Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

INFO AKT | Rasmiy kanal

infoakt
Qimmatga yoki tekinga ishla hech qachon arzonga ishlama!!! Bizning kutubxona 👇 @A_K_TBOT Savol va takliflar uchun 👇 @A_K_T_BOT
Subscribers
1 570
24 hours
30 days
-10
Unusual 24 hours growth
Post views
106
ER
6,75%
Posts (30d)
41
Characters in post
1 116
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
June 12, 06:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

Doktorant ishlashi mumkin(mi)?
Hozirgi kunga ko‘pchilik ish beruvchilarni ham, doktorantlarni ham qiynaydigan savol. Amaldagi qonunchilik va amaliyot shuni ko‘rsatadiki, doktorantning ishlashi taqiqlanmagan. Biroq masalaga to‘g‘ri yondashilmasa, noto‘g‘ri talqinlar kelib chiqmoqda.
Talaba va doktorant o‘rtasidagi asosiy farq oliy ta’lim muassasalari talabalari dars jadvali asosida o‘qiydi va darsdan bo‘sh paytlarida ishlashga ruxsat etilgan. Doktorantlar uchun esa dars mashg‘ulotlari odatda tashkil etilmaydi, ularning faoliyati yakka tartibdagi reja bilan tartibga solinadi. Huquqiy nuqta qayerda?
Agar doktorantning yakka tartibdagi rejasida kunlik, haftalik yoki oylik qat’iy vaqt majburiyatlari belgilanmagan bo‘lsa, tashkilotning o‘zi reja orqali doktorant vaqtini erkin qoldirgan bo‘lsa u holda doktorantning bo‘sh vaqtida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi qonunchilikka zid emas. Amaldagi normativ hujjatlarda bunga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq mavjud emas.
Muammo nimada? Ko‘plab tashkilotlar doktorantdan faqat “ilm bilan shug‘ullanish”ni kutadi, biroq sifatli dissertatsiya uchun zarur sharoitlarni yaratib bermaydi. Aniq rejalashtirilmagan yakka tartibdagi rejani tasdiqlaydi.
Bunday holatda doktorantning ishlashi majburiyat buzilishi emas, balki vaqt va resurslardan oqilona foydalanishdir.
To‘g‘ri yondashuv qanday bo‘lishi kerak? Agar tashkilot doktorantni faqat ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanishini istasa, sifatli dissertatsiya talab qilsa, unda yakka tartibdagi reja birgalikda, puxta va real ishlab chiqilishi lozim, tadqiqot amaliyot bilan bog‘lanishi uchun sharoit yaratilishi kerak, doktorantning mehnat faoliyati ilmiy ishga xizmat qiladigan mexanizmga aylantirilishi maqsadga muvofiq.
Doktorantning ishlashi muammo emas. Muammo noto‘g‘ri rejalashtirish va mas’uliyatni bir tomonlama yuklashda. Ilm ham, hayot ham muvozanatni talab qiladi.
👉
@ilmiy_darajali_kadrlar

June 11, 18:22

Dunyo ne’matlari nisbiy
Kimdir 2 xonali uy olgani uchun xursand. Boshqa birov Istanbuldan villa ololmay siqilib yuribdi.
Bir oddiy nondagi mazani, birov dunyoning eng tansiq taomidan topolmaydi.
Inson hayotidagi birinchi marta «Jiguli» olganidagi sevinchni, yillar o‘tib «inomarka» olganida tuymaydi.
«Menda shuncha bo‘lsaydi» deganim miqdordan ming barobar sarmoyali boy bilan hamsuhbat bo‘ldim. O‘zimdan ko‘ra tashvishsiz ko‘rmadim. Mendagi, «bugun falonchi 100$ qarzini berarmikin» degan tashvishning o‘rniga, unda «falon joydan 100 000 $ kelmayapti» degan tashvish.
«Falon miqdordagi sarmoyam bo‘lsin, menga yetadi» degan odamning o‘shancha miqdorga ega bo‘lgandan keyin, «ana bo‘ldi», deganini eshitganmisiz? Men eshitmadim.
Ajib dunyo! «
Ne’mat jihatidan o‘zingdan pastdagilarga boq. Musibat jihatida o‘zingdan musibati ko‘proqqa boq! Bir ko‘zing ko‘rmayaptimi? Ikki ko‘zi ko‘rlarga boq!»
Boriga va bariga shukr qilish nasib etsin.
👉
@ilmiy_darajali_kadrlar

June 11, 10:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ikkinchi mutaxassislik uchun eng maqbul va adolatli variant — masofaviy ta’limdir
Bugungi kunda ikkinchi mutaxassislik olish istagida bo‘lganlarning aksariyati mehnat faoliyati bilan band, oilali yoki boshqa hududlarda yashaydi. Shu sababli ular uchun eng qulay ta’lim shakli — masofaviy ta’lim hisoblanadi.
❗️
Shu bois oliy ta’lim muassasalari ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabulda masofaviy ta’lim shakliga ko‘proq e’tibor qaratishlari maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bu ko‘plab fuqarolarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉
Yurisprudensiya

June 11, 10:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Ikkinchi mutaxassislikda kimlar o'qishi mumkin?
Ikkinchi mutaxassislik — bu birinchi oliy ta'limni olgan shaxslar uchun mo'ljallangan ta'lim yo'nalishi bo'lib, ular o'zining boshlang'ich mutaxassisligidan farqli ravishda yangi sohada o'qish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Ikkinchi mutaxassislikda o'qish uchun birinchi oliy ta'limni olgan shaxslar, masalan, agar siz Milliy universitetda biologiya yo'nalishida o'qigan bo'lsangiz, endi o'zingiz xohlagan boshqa yo'nalishlarda, masalan, Yurisprudensiya, Iqtisodiyot, Tibbiyot yoki boshqa sohalarda ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Ikkinchi mutaxassislik ikkinchi kursdan boshlanadi va o'qish muddati qisqartirilgan — bir yilga qisqaradi. Shunday qilib, ikkinchi mutaxassislikni o'qimoqchi bo'lgan shaxslar faqat oliy ta'limni tamomlagan bo'lishi kerak.
❗️
Ikkinchi mutaxassislikka kirish odatda oson, ammo ba'zi sohalarga kirish biroz murakkablashishi mumkin. Masalan, Yurisprudensiya, Tibbiyot yoki xorijiy tillar kabi talab yuqori bo'lgan yo'nalishlarga kirish qiyinroq bo'lishi mumkin.
Talabgorlardan hujjat qabul qilish Yagona taʼlim xizmatlari portali
my.edu.uz
orqali joriy yilning 10-iyul sanasidan 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉
Yurisprudensiya

June 11, 06:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga 35 kun qoldi
15-iyul
kunidan o'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanib,
5-avgust
kuniga qadar davom etadi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:
👉
transfer.edu.uz
— davlat oliygohining biridan boshqasiga;
👉
my.uzbmb.uz
— xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
Kerakli hujjatlar
:
Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirish uchun:
• Pasport
• Transkript yoki zachotka (pdf yoki rasm holatda sifatli)
• Telefon raqam
Davlat OTMlari ichida o'qishini ko'chirish uchun:
• Pasport
• Transkript yoki zachotka (pdf yoki rasm holatda sifatli)
Uzrli sababga ko'ra
,
1) Nikoh guvohnomasi, turmush o'rtog'ingiz pasporti
2) Ota-onangiz ish joyidan maʼlumotnoma
• Telefon raqam
✔️
@mandatjavobbot
orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha
fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt
miqdorlari bilan tanishingiz mumkin.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

June 10, 06:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Rasman: Pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning bilimlari tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Adliya vazirligida Pedagogika sohasidagi talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
(ro‘yxat raqami 3853, 09.06.2026-y.)
davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
🔰
Unga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash sifatini baholash maqsadida talabalarning bilimlarini
tashqi diagnostikadan
o‘tkaziladi.
✍️
Tashqi diagnostika har o‘quv yilida bir marta pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan
3-bosqich
talabalari o‘rtasida test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
🖇
Test sinovlari
50 ta savoldan
iborat bo‘lib, ularni bajarish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanadi va maksimal natija 100 ballni tashkil etadi.
📑
Tashqi diagnostikadan o‘tkazish uchun har o‘quv yilining sentabr oyida maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan kamida
5 nafar
malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuziladi:
🔗
Tashqi diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘rtacha
56 bal
l va undan yuqori natija qayd etgan ta’lim yo‘nalishlari
“talablarga javob beradigan”
, 56 balldan past natija ko‘rsatgan yo‘nalishlar esa “talablarga javob bermaydigan” deb baholanadi.
❇️
Mazkur diagnostika natijalari talabalarning joriy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va reyting ballariga ta’sir qilmaydi hamda pedagog kadrlar tayyorlash sifati holatini tahlil qilishga xizmat qiladi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

