
Abdulaziz Ahmad | Blog
#maktub "Maktub" — qalbga tutilgan ko‘zgu! 70 kun, 10 nafar sevimli ijodkoringiz va yangi maktublar... Azizlar, xabaringiz bor, "Maktub" loyihasini boshlagandik. Har shanba kuni qalamdan to‘kilib, hali siyohi qurishga ulgurmagan samimiy maktublarni sizga…
#maktub
"Maktub" — qalbga tutilgan ko‘zgu!
70 kun, 10 nafar sevimli ijodkoringiz va yangi maktublar...
Azizlar, xabaringiz bor, "Maktub" loyihasini boshlagandik.
Har shanba kuni qalamdan to‘kilib, hali siyohi qurishga ulgurmagan samimiy maktublarni sizga taqdim etib boramiz.
O‘qing va o‘z munosabatingizni bildiring.
Yettinchi ishtirokchimiz: Navro’za
Ijodiy o‘zani:
https://t.me/navroza_m
👉
Maktubni shu yerda o‘qing:
https://literature.uz/article/katarsis
“Xayr avgust”ni ko‘rdim, oxiridagi ikki oyog‘i ishlamaydigan sportsmen yigit hayron qoldirdi!
U bajarayotgan tryuklarni
to‘rt muchasi sog‘ odam ham eplashi dargumon.
Albatta, bu yergacha qancha mehnat qilgani faqat o‘ziga ayon...
Insonlar faqat natijani ko‘radi.
Aslida, Xudo hammaga qandaydir iqtidor yuqtirgan bo‘ladi.
Internetni oching, biz nogiron deb ataydigan qancha insonlar
aqlga sig‘maydigan ishlarni bajarishyapti.
Oyog‘ida rasm chizib, san’at asari yaratayotganlar, qo‘lsiz-oyoqsiz bo‘lsa ham notiqlik qobiliyati bilan dunyoning eng top tadbirkorlariga trening o‘tayotganlar, og‘zi bilan yozayotganlar qancha...
Mirali degan kursdoshim
bor,
ko‘zlari tug‘ma ko‘rmaydi.
Jahon tillari universitetida jahon adabiyoti fanidan dars beradi.
Judayam ko‘p o‘qigan, fikrlashi uncha-muncha to‘rt muchasi sog‘ odamlardan karrasiga oldinda.
Kompyuterni sizu bizdan yaxshi tushunadi.
Montaj qiladi, dastur yaratadi, kodlar yozadi mustaqil,
tushunyapsizmi?
O‘zligimizni topa olmasdan o‘tib ketishdan O‘zi asrasin!
Xulosa: Har bir inson bu hayotga ma’lum missiya bilan keladi. Hammamizda qandaydir yashirinib yotgan qobiliyat bor. Faqat mehnat qilish, o‘zimizni har sohada sinab ko‘rish va o‘sha sirli iqtidorimizni topa olishimiz kerak!
@Ijoddardi
Har qanaqasiga pishirsangiz ham, baliq juda foydali mahsulot. Lekin uning vitaminlarini yanayam saqlab qolgan holda yeyish organizm uchun koni foyda!
O‘zbekistonda asosan qovurilgan baliq iste’mol qilardik. Bilsam,
bunda uning vitaminlari yog‘da parchalanib ketarkan.
Turkiyada esa mangalda pishirilgan baliqlarga o‘rgandik.
Ishxonada ham 80-90 foiz baliqni ko‘mir cho‘g‘ida pishirib servis qilamiz.
Bu qovurgandan ko‘ra foydaliroq, ammo baribir ko‘p vitamini olovga oqib ketarkan.
Videoda baliqli bug‘lama. Eng foydali,
baliqning hamma vitaminlarini saqlab qolib pishirish usuli.
Restorandagi eng qimmat zodagonlar ovqati.
Xuddi kollagen va proteindek ta’sir qilarkan organizmga.
Baliqni ko‘rsatganimdek tozalab, terisini olib, qilchiqlaridan ajratib,
yarim soat damlab pishiriladi.
Albatta, tatib ko‘ring. Mazasi shunchaki ajoyib!
@Ijoddardi
Mahdi pilisos ovozidan qo‘rqardi, sartarosh moshinkasidan ham. Yaqinda moshinka oldik, sochini o‘zim kaltalatdim, bu qo‘rquv ortda qoldi...
