Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Insayt Psixologiya

insight_psixologiya
Insayt psixologiya va trening markazi 🟣 Oliy maʼlumotli psixologlar; 🟣 Eng zamonaviy metodikalar; Tel: +998935495568 Sahifalarimiz: http://bit.ly/insight-psixologiya Savollar: @Insayt_admin Kurslar: https://telegra.ph/INSIGHT-psixologiya-markazi-08-27
Подписчики
2 510
24 часа
-3
30 дней
-19
Просмотры
441
ER
17,57%
Посты (30д)
24
Символов в посте
1 115
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Психология и консультация
Краткое описание
October 25, 08:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tabiatning barcha xatolari— nevrotiklar, telbalar, piyonistalar, jinoyatchilar, tarbiyasi og’ir bolalar, hudkushlar, axloqsizlar va foxishalar— aslida ular shunchaki, jamiyatga ularning tuzlishi qiziq emasligi uchungina tabiat xatolaridir
-Alfred Adler
Siz bu fikrni qanday izoxlagan bo’lardingiz?
@Insight_psixologiya
—psixologlar uchun birlashish makoni.

October 16, 05:48
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Bir oylik maxsus amaliyot faqat psixologlar va psixologiya sixasidagi talabalar uchun mo’ljallangan. Amaliyitdan avval sizga konsultatsiyani to’g’ri tashkil qilish xaqida bepul vebinar va mijozlarga beriladigan savollar xaqida chek-list taqdim etiladi.
Batafsil ma’lumot olish va guruxga qo’shilish uchun +998901211802 raqamiga yoki
@insight_ad_min
ga
murojaat qiling

October 14, 14:05

Nima bo’lganda o’zingizdan rozi bo’lasiz?
Ko’pchiligimiz ishimizni mijozning reaksiyasi bo’yicha baholaymiz.
Mijoz rahmat aytdimi?
Yaxshi ishladim
✅
Jim ketdimi, norozi chiqdimi?
Demak, men yomon psixologman.
Lekin mijozning reaksiyasi — bu ko’pincha uning o’ziga tegishli narsa. Kimdir rahmat aytishni bilmaydi. Kimdir sizdan maslahat kutgan va uni olmagani uchun norozi. Kimdir bir suhbatda hayoti o’zgarishini kutgan. Kimdir qarshilikda — va aynan shu qarshilik ustida ishlanishi kerak. Ba'zilar esa perenos qilib sizga dushman bo'lib ketishi ham hech gapmas
🙈️
️️️️️
Ya’ni mijozning mamnunligi — sifat o’lchovi emas.
Ba’zan eng yaxshi konsultatsiya noqulay kechadi, eng yoqimli suhbat esa hech narsani o’zgartirmaydi.
Unda nimaga qarab o’zingizni baholaysiz?
Sessiyangiz tuzilmasiga.
Agar siz shartlarni tushuntirgan bo’lsangiz, so’rovni mijozning o’z so’zlari bilan aniqlagan bo’lsangiz, gipotezani u bilan tekshirgan bo’lsangiz, qadamni unga tanlatgan bo’lsangiz va yakunni o’zi aytgan bo’lsa — siz ishingizni qildingiz.
Mijoz rahmat aytdimi yoki aytmadimi, bu boshqa masala.
Mana shu ichki mezon bo’lganda:
— har bir suhbatdan keyin o’zingizni qiynamaysiz
✅
— mijozning kayfiyatiga qarab o’z qadringizni o’lchamaysiz
✅
— va narx aytganda ovozingiz pasaymaydi
✅
Faqat tuzilmani bilish yetarli emas. Uni qo’llay olish kerak. Yoddan aytib berish bilan jonli suhbatda ishlatish — bu ikki xil narsa.
Ikkinchisi faqat mashqdan keladi
.
Shuning uchun biz Sayyora Azlarova bilan amaliyot oyini boshlayapmiz.
4 ta jonli uchrashuv, haftada bir marta, 90 daqiqadan. Har bir uchrashuv — skeletning bitta bosqichi: so’rov, gipoteza, ta’sir, yakunlash.
Asosiy vaqt nazariyaga emas, mashqqa ketadi: uchliklarda ishlaymiz — psixolog, mijoz, kuzatuvchi. Har mashqdan keyin bizdan fikr-mulohaza olasiz.
Guruh — 12–16 kishi, chunki har biringizga vaqt yetishi kerak.
📅
Boshlanish: 16-oktyabr
💳
Narxi — 1 250 000 so’m (vebinar yozuvi ichida)
💳
Ikkiga bo’lib to’lash mumkin
Yozilish:
@insight_ad_min
ga yozing.