June 10, 06:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi – 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul kvotalari
🔹
Tergov faoliyati (60420300)
Kunduzgi ta’lim: 200 ta (davlat granti)
• Harbiylashtirilgan soha – 155 ta
• Harbiylashtirilmagan soha – 45 ta
🔹
Yurisprudensiya: prokurorlik faoliyati (60420100)
Kunduzgi ta’lim: 35 ta
Davlat granti – 13 ta:
• O‘zbek tili – 10 ta
• Rus tili – 3 ta
To‘lov-kontrakt – 22 ta:
• O‘zbek tili – 15 ta
• Rus tili – 7 ta
Masofaviy ta’lim: 90 ta
• Majburiy ijro byurosi xodimlari uchun – 50 ta
• Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun – 15 ta
🔹
Kiberhuquq (60421600)
Kunduzgi ta’lim: 35 ta
Davlat granti – 13 ta:
• O‘zbek tili – 10 ta
• Rus tili – 3 ta
To‘lov-kontrakt – 22 ta:
• O‘zbek tili – 15 ta
• Rus tili – 7 ta
❗️
Akademiya bo‘yicha jami 360 ta qabul kvotasi ajratilgan bo‘lib, shundan 226 tasi davlat granti, 44 tasi kunduzgi kontrakt, 90 tasi masofaviy ta’lim kvotalaridir.
©
Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉
Yurisprudensiya

June 09, 09:43

ILMIY TADQIQOTLARDA SAMARADORLIKNI OSHIRUVCHI ZAMONAVIY AI VOSITALARI
.
✔️
ChatGPT
– maqola yozish, tahlil qilish, ilmiy g‘oyalarni shakllantirish va matnlarni takomillashtirish uchun AI yordamchi.
✔️
Consensus
– millionlab ilmiy maqolalar asosida savollarga javob beruvchi akademik qidiruv tizimi.
✔️
Elicit
– adabiyotlar sharhini tayyorlash, maqolalarni tahlil qilish va ilmiy manbalarni topishda yordam beradi.
✔️
SciSpace
– murakkab ilmiy maqolalarni sodda tushuntirib beruvchi va PDF hujjatlar bilan ishlovchi AI platforma.
✔️
NotebookLM
– maqolalar, dissertatsiyalar va hujjatlar asosida xulosa, konspekt va tahlillar tayyorlaydi.
✔️
ResearchRabbit
– ilmiy maqolalar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni topish va yangi manbalarni kashf etish imkonini beradi.
✔️
Jenni AI
– ilmiy maqola, dissertatsiya va tezis yozishda AI yordamchi sifatida xizmat qiladi.
Ushbu vositalar ilmiy izlanishlar jarayonini tezlashtirib, tadqiqot sifatini oshirishga yordam beradi.
https://t.me/InfoAKT

June 09, 05:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Maqola va tezis o'rtasidagi farqlar quyidagilardan iborat:
1. Hajmi
Maqola: Ko'pincha to'liq ilmiy yoki tadqiqot ishlarini yoritib beradi. Odatda uzunroq bo'lib, 5-20 bet yoki undan ortiq bo'lishi mumkin. Bunda tadqiqot natijalari, metodologiya, tahlil va xulosa kengroq ko'rib chiqiladi.
Tezis: Qisqa, mazmunan ixcham formatda yoziladi. Odatda bir yoki ikki bet bo'lib, ilmiy konferensiyalarda nutq qilish uchun asosiy g'oyalarni qisqa va to'liq ifodalaydi.
2. Tuzilishi
Maqola: Aniq tuzilishga ega: kirish, tadqiqot metodologiyasi, natijalar, muhokama va xulosalardan iborat. Maqolalarda chuqur tahlil va izlanishlar bilan birgalikda batafsil dalillar keltiriladi.
Tezis: Tezisda faqat asosiy g'oyalar va eng muhim dalillar qisqacha ko'rsatiladi. To'liq metodologiya yoki chuqur tahlil kiritilmaydi.
3. Maqsad
Maqola: Maqsad ilmiy hamjamiyatga yangi bilimlar qo'shish, muayyan masala yoki mavzuni kengroq yoritishdir.
Tezis: Maqsad tadqiqotning asosiy fikrlarini qisqa formatda yetkazish va konferensiya yoki anjumanda taqdim qilish uchun mo'ljallangan.
4. Nashr joyi
Maqola: Odatda ilmiy jurnallarda, ilmiy to'plamlarda yoki nashrlarda chop etiladi.
Tezis: Tezislar odatda ilmiy konferensiyalarda, seminarlarda taqdim etiladi va ularning materiallari anjuman to'plamlarida chop etiladi.
5. O'rganish darajasi
Maqola: To'liq tadqiqot ishiga asoslangan bo'lib, chuqur ilmiy izlanishlar bilan bog'liq bo'ladi.
Tezis: Tezis asosan kelajakda to'liq maqola yoki tadqiqotning qisqacha bayoni bo'lib xizmat
qiladi.
👉
@ilmiy_darajali_kadrlar

June 09, 03:35
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Video_tavsiya
🔺
Domlam «Fan bu – ko‘l, unga daryolar quyilmasa, botqoqqa aylanib qoladi derdi
»
🔻
Shavkat Abdullayevich Ayupov
– matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti.
▶️
To‘liq videoni tomosha qiling:
https://youtu.be/eXUhN-l6M80
🔘
Bizni kuzatib boring:
🕊
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi