Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

IHMA Surxondaryo viloyati boshqarmasi

ihma_surxondaryoviloyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali.
Subscribers
2 026
24 hours
-1
30 days
-54
Post views
338
ER
16,68%
Posts (30d)
95
Characters in post
1 027
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Low
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 27, 15:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kasalliklar chegara bilmaydi. Ammo bolaning yashab qolish imkoniyati hamon uning qayerda tug‘ilganiga bog‘liq.
Bunday bo‘lmasligi kerak.
Hech bir bola hayoti uchun yolg‘iz kurashmasligi kerak. Hech bir mamlakat yordamsiz qolmasligi lozim.
Xalqaro birdamlik — bizning kuchimiz. Bolalar hayotini saqlab qolish — umumiy mas’uliyatimiz.
Har bir saqlab qolingan hayot ortida bolalik, orzular va butun bir kelajak bor.
Bu hikoyaning navbatdagi sahifasi hali yozilmagan. Keling, uni birgalikda yozaylik — har bir bolada yashash va o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish imkoniyati bo‘lishi uchun.
#MehrliMaskan
#MehrliMaktab
#InvestInChildren2026
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren

October 27, 10:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ta’lim sohasidagi islohotlar va bolalar farovonligi — xalqaro ekspert nigohida
“Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida tashkil etilgan panel sessiyalarda bolalar ta’limini rivojlantirish, har bir bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olish hamda sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Sammit ishtirokchisi,
World Vision International tashkiloti vakili Tamara Tutnjevic Gorman
ta’lim yo‘nalishidagi muhokamalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
U bilan suhbat davomida bolalar farovonligini ta’minlashda ta’limning o‘rni, xalqaro tajriba va ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren

October 26, 13:21
Media unavailable
10
Show in Telegram

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Bugun viloyat Bandlik bosh boshqarmasida Ijtimoiy sug‘urta viloyat bo‘limi hamkorligida Zoom platformasi orqali seminar tashkil etildi.
Unda viloyat boshqarmasi, tuman va shahar bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari xodimlari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Seminarda Yagona milliy mehnat tizimida hujjatlarni rasmiylashtirish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida sug‘urta badallari va stajlari hisobini yuritish, sug‘urtalangan shaxslarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash va to‘lash tartibidagi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
🇺🇿
Bandlik boshqarmasi rasmiy sahifalariga obuna bo'ling
⬇️
Telegram
|
web-sayt
|
facebook
|

October 26, 05:46
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Ijtimoiy_dayjest
🇺🇿
Ijtimoiy Dayjest
O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.
🇺🇿
Sociallıq Dayjest
Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.
🇬🇧
Social Digest
Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 25, 10:39
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Parasport
Xurshid Qodirov — O‘zbekiston vakili Para Osiyo o‘yinlarida 100 metrga yugurish bahslarida Osiyo rekordini o‘rnatib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Uning finishdagi harakatlarini tomosha qiling.
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
📝
Telegram
💻
Instagram

October 25, 07:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi Para Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi
Yaponiyaning
Aichi–Nagoya
shahrida bo‘lib o‘tgan
V Para Osiyo
o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi mamlakatimiz parasporti
tarixidagi eng yuqori natijaga
erishdi.
Hamyurtlarimiz musobaqani
45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza — jami 145 ta medal
bilan yakunlab,
45 ta davlat
orasida Xitoy va mezbon Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida
faxrli 3-o‘rinni
egalladi.
Bu — O‘zbekistonning Para Osiyo o‘yinlari tarixida ilk bor kuchli uchlikdan joy olishi.
✅
Tarixiy o‘sish va yangi marralar
2023-yilda Xanchjouda o‘tkazilgan IV Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza — jami 79 ta medal bilan 8-o‘rinni egallagan edi.
↗️
Bu gal esa oltin medallar soni 80 foizga, umumiy medallar soni 84 foizga oshdi.
Shuningdek, delegatsiyamiz avvalgi eng yuqori natijalarni ham yangiladi. Jumladan, 2018-yilda Jakartada qo‘lga kiritilgan 33 ta oltin medal hamda 2023-yilgi Xanchjou o‘yinlaridagi 79 ta medal ko‘rsatkichi ortda qoldi.
✅
Ishtirokchilar safi kengaydi
Bu yil O‘zbekiston sharafini
11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar sportchi, jumladan, 77 nafar ayol sportchi himoya qildi.
Para qilichbozlik, bochcha va para kamondan otish yo‘nalishlarida vakillarimiz ilk bor ishtirok etdi. Bobur Toshtemirov esa para velosport bo‘yicha mamlakatimiz tarixidagi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.
✅
Jahon va Osiyo rekordlari yangilandi
Sportchilarimiz
para yengil atletika, para suzish, para pauerlifting va para velosport
yo‘nalishlarida
1 ta jahon, 8 ta Osiyo va 15 tadan ortiq O‘yinlar rekordini
o‘rnatdi.
✅
Xususan, Ro‘za Qo‘ziyeva para pauerlifting bo‘yicha 73 kg vazn toifasida 152 kg natija qayd etib, jahon rekordini yangiladi.
✅
Shuningdek, Yegor Bolotov, Lolaxon Qodirova, Madina Muxtorova, Shahinaxon Yigitaliyeva, Navruza Ahmadova, Karomat Omonova va Xurshid Qodirov Osiyo rekordlarini qayd etdi.
🧠
Ijtimoiy himoya milliy agentligi V Para Osiyo o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan barcha sportchilarimizni, ularning murabbiylarini hamda paralimpiya delegatsiyasini ushbu tarixiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi!
Sizlarning matonatingiz, qat’iyatingiz va yuksak sport mahoratingiz barchamiz uchun faxr va ilhom manbaidir.
Yangi g‘alabalar, ulkan marralar va kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 25, 06:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
Samarqand Jahon sammiti: O‘zbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlari xalqaro delegatsiyalar e’tiborida
21–22-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan
“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” Jahon sammiti
doirasida O‘zbekistonda bolalar farovonligi va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar namoyish etilgan ko‘rgazma tashkil etildi.
Xalqaro ekspertlar, xorijiy davlatlar vazirlari va OAV vakillari Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov boshchiligida ko‘rgazma bilan tanishdi.
Ekspozitsiyada bolalarni ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash, erta rivojlanish, inklyuziv ta’lim hamda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi islohotlar taqdim etildi.
Ko‘rgazmaning muhim jihati — O‘zbekiston tajribasini bolalar hayotida yaratilayotgan amaliy imkoniyatlar orqali xalqaro hamjamiyatga namoyish etishdir.
Ushbu muloqot xalqaro tajriba almashish, ijtimoiy himoya sohasidagi yondashuvlarni keng jamoatchilikka yetkazish va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren

October 24, 16:00
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

O‘zbekiston va Ozarbayjon ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Ozarbayjonning Xankendi shahrida o‘tkazilayotgan
“SOCGOV 2026: Aqlli boshqaruv uchun raqamli tahlil” xalqaro forumida
ishtirok etmoqda.
Forum doirasida Agentlik direktorining o‘rinbosari
Sirojiddin Abdullayev
Ozarbayjon Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri
Anar Aliyev
bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki mamlakatda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy xizmatlarni raqamlashtirish va innovatsion yechimlarni joriy etish borasidagi ishlar, shuningdek, 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasining amalga oshirilish jarayoni va uning doirasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida shakllangan samarali hamkorlikni alohida ta’kidlab, o‘zaro tajriba va axborot almashinuvini davom ettirish muhimligini qayd etdilar.
Muloqot davomida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 24, 15:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bola farovonligi — kelajagimizga investitsiya
Bolalarning sog‘lom ulg‘ayishi, sifatli ta’lim olishi, xavfsiz muhitda yashashi va o‘z orzulariga erishishi uchun bugun qanday sharoit yaratyapmiz?
O‘zbekistonda bolalar farovonligini ta’minlash, ularni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, inklyuziv ta’lim va ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar — kelajakka qo‘yilayotgan muhim qadamlardir.
«Bolalar farovonligiga investitsiya» Jahon sammiti munosabati bilan tayyorlangan videorolikda ana shu o‘zgarishlar va har bir bola uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z boradi.
Chunki bola — nafaqat kelajak, balki bugunning ham eng muhim qadriyatidir. Har bir bolaning farovonligi esa barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.
🎬
Videorolikni YouTube orqali tomosha qiling
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildrena

October 24, 06:53
Media unavailable
2
Show in Telegram

Samarqandda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston Respublikasi, Livan va Zimbabve Birinchi xonimlari hamda boshqa oliy martabali mehmonlar ishtirokida yangi «Imkon» markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
Shahnoza Mirziyoyeva
:
Mehmonlarning markazimiz faoliyatiga bildirgan qiziqishi, samimiy fikrlari va iliq e’tiroflari biz uchun juda qadrli.
Bu men uchun shaxsan ham, Ijtimoiy himoya milliy agentligining butun jamoasi uchun ham katta ahamiyatga ega. Bunday e’tirof bizga yanada katta mas’uliyat va ishtiyoq bag‘ishlaydi.
Ishonamizki, «Imkon» markazi har bir bolaning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularning rivojlanishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren