
Iqtisodchi Kundaligi
Lokals marketing agentligi O‘zbekistondagi marketing bozorini tahlil qilish uchun uzun so‘rovnoma va tadqiqot qilishibdi. Men bunday narsani birinchi ko‘rishim ayniqsa O‘zbek tilida.
Asosiy fikr oddiy ko'rinsa-da, lekin menimcha to’g’ri: marketing qanday tashkil etilishi soha bilan emas, kompaniya o’lchami bilan belgilanadi. Aylanmasi bir xil bo’lsa, kafe ham, klinika ham, zavod ham bir xil narsadan shikoyat qiladi. Kichik kompaniyaga mijoz yetmaydi, o’rtachasiga tartib, kattasiga tezlik.
Fragmentlar:
Kompaniyalarning 72 foizi yiliga 100 ming dollargacha aylanmaga ega, lekin ular jami tushumning atigi 1,7 foizini beradi. Yiliga 100 mln dollardan ortiq aylanmali 71 ta kompaniya esa tushumning 18,9 foizini oladi. Bu dastlabki ikki bosqichdagi 146 ming kompaniyaning ulushidan ko‘p.
Muammoli joy ko‘pincha biznes egasining o‘zi. Kompaniyalarning 65 foizida marketingga egasi javob beradi, 70 foizida esa strategiya yo‘q. Ular reaksiya rejimida ishlaydi.
Soha o‘sish chegarasini belgilaydi. Aviatsiya va telekom allaqachon bo‘lingan bozorlar. Klinikalar, umumiy ovqatlanish va riteyl esa hali tarqoq, yaʼni u yerda yuqoriga yo‘l ochiq.
Mualliflar shu asosda “7 Qadam” narvonini taklif qiladi. Unda har bir bosqich uchun kim javob berishi, qaysi metrikalar, qaysi instrumentlar va qancha byudjet kerakligi ko‘rsatilgan.Agar biznes egasi bo‘lsangiz, yoki marketingga qiziqsangiz albatta ko‘rib chiqishni tavsiya qilaman.
Yuklab olish uchun link:
https://lokals.uz/uz/insights/7-qadam
Komilov Ulug’bek akani kanalini o’qishni yoqtiraman.
AQShda ilm fan qanday tashkil qilingani, kompyuter texnologiyalar qanday ketayotgani haqida ko’p qiziq fikrlar bor:
https://t.me/prof_kamilov/218
Universitet haqida video ekan:
https://youtu.be/UAUoR85JRwI?si=PEIiQmL0wXXXPslj
Nazarboyev Universiteti
Astanadagi Nazarboyev Universitetida seminar berish nasib qildi. Bu universitet haqida ko‘p eshitgan edim. Ko‘plab do‘stlarim u yerda ishlagan yoki doktorantura qilgan, bittasi esa qisqa muddat professor ham bo‘lgan. Lekin qanday dargoh ekanini o‘zim borib ko‘rgandagina chinakam tasavvur qildim.
Avvalo, universitet juda katta. Ko‘p kampuslarda bo‘lganman, ammo bunday bahaybat binolarni (aeroportdek) kam ko‘rganman. Binolarning deyarli barchasi bir-biriga ulangan. Kampus falsafasi menga Singapurdagi Nanyang texnologiya universitetini biroz eslatdi. Bu yerda tibbiyot klasteri (tibbiyot markazi, fakulteti va shifoxonasi - u ham alohida bir shaharcha ekan) haqida emas, asosiy kampus haqida gapiryapman. Maydoni 200 gektarga yaqin, talabalarning deyarli hammasi kampusda yashaydi. Kutubxonalardan tortib sport inshootlarigacha, sharoitlar, takror aytaman, dunyo darajasida.
