
INFO AKT | Rasmiy kanal
💰
3 yildan keyin qaysi kasb egalari ko‘proq pul topadi?
Bugun minglab yoshlar va ota-onalarni qiynayotgan savollardan biri aynan shu. Chunki dunyo shunchalik tez o‘zgaryaptiki, bugun mashhur bo‘lgan kasb 5 yildan keyin eskirib qolishi, hozir deyarli e’tibor berilmayotgan yo‘nalish esa millionlab dollar aylantiradigan sohaga aylanishi mumkin.
Mutaxassislar fikricha, yaqin 2–3 yil ichida mehnat bozorida eng katta pulni diplom emas, muammoni hal qila oladigan odamlar topadi.
Xo‘sh, kelgusi yillarda qaysi kasblarning “narxi” oshadi?
✔️
IT: kompyuter ortidagi millionlar
Bugun deyarli har bir kompaniya raqamlashtirish yo‘lidan ketmoqda. Banklar, do‘konlar, taksi xizmatlari, hatto oddiy kafelar ham texnologiyaga tayanmoqda.
Shu sababli dasturchilar, sun’iy intellekt mutaxassislari, kiberxavfsizlik ekspertlari va mobil ilova yaratuvchilariga talab kamayishi emas, aksincha yanada oshishi kutilmoqda.
Ayrim xalqaro kompaniyalarda tajribali dasturchilar bir oyda o‘rtacha xodimning bir yillik maoshiga teng daromad topayotgani ham bejiz emas.
✔️
Sotishni biladigan odam doim pul topadi
Eng zo‘r mahsulot ham sotilmasa, qiymatsiz. Shuning uchun marketing va sales mutaxassislari biznesning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Ayniqsa digital marketing, reklama strategiyasi, SMM va savdo bo‘yicha kuchli mutaxassislar uchun daromad chegarasi deyarli yo‘q.
Ko‘plab kompaniyalar natija uchun katta bonus to‘lashga tayyor.
✔️
Telefon ushlab yurganlar orasida kimdir biznes quryapti
Bir necha yil oldin blogerlikni ko‘pchilik jiddiy kasb deb hisoblamasdi.
Bugun esa kontent yaratuvchilar reklama, hamkorlik va shaxsiy brend orqali katta daromad qilmoqda.
Video montajchilar, kontent-menejerlar, UGC-kreatorlar, podkastchilar va media mutaxassislari uchun imkoniyatlar tobora kengaymoqda.
Birgina kuchli video ba'zan bir necha oylik maoshga teng daromad olib kelishi mumkin.
✔️
Kvadrat metr ortida katta pul yotibdi
Aholi soni ortmoqda. Shaharlar kengaymoqda. Yangi uylar qurilmoqda. Bu esa qurilish sohasi va ko‘chmas mulk bozorini doimiy ravishda harakatda ushlab turadi.
Rieltorlar, qurilish muhandislari, interyer dizaynerlari va loyiha menejerlari yaqin yillarda ham talabgir kasblardan bo‘lib qoladi.
Ba'zi yirik bitimlar esa bir necha oy ishlamasdan topiladigan daromadni bir kunda olib kelishi mumkin.
✔️
Odamlar sog‘lig‘i uchun pulni ayamaydigan davr
Iqtisodiy vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, insonlar sog‘lig‘iga investitsiya qilishda davom etadi.
Shuning uchun stomatologlar, kosmetologlar va tor yo‘nalishdagi yuqori malakali shifokorlarning xizmatlariga talab yuqoriligicha qolmoqda.
Ayniqsa tajriba va obro‘ ortgani sari bu sohadagi daromad ham keskin o‘sadi.
✔️
Uyda o‘tirib xorij uchun ishlash
Bugun Toshkentda yoki viloyatda yashab turib ham Amerika, Yevropa yoki Osiyodagi kompaniyalar bilan ishlash mumkin.
Freelance, remote ish va onlayn biznes imkoniyatlari sabab ko‘plab mutaxassislar mahalliy bozor chegaralaridan chiqib ketmoqda.
Eng katta ustunlik esa daromadning dollar yoki yevroda bo‘lishidir.
❓
O'zi aslida eng daromadli kasb qaysi?
Ko‘pchilik aniq bitta kasb nomini eshitishni xohlaydi. Ammo haqiqat boshqacharoq. Kelajakda eng ko‘p pul topadigan odam — eng zamonaviy kasb egasi emas, balki o‘z sohasida eng kuchli mutaxassis bo‘lgan inson bo‘ladi.
🗣️
Chunki bozor diplom uchun emas, natija uchun pul to‘laydi.
Shuning uchun kasb tanlashda trend ortidan quvishdan ko‘ra, o‘zingiz qiziqadigan yo‘nalishda chuqur mutaxassisga aylanish ko‘proq foyda keltirishi mumkin.
Fikringiz qanday?
Telegram
•
Instagram
•
YouTube
#tavsiya
❗️
Ilmiy rahbarlar va konsultantlar bilishi muhim!
