
IHMA Surxondaryo viloyati boshqarmasi
#qonunchilikdagi_yangiliklar
“Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bo‘yicha
Bugun mamlakat aholisining 28 foizi – 10,9 million nafarni bolalar tashkil etadi. Shu bois bolalar huquqlarining ishonchli kafolatlarini ta’minlash, ularni zo‘ravonlik va tazyiqdan himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur Qonun bilan bolaning huquq va manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va ularga o‘z vaqtida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan:
😲
Bolalarga oid jinoyat ishlarini
sayyor sudlarda ko‘rish taqiqlanmoqda
.
😲
Ta’lim tashkilotida tarbiya va ta’lim berish jarayonida bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik sodir etish, uni kamsitish yoki xo‘rlash kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlash uchun
440 ming
so‘mdan
2,06 mln
gacha
ma’muriy jarima jazosi
belgilanmoqda.
😲
Notariuslarga bolani
farzandlikka berish
(
olish
), bolani
vasiylik
(
homiylik
)ka
berishga
oid arizada
imzoning haqiqiyligini shahodatlash
bo‘yicha murojaat qilinganda, ma’lumotlarni
“Inson” markazlariga taqdim etish majburiyati yuklatilmoqda
.
😲
Aliment to‘layotgan ota-onadan uning moddiy ahvolini inobatga olgan holda,
aliment to‘lashdan ozod qilish amaliyoti bekor qilinmoqda.
Davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida
bo‘lgan voyaga yetmagan bolaga aliment to‘lashi shart bo‘lgan otani yoki onani
aliment to‘lashdan ozod qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi
.
Shuningdek, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bola foydasiga ota-onadan yoki ularning biridan
undirilishi belgilangan
aliment miqdorini kamaytirish bo‘yicha ishlarda
“Inson” markazlari jalb etiladi.
😲
Bolalarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxsning
1-yil davomida
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional
ta’lim tashkilotlari hamda
bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarida
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlanmoqda.
😲
Vasiy yoki homiyning
bola nomidan meros va hadyani qabul qilishdan voz kechish huquqi
bekor
qilinmoqda.
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar masalasida davlat boji to‘lanishidan ozod etilmoqda:
a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari – ota-ona yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan bolaning sog‘lig‘ini tiklash va reabilitatsiya qilish uchun qilingan qo‘shimcha xarajatlarni bola foydasiga undirish haqida kiritilgan arizalar bo‘yicha;
b) yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi yashaydigan joyga doimiy ro‘yxatga qo‘yganda.
😲
vasiy (homiy) yashash joyini o‘zgartirmoqchi, jumladan, boshqa mamlakatga ko‘chib ketmoqchi bo‘lsa hamda uning vasiyligi (homiyligi)dagi bola
10 yoshga to‘lgan
bo‘lsa,
ushbu bolaning roziligi
talab etilishi belgilanmoqda
.
Umuman, mazkur Qonun bola manfaatini ustuvor qo‘yish, uni zo‘ravonlikdan himoya qilish va huquqiy kafolatlarni kuchaytirishga qaratilgan. Eng muhimi, bolalar uchun yanada xavfsiz va himoyalangan muhit yaratiladi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
#ISO
#SifatMenejmenti
#Shaffoflik
Ijtimoiy inspeksiya faoliyati xalqaro standartlar asosida takomillashtirilmoqda
Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyaga
ISO 9001:2015 — “Sifat menejmenti tizimi” va ISO 37001:2025 — “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi”
standartlari bo‘yicha xalqaro hamda milliy sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur sertifikatlar Inspeksiya faoliyatida sifatli boshqaruv, shaffoflik, aniq mas’uliyat va korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga qaratilgan zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy etilganini tasdiqlaydi.
Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati, sertifikatlashtiruvchi tashkilot vakillari, Ijtimoiy inspeksiya mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
🎬
Tadbir tafsilotlari — videolavhada.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
#OAV
#Jarqorgon
✅
✅
✅
✅
✅
MAXSUS REPORTAJ.
Aholining ehtijoymand qatlamini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash,
k
ambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va fuqarolarning barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishi borasidagi ishlar
.
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
📝
Telegram
💻
Instagram
#Denov
💚
Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyat demakdir
✅
Denov tumanidagi 79-sonli umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim olishi uchun inklyuziv ta’lim muhiti yo‘lga qo‘yilgan.
💿
Bu jarayonda nafaqat sifatli ta’lim olish, balki bolalarning ijtimoiylashuvi, psixologik holatini qo‘llab-quvvatlash va jamoaga moslashuviga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
☺️
“Inson” markazi xodimlari hamkorligida o‘quvchilarga zarur ijtimoiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Zero, inklyuziv ta’lim — har bir bola uchun teng imkoniyat, mehr va qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratishdir.
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
📝
Telegram
💻
Instagram
#OAV
#Brifing
✅
✅
✅
✅
✅
Ijtimoiy himoya yo’nalishida aholi murojaatlari bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilyotgan ishlar tafsiloti.
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
📝
Telegram
💻
Instagram
Bolani cheklash emas, qo‘llab-quvvatlash kerak!
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Komplayens xizmati tomonidan Agentlik tizimidagi ayrim ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 1-sinfda tahsil olayotgan ayrim bolalarni yangi ta’lim muhitiga moslashtirish hamda dars jarayonidagi ishtirokini ta’minlash maqsadida bugungi zamonaviy pedagogik yondashuvlarga mos kelmaydigan usullardan,
jumladan, bolaning sinfda harakatini cheklashdan
foydalanilgan holatlar aniqlandi.
Bunday cheklovchi usullar ayrim davlatlarda maxsus ta’lim va parvarish amaliyotlarida tarixan uchragan bo`lsa-da, bugungi kunda bunday usullar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, bolaning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda insonparvarlik tamoyillariga mos kelmaydi.
Mazkur holatlardan kelib chiqib, Agentlik tomonidan tizimdagi barcha ta’lim tashkilotlariga
eskirgan, zamonaviy pedagogik talablarga mos kelmaydigan va bolaga nisbatan asossiz jismoniy yoki boshqa cheklovlarni nazarda tutuvchi usullardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik
, har bir bolaga uning individual ehtiyojlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda mehr, hurmat va professional yondashuv asosida munosabatda bo‘lish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, 1–2-sinf o‘quvchilarining yangi ta’lim muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda dars jarayonida ularga individual yordam ko‘rsatish maqsadida yangi o‘quv yilidan boshlab
maxsus assistent-pedagog lavozimi joriy etilmoqda
.
Hurmatli ota-onalar!
Agar farzandingiz ta’lim jarayonida yuqoridagi kabi nomaqbul holatlarga duch kelsa:
— birinchi navbatda maktab ma’muriyatiga bu haqda xabar berishingiz;
— pedagog yoki maxsus assistent-pedagog bilan holatni muhokama qilishingiz;
— muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, Ijtimoiy himoya milliy agentligining
1246 ishonch telefoniga
murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Har bir bolaning sha’ni, qadr-qimmati va xavfsizligini ta’minlash — ta’lim jarayonining ajralmas tamoyilidir.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
Murojaatlar — e’tibor va yechim markazida
🧠
2026-yilning 6 oyi davomida Agentlik va tizim tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxslardan
95,6 mingta murojaat
kelib tushdi.
Ularning
66 foizi ijobiy hal etildi
, yana
19 foiz murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni tezkor o‘rganish va hal etish maqsadida
ishchi guruhlar, sayyor qabullar va yangi mexanizmlar
joriy etildi.
Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha aholiga tezkor va aniq ma’lumot berish uchun
yagona skriptlar
ishlab chiqildi.
Natijada koll-markazga murojaat qilgan
593 ming fuqaroning 80 foizi
birinchi qo‘ng‘iroqning o‘zida zarur maslahat va tushuntirishlarni oldi.
Murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalar tahlil qilinib,
Ijtimoiy reyestr tizimida ham qator yengillik va o‘zgarishlar
joriy etildi.
🎬
Batafsil — videorolikda.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
#Radio
“Ochiq mikrofon” eshittirishi nihoyasiga yetdi
Bugun, 8-sentabr kuni Surxondaryo radiokanalida “Ochiq mikrofon” eshittirishi jonli efirga uzatildi.
🎙
Eshittirish davomida bolalar nafaqasini tayinlash hamda Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida ishlaydigan onalarga nafaqa berish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.
📞
Jonli efir davomida aholidan
10 ga yaqin savol va murojaatlar
kelib tushdi. Mutaxassislar tomonidan fuqarolarning savollariga javoblar berildi.
🟢
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
📝
Telegram
💻
Instagram
E’LON!
#Radio
🎙
Bugun,
8-sentabr kuni soat 16:00 da
Surxondaryo radiokanalida
“Ochiq mikrofon”
eshittirishi jonli efirga uzatiladi.
✅
Unda
bolalar nafaqasini tayinlash
hamda
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida ishlaydigan onalarga nafaqa berish tartibi
haqida so‘z boradi.
📞
Dastur davomida fuqarolarning murojaat va savollari ham qo‘ng‘iroqlar orqali qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon:
762235460
O‘tkazib yubormang!