Biroq meni hayratga solgan narsa binolar emas, odamlar bo‘ldi. Bu yerda o‘ta yuqori malakali professor va tadqiqotchilar ishlar ekan. Dunyoning deyarli barcha burchagidan kelgan yuzlab postdok va professorlar bor. Ijtimoiy fanlar fakultetiga domlalarni jalb qilishda Viskonsin universiteti, biznes maktabiga esa Dyuk universiteti yordam bergan. Ya’ni biznes maktabiga ishga olinayotgan professorlar suhbat uchun Shimoliy Karolinaga, Dyukka borishgan.
Universitet qurish o‘ta qiyin va qimmat ish, chunki universitet binolardan emas, odamlardan, ya’ni olimlardan tashkil topadi. Olimlarni olib kelish oson emas. Shu sababli yangi universitetni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish kamdan-kam mamlakatga nasib etadi. Nazarboyev Universiteti buni uddaladi desak bo‘ladi, chunki olimlarining sifati xalqaro miqyosda raqobatbardosh.
Talabalar sifati ham juda yuqori ekan. Domlalarning aytishicha, talabalarning aksariyati bepul grant asosida o‘qishga kirgan o‘ta tirishqoq, iste’dodli va mehnatkash yoshlar. Ko‘p joylarda domlalar o‘z talabalari haqida bunday gapirmaydi.
Seminarim biznes maktabida bo‘ldi. Ularda iqtisodiyot va biznes maktabi birlashtirilgan ekan, shuning uchun ko‘plab iqtisodchilar ham keldi. Ularning ko‘pchiligi Rossiyadan ekan. Bir paytlar Botir aka bilan podkastda Rossiyadan olimlarni O‘zbekiston universitetlariga jalb qilish kerak, deb gaplashgan edik. Nazarboyev Universiteti buni amalda qilibdi.
Ochiq manbalarga ko‘ra, universitetning davlat byudjetidan oladigan yillik mablag‘i taxminan 100 million dollar. 12 yil oldin bu raqam 300 million dollar atrofida bo‘lgan. Katta ehtimol bilan kapital investitsiyalar yakunlanib, hozir asosan operatsion xarajatlar qolgan.
Albatta, muammolar hali ko‘p. To‘liq tenure tizimi hanuz joriy etilmagan, ya’ni professorlar muddatli kontraktlarda ishlaydi. Bu olimlar uchun noqulay, garchi universitet amalda kontraktlarni uzaytirib kelayotgan bo‘lsa-da. Turli korrupsiya mojarolari haqida ham gaplar ko‘p. Lekin umumlashtirib aytmoqchimanki, mintaqamizda bunday ulkan loyiha hali bo‘lmagan. Markaziy Osiyoda ilm-fan markazining barpo etilishi mutlaqo yangi hodisa.
Universitet rahbariyati bilan suhbatda bildimki, Yangi O‘zbekiston Universitetidan ular bilan bog‘lanishgan va bir necha uchrashuvlar ham bo‘lgan ekan. Balki kelajakda, aynan shu darajada bo‘lmasa ham, bizda ham shunday yaxshi universitet paydo bo‘lar. Mamlakatga kuchli universitet o‘ta zarur.
Rostini aytsam, “yuqsin, yuqsin” deb qaytdim. Markaziy Osiyoda bunday dargohning mavjudligi o‘zbekistonliklar uchun ham katta imkoniyat. Balki talabalarimiz u yerga ko‘proq borib o‘qir, domlalarimiz borib fikr almashar. O‘zbekistonning kelajagi uchun shunday universitetlar bo‘lishi va ular bilan yaqin aloqa o‘rnatish juda muhim.
Obama Tramp Oq Uyini Saddam Husseyn yaratgan "Cheesecake Factory"ga qiyos qilgani, albatta afsonaviy nutq.
⁉️
Таълимда ҳақиқий ислоҳот бўлдими?
Фикр етакчиларида ҳар бир оилага тегишли мавзу — таълим ҳақида суҳбат.
