Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

IHMA Navoiy viloyati

ihma_navoiviloyati
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqamasining rasmiy sahifasi
Подписчики
2 560
24 часа
30 дней
-20
Просмотры
901
ER
35,2%
Посты (30д)
66
Символов в посте
1 101
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
June 15, 09:32
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Rasmiy ishlamaydigan ayollar ham dekret puli olishi mumkinmi?
🤰
Ha, mumkin.
Agar ayol rasmiy ish joyiga ega bo‘lmasa ham, ayrim hollarda unga homiladorlik va tug‘ish (dekret) nafaqasi to‘lanadi.
Buning uchun quyidagi shartlardan biri bajarilgan
bo‘lishi kerak
:

ayol o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lab kelayotgan bo‘lishi;
yoki

ayol ishlamasa, uning uchun turmush o‘rtog‘i ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lab kelayotgan bo‘lishi kerak.
📌
Muhim shart:
Dekret puli olish uchun
ixtiyoriy sug‘urta badallari kamida 10 oy davomida
to‘langan bo‘lishi, shundan
oxirgi 6 oy uzluksiz
bo‘lishi lozim.
💰
Nafaqa miqdori qanday belgilanadi?
Ixtiyoriy sug‘urta badallari qancha uzoq muddat va muntazam to‘langan bo‘lsa, tayinlanadigan nafaqa miqdori ham shunga mos ravishda yuqori bo‘ladi.
❗️
Bunda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravaridan oshmaydi
. Bugungi kunda ushbu miqdor 6 mln 355 ming so‘mni tashkil etadi.
↗️
Ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badalining eng kam oylik miqdori
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining
5 foizi
miqdorida belgilangan bo‘lib,
hozirda 63 550 so‘mga teng
.
Badallarni Baraka mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin.
Ilovani yuklab olish
📞
Ishonch raqami: 1070
🌐
Batafsil:
baraka.gov.uz
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

June 15, 04:38
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#Ijtimoiy_dayjest
🇺🇿
Ijtimoiy Dayjest
O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.

🇺🇿
Sociallıq Dajdjest
Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.

🇬🇧
Social Digest
Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

June 14, 14:30
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Voice UP” xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohi turli mamlakatlardan kelgan faol va tashabbuskor yoshlarni birlashtirdi. Joriy yilda oromgohda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Turkiyadan tashrif buyurgan ishtirokchilar ishtirok etdi.
Oromgoh doirasida yoshlar tomonidan inklyuziya, ta’lim, innovatsiyalar va ijtimoiy rivojlanishga qaratilgan qator loyihalar taqdim etildi. Xususan, autizm xususiyatiga ega bolalarning muloqot qilishiga ko‘maklashish, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt yordamida insonlar hayotini yanada qulay va erkin qilishga xizmat qiluvchi tashabbuslar alohida e’tibor qozondi.
Tadbirda ishtirok etgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
Shahnoza Mirziyoyeva
yoshlarning g‘oyalari va tashabbuslarini yuqori baholadi.
«Yoshlarimiz juda muhim va dolzarb mavzulardagi loyihalarini taqdim etdilar. Har bir loyiha zamirida nafaqat istiqbolli g‘oyalarni, balki o‘zgalar ehtiyojlarini teran his eta oladigan, jamiyat ravnaqi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga tayyor navqiron avlod vakillarini ko‘rdim.
Bu kabi uchrashuvlardan so‘ng O‘zbekistonning kelajagi buyuk ekanligiga bo‘lgan ishonchim yanada mustahkamlandi. Zero, yurtimiz istiqbolini aynan mana shunday bilimli, tashabbuskor va fidoyi yoshlar bunyod etmoqdalar», — dedi
Shahnoza Mirziyoyeva.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

June 13, 13:32
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#3YilMillionlabTaqdirlar
Ehtiyojmand oilalar hayotini yaxshilash yo‘lidagi
islohotlar
🎬
Bu haqda batafsil
"O‘zbekiston 24"
telekanalining
"Farovonlik sari"
dasturi orqali efirga uzatilgan ko‘rsatuvda tanishishingiz mumkin.
📝
Telegram
📝
Facebook
🎞
Youtube
🎖
ihma.uz
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

June 12, 09:30
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#mutaxassis_fikri
❗️
Savollaringizni bering javob beramiz
.
2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.
😲
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi “
Aholiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
” 796-son qaroriga muvofiq:

vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining tegishli
kalendar yildagi
mehnatga layoqatsizlik davrining
5-kunigacha
boʻlgan qismi sugʻurtalangan shaxsning
ish beruvchisi tomonidan
,
6-kundan boshlab esa Jamgʻarma tomonidan toʻlab beriladi
;

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining ish beruvchi tomonidan toʻlanadigan qismi
oʻrindoshlik asosidagi
, shu jumladan, ichki oʻrindoshlik asosidagi
ish joyi boʻyicha ham toʻlanadi
.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