October 14, 08:59

Kecha psixologik konsultatsiya haqidagi odamlar fikrini bejiz ko’tarmagan edim. Ayniqsa, faoliyatini endi boshlayotgan psixolog ana shu fikrlar ta’siriga tushishi mumkin. Buning natijasida:
1️⃣
O’z ishidan qoniqmaslik. Xuddi mijozga yordam bera olmayotgandek…

October 14, 08:48

Kecha psixologik konsultatsiya haqidagi odamlar fikrini bejiz ko’tarmagan edim. Ayniqsa, faoliyatini endi boshlayotgan psixolog ana shu fikrlar ta’siriga tushishi mumkin.
Buning natijasida:
1️⃣
O’z ishidan qoniqmaslik.
Xuddi mijozga yordam bera olmayotgandek tuyuladi — holbuki ish qilingan.
2️⃣
O’z xizmatiga narx belgilashda qiynalish
. Ba’zan umuman bepul ishlab yuborish, katta chegirma berish.
3️⃣
Va natijada — juda tez
kasbiy kuyish.
Buning oldini olish uchun kecha gaplashganimizdek, o’z yordamimiz nima ekanini o’zimiz aniq bilishimiz kerak.
Mutaxassis sifatida seansdan keyin o’zingizdan rozi bo’lish uchun yana nima kerak? Nima yordam bera oladi?

October 13, 15:38

Ertalabki savol muhokamasi juda qizg'in bo'ldi, ishtrok etganlarga rahmat
🤍
Keling javoblarni ko'rib chiqamiz:
Javoblaringiz bir varianti:
sharoit boshqa edi.
Ovqat uchun o’choq yoqilgan, idish yuvish uchun suv isitilgan, kir qo’lda yuvilgan. Odam kun bo’yi band. Jismoniy tashvishlar ichida hissiy holatga e’tibor berishga vaqt qolarmidi?
Ehtiyojlar piramidasi
haqida ham izoh yozdingiz. Odamlar bazal ehtiyojlar darajasida yashagan. Hissiy ehtiyojlar har bir davrda bo’lgan, lekin ularga navbat kelmagan — tushunilmagan holatda yashab o’tilgan.
"Men" kuchayishi,
ya'ni bilim va tajriba ko’paydi, ehtiyojlar darajasi oshdi, stressga chidamlilik esa kamaydi. Shu bilan birga ogohlantirish ham yangradi: ba’zilar "travma", "stress" degan atamalarga asossiz kuchli ahamiyat berib yuboradi, boshqalar uchun esa bu so’zlar umuman ahamiyatsiz. Ya’ni bilim ham har xil ishlatiladi.
Din
. Ota-bobolarimiz dinga yaqin bo’lgan, bu avlod uzoqda — deyildi. Darhol e’tiroz ham keldi, aslida hozir diniy bilim ilgarigidan kuchliroq-ku? Yana bir savol berildi: "javob dinimizda" deydigan psixologlarni ko’p ko’raman, bunga nima deysiz?
Bu yerda ikki narsani ajratish kerak.
Din odamga haqiqatan tayanch beradi: ma’no beradi, qabul qilishni osonlashtiradi, ijtimoiy hayot beradi — ya’ni odamni yolg’izlikdan saqlaydi. Kognitiv nuqtai nazardan bu ko’p buzilishlarning oldini oladi. Masalan, musulmonlarning Alloh haqidagi qarashlari ortiqcha havotirni kamaytirishga, o'zi boshqara olmaydigan ishlarni boshqarishga intilib davomli stress bo'lmasligiga yordam beradi.
Lekin chatda havola qilingan tadqiqotlar sharhi ham ko’rsatdi: natijalar aralash. Diniylik va ruhiy holat bog’liqligini o’rgangan ishlarning taxminan yarmida ijobiy bog’liqlik topilgan, qolganlarida esa sezilarli bog’liqlik ko’rinmagan. Ya’ni din yordam beradi — lekin hamma holatda ham emas, va u davolash o’rnini bosmaydi.
Ba'zida juda dindor odamda ham o'z fikrlari va hislarini tahlil qilish uchun iroda, tafakkur yetishmasligi mumkin.
Shu yerda chatda aytilgan yana bir fikr muhim: odamning o’ziga bog’liq bo’lmagan buzilishlar ham bor. Gormonal o’zgarishlar, irsiy moyillik, tashqi muhit. "Fikringni to’g’rilasang, hammasi joyida bo’ladi" degan yondashuv bu yerda ishlamaydi.
Yana bir muhim masala bor,
ota-bobolarimiz psixologsiz yashagani rost, lekin ularning psixologik muammolari yo’q edi degani emas — ularning muammolari ko’rinmas, qaralmas edi. Ichkilikbozlik, oiladagi zo’ravonlik, “asabiy” deb atalgan depressiya, tug’ruqdan keyingi holat — hammasi bor edi. Faqat nomi yo’q edi va hech kim yordam so’ramasdi.
Xulosa nima?
Savollarni aralashtirib yubormaylik.
"Odamlar ojizlashdimi?"
— yo’q, sharoit o’zgardi va navbat hissiy ehtiyojlarga keldi.
"Din kerakmi yoki psixolog?"
deyish noto’g’ri savol. Psixologiya hech qachon din bilan raqobatlasha olmaydi, ularning vazifasi ikki xil. Din ma’no beradi, konsultatsiya esa aniq vaziyat bilan ishlaydi: er bilan janjaldan keyin nima qilish, bolaga qanday chegara qo’yish, tug’ruqdan keyingi holatda kimga murojaat qilish.
"Psixologiya odamlarni noziklashtirdimi?"
— yo’q, u ularga til berdi. Og’riq avval ham bor edi, faqat nomi yo’q edi va hech kim yordam so’ramasdi.
Va shuni ham tan olaylik: bu "til"ni noto'g'ri ishlatish —
har qanday noqulaylikni "travma" deb atash — bizning sohamizning muammosi.
Unga qarshi turish ham bizning ishimiz.
Shuning uchun konsultatsiya kerak. Faqat u tuzilma bilan, mas’uliyat bilan va o’z qiymatini bilgan holda qilinishi kerak.
Mijoz
sizdan “konsultatsiyadan keyin nima o’zgaradi?” deb so’rasa, nima deb javob berasiz?
@insight_psixologiya

October 13, 03:10

"Ota-bobolarimiz psixologlarsiz ham juda yaxshi yashashgan. Hozirgi yoshlarning hammasida travma, depressiya. Hozirgi yoshlarni yoki juda noziklashib ketishdi yoki psixologiyaning tasiriga tushib qolishdi"
Mijoz yoki yaqiningiz sizga shunday desa, nima deb javob berasiz?
Fikrlaringiz qiziq, keyingi postda shuni muhokama qilamiz.
@Insight_psixologiya
—psixologlar uchun birlashish makoni.

October 11, 10:23

O'tgan to'rt yil davomida er-xotin o'rtasidagi abyuziv munosabatlar, biznesdagi muammolar va farzand tarbiyasi xaqidagi mavzularda konsultatsiyalar o'tildi. Ammo biror martta mijozning bolaligiga oid og'riqlar gaplashilmadi.
Ikki oy oldin shu mijoz yana murojaat qilib, ishga oid bir muammo ustida ishlamoqchi ekanini aytti. Konsultatsiya davomida muaamo bolalikdagi ona-bola munosabatlari bilan bog'lanib ketti. Shundagina bolalik va ona-bola munosabatlari ustida ishlashni boshladik.  Chunki mijoz xam endi bunga tayyor edi.
Aytmoqchi bo'lganim, endi ish boshlayotgan ko'p psixologlar aksariyat muammolarning yechimi bolalikda bo'lishini nazariy bilganlari uchun, darxol mijozning bolaligidagi munosabatlari va og'riqlarini "kavlashni" boshlashadi. Ammo bu ko'pincha aks ta'sir qiladi.
To'g'ri- amaliyotchi psixolog xar doim bazariyaga tayanib ishlaydi. Uning metodlarini qo'llaydi. Ammo, psixolog etikasining asosiy qoidalari birinchi o'rinda turadi. Mijozga zarar yetkazmaslik va u shikoyat qilmagan muammo (xatto, bu muammo psixologga ko'rinib turgan bo'lsa xam)ga teginmaslik - ishonchli kontakt o'rnatish va samarali, uzoq muddatki terapiya qilishda juda katta ta'sir o'tkazadi.
Agar siz xam etika qoidalari va nazariy bilimlarga asoslangan amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishni xoxlasangiz, sizlarni bir oylik amaliyotga taklif qilamiz. Amaliyot xaqida batafsil shu yerda
👇
👇
https://t.me/Insight_psixologiya/11176

October 11, 10:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

To'rt yil avval bir mijoz bilan intensiv terapiya o'tkazgandik. Uch oy davomida xar xaftada bir martta seans o'tkazardik. Keyin xar 2-3 oyda bir martta biror yangi masala bo'yicha konsultatsiyalar o'tkazdik.
Davomi
👇
👇
👇

October 09, 06:50

Demak, xulosa qiladigan bo’lsak….
Ayrim mijozlar bilan ishlagandan keyin o’zimizni malakasiz yoki
ishini yaxshi bajarolmagan mutaxassisdek
xis qilishismizga quyidagi sabablar bo’lishi mumkin.
1. Malakaning kamligi.
Ya’ni bu turdagi muammo bilan siz birinchi martta ishlayapsiz. Xali bu yo’nalishda tajribangiz yo’q, yoki juda kam.
2. Refleksiya kamayib, mijozning manipulyatsiyasiga berilish
. (Xatto malakali psixologlarda xam ba’zan shunday bo’lib turadi) Natijada mijozning hikoyasidagi personajlardan birini qabul qilib, o’sha personajning psixologik muammosini xis qilish. Buni tushunmagan ko’p psixologkar aynan shu xolatda “Menga mijozning yuki tushdi”, deyishadi. Afsuski, bu bilan konsultatsiya jarayonini kinnachilikka tenglashtirib qo’yayotganlarini tushunishmaydi.
3. Shaxs chegara buzilishlari bor mijozlar bilan ishlaganda.
Eng noadekvat, konsultatsiya davomida suxbatni doim boshqa tarafga burib, vaqtni cho’zadigan mijozlar. Suxbat boshida bir muammoni boshlab, psixolog endi asl muammo xaqida gipoteza qo’yib, savol berganda, javobdan qochib, umuman boshqa muammoni gapirishni boshlashadi.
Bunday sessiyadan keyin psixolog o’zini nafaqat malakasiz, balki, ba’zan poygada yutqazib qo’ygan poygacidek xis qilishi xam mumkin.
4. Obsessiv xarakter tipidagi mijozlar.
Ular xamisha konsultatsiyaning ta’sirini inkor qilishga, ozlaridagi o’zgarishni qadrsizlantirishga intiladilar. Natijada xar bir seansdan keyin psixolog —bir joyda qotib turibmiz, xech qanday o’zgarish bo’lmayapti, degan xulosaga kelib qolishi mumkin.
Konsultatsiya samaradorligiga ta’sir qiluvchi yana boshqa omillar xaqida bir oylik amaliyot davomida batafsil o’rganamiz. Amaliyot xaqida batafsil ma’lumot
👉
https://t.me/Insight_psixologiya/11176
Psixologlar uchun psixologiyaga oid foydali ma’lumotlarni o’rganib borish uchun kanalga obuna bo’lib qo’ying.
@Insight_psixologiya
—psixologlar uchun birlashish makoni.