Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

IHMA Navoiy viloyati

ihma_navoiviloyati
Murojaat uchun @IHMA_NAVOIY_MUROJAAT_BOT Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqamasining rasmiy sahifasi
Subscribers
2 652
24 hours
-1
30 days
-29
Post views
355
ER
13,39%
Posts (30d)
107
Characters in post
1 044
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
October 27, 12:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kasalliklar chegara bilmaydi. Ammo bolaning yashab qolish imkoniyati hamon uning qayerda tug‘ilganiga bog‘liq.
Bunday bo‘lmasligi kerak.
Hech bir bola hayoti uchun yolg‘iz kurashmasligi kerak. Hech bir mamlakat yordamsiz qolmasligi lozim.
Xalqaro birdamlik — bizning kuchimiz. Bolalar hayotini saqlab qolish — umumiy mas’uliyatimiz.
Har bir saqlab qolingan hayot ortida bolalik, orzular va butun bir kelajak bor.
Bu hikoyaning navbatdagi sahifasi hali yozilmagan. Keling, uni birgalikda yozaylik — har bir bolada yashash va o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish imkoniyati bo‘lishi uchun.
#MehrliMaskan
#MehrliMaktab
#InvestInChildren2026
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren

October 27, 12:12
Media unavailable
2
Show in Telegram

#tosiqsiz_muhit
🔮
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga jamoat transportlarida qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish yo‘lida!
🧐
Ijtimoiy inspeksiyaning Navoiy viloyati boshqarmasi, Transport nazorat inspeksiyasi hududiy bo‘limi hamda Nogironlar assotsiatsiyasi va jamiyati hamkorligida avtobuslarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan mavjud qulayliklar va xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi.
✅
Nazorat davomida transport vositalarining kirish-chiqish imkoniyatlari, maxsus belgilarning mavjudligi, xizmat ko‘rsatish sifati va to‘siqsiz muhit talablari o‘rganildi.
✅
Bunday tadbirlar doimiy ravishda tashkil etib borilishi rejalashtirilgan.
📝
Telegram
📝
Facebook
🎞
Youtube
🎖
ihma.uz
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
.

October 27, 11:14
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Apellyatsiya kengashlariga kelib tushgan shikoyatlar hududlar kesimida tahlil
qilindi.
Bugungi kunga qadar Apellyatsiya kengashlarga jami
1 642 ta shikoyat
kelib tushgan.
Shundan:
✅
510 ta (31%)
— qanoatlantirilgan;
⏳
572 ta (35%)
— ko‘rib chiqish jarayonida;
❌
560 ta (34%)
— rad etilgan.
Eng ko‘p shikoyat kelib tushgan hududlar:
Qashqadaryo viloyati —
435 ta
;
Xorazm viloyati —
179 ta
;
Namangan viloyati —
175 ta
.
Apellyatsiya kengashiga qanday murojaat qilish mumkin?
Apellyatsiya kengashiga shikoyat bilan murojaat qilish uchun hududingizdagi
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga
borib, tegishli ariza topshirishingiz mumkin.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 27, 10:25
Media unavailable
2
Show in Telegram

#faol_hayotga_qadam
🥹
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yaxshilash va kundalik hayotida zarur ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
👥
Xususan, yolg‘iz yashovchi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarga qarab turish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Ushbu xizmatlar orqali fuqarolarning kundalik ehtiyojlarini qondirish, salomatligini tiklash va imkon qadar mustaqil hayot kechirishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
↗️
Bunday sa’y-harakatlar har bir insonning hayoti, salomatligi va qadr-qimmatini e’zozlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda manzilli ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
🎬
Batafsil videoda...
📝
Telegram
📝
Facebook
🎞
Youtube
🎖
ihma.uz
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

October 27, 06:56
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Oilangiz “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilmaganidan yoki “mahalla yettiligi” qaroridan norozimisiz? Apellyatsiya kengashiga murojaat qiling!
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son
qaroriga
muvofiq tuman (shahar) hokimliklari huzurida nizolarni hal qilish boʻyicha
Apellyatsiya kengashlari
faoliyat yuritadi.
Apellyatsiya kengashlari oilalarni “Ijtimoiy reyestr”ga kiritish bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqadi.
Jumladan, “mahalla yettiligi” tomonidan rasmiylashtirilgan savolnoma, xulosa va dalolatnomalarni qisman yoki to‘liq bekor qilish, ularga o‘zgartirish kiritish majburiyatini “mahalla yettiligi” zimmasiga yuklash yuzasidan berilgan shikoyatlar ko‘rib chiqiladi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 27, 06:05
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

🧠
Xatirchi tumanida ijtimoiy xodimlarni yangi ijtimoiy xizmatlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, nogironligi bo'lgan fuqarolarga mos xizmat turlarini to‘g‘ri belgilash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘rganish va tanishuv uchrashuvlari tashkil etildi.
👥
Uchrashuvlar davomida ijtimoiy xodimlar
“Erta aralashuv”, “Kunduzgi parvarish” va “Yangi kun”
ijtimoiy xizmatlari faoliyati, ularning asosiy vazifalari, xizmat ko‘rsatish tartibi hamda ushbu xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘lgan fuqarolar toifalari bilan yaqindan tanishdilar.
↗️
Shuningdek, fuqarolarning individual ehtiyojlarini aniqlash, ularning holatidan kelib chiqib tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish hamda manzilli qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📝
Telegram
📝
Facebook
🎞
Youtube
🎖
ihma.uz
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

