
Illustros | Dizayn maktabi
Kinopoisk saytidagi janrlar qatoriga qarab, rostini aytsam, qoyil qoldim. Har bir janrga atmosfera va kayfiyatni yetkazib beradigan mos shrift tanlangan. Shunchaki WOW
🔥
Har bir shriftning o’ziga xos xarakteri bor, yuqoridagi rasmlar bunga yaqqol namuna.
@illustros
- dizayn maktabi
Avgust oyi tugamasidan oldin yozishim kerak bo’lgan post bor ekan. 5 yil avval aynan avgust oyida
@illustros
kanali ochilgandi. Ortga qarab illustros kanali nima maqsadda ochilganini esladim. 5 yil oldin o’zbek tilida grafik dizayndan bepul sifatli darslar deyarli yo’q edi. O’sha paytda ko’pchilikka qaysi dasturni o’rgatsam ko’proq foydam tegardi deb o’ylab Adobe Illustratordan dars o’tishni tanlagan edim, sababi ko’pchilik faqat Corel Draw bilan ishlar edi. Shu tariqa illustrator nomiga mos
@illustros
kanali ochilgandi va kanal ko’zlagan maqsadiga erishdi deb bemalol ayta olaman. Hozirda
YouTube kanalimda
4500 ga yaqin obunachilar bor, videodarslarim 200.000 dan ko’proq marta ko’rilgan, ko’pchilik hozirgacha illustratorni sizdan o’rganganman deb minnatdorchilik xabarlarini yuborishadi, bir paytlar esa guruhlarda kim illustratorni yaxshi biladi deb savol bersa barcha meni belgilab ketishardi, ba’zi shogirdlarim esa «Illustrator qirolichasi» deb ham atashardi va bularni eslab qancha ko’p odamlarga darslar foydali bo’lganini o’ylasam juda mamnunman.
Endi
@illustros
kanali kelajagiga kelsak, to’g’ri kanal avvalgidek aktiv emas, ko’pchilik nega to’xtatib qo’yganimni ko’p so’rashadi. Bir paytlar kanalni o’chirib yuborish fikri kelib yaxshiyam tezda uzoqlarga bu xayol ketdi. Kanal men uchun juda qadrli, balki hozirgacha sohaga endi kirib kelganlarga foydasi tegar. Shunday qilib bu kanalni dizayndagi Hard Skills’larni kuchaytirish bo’yicha qoldirmoqchiman. Soft skillar bo’yicha esa
blogimni
bilasizlar.
P.S.1 Shuncha paytdan buyon post joylamasam ham kanalning лояльный obunachilari bo’lib qolayotganlarga katta rahmat!
P.S.2 Kanalda qaysi mavzularda postlar bo’lishini xohlaysizlar? Izohlarda fikrlaringizni yozishingiz mumkin.
Ba’zan noto’g’ri treking kattaroq muammolarga sabab bo’lib qolishi mumkin. Misol uchun «click» so’zidagi «c» va «l» harflari juda yaqin joylashganidan «d» harifidek o’qilishi mumkin, oqibatda so’z tarjimasi uyaltirib qo’yishi mumkin. Brend dizaynerlar shu kabi detallarga e’tiborli bo’lishlari kerak.
@illustros
#termin
Treking - bu harflar orasidagi masofani sozlash degani.
Treking ko‘pincha sarlavhalar va logotiplarda qo‘llaniladi. Agar logotipda treking yaxshi sozlansa logotip professional ko‘rinadi. Treking matnning o‘qilishi, estetikasi va hatto brendning obro‘siga ta’sir ko‘rsatadi. U shriftni qimmatbaho yoki tasodifiy ko‘rinishga ega qilishi mumkin. Zich joylashgan harflar bosim hosil qiladi. Haddan tashqari orasi ochiq bo‘lsa, matn yaxlitligi buziladi.Misol uchun Vans brendining eski logotipida Trekingda yaqqol muammo bor edi, keyinchalik bu muammoni bartaraf etib logotipning o‘qilishi yaxshilandi.
@illustros
Dizaynerga maslahat
Ishga kirish uchun suhbatga borganingizda kechikmay boring, deadline’larda kechikishingizni boshidan oshkor qilmang)
#lifehack
RGB rang modelini CMYK rang modeliga o’tkazishga qiynaladiganlar uchun super lifehack bor, shunchaki ChatGPT dan maslahat so’rang, xato rang tanlasangiz o’zi sizga to’g’ri tavsiya beradi.
@illustros
#natija
#review
Bilimlarni ulashishni davom ettirgingiz keladigan sabablar shudir! Shogirdlarim erishayotgan natijalari haqida eshitsam ular uchun chin dildan xursand bo’laman.
Yuqori natijaga erishib kelayotgan shogirdlarim ko’p, o’ta kamtarligim sabab faqat 2 ta shogirdimning natijalari bilan bo’lishdim)
Shogirdga bilim berish bu daraxt ekib o’stirish kabi, vaqt o’tib meva berishni boshlaganda mamnuniyat xis qilasiz.
@illustros
Yangi ish joyida kerak bo’ladigan muhim Soft skillardan biri bu
moslashuvchanlik
. Yangi ish joyida siz yangi muhitga tushasiz, yangi korporativ qoidalar, yangi hamkasblar, yangi ish tezligi, yangi loyihalar, yangi tajriba, bularga moslashish kerak bo’ladi. Agar siz moslashuvchan bo’lishga tayyor bo’lmasangiz oson stressga tushib qolishingiz mumkin.
Qanday qilib moslashuvchanlikni rivojlantirsa bo’ladi? Bu uchun avvalgi o’rganib qolgan komfort zonangizdan chiqishingiz kerak. O’zgarishlarga imkoniyat sifatida qarang. Har qanday yangi muhitda o’zingizga kerakli tajriba orttirishingiz mumkin.
Bundan tashqari kerak bo’ladigan Soft skillar ro’yxatiga kelsak:
- Kommunikatsiya qilish
- Ma’suliyatli bo’lish
- Emotsional intellekt
- Ishga vaqtida kelish (пунктуальность)
- Sabrli bo’lish
@illustros
Nima deb o’ylaysiz yangi joyga ishga kirganingizda qaysi soft skill’ni ishlatish eng muhimi?