Бу сафар меҳмонимиз 25 йилдан ортиқ вақтдан бери таълим соҳасида ишлаб келаётган педагог
Комил Жалилов
бўлдилар.
Комил ака
Колумбия университетида малака оширган, Лондондаги UCL университетида магистратурани тамомлаган ва миллий ўқув дастурини янгилашда иштирок этган.
Болаларимиз мактабда нимани ўрганяпти ва таълимимиз қаёққа кетяпти? Шу саволларга очиқ ва самимий жавоб излаб суҳбатлашдик.
Таълимимиздаги учта асосий муаммо
Ўқитувчилик касби нега обрўсини йўқотди?
PISA натижалари нимани кўрсатяпти?
Билимли бола ва мустақил фикрлайдиган бола
Интеллектуал элита ким?
Таълимда ҳаммага тенг имконият
🗓
Подкаст 18-октябрь, соат 10:00 да Ютубда!
📺
Подкастни албатта кўринг, ўз саҳифаларингизда ва яқинларга улашинг. Фикр-мулоҳазаларни эса изоҳларда кутиб қоламиз
🎥
Ютубда томоша қилинг!
@Hikmat_kundaligi
Qozog‘iston AI infratuzilmasiga milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda. Biz-chi?
Bugun, 23-oktabr kuni, NVIDIA asoschisi va CEOsi Jensen Huang Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Qozog‘iston Yekibastuz shahrida
Data Center Valley
— 1 gigavattgacha kengayishi rejalashtirilgan ulkan data-markazlar klasterini qurmoqda. Loyihaga milliardlab dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilgan.
Yana bir muhim voqea: 15-oktabr kuni Qozog‘iston va Ozarbayjon Kaspiy dengizi tubidan o‘tkazilgan 380 km uzunlikdagi optik tolali kabelni ishga tushirdi. Bu Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan yangi internet yo‘nalishi.
Nima uchun bu juda muhim?
Bugungi kunda Markaziy Osiyo internet infratuzilmasining katta qismi Rossiya orqali o’tadigan xalqaro yo‘nalishlarga bog‘liq. Bu esa Yevropa va Amerika kompaniyalarining mintaqamizda data-markazlar qurishi uchun geosiyosiy va texnik risklarni oshiradi.
Ikkinchi muammo —
latency
, ya’ni ma’lumot almashishdagi kechikish. Ayniqsa, real vaqt rejimida ishlaydigan AI xizmatlari uchun bu juda muhim. Shuning uchun xalqaro kompaniyalar ko‘pincha infratuzilmasi rivojlangan boshqa hududlarni tanlaydi.
Qozog‘iston bu ikki muammoni bir vaqtda hal qilishga harakat qilyapti: bir tomondan global internetga muqobil ulanish yo‘llarini yaratmoqda, ikkinchi tomondan arzonroq energiya va katta hisoblash quvvatlarini taklif qilmoqda.
Nima uchun compute shunchalik muhim?
Menimcha, yaqin kelajakda davlatlarning raqobatbardoshligi ularning sun’iy intellektni qanchalik tez va chuqur joriy qila olishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ilgari sanoat rivojlanishi uchun elektr energiyasi, yo‘llar va zavodlar kerak bo‘lgan bo‘lsa, AI davrida intellektual mehnatning asosiy resurslaridan biri — hisoblash quvvati.
AI modellarini yaratish, o‘qitish va ishlatish uchun katta miqdorda compute kerak. Bu quvvatga arzon, tez va ishonchli kirish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar texnologik jihatdan boshqalarga qaram bo‘lib qolishi mumkin.
O‘zbekiston qayerda?
Bizda ham harakatlar boshlandi. NVIDIA texnologiyalari asosidagi superkompyuter ishga tushirildi, yangi data-markazlar ochilmoqda. Lekin xalqaro miqyos bilan solishtirganda, hisoblash infratuzilmamizning ko‘lami hali kichik.
Bugun ko‘plab kompaniyalarimiz AI xizmatlarini xorijdagi, asosan Amerika kompaniyalari infratuzilmasi orqali ishlatmoqda. Buning uchun chet elga pul to‘laymiz va boshqa mamlakatlarning texnologik infratuzilmasiga bog‘lanib qolamiz.
Yana bir muhim masala:
ChatGPT yoki boshqa AI chatlardan foydalanish hali kompaniyada AI joriy qilinganini anglatmaydi.
Haqiqiy transformatsiya — AI biznes jarayonlari, davlat xizmatlari, ishlab chiqarish, tibbiyot va ta’limning ichiga kirib, real ishlarni bajarishni boshlaganida yuz beradi.
Buning uchun esa faqat dasturchilar emas, kuchli infratuzilma, compute, sifatli ma’lumotlar va katta investitsiyalar kerak.
Qozog‘iston kelajakda AI infratuzilmasini boshqa davlatlarga eksport qiladigan markazga aylanishga harakat qilyapti.
Biz esa faqat AI xizmatlarini iste’mol qiladigan mamlakat bo‘lib qolmasligimiz kerak.
AI davrida eng katta boyliklardan biri — intellektual mehnatni yaratish va masshtablash imkoniyati. Bu imkoniyatning poydevori esa compute.
Menimcha, O‘zbekiston uchun bu yo‘nalishga investitsiyalarni keskin oshirish, xalqaro internet yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va mahalliy AI infratuzilmasiga xususiy investorlarni jalb qilish strategik zaruratga aylanmoqda.
Chunki bugun AI infratuzilmasiga investitsiya qilayotgan davlatlar ertangi iqtisodiyot uchun poydevor yaratmoqda.
@paiziev24
Bir narsa doim meni hayratga solar edi. Toshkent aeroportidan ancha kichik terminallarga ega Olmota aeroporti Toshkent aeroportidan ancha ko’proq yo’lovchiga xizmat qilar edi.
Hozir esa Olmota aeroporti terminallari yangilanibdi. 2023 yilda juda bir xarob, kichik va tiqilinch edi, obod bo’lib qolibdi.
Men o’ylayotganim, balki bizga yangi aeroport kerak emasdir. Terminallarni yangilab, ikki uch barobar ko’proq passajirga xizmat qilish mumkin.
Financial Timesda Afrika haqida juda qiziq maqola chiqibdi. Unda qit'adagi shiddat bilan o'sayotgan urbanizatsiya haqida gap boradi.
Urbanizatsiya o'sishning muhim omili.
https://www.ft.com/content/5203e527-ebdd-45d2-9019-6c440b4c4e93?syn-25a6b1a6=1
@uzbekonomics
🇺🇿
Gʻelon qishlogʻi Oʻzbekistonning Hisor togʻlari tomon darvozalaridan biri hisoblanadi, lekin u bu safar uygʻonish, hayotga qayta nazar tashlash uchun koʻngil eshiklarini ochdi.
Birinchi marta Shahrisabz, Gʻelon tomonlarga borishim. Jami 16 soatdan koʻproq borish-kelish yoʻli. 2-3 soat uyqu. Butun umrga unutilmas qadamlar, togʻ-u toshlar, dov-daraxtlar va odamlar. Quyoshning ilk nurlarini, togʻlar orasidan shu’lalarini koʻrishning oʻziyoq shukronalikka eltadi.
Sayohat qiling. His eting. U faqat chet elga emas, oʻz yurtimizning ham olis, chorlov tashlovchi manzillariga boʻlsa-da, ongingizdagi “reset” tugmasini bosadi.
Hayot bir marta beriladi. Tabiatni asrang, nigohlaringizni chin goʻzalliklar uchun asrang.
→
Instagram'dagi postga qoʻllab-quvvatlov uchun
→
Fayl shaklidagi tasvirnomalar uchun
@mirzodanmaktub