June 11, 14:38
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Yoshlarning tashabbusi tinglandi
🧠
Har payshanba kuni o'tkaziladigan
Yoshlar kuni
doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy volontyorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularning taklif va g'oyalarini o'rganish hamda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat bo'ldi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan hududlarda volontyorlik faoliyatini rivojlantirish, aholi o'rtasida ijtimoiy xizmatlar haqida xabardorlikni oshirish hamda yoshlarni ezgu ishlarga keng jalb etishga qaratilgan qator takliflar ilgari surildi.
Boshqarma boshlig'i tomonidan volontyorlarning har bir tashabbusi alohida tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bildirilgan takliflar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilib, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash zarurligi ta'kidlandi.
📝
Telegram
📝
Facebook
🎞
Youtube
🎖
ihma.uz
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

June 11, 12:41
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

#Voice_Up
#jarayon
“VoiceUP” oromgohi: yoshlar tashabbuslari amaliy loyihalarga aylanmoqda
🎙
Samarqand shahrida inklyuziv muhitni rivojlantirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro
“VoiceUP” inklyuziv yoshlar oromgohi
bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli oromgohda Navoiy viloyatidan 7 nafar faol va tashabbuskor yoshlar ham o‘z loyihalari hamda innovatsion g‘oyalari bilan munosib ishtirok etmoqda. Ular taqdimotlar davomida ta’lim, ijtimoiy himoya, bandlik, ekologiya va yoshlar rivojiga qaratilgan istiqbolli tashabbuslarini ekspertlar hamda xalqaro mutaxassislarga namoyish etishmoqda.
Navoiylik yoshlarimiz tomonidan taqdim etilayotgan loyihalar ham dolzarbligi va ijtimoiy ahamiyati bilan ajralib turadi. Ularning ushbu tanlov va taqdimotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, grant mablag‘larini qo‘lga kiritishlari nafaqat o‘zlari, balki viloyatimiz yoshlarining imkoniyat va salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📝
Telegram
📝
Facebook
🎞
Youtube
🎖
ihma.uz
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

June 11, 09:26
Файлы недоступны
6
3
Открыть в Telegram

🖋
Navoiy viloyatidagi 5-son umumta’lim maktabida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda
“To‘siqsiz muhit”
dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan seminar tashkil etildi.
💻
Seminarda ta’lim sohasi mutaxassislari, maktab rahbariyati, pedagoglar va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etib, inklyuziv ta’limning ahamiyati, uning samaradorligini oshirish hamda nogironligi bo‘lgan bolalarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashdilar.
Shuningdek, maktabda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi
zamonaviy korreksion
hamda
STEM xonalari
tashkil etilgan. Mazkur xonalarda o‘quvchilar bilan individual va guruh shaklida mashg‘ulotlar olib borilib, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
👫
Bundan tashqari, nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarga malakali yordam ko‘rsatish maqsadida zamonaviy jihozlangan logoped xonasi ham faoliyat yuritmoqda. Ushbu xonada mutaxassislar tomonidan bolalarning nutqiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish bo‘yicha tizimli mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
📝
Telegram
📝
Facebook
🎞
Youtube
🎖
ihma.uz
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

June 11, 08:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi hamda viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi boshliqlari tomonidan, sohaga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida
12-iyun kuni soat 17:00 da Navbahor tumanining "Yangi kuch"
mahallasidagi 11-sonli oilaviy shifokorlik punkti binosida navbatdagi sayyor qabul o'tkaziladi.
🔮
Qabulda sohalarga oid taklif, savol, shikoyat va boshqa murojaatlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.
📝
Telegram
📝
Facebook
🎞
Youtube
🎖
ihma.uz
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

June 11, 06:05
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#Eslatma
Ijtimoiy reyestrga kirish tartibi qanday?
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ijtimoiy reyestrga kiritish jarayoni to‘liq shaffof va elektron tizim asosida amalga oshiriladi.

Ariza topshirish usullari:

Davlat xizmatlari markazlari orqali;

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali;

Mahalladagi ijtimoiy xodim orqali;

my.gov.uz
portali yoki “Baraka” ilovasi orqali onlayn.
👥
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati qanday baholanadi?
Ariza qabul qilingach, elektron ma’lumotlar asosida dastlabki baholash o‘tkaziladi. Keyin ijtimoiy xodim tomonidan oila sharoiti o‘rganiladi va «Mahalla yettiligi» xulosasi shakllantiriladi.
💵
Daromad qanday hisoblanadi?
Oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad so‘nggi 3 oylik ma’lumotlar asosida hisoblanadi.
🖋
Hisob-kitobda:

ish haqi;

mulkiy daromadlar;

alimentlar;

pul o‘tkazmalari;

nafaqa va nafaqalar kabi daromadlar inobatga olinadi.
❗️
Biroq qonunchilikda belgilangan ayrim nafaqalar, moddiy yordamlar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar daromad hisobida inobatga olinmaydi.
👥
Yakuniy baholash natijasiga ko‘ra oilalar:

Davlat ta’minotidagi oila;

Kambag‘al oila;

Kambag‘allik chegarasidagi oila toifalariga ajratiladi.
↗️
Natija haqida fuqaroga SMS-xabar yuboriladi.
Keyingi postlarimizda Ijtimoiy reyestrdan chiqarish asoslari va tartibi, qayta ko‘rib chiqish mexanizmi, shuningdek fuqarolarning mazkur jarayonlardagi huquq va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berib boramiz.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz