Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Insayt Psixologiya

insight_psixologiya
Insayt psixologiya va trening markazi 🟣 Oliy maʼlumotli psixologlar; 🟣 Eng zamonaviy metodikalar; Tel: +998935495568 Sahifalarimiz: http://bit.ly/insight-psixologiya Savollar: @Insayt_admin Kurslar: https://telegra.ph/INSIGHT-psixologiya-markazi-08-27
Subscribers
2 433
24 hours
30 days
32
Post views
452
ER
18,58%
Posts (30d)
16
Characters in post
1 385
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
September 10, 12:05

«Men to‘g‘ri hayotni tanlashim kerak»
Metod:
Ratsional-emotsional xulq-atvor terapiyasi.
P:
Jane, bugun sizni bu yerga nima olib keldi? Sizni nima bezovta qilayotganini aytib bera olasizmi?
M:
Men butunlay nima qilishni bilmay qoldim. Turmush qurganimga yigirma bir yil bo‘ldi. Ikki nafar farzandim bor. Bir necha oy oldin hayotimda boshqa bir erkak paydo bo‘ldi. Bu noto‘g‘ri ekanini tushunaman, lekin men uni sevib qoldim.
P:
Hozir siz uchun eng katta qiyinchilik nimada?
M:
Men nima qilishni bilmayapman. Agar erim bilan qolsam — o‘zimga xiyonat qilgandek bo‘laman. Agar ketsam — oilamni buzib yuboraman. Qanday qaror qabul qilsam ham, hammasini barbod qiladigandekman.
P:
Oxirgi gapingizga to‘xtalsak. Siz: «Qanday qaror qabul qilsam ham, hammasini barbod qilaman», dedingiz. Shu fikrga ishonganingizda nimalarni his qilasiz?
M:
Dahshatli qo‘rquv. Xavotir. Ba’zan bunga bardosh bera olmaydigandek bo‘laman.
P:
Yaxshi. Keling, vaziyatni bir necha qismga ajratamiz. Avvalo, aslida nima sodir bo‘ldi?
M:
Men kuchli his-tuyg‘ular paydo bo‘lgan insonni uchratdim.
P:
Bu — sodir bo‘lgan voqea. Endi esa shu voqea haqida o‘zingizga nimalar deysiz?
M:
Men unga nisbatan bunday hislarni paydo qilmasligim kerak edi. Yigirma bir yillik turmushdan keyin normal ayol bunday qilmaydi. Farzandlarim uchun oilamni saqlab qolishim shart.
P:
Demak, bu yerda bir nechta «kerak», «shart» degan talablar bor ekan?
M:
Ha.
P:
«Men sevib qolmasligim kerak edi». «Men oilamni saqlab qolishim shart». Yana bormi?
M:
Men to‘g‘ri qaror qabul qilishim kerak. Men yaxshi ona bo‘lishim kerak. Farzandlarimga og‘riq yetkazishga haqqim yo‘q. Umuman olganda, men nimani xohlayotganimni bilishim kerak.
P:
Agar hozir nimani xohlayotganingizni aniq bilmasangiz, nima bo‘ladi?
M:
Unda men yomon inson bo‘laman.
P:
Nega?
M:
Chunki katta odam o‘z hayotida qaror qabul qilishni bilishi kerak.
P:
Har doimmi?
M:
Balki… ha.
P:
Keling, bu fikrni tekshirib ko‘ramiz. Sizningcha, katta yoshli inson har doim to‘g‘ri qarorni bilishi shartmi?
M:
Hech bo‘lmaganda harakat qilishi kerak.
P:
Bu endi biroz boshqacharoq eshitilyapti. «Harakat qilishi kerak» — bu istakmi yoki mutlaq talabmi?
M:
Menimcha, talab.
P:
Agar inson qo‘lidan kelgancha harakat qilsa-yu, baribir xato qilsa-chi?
M:
Unda u xato qilgan bo‘ladi.
P:
Va bu uning yomon inson ekanini anglatadimi?
M:
Shart emas.
P:
Unda nega o‘zingizga nisbatan boshqa qoida qo‘llayapsiz?
M
:
Chunki bu mening hayotim. Men xato qilishga haqqim yo‘q.
P:
Mana shu gapingiz muhim:
«Men xato qilishga haqqim yo‘q».
Shu fikrga ishonganingizda nimalarni his qilasiz?
M
:
Juda kuchli xavotir.
P:
Chunki siz yagona, mutlaqo xatosiz qarorni topishingiz kerak, deb o‘ylayapsizmi?
M:Ha
P:
Bunday qaror mavjudligiga ishonchingiz komilmi?
Davomi keyingi postlarda
https://t.me/Insight_psixologiya

September 10, 11:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Va’da qilinganidek, kechaji “Jeyn xikoyasi”ni davom ettiramiz.
Ogohlantirish:
-Bu o’rganish maqsadida Rollo Meyning shaxsiy qaydlaridan olingan keys.
-Dialog uzoq davom etadi.
Matnni qisqartirish uchum mijoz Jeynni —“M”
Psixologni esa—“P” deb yozib kettim.
Psixologning yondashuvi va berayotgan savolari xaqida fikringizni dialogdan so’ng izoxlarda kutib qolaman.

September 09, 18:07

—Men butunlay nima qilishni bilmay qoldim. Turmush qurganimga yigirma bir yil bo‘ldi. Ikki nafar farzandim bor. Bir necha oy oldin hayotimda boshqa bir erkak paydo bo‘ldi. Bu noto‘g‘ri ekanini tushunaman, lekin men uni sevib qoldim.
REPT (Ratsional-emotsional psixoterapya) yo’nalishining asoschisi, Albert Ellisning qaydlaridagi eng ko’p muxokama qilingan keyslaridan biri “Jeyn hikoyasi” aynan shunday boshlanadi.
Ellis o’z mijozlari bilan bo’ladigan dialoglarning matnini to’liq yozib, REPT sessiyalari qanday o’tishini tushuntirib bergan.
Men bugun shu keysni o’zimning darslarim uchun tarjima qilgandim. Agar, sizga xam qiziq bo’lsa, bu yerda xam ulashaman.

September 08, 17:41

Muvaffaqiyatli psixologik konsultatsiyaning belgilari
Psixologik konsultatsiyani faqat «mijozning kayfiyati yaxshilandi» degan me’zon bilan baholab bo‘lmaydi. Muvaffaqiyatli konsultatsiya — bu avvalo
professional tashkil etilgan va mijozda muayyan psixologik o‘zgarishlarga olib kelgan jarayon
.
Uning samaradorligini quyidagi shartli ko’rsatkichlarini sanab o’tishimiz mumkin
👇
1. Mijoz o‘z muammosini yaxshiroq anglay boshlaydi
Konsultatsiyadan so‘ng mijozda vaziyatga nisbatan ko‘proq aniqlik paydo bo‘ladi:
• «Endi nima uchun bunday bo‘layotganini tushunyapman».
• U o‘z muammosini aniqroq ifodalay oladi.
• Faktlarni talqinlardan, his-tuyg‘ularni xatti-harakatlardan, o‘z istaklarini esa «kerak», «shart» kabi ichki majburiyatlardan ajrata boshlaydi.
• Vaziyat → fikr → his-tuyg‘u → xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra boshlaydi.
2. Vaziyatga nisbatan yangi qarash paydo bo‘ladi
Muvaffaqiyatli konsultatsiyaning muhim belgilaridan biri — mijoz ilgari
sezmagan yoki anglamagan jihatlarini ko‘ra boshlashi
.
Masalan:
«Men odamlarga “yo‘q” deyishdan qo‘rqaman, deb o‘ylardim. Hozir esa aslida ularni hafsalasini pir qilishdan ko‘proq qo‘rqishimni tushundim».
Bu shunchaki maslahat olish emas. Bu —
o‘zini va vaziyatni anglash usulining o‘zgarishi
.
3. Mijozda tanlov imkoniyati paydo bo‘ladi
Yaxshi konsultatsiya psixolog mijozga
nima qilish kerakligini aytib berishi
bilan yakunlanmaydi.
Aksincha, mijoz quyidagicha fikrlay boshlaydi:
«Men bunday yo‘l tutishim mumkin…»
«Menda yana boshqa variant ham bor…»
«Bu qarorni baribir o‘zim qabul qilishim kerakligini tushunyapman».
Ya’ni mijozdagi ojizlik va qaramlik hissi kamayib, uning
o‘z hayotidagi subyektlik pozitsiyasi
kuchayadi.
4. Mijozning o’z emotsional holatini boshqarish qobiliyati yaxshilanadi
Mijoz konsultatsiyadan albatta xursand bo‘lib chiqishi shart emas.
Ba’zan muvaffaqiyatli konsultatsiya yig‘i, qayg‘u yoki hatto vaqtinchalik ichki zo‘riqish bilan yakunlanishi mumkin.
Ammo ko‘pincha quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi:
• ichki chalkashlik kamayadi;
• inson o‘z emotsiyalarini aniqroq anglay boshlaydi;
• o‘z his-tuyg‘ulariga bardosh berish qobiliyati ortadi;
• «Men bilan nima sodir bo‘layotganini tushunyapman» degan holat paydo bo‘ladi.
«Menga yoqimli bo‘ldi» degani xar doim xam «konsultatsiya muvaffaqiyatli bo‘ldi», degani emas!
5. Keyingi aniq qadam shakllanadi
Konsultatsiya oxirida mijoz quyidagi uchta savolga javob bera olishi muhim:
Men nimani angladim → nimani tanlayapman → bundan keyin nima qilaman?
6. Mijoz qarorning muallifi bo‘lib qoladi
Bu professional konsultatsiyaning eng muhim mezonlaridan biridir.
Konsultatsiyadan so‘ng mijoz:
«Psixolog men uchun qaror qabul qildi», deb emas, balki:
«Psixolog menga vaziyatni tushunishga yordam berdi, ammo qarorni o‘zim qabul qildim», deb his qilishi kerak.
Nima deb o’ylaysiz, samarali psixokonsultatsiyaning yana qanday belgilari bo’ladi?
https://t.me/Insight_psixologiya

September 08, 17:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Мen juda xam hurmat qiladigan psixoanalitik-psixoterapevt Karen Xornining shunday iborasi bor:
-Muvaffaqiyatli terapiya ta’sirida xar ikkala taraf xam o’zgaradi.
Ya’ni psixolog samarali terapevtik ta’sirga ega bo’lishi uchun mijoz bilan birgalokda o’zi xam o’zgarishi kerak.
Bu iborani ilk martta, 9yil oldin o’qiganimda tushundim, deb o’ylagandim. Ammo aslida umuman tushunmagan ekanman.
Oradan 9yil o’tib, mijozlarim, ularning hikoyalari mening shaxsiy xususiyatlarim (iroda, sabr, tolerantlik, eshita olish, kuzata olish qobiliyati)ni qanchalik o’zgartishganini tushunib qoldim. Ehtimol yana 10yildan keyib bu jumlani umuman boshqacha tushunarman.
Sizda -chi?
Psixologik faoliyat va mijozlar bilan muloqot qilish sizni o’zgartirganmi?
https://t.me/Insight_psixologiya

September 06, 07:13

Professional psixolog psixolog har doim xam keyingi qaysi savolni berishni bilavermaydi.
G‘alati eshitilyaptimi?
Biz professional psixologni ko‘pincha shunday tasavvur qilamiz:
Mijoz nimanidir aytadi.
Psixolog diqqat bilan tinglaydi, biroz sukut saqlaydi va
ideal savol
beradi. Shundan keyin mijoz birdan hamma narsani tushunib yetadi.
Chiroyli.
Ammo real konsultatsiyada hammasi biroz murakkabroq.
Mijoz bir vaqtning o‘zida beshta mavzu haqida gapirishi mumkin.
Eridan boshlaydi, ishiga o‘tadi, onasini eslaydi, o‘n yil oldingi voqea haqida yig‘lab yuboradi va oxirida:
«Umuman olganda, o‘zimga nima bo‘layotganini tushunmayman»,
— deydi.
Bunday vaziyatda psixologga sehrli savol kerak emas.
Unga quyidagilarni tushunish kerak:
Hozir nima sodir bo‘lyapti?
Aytilganlarning qaysi biri konsultatsiyaning asosiy fokusidir?
Qaysi biri kontekst?
Emotsiya qayerda?
Takrorlanayotgan xulq-atvor yoki munosabatlar patterni qayerda?
Mijoz ayni paytda nimani tushunishga harakat qilmoqda? Va eng muhimi:
Hozir aynan nimani tadqiq qilish foydaliroq bo‘ladi?
Shuning uchun psixologning professionalligi uning xayolida cheksiz miqdordagi «to‘g‘ri savollar» ro‘yxati borligida emas.
Professionallik —
konsultatsiya jarayonini samarali tashkil qila olish qobiliyatida.
Masalan, mijoz:
«Men erim bilan doim janjallashaman. U meni umuman tushunmaydi»
-deb aytadi.
Biz esa, quyidagi savollarni berishimiz mumkin:
— «Qanchalik tez-tez janjallashasizlar?»
— «U sizni tushunmaganida nimalarni his qilasiz?»
— “Janjaldan keyin odatda nima qilasiz?”
— «“U meni tushunmaydi” deganda nimani nazarda tutyapsiz?»
Yoki umuman bularning hech birini so‘ramasligingiz mumkin.
Chunki
savolning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi faqat uning o‘ziga bog‘liq emas.
Muhimi —
psixolog bu savol yordamida qanday professional vazifani hal qilmoqchi.
Haqiqiy konsultatsiya aynan shu yerdan boshlanadi. Yaʼni:
«Qanday savol berishim kerak?»
emas, balki:
«Hozir mijoz nimani xoxlayapti va men bu jarayonda nimani tadqiq qilmoqchiman?»
Bu — bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki xil professional pozitsiya.
Shuning uchun psixolog 100 ta texnikani bilishi mumkin, ammo baribir konsultatsiyada o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.
Chunki texnika quyidagi savolga javob beradi:
«QANDAY ishlash kerak?»
Konsultatsiyaning asosiy tuzilmasi esa boshqa savolga javob berishga yordam beradi:
«HOZIR NIMA sodir bo‘lyapti va KEYIN NIMA qilish kerak?»
Va bu ko‘nikmani shunchaki texnikalar ro‘yxatidan o‘rganish ancha qiyin.
Keyinggi postlardakonsultatsiyaning tizimli tuzilmasi xaqida gaplashamiz.
Hozir esa sizga savol:
Mijoz dastlabki murojaatidan kutilmaganda boshqa mavzuga o‘tib ketsa, odatda nima qilasiz — uning ortidan borasizmi yoki suhbatni dastlabki mavzuga qaytarishga harakat qilasizmi?
https://t.me/Insight_psixologiya

September 06, 06:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu aleykum. Dam olish kuningizga baraka tilaymiz.
Konsultatsiyani tashkil qilish mavzisini davom ettiramiz -mi?

September 04, 17:12

«Men nazariyani bilaman. Lekin real mijoz qarshimda o‘tirganida, baʼzan keyin nima qilishni bilmay qolaman».
Tanish holatmi?
Siz o‘qigansiz.
Psixologiyaning asosiy yo‘nalishlarini bilasiz.
Kitoblar o‘qigansiz.
Turli texnikalarni saqlab qo‘ygansiz.
Trening va kurslarda qatnashgansiz.
Keyin konsultatsiyaga mijoz keladi va shunday deydi:
— «Nega kelganimni o‘zim ham bilmayman…»
— «Aslida hammasi joyida, lekin doim yig‘layveraman».
— «Bu munosabatlar menga to‘g‘ri kelmasligini tushunaman, lekin ketolmayapman».
— «Aqlan hammasini tushunaman, lekin baribir hech narsa o‘zgarmayapti».
Va shu paytda yoqimsiz bir fikr paydo bo‘ladi:
«Xo‘sh… endi nima qilaman?»
Qanday savol berish kerak?
Suhbatni qaysi tomonga yo‘naltirish kerak?
His-tuyg‘ularni chuqurroq o‘rganish kerakmi yoki vaziyatni tadqiq qilishmi?
Texnika qo‘llash kerakmi yoki hozircha shunchaki kontaktni saqlab turish kerakmi?
Eng qiyini esa — baʼzan konsultatsiyadan keyin psixologda shunday tuyg‘u qoladi:
«Biz gaplashdik… Lekin bu sessiyada aslida nima qildik?»
Biroq muammo har doim ham bilim yetishmasligida emas.
O‘nlab texnikalarni bilish mumkin, ammo baribir real konsultatsiyada nima qilishni bilmay qolish mumkin.
Chunki
texnikalarni bilish va konsultatsiya mantig‘ini tushunish — bir xil narsa emas.
Professional konsultatsiya shunchaki savollar to‘plami emas:
«Nimani his qilyapsiz?»
«Nima deb o‘ylaysiz?»
«Nimani xohlaysiz?»
Mijozlar uchu bu siyqasi chiqqan savoldek tuyulishi
🤦‍♀️
Ammo ba’zan shu savollardan uyog’ga o’tolmay, miya qotib qolgandek bo’ladi-mi.
Psixokonsultatsiyada bo’ladigan doimoy jarayon:
eshitish → payqash → taxmin qilish → tekshirish → yo‘nalishni tanlash → yana tekshirish.
Shuning uchun baʼzan boshlovchi psixologga yana bitta yangi texnikadan ko‘ra,
konsultatsiya jarayonini yo‘naltiruvchi aniq xarita
muhimroq bo‘ladi.
Lekin qiziq savol tug‘iladi:
Agar har bir mijoz individual bo‘lsa, konsultatsiya qaysi tomonga harakatlanishi kerakligini oldindan bilish umuman mumkinmi?
Bu haqda keyingi postda gaplashamiz.
Hozir esa o‘zingiz uchun javob bering:
Konsultatsiyada siz uchun qaysi biri qiyinroq — ishni boshlashmi yoki sessiyaning 20–30-daqiqasidan keyin nima qilishni tushunishmi?
Izohlarda yozing.
https://t.me/Insight_psixologiya

September 02, 12:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nima uchun diplomi bor, degani malakali mutaxassis ekanini anglatmaydi.
Odatta, mijozlar oldida, aynan oliy ma'lumotli psixolog mutaxassislar, bir necha oylik kurslarni bitirgan xavaskorlardan ko'proq qo'rquvni his qilishadi.
Sabablar:
-Nazariya bor, amaliyot yo'q;
-Psixolog mijoz psixikasiga nojo'ya ta'sirlar xaqida ko'proq biladi va ortiqcha ehtiyotkorlik qilishi mumkin;
- Qancha ko'p bilganing sari, shuncha kam bilgandek tuyuladi;
- Endi ish boshlayotgan psixolog o'ziga katta talablar qo'yishi, o'zini mijozni qiyayotgan muammodan qutqarishga majbur deb o'ylashi mumkin. Bu esa mijoz oldidagi havotirlarni yana xam kuchaytirishi mumkin.
Eng qizig'i, qutqaruvchilik xam, o'zini yaxshi mutaxassis ekanini isbotlashga intilish xam bitta ehtiyoj- tan olinishga bo'lgan ehtiyojdan kelib chiqadi.
Shuning uchun ko'p yillik psixologga xam, endi ish boshlaganlarga xam tashqaridan vaziyatni ko'ra oladigan intervizor va supervizor kerak.
Siz bu xaqida qanday fikrdasiz?
https://t.me/Insight_psixologiya

September 01, 13:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Aziz kuzatuvchilar, sizlarni yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, xar bir honadon obod bo'lishini tilaymiz.
Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin!
Xurmat bilan INSIHT jamoasi.