Endi ayasi pilisosniyam o‘rgatibdi,
ortiq o‘zi to‘zitgan, sochgan mosh, guruch va no‘xatlarni
o‘zi tozalayapti ekan. Maza!
Hatto Mahdi yig‘ishtirgan xonani Safina to‘zitsa,
akaligi tutib, urishyapti qarasam,
ayangning qadriga yetasaaaan dedim.
Hademay bizga ish qolmaydi, bolalar katta bo‘lishyapti,
sochilgan o‘yinchoqlar, yirtilgan kitoblar, qorishtirilgan shakar va tuz, mosh hamda no‘xat...
ortda qoladi.
Singlisiniyam shu darajaga olib chiqvolsak, marra bizniki
😂
@Ijoddardi
O‘rta Osiyo davlatlari ichida eng boyi Qozog‘iston, hududi katta, aholisi kam, jon boshiga YaIM ko‘rsatkichi yuqori...
• Qozoqlarga shu tomonlama ko‘p havas qilaman.
Men ishlaydigan hududda yigirmaga yaqin restoran bor, o‘zbek, qirg‘iz, va turkmanlar bisyor.
Lekin birorta qozoq yo tojik topmaysiz...
Turkiyaga kelganimizga uch yil bo‘lgan bo‘lsa, birorta qozoqni qora ishda ko‘rmadim.
Ayolimning ikki qozoq qiz kursdoshi bor, faqat sayohatda yuradi.
Davlatimiz qanaqadir yordam puli beradi derdi, buni eslolmadim, aniq ma’lumot ham topa olmadim.
Uyda milliy ovqat pishirganimizda, qozoqlar buyurtma berishardi.
Nuqul talaba yoki ofisda ishlaydiganlarini ko‘rardim,
oq ko‘ylak qora shimda toza yurishardi...
• Turkmanlarda kommunal to‘lovlar yo‘q edi yaqin zamongacha.
Hozir pullik bo‘lgan, arzimagan ramziy summa to‘lasharkan, judayam arzon.
Bir litr benzin bir litr suvdan arzon ekan,
davlat fuqarolariga bepul uy berarkan nechchidir yoshdan keyin.
Ammo ahvol chatoq, fuqarolari chetda qora mehnatda yurishadi. Maoshlar kam. G‘alati...
• Qirg‘izlar O‘rta Osiyadagi eng kambag‘al davlat bo‘lsa ham,
yaqinda VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimini judayam zo‘r tashkil etishdi.
Ayolim bilan you tubeda maza qilib tomosha qildik. Bo‘larkanku deb yubordik hatto!
Yaqinda ukam Issiqko‘lga bordi aylanishga, havas ketdi, aylanadigan yaxshi joylari bor ekan.
Chingiz Aytmatov sababmi bilmadim, Qirg‘iziston va fuqarolarini boshqacha yaxshi ko‘raman,
sayohatga borish niyatim bor qachon bo‘lsa ham.
• Faqat Tojikiston haqida ko‘p narsa bilmayman, umuman qiziqmagan ekanman negadir.
Umuman uchratmadim
,
qayerda, nima ish qilishadi, xabarim yo‘q...
@Ijoddardi
Bir hamkasbimiz bor edi, usta. Mahkamam bor, deb militsiyadan qochib yurardi. Hayron bo‘lardim, polis nimaga tutib qamab qo‘ymaydi buni, deb.
Giyohvand modda qo‘llanardi, shu sabab qamalgandi bir necha marta.
Yana ozodlikda yurardi.
Milisaga ko‘rinmasa bo‘ldi edi. Keyin qo‘lga tushdi, qamaldi.
Bugun ertalab ishxona yonida yuribdi qarasam,
iznga chiqqanman, hamkasblarni ko‘rgani keldim, har uch oyda bir shunaqa ta’tilga chiqaman,
deydi. Hayratim ikki hissa oshdi, qanaqa qamoqxona buuuu?
O‘rgansam, Turkiya qamoqxonalarida shunaqa tizim bor ekan.
Mahbuslarning ijtimoiylashuvi, ozodlikka chiqqandan keyin hayotga oson moslashishi uchun
xizmat qilarkan bu. Hayron qoldim...
Tunov kun ishga kelayotganimda ham bir yigit bilan yonma-yon o‘tirib qoldim metroda.