October 26, 12:49
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

Litva tajribasi: xalqaro o‘quv dasturi yakunlandi
🧠
19–23-oktabr
kunlari
Litvaning Vilnyus
shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi xodimlari uchun tashkil etilgan xalqaro
o‘quv dasturi
o‘z yakuniga yetdi.
Jahon bankining INSON loyihasi doirasida Litva ijtimoiy xodimlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan besh kunlik dasturda
19 nafar
Agentlik tizimi xodimi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning asosiy qismini
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari
direktorlari va direktor o‘rinbosarlari tashkil etdi.
✅
Dastur davomida ishtirokchilar Litvada ijtimoiy xizmatlarni munitsipal darajada tashkil etish va boshqarish, oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash, idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda jamoaga asoslangan ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba bilan tanishdilar.
🔮
Vilnyus, Panevėžys va Širvintos hududlarida tashkil etilgan o‘quv tashriflari ishtirokchilarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyatini bevosita kuzatish, amaliy yondashuvlarni o‘rganish va Litva tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qilish imkonini berdi.
✅
O‘quv dasturi yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Mazkur dastur xalqaro tajriba almashish, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish va O‘zbekistonda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
💻
Instagram
📝
Facebook
📝
Telegram
🐧
xcom
🎞
YouTube
🎖
istc.uz

October 26, 06:44
Media unavailable
2
Show in Telegram

#OAV_biz_haqimizda
😄
Navoiy telekanilining
«Huquqiy jamiyat sari»
dasturida Navoiy shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolarga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar, kam ta'minlangan oilalarga va nogironligi bo'lgan shaxslarga zarur koʻmaklar berilayotganligi bo'yicha ko'rsatuv efirga uzatildi.
🎬
Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin.
📝
Telegram
📝
Facebook
🎞
Youtube
🎖
ihma.uz
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

October 26, 05:19
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

XOTIN-QIZLARNING HUQUQIY HIMOYASINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
🧠
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Navoiy viloyati boshqarmasida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolariga huquqiy yechim topish hamda sudlarda ularning manfaatlarini himoya qilish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
👥
Unda boshqarma rahbariyati, Navoiy viloyat sudi va Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi vakillari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert-maslahatchilari hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi.
💻
Seminar davomida sudlarga da’vo arizalarini kiritish tartibi, protsessual hujjatlarni tayyorlash hamda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini amaliyotda qo‘llash masalalari ko‘rib chiqildi.
🤝
Shuningdek, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan huquqiy yordam sifatini yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.
📝
Telegram
🎞
Youtube
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

October 26, 04:57
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi Para Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi
Yaponiyaning
Aichi–Nagoya
shahrida bo‘lib o‘tgan
V Para Osiyo
o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi mamlakatimiz parasporti
tarixidagi eng yuqori natijaga
erishdi.
Hamyurtlarimiz musobaqani
45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza — jami 145 ta medal
bilan yakunlab,
45 ta davlat
orasida Xitoy va mezbon Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida
faxrli 3-o‘rinni
egalladi.
Bu — O‘zbekistonning Para Osiyo o‘yinlari tarixida ilk bor kuchli uchlikdan joy olishi.
✅
Tarixiy o‘sish va yangi marralar
2023-yilda Xanchjouda o‘tkazilgan IV Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza — jami 79 ta medal bilan 8-o‘rinni egallagan edi.
↗️
Bu gal esa oltin medallar soni 80 foizga, umumiy medallar soni 84 foizga oshdi.
Shuningdek, delegatsiyamiz avvalgi eng yuqori natijalarni ham yangiladi. Jumladan, 2018-yilda Jakartada qo‘lga kiritilgan 33 ta oltin medal hamda 2023-yilgi Xanchjou o‘yinlaridagi 79 ta medal ko‘rsatkichi ortda qoldi.
✅
Ishtirokchilar safi kengaydi
Bu yil O‘zbekiston sharafini
11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar sportchi, jumladan, 77 nafar ayol sportchi himoya qildi.
Para qilichbozlik, bochcha va para kamondan otish yo‘nalishlarida vakillarimiz ilk bor ishtirok etdi. Bobur Toshtemirov esa para velosport bo‘yicha mamlakatimiz tarixidagi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.
✅
Jahon va Osiyo rekordlari yangilandi
Sportchilarimiz
para yengil atletika, para suzish, para pauerlifting va para velosport
yo‘nalishlarida
1 ta jahon, 8 ta Osiyo va 15 tadan ortiq O‘yinlar rekordini
o‘rnatdi.
✅
Xususan, Ro‘za Qo‘ziyeva para pauerlifting bo‘yicha 73 kg vazn toifasida 152 kg natija qayd etib, jahon rekordini yangiladi.
✅
Shuningdek, Yegor Bolotov, Lolaxon Qodirova, Madina Muxtorova, Shahinaxon Yigitaliyeva, Navruza Ahmadova, Karomat Omonova va Xurshid Qodirov Osiyo rekordlarini qayd etdi.
🧠
Ijtimoiy himoya milliy agentligi V Para Osiyo o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan barcha sportchilarimizni, ularning murabbiylarini hamda paralimpiya delegatsiyasini ushbu tarixiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi!
Sizlarning matonatingiz, qat’iyatingiz va yuksak sport mahoratingiz barchamiz uchun faxr va ilhom manbaidir.
Yangi g‘alabalar, ulkan marralar va kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz