
Illustros | Dizayn maktabi
So'nggi yangiliklar bilan bo'lishmoqchiman.
Shu paytgacha faoliyatim davomida asosan agentliklarda grafik va brend dizayner sifatida ishlaganman. Yaqinda esa branding agentligidagi faoliyatimni yakunlab, bitta brendni chuqurroq rivojlantirish maqsadida
Sushi Yummy
jamoasiga Brend dizayner va Brend menejer sifatida qo'shildim.
Bu men uchun yangi bosqich. Chunki brend menejer sifatida mustaqil faoliyat yuritayotgan ilk ish joyim aynan shu kompaniya bo'ldi.
Oldingi ish joyimga esa alohida minnatdorchilik bildiraman. U yer men uchun katta tajriba maktabi bo'ldi, brending sohasida bir necha barobar o'sishimga va kasbiy qarashlarim shakllanishiga katta hissa qo'shdi.
Endi esa oldimda yangi vazifalar, yangi mas'uliyat va yangi marralar turibdi. Ishonamanki, bu yo'l ham menga ko'plab qimmatli tajribalar olib keladi.
@MadinaMavlonovaBlog
Logotip chizishdagi 2-xatolik:
Tahlil qilmasdan chizishni boshlash
Ko‘pchilik dizaynerlar brifdan so‘ng darhol Illustrator’ni ochishga shoshib, raqobatchilar va bozor muhitini o‘rganishga beparvo qaraydilar. Oqibatda chizilgan logotip mijozga yoqmaydi.
Ushbu postda nega tahlilsiz logotip chizish jiddiy xatoligi va qanday yechim qilsa to’g’ri bo’lishini o’rganib olasiz.
@illustros
#vacancy
O’zim ishlab kelayotgan agenstvoga qadoq dizayneri kerak.
"
Front"ga qadoq dizayneri kerak!
Sizning vazifalaringiz:
- Qadoq dizayni va chop etiladigan grafik materiallarni noldan ishlab chiqish;
- Fayllarni qat'iy texnik talablar asosida bosmaga tayyorlash;
- Tipografika va mahsulot dizayni (product design) ustida ishlash;
- Bosmaxonalar va ishlab chiqarish bilan bevosita muloqot qilish (bosmachilar bilan "bir tilda" gaplashish).
Nomzodga qo'yiladigan talablar:
- Portfolio: Kuchli va real amalga oshirilgan loyihalar;
- Dasturlar: Adobe Illustrator, Photoshop va CorelDRAW dasturlarida professional darajada ishlash;
- Texnik bilim: Poligrafiya va chop etishdan oldingi tayyorgarlik jarayonlarini yaxshi bilish;
- Tillarni bilish: kamida qo'shimcha bilim va kurslar o'qish darajasida rus yoki ingliz tilini bilish;
- Mas'uliyat: Ishlarni belgilangan muddatlarda bitirib bera olish;
Grafik dizayn sohasida kamida 3-5 yillik tajriba (qadoq yo'nalishida tajriba ustunlik beradi).
Biz taklif qilayotgan sharoitlar:
- Gibrid ish grafigi: Haftada 4 kun ofisda, 1 kun esa onlayn (masofadan) ishlash imkoniyati;
- Ish vaqti: 10:00 dan 18:00 gacha;
- Professional kurslar va treninglar uchun to'lovlar agentlik tomonidan qoplanadi;
- Ish uchun zarur bo'lgan barcha pullik servis va programmalar to'lovi;
Maosh:
Tajribangiz va portfoliosiz asosida suhbat davomida individual belgilanadi.
📩
Bog'lanish uchun:
@Hasanov_Farrux
📍
Manzil:
Toshkent shahri, Shota Rustavelli ko'chasi, 151
Bu savolning javobini hali izlab ko’rmadim, balki oramizda biladiganlar bordir.
Illustros | Dizayn maktabi
pinned a file
Mendan sizlarga sovg’a
🎁
Siz ham ushbu sovg’a bilan bo’lishishingiz mumkin.
Faylni ochib bemalol o’zingizga moslab foydalanishingiz mumkin.
@illustros
Nega ko'p dizaynerlar logotipni sotishda qiynalishadi? Shaxsiy tajribam va kuzatuvlarimga asoslanib ushbu xatoliklarni ochib berib, ularni qanday tuzatishni o’rgataman.
Birinchi xato — noto’g’ri to’ldirilgan Brif.
Ishni boshida fundamentda xato ketsa qolgan ishlarni rasvosi chiqadi.
To’g’ri brifni tuzishda esa sizga yordam beraman. Bu uchun mendan sizga
SOVG’A
bor.
@illustros
5 oy bu yerda jim turdim. Bekor emas.
Endi esa foydali kontent va yangicha energiya bilan qaytdim.
Birozdan so‘ng sizlar uchun sovg‘a ulashaman
🎁
@illustros