Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Abdulaziz Ahmad | Blog

ijoddardi
• Filolog • Jurnalist • SMMchik • Baliqchi oshpaz • Mahdi va Safinaning dadasi... :) 🇹🇷 Oilam bilan Ankaradaman. Turkiyada oila bo‘lib yashash, ishlash, biznes qilish... xullas, “tirik qolish” haqida yozaman! Hamkorlik: @Oilaviy_reklama
Подписчики
1 389
24 часа
—
30 дней
-23
Просмотры
597
ER
42,98%
Посты (30д)
25
Символов в посте
1 172
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Путешествия и география
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
October 23, 12:00

Bu asar haqidagi fikrlarimni yozib qo‘yishim kerak, yillar o‘tib yana qayta o‘qisam, xulosalarimni solishtirish uchun ham zarur...
“Martin Iden”ni talabalikda o‘qigandim, jahon adabiyoti fanidan ustoz Uzoq Jo‘raqulov imtihonidan o‘tish uchun.
Shunchaki omadi kelib qolgan yozuvchining ayanchli taqdiri deb hisoblaganman. Tamom.
Imtihon ham bo‘lmagandi o‘shanda, ustozning vaqti yo‘q edi adashmasam...
Hozir ishga kelib ketishda 2 soat bo‘sh vaqtim bor, avtobus va metroda yuraman.
Quloqchinda audiokitobini tingladim, turkcha radiospektaklini eshitdim, inglizcha kinosini ko‘rdim.
Ko‘p tarafdan o‘zimni ko‘rdim qahramonda. Hayotim, boshimdan o‘tgan voqealar gavdalandi ko‘z oldimda. Martindan farqim,
yonimda onggiga burjua jamiyati sarqitlari singdirilgan Ruth emas, meni qo‘llab-quvvatlaydigan Sitora va oilam bor edi...
Dunyo - beshafqat. Deyarli barcha munosabatlar manfaatlar ustiga qurilgan.
Xohlaysizmi yo‘qmi, bu haqiqatni qabul qilishga mahkumsiz.
Asar 1900-yillarda yozilgan bo‘lsa ham, mavzu haligacha dolzarbligicha qolmoqda. Bundan keyin ham ahamiyatini yo‘qotmasa kerak...
Kamina ham ayni Martin Iden singari jamiyatga yot yo‘lga kirgan edim,
“ishyoqmas”, “dangasa” maxluqotga aylangan edim
atrofimdagilar nazdida. Lekin...
Doim qog‘oz-qalam orasida yurgan jismimni
birdaniga og‘ir mehnatga otishim boshida sog‘ligimga yomon ta’sir qilgandi. Ahvolim yomonlashdi.
Ayolim esa ishdan bo‘shashimni, uyda milliy ovqatlar pishirib sotishni tavsiya qildi.
7-8 oy uydan ovqat sotdik. O‘zbekistonga turkcha kitoblar jo‘natardik. Restorandagi og‘ir mehnat endi uyga ko‘chgan edi.
Er-xotin ikkimizda ham stress oshib ketgan, emaklay boshlagan Mahdiga e’tibor berishga vaqt yo‘q,
Sitora darslariga ulgurmasdi vahokazo. Shekspirmidi, dunyo ko‘zyoshlaringga tupurgan, unga faqat natija kerak deganida haq edi.
Mana shunday moddiy qiyinchiliklar va ichki bosimlar kuchaygan payti yaqinlarim ozgina qo‘llab, yordam berish o‘rniga
“haqiqiy erkak qiladigan ishni qilsangchi”, “hozir o‘zbekcha kitoblar do‘konda chang bosib yotibdi, nashriyotlar zo‘rg‘a kun ko‘ryapti, turkcha kitobingni kim oladi?”,
“endi kanal ochib, she’r-maqola yozib yurgan emishsanmi, yig‘ishtir, bo‘ladigan ishni qilsangchi...” deyishardi...
Vaqt o‘tdi. Tuzaldim. Ishga qaytdim. Hammasi ortda qoldi.
Yaxshilar qo‘llab-quvvatlashi bilan kitob do‘konimiz rivojlandi, baliqchilikni puxta o‘rgandim, tilni o‘zlashtirdim, oyligim oshdi,
ayolimning o‘qishi ham tugay deb qoldi...
Alam qilgani, o‘sha payt past nazar bilan qarab, qo‘l uchida ko‘rsatganlar bugun maslahat so‘rab yozishadi,
javob bermasam, kibr bo‘lib ketibsan deb arazlashadimiyey,
vaqtida haqiqiy erkaklikni o‘rgatmoqchi bo‘lganlardan biri yaqinda ish so‘rab ham yozdi, yoningga chaqir, deydi...
Anglaganim, qanday yashasa to‘g‘ri bo‘lishi haqida aniq qoida yo‘q.
Kimdir belgilab bergan muvaffaqiyat yo‘li sizga umuman to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Hatto to‘g‘ri deb bilgan haqiqatingiz yakunda puch bo‘lib chiqishiyam normaldir.
Muhimi, to‘xtab qolmaslik, odamlarga emas,
o‘z o‘zingizga g‘oyalaringiz to‘g‘riligini isbotlash,
bu yo‘lda ter to‘kib, tajriba orttirishingiz...
Men Martin Iden kabi mehnatimni soxta jamiyatga yoqish uchun emas,
shaxsiy rivojlanish va oilamga yaxshiroq sharoit yaratish uchun sarf etyapman.
Martin Iden yakunda tushkunlikka taslim bo‘lgan bo‘lsa, men ortda qolgan qiyinchiliklardan yanada kuchliroq bo‘lib, toblanib chiqdim, deb o‘ylayman. Yutug‘im shunda...
Haqiqiy muvaffaqiyat - birovlarning qarsagi emas, o‘z prinsplaringizga sodiq qolgan holda bosib o‘tgan yo‘lingiz, xulosa va tajribalaringizdir. Odamlar qarashi, maqtovi, tanqidi... bari o‘tkinchi. Oxirigacha kurashish kerak. Yengilsangiz, hammasi tugaydi...
@Ijoddardi

