
OʻzMU Ijtimoiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal
#OʻzMU
#IjtimoiyFanlar
#Psixologiya
#PsixologikTrening
#Jizzax
#Liderlik
va Jamoaviylik
🧠
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI JIZZAX VILOYATIDA SPORTCHILAR UCHUN MAHSUS TRENING TASHKIL ETILDI:
🇺🇿
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi R. Abdurahmonova hamda A. Azamovlar Jizzax shahrida joylashgan “Andijon” klubi a’zolari uchun maxsus interaktiv trening tashkil etishdi.
🎯
Trening maqsadi va mazmuni:
Dastur “Jamoaviy birlikni mustahkamlash va ichki motivatsiyani oshirish” mavzusiga qaratildi.
📌
Trening davomida:
🔹
Jamoa a’zolarining o‘zaro ishonch va ahilligini oshirishga qaratilgan amaliy, interaktiv psixologik o‘yinlar o‘tkazildi;
🔹
Maxsus “Qizil ip” amaliyoti yordamida ishtirokchilar o‘rtasidagi ko‘rinmas rishtalar, jamoaviy birdamlik va yagona maqsad sari birga harakat qilish tuyg‘ulari ramziy hamda amaliy tarzda mustahkamlandi;
🔹
Har bir ishtirokchiga shaxsiy motivatsiyani uyg‘otish hamda qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tish bo‘yicha muhim psixologik tavsiyalar berildi.
✨
Psixologiya kafedramiz professor-o‘qituvchilari hamda mutaxassislarining bu kabi amaliy tashrif va treninglari yoshlarning jamoaviy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi!
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
✅
Bizni kuzatib boring:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
“KELAJAK SOATI”: ÖZBEKISTONDA ILM-FAN — YUTUQLAR VA IMKONIYATLAR
🇺🇿
Joriy yilning 27-oktabr kuni Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Siyosatşunoslik yönalişi 1-bosqiç talabalari uçun Siyosatşunoslik kafedrasi
dotsenti v.b., s.f.f.d. (PhD) Javlonbek Mirzavaliyev
hamda yönaliş tyutori
G.Otaboyeva
tomonidan navbatdagi “Kelajak soati” maşğuloti taşkil etildi.
🔬
“Özbekistonda ilm-fan: yutuqlar va imkoniyatlar”
mavzusidagi darsda mamlakatimizning boy ilmiy merosi, zamonaviy ilmiy yutuqlar, innovatsion taraqqiyot va yoş tadqiqotçilar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi. Xususan,
Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va Mirzo Uluğbek
ilmiy merosidan tortib, zamonaviy özbek olimlarining kaşfiyotlarigaça bölgan jarayonlar qiziqarli misollar asosida yoritildi.
🗣
Maşğulotda ilmiy tafakkur, tanqidiy fikrlaş, mustaqil izlaniş va dalillarga asoslangan xulosa çiqariş könikmalarining bölajak siyosatşunoslar faoliyatidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
✍️
Ilm-fanimizning ötmişi — faxrimiz. Buguni — imkoniyatimiz. Kelajagi esa bugungi yoşlarning bilimi, tafakkuri va izlanişlariga boğliq!
@milliy_Siyosatshunoslik_kafedra
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
✅
Bizni kuzatib boring:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
#OʻzMU
#IjtimoiyFanlar
#YoshKitobxonTalaba
#Kitobxonlik
#Tanlov
#YoshlarIttifoqi
🇺🇿
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETINING KITOBXON TALABALARI DIQQATIGA!
🔊
Universitet miqyosida o‘tkaziladigan “Yosh kitobxon talaba” tanlovida fakultetimiz sharafini munosib himoya qiladigan 6 nafar zukkoyatli talabadan iborat jamoani shakllantirmoqdamiz!
📌
Tanlov shartlari:
✅
“Men yoqtirgan asar” — sevimli asaringiz haqida qisqacha annotatsiya taqdim etish;
✅
“Eng kitobxon jamoa” — jamoaviy savol-javob va bilimlar bellashuvi.
📌
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
🔹
Rus tilini mukammal bilish (tanlov rus tilida bo‘lib o‘tadi);
🔹
Ko‘plab milliy va jahon badiiy adabiyotidan boxabar bo‘lish;
🔹
Yuqori intellektual va jamoaviy tayyorgarlik.
📅
Sana: 30-oktabr 2026-yil
⏰
Vaqt: 14:00
📍
Manzil: O‘zMU ARM (Katta majlislar zali)
📥
Jamoamiz safida ishtirok etish uchun zudlik bilan bog‘laning:
@Sarvar_Ametov
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
✅
Bizni kuzatib boring:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
#Ma
’rifatDarsi
#FalsafaKafedrasi
#ijtimoiyfanlar
🗓
Joriy yilning 27-oktyabr kuni Falsafa kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa doktori (PhD) J. Abdullayev tomonidan
“O‘zbekistonda ilm-fan: yutuqlar va imkoniyatlar”
mavzusida navbatdagi ma’rifat darsi tashkil etildi.
🔊
Dars davomida mamlakatimizda ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, ilmiy tadqiqotlar rivoji hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔘
Ma’rifat darsi talabalarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish va ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
✅
Bizni kuzatib boring:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
#MilliyUniversitet
#HuquqiyFanlar
#WinteamUzLaw
#DualTalim
O‘zMU va “Winteam Law Firm” o‘rtasida dual ta’lim va amaliyot bo‘yicha kelishuvga erishildi
🇺🇿
O‘zbekiston Milliy universitetida
Ijtimoiy fanlar fakulteti Huquqiy fanlar kafedrasi
professor-o‘qituvchilari, ingliz tiliga ixtisoslashgan maxsus guruh talabalari hamda Xitoyning “Beijing Yinghe Law Firm” yuridik firmasi O‘zbekistondagi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📰
Uchrashuv davomida talabalar uchun “Winteam Law Firm”da amaliyot o‘tash imkoniyatini yaratish, dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish hamda
hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi memorandum imzolash
masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.
⏺
“Winteam Law Firm” Xitoyda bosh ofisiga ega “Beijing Yinghe Law Firm” yuridik firmasining O‘zbekistondagi filiali hisoblanadi. “Beijing Yinghe Law Firm”
400 nafardan ortiq professional xodimga ega bo‘lib, xalqaro advokatlar tarmog‘i
orqali ham faoliyat yuritadi.
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
🕊
Telegram
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
✅
Bizni kuzatib boring:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
#barchasi
📢
TALABALAR VA BITIRUVCHILAR DIQQATIGA!
🎓
Ish yoki amaliyot izlayapsizmi? O‘z imkoniyatlaringizni ish beruvchilarga ko‘rsatish uchun
CV va ma’lumotnomangizni yuboring!
•
Ma’lumotnoma namunasi
💼
Ish va amaliyot imkoniyatlarini quyidagi platformalardan toping:
🌐
career.edu.uz
🌐
osonish.uz
📲
Yangiliklar, vakansiyalar va ishga oid foydali ma’lumotlarni kuzatib boring!
👉
Karyera va bandlik markazining Telegram sahifasiga obuna bo‘ling:
Telegram kanal
🚀
Bugun CV yuboring — ertangi karyerangizni bugundan boshlang!
#OʻzMU
#IjtimoiyFanlar
#Psixologiya
#AmaliyPsixologiya
#PsixologikXizmat
#TalabalarHayoti
🧠
O‘ZMU TALABALARI AMALIY PSIXOLOGIK XIZMAT ORQALI KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRMOQDA
🇺🇿
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Oila va yoshlar psixologiyasi” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari ishtirokida “Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat” fani doirasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
🔊
Ushbu amaliy tadbir fakultet dekani D.G. Muxamedova hamda Psixologiya kafedrasi ustozlari Z.A. Abidova boshchiligida tashkil etilib, mas’ul o‘qituvchilar I.R. Muxamedjanova va R.I. Abduraxmanovalar tomonidan yuqori saviyada olib borildi.
📌
Amaliyot davomida:
🔹
Turli yo‘nalishlarda psixologik yordam va maslahatlar berilib, targ‘ibot ishlari olib borildi;
🔹
Ekspress-metodikalar asosida diagnostik va korreksion amaliyotlar o‘tkazildi;
🔹
Talabalarning semestr davomida tayyorlagan mualliflik loyihalari namoyish etildi.
🔘
Tadbirda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda mehmonlar o‘z psixologik holatlarini aniqlash va zamonaviy yondashuvlarga asoslangan amaliy psixologik tavsiyalarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
✅
Bizni kuzatib boring:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
#OʻzMU
#IjtimoiyFanlar
#Psixologiya
#KelajakSoati
#IlmFan
#Taqdimot
📰
PSIXOLOGIYA KAFEDRASIDA “KELAJAK SOATI” DARSINING 8-MAVZU TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
🇺🇿
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya kafedrasida navbatdagi “Kelajak soati” darsi va taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
☑️
Mavzu: “O‘zbekistonda ilm-fan: yutuqlar va imkoniyatlar”
📌
Dars ssenariysiga ko‘ra, mashg‘ulot davomida quyidagi 4 ta asosiy kontent atrofida atroflicha fikr yuritildi va taqdim etildi:
✅
Ilm-fan taraqqiyotining yangi formulasi — O‘zbekistonda ilm-fanga qaratilayotgan yuksak e’tibor va zamonaviy islohotlar;
✅
O‘zbekistonni dunyoga tanitgan olimlar — milliy ilm-fanimiz rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan va uni dunyo miqyosiga olib chiqqan buyuk siymolar;
✅
“Ilm-fandagi eng muhim qadam – birinchi qadamdir” — Bahodir Hafizovning motivatsion va ilmiy-amaliy qarashlari;
✅
Baxtiyor Sheraliyev bilan botanika bog‘i bo‘ylab sayr — interaktiv va qiziqarli ilmiy-ma’rifiy sayohat.
👏
Mashg‘ulotni tashkil etish va taqdimotni tayyorlashda faol ishtirok etgan barcha professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalarimiz: Ruxiyeva Xolida, Raxmatullayev Farxod, Rasulov Abdumumin, Ilxamova Dilfuza, Abduraxmanova Zuxra, Yusuvaliyeva Adiba, Otaxonova Sevara, Xadjakulova Diyora, Dolgov Maksim hamda Ibragimov Muxammadrasullarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
✅
Bizni kuzatib boring:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
#OʻzMU
#IjtimoiyFanlar
#FalsafaKafedrasi
#KafedraKuni
#5TTJ
#TalabalarHayoti
🏛
KAFEDRA KUNI DOIRASIDA 5-TTJGA TASHRIF AMALGA OSHIRILDI
🇺🇿
Joriy yilning 26-oktabr kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa kafedrasi professor-o‘qituvchilari — falsafa doktori (PhD), o‘qituvchi Y. Avazxonov hamda stajyor-o‘qituvchi U. Raximovlar “Kafedra kuni” doirasida 5-sonli Talabalar turar joyiga (5-TTJ) tashrif buyurdilar.
📌
Tashrif davomida:
🔹
Talabalarning yashash va dars tayyorlash sharoitlari bilan yaqindan tanishilib, ularning holidan xabar olindi;
🔹
Talaba-yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning o‘qish hamda turmush tarzi borasidagi fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
🔘
Bunday muntazam uchrashuvlar talabalarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
✅
Bizni kuzatib boring:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
🇺🇿
O‘zMUda akademik mobillik doirasida ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi
🗓
2026-yil 26-oktabr kuni akademik mobillik dasturi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Boku davlat universiteti Ijtimoiy fanlar va psixologiya fakulteti dotsenti, psixologiya sohasi mutaxassisi, doktor Kamala Qahramonova Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo‘nalishi talabalari uchun
“Yoshlar sotsiologiyasi”
fanidan ma’ruza mashg‘ulotini o‘tkazdi.
🔊
Mashg‘ulot davomida yoshlar sotsiologiyasining dolzarb masalalari, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy jarayonlardagi ishtiroki yuzasidan ilmiy fikr va tajribalar almashildi.
🔘
Mazkur akademik mobillik mashg‘uloti talabalar bilimini boyitish, xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
🫥
✅
Bizni kuzatib boring:
✅
Telegram
|
✅
Instagram