📌
Ilmiy rahbar/konsultantga doktorant bilan olib boradigan ishi uchun
3 yil
davomida haq to'lanadigan
300 soatda
quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
1️⃣
-YIL: TADQIQOT YO‘NALISHINI SHAKLLANTIRISH VA TAYYORGARLIK (100 SOAT).
1.1. Tadqiqot metodologiyasi va rejalashtirish
(30 soat)
:
Doktorant bilan ilmiy mavzuni aniqlash va uni takomillashtirish
(5 soat)
;
Tadqiqot metodologiyasini muhokama qilish va tavsiyalar berish
(10 soat)
;
Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda yo‘nalish ko‘rsatish
(5 soat)
;
Ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha maslahat berish
(5 soat)
;
Doktorantga texnik va metodik ko‘rsatmalar berish
(5 soat)
.
1.2. Adabiyot tahlili va nazariy asos (40 soat)
:
Doktorantga qaysi manbalar muhimligini tushuntirish
(10 soat)
;
Topilgan manbalarni tahlil qilish va ilmiy xulosalarni muhokama qilish
(15 soat)
;
Nazariy bo‘limni tekshirish, tuzatish va maslahat berish
(15 soat)
.
1.3. Ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha maslahat berish
(20 soat)
:
Doktorant bilan maqola tuzilishini muhokama qilish
(10 soat)
;
Ilmiy maqolalarni tahrirlash va tavsiyalar berish
(10 soat)
.
1.4. Empirik tadqiqotni boshlash (10 soat)
:
Tadqiqot metodlarini tanlash va baholash
(5 soat)
:
Ilmiy tadqiqot usullarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha maslahat berish
(5 soat)
.
2️⃣
-YIL: EMPIRIK TADQIQOT VA NATIJALARNI TAHLIL QILISH (100 SOAT)
.
2.1. Tadqiqot natijalari va ma’lumotlar yig‘ish
(50 soat)
:
Doktorantga ma’lumotlarni to‘plash usullarini tushuntirish va nazorat qilish
(10 soat)
;
Tadqiqot jarayonini kuzatish va fikr-mulohazalar berish
(20 soat)
;
Yig‘ilgan natijalarni doktorant bilan tahlil qilish
(20 soat)
.
2.2. Ilmiy maqolalar va dissertatsiya yozish bo‘yicha maslahat berish (30 soat)
:
Doktorantga ilmiy maqolalarni qanday nashr qilish bo‘yicha yo‘riq berish
(10 soat)
;
Tadqiqot natijalarini dissertatsiya matniga integratsiya qilish bo‘yicha maslahat berish
(15 soat)
;
Dissertatsiya bo‘limlarini tekshirish va tahrirlash
(5 soat)
;
2.3. Ilmiy natijalarni baholash va ilmiy muhokamalar (20 soat)
:
Doktorantning natijalari bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarish
(10 soat)
;
Doktorantni ilmiy seminar va konferensiyalarga tayyorlash
(10 soat)
;
3️⃣
-YIL: DISSERTATSIYANI YAKUNLASH VA HIMOYAGA TAYYORGARLIK (100 SOAT).
3.1. Dissertatsiya bo‘limlarini yozish va tahrirlash (50 soat)
:
Dissertatsiya matnini tekshirish va tuzatishlar kiritish
(30 soat)
;
Ilmiy xulosalar va natijalarni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berish
(20 soat)
.
3.2. Ilmiy maqolalar va himoya materiallari tayyorlash (30 soat)
:
Doktorantga ilmiy maqolalarni nashr qilish strategiyalarini tushuntirish
(15 soat)
;
Himoya materiallari va taqdimotni ko‘rib chiqish va maslahat berish
(15 soat)
.
3.3. Himoya jarayoni va taqdimot tayyorlash
(20 soat)
:
Himoya taqdimotini ishlab chiqishda maslahat berish
(10 soat)
;
Himoya oldidan doktorant bilan savol-javob qilish va mashqlar o‘tkazish
(10 soat)
.
Ilmiy rahbar 300 soat davomida quyidagi asosiy ishlarni bajaradi:
✅
Tadqiqot metodologiyasini shakllantirish
✅
Adabiyot tahlilini muhokama qilish
✅
Ilmiy maqolalarni nashr qilish bo‘yicha maslahat berish
✅
Empirik tadqiqot jarayonini nazorat qilish
✅
Natijalarni tahlil qilish va muhokama qilish
✅
Dissertatsiya yozish jarayonida doktorantga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish
✅
Himoya jarayoni uchun tayyorgarlik ko‘rish
Natijada, ilmiy rahbar doktorantni ilmiy-tadqiqot jarayonining har bir bosqichida nazorat qilib, unga yo‘nalish ko‘rsatib boradi.
👉
@ilmiy_darajali_kadrlar
⚡️
Олий тоифали ўқитувчилар учун мақсадли магистратура жорий этилди!
Ҳукуматнинг
322-сонли қарори
(2026 йил 24 июнь) билан мактабларда ишлаётган олий тоифали ўқитувчилар учун педагогика соҳасида
мақсадли магистратура
тизими йўлга қўйилди.
Қарорнинг асосий мазмуни ва шартлари қуйидагича:
📌
Таълим шакли қандай бўлади?
