
SAMARQAND VILOYATI INVESTITSIYALAR, SANOAT VA SAVDO BOSHQARMASI
🇺🇿
🇰🇷
Samarqand viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shuxrat Narbayev
Koreyaning Inchxon Texnoparki (Incheon Technopark) Yashil yarimo‘tkazgichlar markazi direktori Kang In Chol bilan
uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda quyosh energiyasi kabi muqobil energiya manbalarini yagona tizimga birlashtirish orqali sug‘orish suvini samarali boshqarish va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalarda mahsulotlar sifatini sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash markazlarini tashkil etish takliflari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek tomonlar loyihalarni Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ko‘magida amalga oshirish imkoniyatlarini ham muhokama qildilar. Bunda Samarqand viloyatining mavjud ehtiyojlari va infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, loyihalar yo‘nalishlarini aniqlashtirish hamda hamkor tashkilotlarning vazifalarini belgilashga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari bugungi kunga qadar imzolangan kelishuvlarning bugungi holati, ularni amaliy loyihalarga aylantirish, yashil texnologiyalarni joriy etish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik kelishuvini imzolash va unda belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish taklifi bildirildi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt
🇺🇿
🇦🇹
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev
“Global Neighbours” tashkiloti asoschisi va raisi Yovanka Porshe boshchiligidagi delegatsiya
bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda shuningdek Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i A. Ahmedov ishtirok etdi.
“Global Neighbours” biznes, siyosat va jamiyatdagi jarayonlarni tahlil qilish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda yangi tashabbuslarni ilgari surishga qaratilgan xalqaro tahlil markazi hisoblanadi.
Uchrashuvda Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyati va investitsiyaviy imkoniyatlarini xalqaro hamjamiyatga keng tanishtirish, hududga xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda xalqaro biznes doiralari bilan aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy etish, istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt
🇺🇿
🇨🇳
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev
Xitoyning Gonkong Butunhududiy Birlashgan Savdo-sanoat Assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Fan Tszykan boshchiligidagi delegatsiya
bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda dastlab investorlarga viloyatning investitsiyaviy salohiyati, hududda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti hamda xorijiy investorlar uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tomonlar sanoat, logistika, moliya, tibbiyot, qurilish va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish, Gonkong kompaniyalarining Samarqand viloyatiga investitsiya kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Bundan tashqari viloyatning istiqbolli loyiha takliflari taqdim qilinib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt
📌
Samarqand viloyat Xalq qabulxonasida tashqi savdo va eksport masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi
🗓
2026-yil 23-oktabr kuni
Samarqand viloyati hokimligida viloyat hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i
Xurshidbek Samiyev
raisligida tashqi savdo va eksport masalalari bo‘yicha sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
🤝
Unda tadbirkorlar va xorijiy investorlarning tashqi iqtisodiy faoliyatga oid dolzarb muammolari hamda takliflari muhokama qilindi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari kotibiyati mas’ul xodimi
Dilshod Axmedov
investorlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning murojaatlarini o‘rgandi. Shuningdek, fuqarolar uchun ham qabul tashkil etildi.
🇹🇷
Qabul davomida Turkiya fuqarolari Ferhan Kara va Ender Kavran bilan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar olib borilib, tegishli takliflar bildirildi.
✅
Qabul yakunida murojaatlarni hal etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha choralar belgilandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ibrohim Ergashev boshchiligida Samarqand viloyatidagi eksportchi korxonalar vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, tadbirkorlar hamda eksportchi korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan eksport faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Jumladan, xomashyo importida bojxona to‘lovlarini kamaytirish, xorijiy davlatlar orqali mahsulotlarni tranzit tashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish, yuk vagonlari bilan ta’minlash, kredit mablag‘lari ajratish hamda xorijiy hamkorlardan debitor qarzdorlikni undirish masalalari ko‘tarildi.
Shuningdek, tadbirkorlar eksport jarayonlaridagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish va yangi tashqi bozorlarni o‘zlashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.
Bildirilgan muammo va takliflar tegishli mas’ul tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilandi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt
📢
E’LON
Aziz Samarqandliklar!
Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari
— viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i
Xurshidbek Samiyev
tomonidan
tashqi savdo (eksport)
yuzasidan mavjud masala va takliflarni muhokama qilish hamda ularni hal etish bo‘yicha
shaxsiy qabul
o‘tkaziladi.
Qabul davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
📉
Tashqi savdo (eksport) yo‘nalishlaridagi murojaatlar
💼
Yangi investitsiya loyihalari
💡
Eksport faoliyatini kengaytirish bo‘yicha taklif va mulohazalar
📌
Qabul tafsilotlari:
📅
Kun:
23-oktabr
🕓
Vaqt:
16:00 dan 18:00 gacha
📍
Manzil:
O‘zbekiston Respublikasining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi
Mazkur yo‘nalishlarda o‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan belgilangan vaqtda qabulda ishtirok etishga taklif etamiz.
🇺🇿
🇩🇪
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev
Germaniyaning “Liberaler Mittelstand” tadbirkorlar uyushmasi Federal kengashi a’zosi, “Newsmark” biznes jurnali hammuallifi va iqtisodiy jurnalist Christian Grosse
bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyati, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, nemis kichik va o‘rta biznes vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish hamda nemis kompaniyalari uchun mavjud imkoniyatlarni Germaniya ishbilarmon doiralari orasida keng yoritish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Christian Grosse o‘zining “Newsmark” biznes jurnalida Samarqand viloyatining investitsiyaviy jozibadorligi, iqtisodiy imkoniyatlari va istiqbolli loyihalariga bag‘ishlangan materiallar tayyorlashga qiziqish bildirdi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt
📢
ROAD SHOW TAQDIMOTIGA TAKLIF ETAMIZ!
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilayotgan
Road Show taqdimoti
ga taklif etamiz.
📅
Sana:
2026-yil 22-oktabr
🕚
Vaqt:
soat 11:00
📍
Manzil:
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi binosi.
Barchangizni tadbirda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
🇺🇿
21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI
🖋️
Ona tilim — millatim faxri!
O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho qadriyatlarimiz timsoli. Ona tilimiz xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati va ezgu an’analarini o‘zida mujassam etgan ulkan ma’naviy merosdir.
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi milliy tariximizdagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Bugun ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini oshirish va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
Barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Ona tilimiz doimo e’zozda, qadri baland, dovrug‘i olam uzra bo‘lsin!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt
"Ecology Mir Group" bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev AQSHning "Ekology Mir Group" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda viloyatda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda istiqbolli investitsiya loyihalariniamalga oshirish masalalari
muhokama qilindi.
***
Обсуждены перспективы инвестиционного сотрудничества с Ecology Mir Group
Хоким Самаркандской области Адиз Бобоев провел встречу с представителями американской компании Ecology Mir Group. В ходе беседы стороны обсудили создание современных производственных мощностей в регионе, развитие цифровой инфраструктуры и реализацию перспективных
инвестиционных проектов
.
Samarkand.uz|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X