October 19, 18:57

Lekin yurak ham bor bo‘lsin-da, ish hal bo‘lib qolsa, shuniyam qilib ko‘rardim borku
😂
Tabiiyki, sizlarga bu haqda aytmasdim,
or qilardimmi, uyalardimmi, bilmadim.
Hal bo‘lmagani uchun yozyapman :)
Ish tanlamasligim, qiyinchilikdan qo‘rqmasligim yoqadi o‘zimga.
Maqtanish emas bu.
Sitorayam ayni o‘zim:
Qishloqda o‘sganmizku, mehnatdan qochmaymiz. Bolalarni uxlatib, g‘iz etib “podyezd”larni supurib kelaman bir hayalga, sizgayam yordam beraman, deb qo‘yadi boyaqish.
Endiiii kallani joyiga qo‘yib, sitening rasmiga qarab, vahima bosib ketyapti.
Yaxshiyam qabul qilishmadi. Hal bo‘lib qolganda bormi
😂
@Ijoddardi

October 19, 18:46
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#bugunimiz
Yana nimalar qilib yuribmizey... :)
Mahallamizda yigirma qavatli “Site” bor -
qo‘riqlanadigan yopiq turar-joy majmuasi, fitness, bolalar maydonchasi, turargoh... hammasi ichida.
Boylar yashaydigan “Apartman” xullas.
Shu yerdan ijara uy chiqdi, hamsoya opamiz topibdi. 3 xona, teppa tekin.
Bo‘sh, lekin gaplashilsa, qo‘shnilar ichini to‘ldirishga yordam berarkan.
Yana eng kam oylik ish haqi
(550$)
miqdorida maosh ham to‘lashadi!
Kamiga, kommunal to‘lovlar yo‘q.
Istaganingizcha gaz, elektr yoqing, suv ishlating, bir so‘m bermaysiz.
Evaziga esa...
“Kapıcılık” qilasiz. Yagona sharti shu. Ya’ni,
kunda ikki mahal yigirma qavatdagi insonlar eshigi oldiga chiqarib qo‘ygan chiqindilarini to‘kasiz, haftada bir, yog‘ingarchilik mavsumda ikki marta zinalarni yuvasiz,
keyin shu atrofdagi mayda-chuyda ishlar.
Sitora opasi bilan ishni va uyni gaplashishga ketdi. Men ishdaman. Ichim qizib,
ustalardan dam badam bu qanday ish, vazifasiga nimalar kiradi,
qiyinmi osonmi... deb maslahat so‘rayman.
“Sen 20 qavatdan qo‘rqma, ishi oson bo‘ladi, g‘ildirakli aravachani olasan, liftda qavatma-qavat yurib, chiqindilarni to‘playsan, ertalab bir mahal, kechda yana bir. Kunduzi baliqxonada ishlayverasan. Haftalik dam olishingda esa, zinalarni yuvasan. Grafikni to‘g‘rilasang bo‘ladi bemalol..”
“Fursatni qochirma, bunday yog‘li ishlar ko‘p turmaydi, hash-pash deguncha birortasi tanish-bilishini joylashtiradi”
“Bizning turklar yordam berishni sevadi. Ayniqsa, ramazon oylari, hayit bayramlarida. Oyliging bor, yashashing tekin, choy-chaqa ham berishadi, bundan tashqari, qurbon so‘yishganida go‘sht, pul-mul deganday. Mutlaqo bepul yashaysan, maoshingni yig‘asan”
“Ko‘p tanishlarim 3-4 yil “kapıcılık” qilib, pulini biriktirib, yangi uyga ko‘chib o‘tishgan, mashina olishgan. Yaxshilab o‘ylab ko‘r, boshingga baxt qushi qo‘nibdi...”
Men puldan ko‘ra, uyda bo‘lish, Sitora ilmiy ishini yozib, diplomini qo‘lga olvolgunicha bolalarga qarashda yordam berish payida edim.
Baliqda ishlash uchun yo‘l bilan hisoblaganda kunlik 14+ soat tashqaridaman, tozalikni nari-borsa, 2-3 soatda qilib tashlayman, deb o‘ylardim.
Ham bu yoqdagi maoshimning 70-80 foizi ijara uyga ketadi, undan ko‘ra tekin yashab, maosh olish maza edi-da :)
Bu yoqdan ayolim men ham yordam beraman, bir o‘zingizni qoldirmayman deydi, men o‘zim eplayman, sen darsingni qilasan, deyman. Qo‘yingchi,
Sitora yigirma qavatli majmua mas’ul xodimining yoniga yetib borgunicha men bilan tortishdi
va  yarim soatcha telegramdan chiqib ketdi. Javob kutishni boshladim.
Ustalar “prikol” qiladi: ramazonda ro‘za tutsang tutmasang, qo‘shnilar yonida
“Hamd bo‘lsin, bugungi ro‘zamizni ham tutdik!”, “Alhamdulillah, ko‘rsatgan kuningga shukr” de, tozalik qilayotganingda esa, telefoningda suralar eshitib yur.
Tilidan shukr tushmas ekan, shunday og‘ir ishda bo‘lsa ham ro‘za tutarkan, qo‘li ishda, ko‘ngli Allohda ekan deb yanayam ko‘proq yordam berishadi...
Vanihoyat, Sitora gaplashib chiqdi. “Lag‘mon “otmen”, chuchvara qilamiz” dediku.
“To‘g‘ri, kapıcı'ga ehtiyojimiz bor, mos nomzod topolmayapmiz anchadan beri. Lekin yabancı'larni qabul qilolmaymiz, bu ish faqat turklar uchun,
xorijliklar qabul qilinmaydi” deganmish.
Ha do‘stlar, chet ellik bo‘lganingiz uchun:
• rasmiy ishga kirolmaysiz(qiyin);
• qurilish va men ishlaydigan kafe-restoranlarda ham turklardan kam maosh olasiz
• Ijara uy tutishingiz muammo, hammayam xorijlikka uyini beravermaydi
• hatto, mana shunaqa qooop qora farroshlik ishlariga ham hadeganda yabancı'larni qabul qilishmaydi.
Bora-bora yabancı so‘ziga allergiyam qo‘zib boshlayapti. Xayrlisi, Xudo meni va oilamni bir balolardan asradi, menimcha!
@Ijoddardi

October 18, 10:44

“Mutolaa” loyihasi bor bo‘lsin, rosa xayrli loyiha qilishgan!
Kayfiyatimga mos kitoblarni o‘qiyapman.
“Martin Eden”ni tugatdim, keyin “Begona”ni,
“Evrilish”ni necha marta o‘qiganimni aniq bilmayman...
Quloqchinda eshitib ishlayapman, premium bo‘lmasa ham eshitsa bo‘ladi bu kitoblarni.
Hali obuna sotib olib, boshqa kitoblarga ham o‘tish niyatim bor.
Talabalikda o‘qiganman ularni,
lekin hozirgi holatimda, kayfiyatimda qayta o‘qish
boshqacha ta’sir qiladi odamga!
Siz qaysi kitobni o‘qiyapsiz?
@Ijoddardi