Олий тоифали ўқитувчилар магистратурада
ишдан ажралмаган ҳолда, масофавий (онлайн) таълим шаклида
ўқийдилар.
🏢
Қайси ОТМда ўқитилади?
2026/2027 ўқув йилидан бошлаб бундай ўқитиш тизими
Низомий номидаги Ўзбекистон миллий педагогика университетида
ташкил этилади.
⚠️
Ишлаб бериш мажбурияти:
Мақсадли магистратурани тугатган ўқитувчилар ўқишдан сўнг
3 йил давомида
умумий ўрта таълим ташкилотида (мактабда) ишлаб бериш мажбуриятини олади.
🛑
Хотин-қизлар учун контракт пули тўлаб берилмайди:
Ушбу қарор асосида мақсадли магистратурага қабул қилинган олий тоифали ўқитувчиларга (хотин-қизларга) давлат бюджети ҳисобидан тўлов-контракт маблағларини қоплаб бериш тартиби (447-сонли қарор)
татбиқ этилмайди
.
🎓
Қабул тартиби:
Қабул параметрлари ҳар йили эҳтиёждан келиб чиқиб Давлат комиссияси томонидан тасдиқланади ва ўқишга қабул қилиш белгиланган умумий тартибга мувофиқ амалга оширилади.
14-iyuldan toki Bugungi kungacha BMBA tomonidan berilgan Majburiy Matematika testlari.
Variantlar:20 ta
💰
✍️
🤩
🤩
🤩
🤩
❗
SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi
☑️
2026/2027-oʻquv yilida
abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi.
➡️
“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (
1200 va undan yuqori ball
) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan)
“matematika” va “chet tili”
fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining
50 foizi miqdorida
belgilanadi.
📝
Bunda:
🟢
qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi
yuqori songa yaxlitlangan holda
belgilanadi;
🟢
roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida
“matematika” va “chet tili”
fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati
2026-yil 25-iyun kuniga qadar
(shu kuni ham)
DI kod orqali
Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi;
🟢
abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda
asosiy mezon
hisoblanadi;
🟢
abituriyentlar tanlagan
beshtagacha
oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga
SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda
qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi;
🟢
ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining
quyi chegarasidagi
abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning
bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham
ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi;
🟢
SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga
ushbu imtiyozdan foydalanish yoki
imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra
umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati
yaratiladi;
🟢
SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga,
vakant (boʻsh) qolgan
qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan
bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida
qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;
🟢
Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun
asos
boʻladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
⚡️
Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉
Yurisprudensiya
⚡️
Ichki ishlar vazirligi tizimdagi 700 taga yaqin vakant lavozim uchun ochiq tanlov e'lon qildi
Hozirgi kunda deyarli barcha davlat organlariga hujjat topshirish jarayoni onlayn shaklga o‘tgan. Shu jumladan, ichki ishlar organlari ham ishga kirishni istagan
nomzodlar hujjatlarini
kb.iiv.uz
tizimi orqali topshirishlari mumkin.
@kb_iiv_uz_bot
✅
Talab etiladigan ma’lumot: Umumiy oʻrta ta’lim, o’rta maxsus yoki oliy ta’lim bakalavriat.
✅
Tushish ehtimoli bo’lgan
savollar.
✅
Ichki ishlar organlariga ishga kirishdagi 5 ta bosqich haqida
ma’lumot
.
✅
Jismoniy tayyorgarlikni baholash
mezonlari.
❗️
Ichki ishlarga ishga kirmoqchi bo'lgan yaqinlaringiz ulashing
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya
⚡️
O'qishni ko'chirish uchun transkriptni onlayn shaklda qanday yuklab olish mumkin?
O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar 3 xil usulda transkript onlayn yuklab olishingiz mumkin:
1-usul:
My.gov.uz
portali orqali.
Bunda talabalar One ID parollari orqali
my.gov
hukumay portali saytiga yoki ilovasiga kirish orqali onlayn yuklab olishlari mumkin. (
https://my.gov.uz/uz/service/851
)
• Xizmat ko'rsatish muddati: avtomatik
• Xizmat narxi: bepul
👉
2-usul:
Hemis sayti yoki ilovasi orqali.
👉
3-usul:
O'qish joyidagi yo'nalishiga qarashli dekanat yoki registrator offisidan.
Transkript hujjatini offlayn (3-usul) shaklda olish eskirgan bo'lib, zamonaviy oliygohlarning barchasidan OTM binosiga bormagan holda transkript faqat onlayn shaklda yuklab olishingiz mumkin. -
manba
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡️
Endi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega “PEREVOD”chilar bemalol o’qishini ko’chirib ketishi mumkin
Shu vaqtga qadar sertifikatga ega perevodchilar uchun hech qanday imtiyoz berilmagan edi.
⚠️
Endilikda, ushbu imkoniyat ko’pchilik talabalar o’qishini ko’chirishiga ko’mak bo’lishi kutilmoqda.
Batafsil:
https://www.instagram.com/reel/DZ-bU1XMGk3/?igsh=YWVuNGZrdDZpdWk=
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!