Falon qamoqxonaga ketyapman, mahkamam bor, taslim bo‘laman,
qochib yurishdan charchadim degandi.
Hech qanday maqsadim yo‘q bu postdan, shunchaki ma’lumot o‘rnida ulashib qo‘yayapman...
@Ijoddardi
Ammamning ikki o‘g‘il bir qizi bor, biz yosh edik, akamlar med sohasida Ukrainada o‘qishdi...
To diplom olgunlaricha deyarli ishlashmadi,
faqat dars, talabalik davri, kurslar, konferensiya va seminarlar
va hokazolarda yurishardi.
Qishloqda ammam va pochcham ularga pul jo‘natardi,
qiynalib kontrakt to‘lardi, mol boqardi, ekin-tikin qilishardi,
banklardan ta’lim krediti chiqartiraman deb yugurishardi, tiynni tiynga ulab yurishardi.
Yon-atrofdan ular haqida har xil gap eshitib ulg‘ayganman:
darsdan keyin ishlasa bo‘lmasmikan, uydagilarga rahmi kelmaydi, o‘zi erka edi,
taltaytirib yuborishgan bla-bla-bla...
Gapirganlarda ham ayb yo‘q edi. Chunki jamiyatimizda
ishgami, o‘qishgami farqi yo‘q, chetga ketdimi, albatta, ishlashi, pul topishi, uyiga jo‘natishi kerak degan qarash bor edi.
Shuning uchun ular hammaning ko‘zida dangasa bo‘lib ko‘ringan bo‘lsa kerak...
O‘qish tugadi. Uylanishdi. Yangamlar o‘zining kursdoshi, oilaviy shifokorlar.
Bugun bir akam Navoiy shaharda stomotolog, yangam bolalar tish shifokori. Yana biri Toshkentda yashaydi, dermotovenerolog, teridagi oq dog‘larni davolaydi.
Yangam esa oftalmolog, ko‘z shifokori.
Qiyinchiliklar ortda qolgan, hayot iziga tushgan,
mashina, uy, ish, obro‘-e’tibor... hamma narsasi bor. Farzandlari yaxshi bog‘cha-maktabga boradi.
Bizga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelishadi.
Kecha akamlar ota-onasi va singlisini Umra safariga jo‘natishdi. Hozir ziyoratdalar. Endi tasavvur qiling,
agar akamlar Ukrainadalik payti odamlar nima deydi deb ishga chiqib ketishganida, darslarga yuzaki qaraganida,
hozirgi darajaga yetib kela olarmidi? Pul topardi balki, uyigayam jo‘natardi, lekin u pullar kelajagi uchun qanchalik investitsiya bo‘la olardi?
Bunday misollar bisyor. O‘z hayotimizdan bitta keys olib bo‘lishyapman, xolos.
O‘qishga kirdingizmi, ishga berilib ketmang, o‘qing, yangi bilimlar o‘rganing, yo‘qsa keyin afsuslanasiz...
@Ijoddardi
Aksariyat o‘zbek yigitlari o‘qishga kirsa, endi uyga og‘irligim tushadi, degan fikrda bo‘ladi...
Menda ham o‘tgan bu davr.
Uydagilar 2-3 yil repetitorga pul to‘lashgan, kamiga kontrakt asosida qabul qilingandim.
Uyda sharoit haminqadar, dadam Rossiyada ishlardi. O‘zimni aybdordek his qilib yurardim...
Tezroq ish topib, yaxshi oylikka chiqib, uyga ham bir-ikki so‘m jo‘natish payida edim.
Qishloqdan endi poytaxtga kelgan, oq-qoraning farqiga bormaydigan,
yigirmaga ham to‘lmagan g‘o‘r bolaning o‘yi edi bular.
Sentyabr o‘tdi, yotoqxona berishmadi,
341 ming so‘m stipendiyam, 3 millionga yaqin kontrakt, 250 ming so‘m ijara uyim...
Ish qidirishga tushdim. Yotoq va ovqati bor variant izlardim tinmasdan.
Oktyabr oxirlarida Qushbegidagi “Lesson press” nashriyotidan ish chiqdi.
Sovuq va zax omborda, kitob chiqaradigan dastgoh va texnikalar yonidan matras tashlab, bir burchakdan joy berishdi.
Tumbochkani rolton va minutka bilan to‘ldirishdi, 750 ming so‘m oylik va’da qilishgandi...
Noyabr tugab, dekabrga o‘tdik hamki, maoshdan darak yo‘q edi.
Yangi yilda birdan olasan, ikki oylikni bitta qilib, sovg‘a-salomlar bilan qaytasan qishloqqa
deyishdi. Ishondim.
Orada kattaroq buyurtma tushdi, kursdoshlaringni yordamga chaqir,
kechasi bilan kitob-qog‘ozlarni taxlasanglar, ertalab kelaman, birga o‘qishga ketasizlar.
50 mingdan to‘layman degandi.
3-4 kursdoshimni chaqirdim, ishni bitirdik, ertalab boshliq kelmadi. O‘quv yili endi boshlangan,
yangi tanishgan odamlarimga arzimagan pulni deb yomon ko‘rinishni xohlamadim, stipendiyamdan yigitlar xizmat haqini uzgandim,
boshliq u pulniyam keyin beraman deb bermagan...
Yangi yilda oylik kuta-kuta 30-dekabr kuni uydagilardan yo‘lkiraga pul olib qishloqqa qaytganim esimda. Dadam kontraktimni to‘lagandi.
Nashriyot ora-sirada bergan choy-chaqasidan tashqari umuman oylik bermagan.
Ishdan ketdim. Kvartira topdim. Mardikor bozoriga chiqdim bir muddat. Ish og‘irlik qildi. Milliy haykalchalar yasaydigan sexda ishladim.
Keyin “Yoshlar ovozi” gazetasiga rasmiy ishga kirgandim, 0.25 stavka.
Ijod qilardim, ko‘proq maqola yozsam, oyligimdan tashqari gonorar chiqardi, xarajatlarimga yetardi...
Demoqchimanki, boshqa viloyatga, poytaxt yoki chet elga o‘qishga kirdingizmi,
hech qachon hammaga yuz foiz ishonmang, mehnatingiz va vaqtingizni arzon baholamang,
imkon qadar rasmiy doiralardan o‘z yo‘nalishingizga yaqin ish topishga harakat qiling. Boshlanishiga oylik kamroq bo‘lsa ham...
Uydagilarga tushuntiring, shunchasini uddaladim, yana ozgina vaqt bering, qo‘llab-quvvatlang, moddiy tomondan yordam qilib turing, deyishga kuch toping.
Shunga yarasha o‘qing, keyin o‘qimasdan, ishlamasdan laylak haydab yuravering demayapman...
Ja imkoni bo‘lmasa, o‘zingizga yetadigan, xarajatlaringizni qoplaydigan darajada ishlar qidiring,
dars qilishga vaqtingiz qolsin, ish bor quvvatingizni so‘rib olmasin.
O‘zingizni qoplasangiz ham katta gap, uyga pul jo‘natish qochib ketmaydi...
Til o‘rganishga harakat qiling.
Ingliz va rus tillarini o‘zlashtiring, hech bo‘lmasa, turk tilidan sertifikat olib qo‘ying.
Qachondir asqotishi aniq. Mana men sizga tirik misolman.
Ishlash qochib ketmaydi. Pulga qiziqmang. Yaxshi o‘qib, sohangizda o‘z gapi bor mutaxassisga aylanib diplom olvolsangiz, marra sizniki.
Keyin umringizning oxirigacha ishlayverasiz, ishdan bezor ham bo‘lasiz hali, lekin bu davr boshqa qaytib kelmaydi...
To‘rt yil bakalavrda qancha ishladim, pul topdim, uyga har borganimda imkon qadar bir yo ikkita dollar bilan borishga harakat qildim. Hozir ularning hech biri menga asqotmaydi.
Pul kelaveradi, ketaveradi, uni to‘g‘ri investitsiya qilganlargina yutarkan bu hayotda!
Unutmang, o‘qishga kirdingiz, ishga emas. Hech narsa darslaringizdan, ta’limingizdan ustun bo‘lmasligi kerak. Yangi o‘quv yilida omad yor bo‘lsin!
@Ijoddardi
#Namyok
Farosatli ayol yangi kiyim olib bering deb erning quloq-maynasini yemaydi...
Instagramda kuzgi stillar deb istoriya qo‘yib boshlaganidan farosatli erkak o‘zi tushunib olishi kerak. Nima demading, Sitor? :)
@Ijoddardi