Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal

ijtimoiyfanuz
OʻzMU Ijtimoiy fanlar fakulteti rasmiy kanali #xabarlar #yangiliklar #axborotlar Tel: +998712466772 Admin Aloqa: @Aslbekf
Subscribers
2 330
24 hours
30 days
-30
Post views
482
ER
0,2%
Posts (30d)
259
Characters in post
540
December 10, 05:15
Media unavailable
2
Show in Telegram

1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universitetida
"Huquqiy fanlar"
kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirlar haqida "
O'zbekiston
1" telekanali so'z yuritadi.

Huquqiy fanlar kafedrasi

December 09, 18:04

Suyunchi tayyorlab turinglar
😉
Stipendiya tushdi
💸

December 09, 15:08
Media unavailable
5
Show in Telegram

🔸
2025-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida Sotsiologiya yo‘nalishi 3-kurs talabalari ishtirokida “Taym-menejmentda boshqaruv va vaqtni boshqarish samaradorligi” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Dars Sotsiologiya yo‘nalishi bo‘yicha tajribali dotsent Sobirova Umida tomonidan olib borildi. Darsda Sotsiologiya kafedra mudiri Zaitov Elyor, dotsent Ahmedova Feruza, o'qituvchi Nurqulov Bunyod va tyutor Abduraxmanov Rustam ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
🔹
Ochiq dars jarayonida talabalar vaqtni boshqarishning zamonaviy usullari, ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilash, shaxsiy rejalashtirishning ijtimoiy ahamiyati bilan tanishtirildi. Shuningdek, vaqtni noto‘g‘ri boshqarish natijasida yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha ilmiy-metodik yondashuvlar muhokama qilindi.
🔸
Tadbirda ishtirok etgan ekspertlar, tyutorlar va talabalar faol ishtiroki orqali dars samarali o‘tdi.
🌐
@ijtimoiyfanuz

December 09, 15:08
Media unavailable
6
Show in Telegram

🔹
Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi . Unda Sotsiologiya kafedrasi katta o'qituvchisi (PhD) Ibragimov Murod, tyutor Abduraxmanov Rustam hamda Sotsiologiya yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.
🔸
Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2004-yildan boshlab 9-dekabr Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlab kelinayotgani haqida ma’lumot berildi. Shuningdek O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyati, shuningdek, sohani takomillashtirish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi.
🔹
Tadbir yakunida talabalar bilan ushbu illatning oldini olish yo‘llari, huquqiy madaniyatni oshirish masalalari yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.
🌐
@ijtimoiyfanuz

December 08, 14:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Dars_videolavha
📘
Joriy yilning 6-dekabr kuni
"Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi"
fanidan
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (Ma'naviyat asoslari)
mutaxassisligi 1-kurs magistrlari
Shohruxmirzo Rahimjanov, Sevara Orifjonova, Adiba Sabirova
va
Ungaloy Xurramova
lar tomonidan
"Mutaxassislik fanlarini o'rganishda mustaqil ta'limni tashkil etish"
mavzusida noan'anaviy seminar darsidan videolavha.
👉
@ijtimoiyfanuz

December 08, 14:06
Media unavailable
10
Show in Telegram

#Dars
📘
Joriy yilning 6-dekabr kuni
"Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi"
fanidan
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (Ma'naviyat asoslari)
mutaxassisligi 1-kurs magistrlari
Shohruxmirzo Rahimjanov, Sevara Orifjonova, Adiba Sabirova
va
Ungaloy Xurramova
lar tomonidan
"Mutaxassislik fanlarini o'rganishda mustaqil ta'limni tashkil etish"
mavzusida noan'anaviy seminar darsi tashkil etildi.
📕
Darsda  mavzu yuzasidan taqdimot qilindi hamda darsni mustahkamlash uchun
Aql charxi, "Yetti mo'jiza", "Hayot haqida hayollar"
metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, g'olib bo'lgan jamoalar va faol ishtirok etgan magistrlar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
👨‍🎓
Fan o'qituvchilari:
"Pedagogik ta'lim" kafedrasi professori
Akbar Utamuradov
va falsafa fanlari doktori (DSc), professor v.b.
Jaloliddin Yusubov
👉
@ijtimoiyfanuz

December 08, 13:47
Media unavailable
10
Show in Telegram

#Ochiq_dars
📘
Joriy yilning 6-dekabr
kuni O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 3-bosqich talabasi
Aziza
Pardayeva
tomonidan Olmazor tumanidagi 234-maktab o'quvchilariga
"Konstitutsiya - baxtimiz qomusi"
mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi.
📗
Ma'lumot o'rnida:
Tarbiya va huquqni o’qitish metodikasi fanidan fan o’qituvchilari - professor
Akbar Utamuradov
va professor v.b.
Jaloliddin Yusubov
tomonidan pedagogik amaliyot o’tayotgan 3-kurs talabalariga fan yuzasidan mustaqil ta’lim uchun maktabda tadbir va ochiq darslar tashkil etish topshirig’i berilgan.
👉
@ijtimoiyfanuz

December 07, 06:33
Media unavailable
9
Show in Telegram

#Dars
📘
6-dekabr
kuni
"Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi"
fanidan
Psixologiya
mutaxassisligi 1-kurs magistrlari
Hayitgul Ikromova, Maqsuda Yunusova, Shahnoza Omonova
va
Shahnoza Bekmirzayeva
lar tomonidan
"Mutaxassislik fanlaridan o’quv amaliyotini tashkil etish va o’tkazish"
mavzusida noan'anaviy seminar darsi tashkil etildi.
📕
Darsda  mavzu yuzasidan taqdimot qilindi hamda darsni mustahkamlash uchun
“Froggy jumps”
psixologiya bo’yicha baxsli savollar,
Interaktiv, “So’zlarni jamla”, “Quvnoq kubik”
kabi o'yinlardan foydalanildi.
👨‍🎓
Fan o'qituvchilari:
"Pedagogik ta'lim" kafedrasi professori
Akbar Utamuradov
va falsafa fanlari doktori (DSc), professor v.b.
Jaloliddin Yusubov
👉
@ijtimoiyfanuz

December 06, 11:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Videolavha
📚
O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 2-bosqich talabalarining
"Biz korrupsiyaga qarshimiz!"
mavzusida tayyorlangan videolavhasi.
👉
@ijtimoiyfanuz

December 06, 09:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ўзбекистон Миллий университетининг “Ижтимоий фанлар” факультетида Тошкент вилояти маъмурий суди судьялари иштирокида “Коррупция ва унинг салбий оқибатлари” мавзусида давра суҳбати ўтказилди
Сайт
I
Telegram
I
Facebook
I
YouTube
I
Instagram