October 18, 09:46
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Yomg‘irli Anqara, dam olishdagi men, halittan dadasining hidini biladigan Safina va kechikkan post...
Iznli kunim haqida endi yozyapman, qo‘lim tegmadi shu paytgacha.
Maza kun bo‘lgandi...
Er-xotin yomg‘ir ostida sayr qilmaganimizga ham ancha bo‘libdi,
shalobbo bo‘lib aylandik,
bolalar yomg‘irlik ostida kolyaskada yurishdi.
Uyg‘ur oshxonasiga bordik, ancha sog‘ingan ekanmiz lag‘monini.
Keyin kitoblarni O‘zbekistonga jo‘natish uchun yo‘lovchiga eltib berdik,
Safinaning Turkiyada yashash ruxsatnomasi chiqmayapti, GÖÇ idorasiga borishgayam ulgurdik...
Kitob do‘konimiz uchun video oldik orada.
Mahdini parkda o‘ynatdik,
juda barakali kun bo‘ldi.
Hayotimiz shunaqa.
Hafta davomida ishlar va muammolarni yig‘ib-yig‘ib, bir kunlik dam olishimga rejalashtiramiz.
Qancha ko‘p ishga ulgursam, kayfiyatim shuncha yaxshi bo‘ladi...
P.s. Nimadirlar dedim lekin bu post yangi kiyimlarimni maqtash uchun edi. Sitora tanlab berdi kombinatsiyani
😎
@Ijoddardi

October 18, 09:31

#motivatsiya
O‘zingiz uchun yashang!
Ayolingiz bolasiga
o‘zi
qarasin...
@Ijoddardi

October 17, 16:31

Agar sizni kitoblar, she'riyat va turli mavzularda fikrlashish qiziqtirsa, ushbu kanalga qo'shilib olishni tavsiya qilaman
:
https://t.me/+fmvh7kuhq-g1ZTEy

October 14, 18:01
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Bugun uyda shunday “gyo‘zallik”
🥳
Organik anorlik lokum.
Kecha bergan motivatsiyalaringiz bilan Sitora tayyorlabdi,
endi ish tezroq tugashini kutib o‘tiribman...
Eski uyimizda milliy ovqatlar pishirib sotardik.
Yonida kompot va salatlari bepul qo‘shib berilardi.
O‘zbek, qozoq, qirg‘izlar sevib yeyishardi...
Ayolim doim “Xudo bor qobiliyatni qo‘limga bergan. Siz reklama qilasiz” deb aytardi.
Ovqatlarga kelgan “otziv”lardan bunga ko‘p marta iqror bo‘lganman.
Restoranda ham bunday ta’m yo‘q, xuddi uyda ovqatlanganday maza qilib yeymiz yemaklaringizni, deyishardi vatandoshlar.
Xullas, anorli lokumni uyda tayyorlab ko‘ring. Ham foydali, ham tabiiy, vitaminlarga boy shirinlik. Yonida issiq choy bilan yomg‘irli kuz havosida zo‘r ketadi-da!
@Ijoddardi

October 13, 15:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ha do‘stlar, ayolga kerakli joyda motivatsiya bera olish ham san’at men sizga aytsam!
Tez orada ayolni buyuk ishlarga ruhlantirish kursimga qabul ochaman
😂
@Ijoddardi

October 13, 14:39

Tonggi soat 5 lar edi, to‘satdan uyg‘onib ketdim, qarasam, ayolim boshimda termulib turibdi...
Tinchlikmi, dedim xavotirlanib.
Bolalar boya uxlashdi, rejimi almashib qoldimi bilmayman,
endi dars qilaman, ozgina sizga qarab o‘tiray dedim...
Charchaganman.
Ko‘zimni ocholmadim.
Uxlashda davom etdim. Sitora esa gapirishni boshladi:
“Rahmat sizga, hammasi uchun!
Kecha ertalab uyg‘ondik, yomg‘ir sharros quyayotgandi,
bolalar bilan nonushta qildik, ovqat ham yemasdan vaqtli ishga ketgan ekansiz, xayolim sizda edi.
Issiqqina uyda o‘tiribman, xotirjam darsimni qilaman,
muzlatkichda hamma narsa bor, ishlash haqida o‘ylamayman,
ta’minlab qo‘ygansiz ortig‘i bilan, boringizga shukr...”
Javob bermadim, gapirishga holim yo‘q edi chunki.
Sitora sekin narigi xonaga chiqib ketganini sezdim faqat,
tonggacha dars tayyorlagan keyin.
Ertalab uyg‘ondimu, uydagilarni uyg‘otmasdan ishga ketdim.
Endi qulog‘im tagida ayolimning gaplari aks-sado berib, g‘oyibdan kuch kelib,
boshqacha motivatsiya bilan ishlab yotibman.
Umr yo‘ldoshing mehnatingni, harakatingni his qilishi, ko‘ra olishi
va senga bular uchun rahmat ayta olishi
boshqacha ekan. Ta’riflab berolmayman buni...
Alhamdulillah!
@Ijoddardi