
Obuna bo’ling-
@ibroxim_xodjiyev

September 11, 04:08
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
#Mustaqillik35yil
🇺🇿
“O‘zbek kelayotir, tarix qa’ridan!”
— bu so‘zlarda xalqimizning buyuk tarixi, milliy o‘zligi va asrlar osha shakllangan ma’naviy qudrati mujassam.
💚
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan ushbu videoklip barchamizni tariximizga nazar solish, milliy qadriyatlarimizni anglash va ulug‘ ajdodlarimiz merosidan faxrlanishga chorlaydi.
🎬
Batafsil videoda…
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📝
Telegram
📝
Facebook
💻
Instagram
🎞
YouTube

September 10, 16:19
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

💻
Namangan shahridagi o‘rganishlarimiz davomida xonadonlarning o‘zida keyslar taqdimoti bilan yaqindan tanishdik.
Ushbu jarayon orqali hududdagi mavjud holat, oilalar duch kelayotgan muammolar va ularning kundalik hayotiga ta’sir qilayotgan omillarni bevosita o‘rganish imkoniga ega bo‘lyapmiz.
Amaliy jarayon davomida aniqlangan muammolarni birgalikda tahlil qilib, ularning yechimlari yuzasidan fikr almashamiz va aniq takliflar ishlab chiqamiz. Bunday amaliy o‘rganishlar muammolarga joyning o‘zida yechim topish, tajriba almashish hamda samarali yondashuvlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👉
Obuna bo’ling-
@ibroxim_xodjiyev

September 10, 15:08
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
#Yoshlar_kuni
🧠
Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Xodjiyev Namangan shahrida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan yoshlar holidan xabar oldi. Xonadonlarga borib, yoshlarning yashash sharoiti, ehtiyoj va muammolari bilan yaqindan tanishildi.
🟢
O’rganish davomida yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, mavjud masalalar tinglandi. Ularni qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.
🟢
Bunday xonadonbay o’rganishlar aholining ehtiyojlari bilan tanishish, muammolarga manzilli yechim topish hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
📝
Telegram
📝
Facebook
💻
Instagram
🎞
YouTube

September 10, 12:07
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Bolani cheklash emas, qo‘llab-quvvatlash kerak!
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Komplayens xizmati tomonidan Agentlik tizimidagi ayrim ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 1-sinfda tahsil olayotgan ayrim bolalarni yangi ta’lim muhitiga moslashtirish hamda dars jarayonidagi ishtirokini ta’minlash maqsadida bugungi zamonaviy pedagogik yondashuvlarga mos kelmaydigan usullardan,
jumladan, bolaning sinfda harakatini cheklashdan
foydalanilgan holatlar aniqlandi.
Bunday cheklovchi usullar ayrim davlatlarda maxsus ta’lim va parvarish amaliyotlarida tarixan uchragan bo`lsa-da, bugungi kunda bunday usullar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, bolaning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda insonparvarlik tamoyillariga mos kelmaydi.
Mazkur holatlardan kelib chiqib, Agentlik tomonidan tizimdagi barcha ta’lim tashkilotlariga
eskirgan, zamonaviy pedagogik talablarga mos kelmaydigan va bolaga nisbatan asossiz jismoniy yoki boshqa cheklovlarni nazarda tutuvchi usullardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik
, har bir bolaga uning individual ehtiyojlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda mehr, hurmat va professional yondashuv asosida munosabatda bo‘lish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, 1–2-sinf o‘quvchilarining yangi ta’lim muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda dars jarayonida ularga individual yordam ko‘rsatish maqsadida yangi o‘quv yilidan boshlab
maxsus assistent-pedagog lavozimi joriy etilmoqda
.
Hurmatli ota-onalar!
Agar farzandingiz ta’lim jarayonida yuqoridagi kabi nomaqbul holatlarga duch kelsa:
— birinchi navbatda maktab ma’muriyatiga bu haqda xabar berishingiz;
— pedagog yoki maxsus assistent-pedagog bilan holatni muhokama qilishingiz;
— muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, Ijtimoiy himoya milliy agentligining
1246 ishonch telefoniga
murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Har bir bolaning sha’ni, qadr-qimmati va xavfsizligini ta’minlash — ta’lim jarayonining ajralmas tamoyilidir.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 10, 10:53
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦

Namangan shahar, “Diyor” MFYda istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironligi bo‘lgan Sh. Yakubbayeva xonadoniga borib, oilaning yashash sharoiti, ehtiyojlari va unga avval ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar bilan yaqindan tanishildi
.
Oila bilan suhbat davomida bolalar va nogironlik nafaqalari tayinlangani, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya hamda bir martalik moddiy yordamlar ko‘rsatilgani, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam berilgani, shuningdek, adaptiv sport guruhlariga yo‘naltirilgani va Hayit bayramida oziq-ovqat mahsulotlari berilgani aniqlandi.
Oilaning bugungi kundagi ehtiyojlari ham o‘rganilib, kelgusida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ijtimoiy xizmatlar yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va topshiriqlar berildi.
👉
Obuna bo’ling-
@ibroxim_xodjiyev

September 10, 09:41
Файлы недоступны
6
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🗣
Namangan shahridagi o‘rganish ishlarimiz davom etmoqda.
“Majnuntol” MFYda ijtimoiy xodim tomonidan voyaga yetmagan M. ni uyda yolg‘iz yashab kelayotgani aniqlangach, oila bilan manzilli va tizimli ishlar boshlangan. Oila muhitidagi holat chuqur o‘rganilib, zarur ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmatlar ko‘rsatilgan. Hozirda M. “Krizis markazi”ga joylashtirilgan.
Bugungi kunda ishlarimiz faqatgina M.ning holati bilan cheklanib qolmay, uning oilasidagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga ham qaratilgan. Onaga psixologik va huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda, bandligi ta’minlangan, oila “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan hamda moddiy-maishiy yordamlar ko‘rsatilgan.
Asosiy maqsadimiz — bolani xavfsiz muhitga qaytarish bilan birga, oilada sog‘lom va barqaror ijtimoiy muhitni shakllantirish.
👉
Obuna bo’ling-
@ibroxim_xodjiyev