Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

SAMARQAND VILOYATI INVESTITSIYALAR, SANOAT VA SAVDO BOSHQARMASI

invest_in_samarkand
Samarqand viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining rasmiy kanali ——— ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: facebook.com/investinsamarkand instagram.com/sam.invest.uz Aloqa uchun:662304844 @Invest_in_Samarkand_bot
Подписчики
962
24 часа
30 дней
-118
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
89
ER
0,09%
Посты (30д)
113
Символов в посте
715
December 10, 04:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
Samarkand.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

December 10, 04:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston Davlat madhiyasi qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!
Bugun yuragimizda g‘urur va iftixor uyg‘otadigan, xalqimizning yuksak orzu-intilishlari va mustaqillik ruhini ifodalovchi
Davlat madhiyamiz
qabul qilingan kun.
U milliy o‘zligimiz, birlik va Vatanimizga sadoqat timsoli bo‘lib, har bir fuqaro qalbida ulug‘ ma’naviy kuch uyg‘otadi.
Samarqand viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni davlat madhiyamiz qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Mazkur qutlug‘ sana barchamizga faxr, ilhom va Vatan ravnaqi yo‘lida mas’uliyat bag‘ishlasin!
🇺🇿
Bayramingiz muborak!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt

December 09, 12:06
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇮🇳
Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev
Hindistonlik investor Namrata Mukund bilan onlayn muloqot
o‘tkazdi.
Muloqot davomida:
🔹
Samarqand viloyatida
oqava suv tizimlarini yaxshilash, ularni modernizatsiya qilish va ekologik xavfsizlikni oshirish
;
🔹
infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
🔹
ilg‘or texnologiyalar asosida samarali boshqaruv tizimlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida, viloyat hokimi o‘rinbosari X.Samiyev Hindistonlik investorlarga, Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyati, investitsion imkoniyatlari va davlat tomonidan investorlarga berilgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berib, mazkur qulay investitsiya muhiti bilan tanishish uchun
Samarqand viloyatiga taklif etildi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt

December 09, 09:54
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Samarqand viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi xodimlari uchun
census.stat.uz
portalida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha o‘quv seminar
o‘tkazildi.
Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-sonli
“O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash doirasida
tashkil etildi.
Seminar davomida xodimlarga viloyat Statistika boshqarmasining mas’ul xodimi tomonidan:

census.stat.uz
portalidan foydalanish tartib va qoidalari,
• ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari,
• amaliy ko‘nikmalar haqida
batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt

December 09, 09:12

"Zarafshon" gazetasining 2025-yil
6-dekabr kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
Bugungi sonda:
- Sayyor qabulda 500 dan ortiq murojaat qayd etildi;
- Samarqanddan Nyu-Yorkka toʻg‘ridan-toʻg‘ri aviaqatnov rejalashtirilyapti;
- Huquq va erkinliklar kafolati
oʻz navbatida burchimiz majmui ham;
- Inson omili kamaysa Korrupsiyaga yo’l qolmaydi.
Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar va maqolalar chop etilgan.
Gazetadagi maqolalarni
zarnews.uz
sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.

December 08, 04:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
Konstitutsiya qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!
Bugun, asosiy Qonunimiz yurtimiz taraqqiyoti, adolat, barqarorlik va fuqarolar huquqlarining mustahkam kafolati bo’lgan
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun.
Mazkur sana mamlakatimizda demokratik tamoyillar, huquqiy islohotlar va jamiyat farovonligini ta’minlash yo‘lidagi ezgu intilishlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Samarqand viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi
bilan samimiy muborakbod etadi.
Yurtimiz tinchligi, davlatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lsin!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt

December 06, 18:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlat xizmatlari endi yanada ochiq va qulay!
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali -
my.gov.uz
orqali
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining
quyidagi xizmatlardan onlayn foydalanish mumkin:
1️. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash sertifikati
2️. Tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat
3️. Xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish
4️. Xalqaro brendlar mahsulotlarini import qiluvchilar reyestriga kiritish
5️. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olish
🔗
Barcha xizmatlar:
my.gov.uz

Ushbu raqamlashtirilgan xizmatlar:
• Fuqarolar va tadbirkorlar uchun tez, qulay va shaffof jarayonlarni ta’minlaydi;
• Eng muhimi - inson omilini kamaytirib, korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi!
#mygovuz
#raqamlashtirish
#ochiqdavlat
#korrupsiyagaqarshi
#elektronxizmat

December 06, 12:56
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇨🇳
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev
Xitoyning “JIC Leading Group Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari
bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda dastlab, korxona vakillari
Samarqandda quyosh panellarini o‘rnatish
, hamda mazkur quyosh panellarini viloyatda ishlab chiqarish
bo‘yicha yangi investitsiya loyiha
larini
amalga oshirish
taklifini bildirdi.
Shundan so‘ng, mazkur loyihani amalga oshirishdagi texnik jixatlar, amaldagi qonunchilikda belgilangan me’yor va talablar, zaruriy bosqichlar va loyiha doirasidagi texnologik yondashuvlar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Muhokamalar davomida, viloyat hokimi o‘rinbosari X.Samiyev investorlarga viloyatda yashil energetika sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va mavjud joriy talablar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt

December 05, 12:27
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇨🇳
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev
“Lianchon International Investment and Trade” MChJ QK rahbari Jou Hong Wei
bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur korxona tomonidan Nurobod tumanida
“Urgut” EIZ hududida joylashgan 7 gektar yer maydonida kafel ishlab chiqarish uchun xom ashyo qazib olish va uni qayta ishlash loyihasi
ni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Uchrashuv davomida;
• hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari;
• loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
• qurilish ishlari bosqichlari va muddatlari;
• zarur infratuzilma bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, muhokamalarda tomonlar loyihaning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikda ishlash zarurligini ta’kidlashdi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt

December 05, 09:33
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Samarqand viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yusuf Norimov rahbarligida
“Qo’shrobot Agrostar”MChJ
mas’ullari hamda viloyatdagi mayizchilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda
Qo‘shrabot tumanida yangi tashkil etilayotgan “MAYIZCHILIK KLASTERI”
da faoliyat ko‘rsatish istagida bo‘lgan soha vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinib, parkdagi laboratoriya, karantin, bojxona va boshqa qulayliklar bo‘yicha kelajak rejalar ko’rib chiqildi.
Shuningdek, korxona tomonidan texnoparkning imkoniyatlari va infratuzilmasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi, bunda parkning faoliyat yo‘nalishlari, xizmatlari va eksport salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Sayt