
Iqtisodchi Kundaligi
Mirkomil Xolboyev statistika, ayniqsa demografik statistika haqida yozsa - doim ulashaman. Mirkomilni kanali juda sifatli mulohozaga to'la, obuna bo'lishni tavsiya qilaman.
Bugun uning kanalida tug'ilishlar oshgani haqida o'qib ancha skeptik qaragan edim, ya'ni bu darajada o'sish anomal ko'ringan edi. Keyin bir o'rganarman degandim o'zimga.
Hozir Mirkomil yozishicha, bu o'sish haqiqiy ko'payish emas, qayd etish artefakti ekan. Ya'ni tug'ilishlarda o'sish qayd etilmagan ekan. Albatta quvonarli yangilik emas. Tug'ilishlar bunday keskin va ketma-ket yillar davomida tushib ketayotgani albatta o'ta ajablanarli va xavotir olish uchun sabablardan. Yosh mamlakatda tug'ilishlar soni tushishi kamdan kam kuzatilgan edi.
O'zbekiston boyimasdan turib aholi soni tushishiga yo'liqqan mamlakat bo'lib qolish riski mavjud (deylik Eron kabi).
Aytish joizki, bu raqamlar nisbiy, lekin absolyut raqamlarda ham ancha optimizm kam.
https://t.me/Mirkonomika/3046
Gasthak podkastida shu haqida aytgan edim menimcha: "Har yilni oxiri yurakni hovuchlab o'tiraman, Covid paytida "vaqtincha" narxlarni tushirish uchun kamaytirilgan bojlar qaytib qolmasmikan" deb. Chunki bojlarni kamaytirish vaqtinchalik qonuniy ramkada edi. Shuni doimiy qilish kerak edi.
Katta ehtimol bilan bojlarni qaytarishmoqchi. Bu degani barcha oziq ovqatlarga narxlar qimmatlashadi. Yoki boshqacha aytaylik: har bir O'zbekistonlik kambag'allashadi. To'g'ri balki kimgadir bilinmas oziq ovqat narxlari qimmatlashuvi, chunki daromadi yuqori bo'lgan odamlarda oziq-ovqatga xarajatlari oylik xarajatdagi katta ulushni olmaydi. Lekin eng zaif aholi qatlamlari uchun bu albatta og'ir zarba bo'ladi.
https://t.me/the_bakiroo/13549
AQShdagi midterm - oraliq- saylovlari albatta muhim. Nafaqat AQSh uchun, afsuski.
Menimcha, Demokratlar ham Kongressni va ham Senatni yutish imkoniyatlari ancha baland bo'lib qoldi. Ikki oy oldin unday demagan bo'lar edim. Xullas meni tahminimcha, saylov natijasida, ham kongressda, ham senatda demokratlar ko'pchilikni tashkil qilishsa kerak.
Trampizm ustidan referendum deya olmaymanku, lekin shuni ishoralari bor. Aagar Ayova yoki Kanzasda ham demokratlar senat vakilligini yuta olishsa - elektoral ma'noda AQSh o'zgardi desak bo'ladi.
Aytmoqchi, Serbiya va Vengriyada ham saylovlar qiziq va balki yaxshi natijalar berdi desak bo'ladi.
“Microsoft” kompaniyasi 60 ming ishchisiga ko’ngilli ravishda ishdan bo’shash haqida
taklif
yubordi. Bu jami xodimlarining qariyb 30 foiziga teng.
Agar taklifni qabul qilsa, ishdan bo’shagan xodimlarga, vazifasi va stajidan kelib chiqqan holda, 10 oygacha bo’lgan maoshlari to’lab beriladi.
Rad etsachi? Hozircha buning oqibati qanday bo’lishi ma’lum emas.
@bmamadiev
Fransiya haqida qiziq statistika: Fransiyada 60 yoshdan oshgan odamlar 25 foizni tashkil qiladi.
Ular butun moliyaviy va no-moliyaviy boyliklarni 60% ga egalik qiladilar. Lekin eng qizig'i shuki, davlat tomonidan xarajat qililadigan ijtimoiy xarajatlarni 67 foizi aynan o'sha 60 dan oshgan odamlarga to'g'ri kelar ekan. Ya'ni o'sha 25 foiz aholiga. Aytish joizki, davlatni ijtimoiy xarajatlari Yalpi Ichki Maxsulotni 57 foiziga yetgan - hech qaysi mamlakatda bunday katta "ijtimoiy xarajatlar" ulushi yo'q.
Qandaydir ma'noda yoshlar qarilarga pul o'tkazmoqda, vaholanki aynan qariyalar aksar boylikka egalar. Yoshlar ijtimoiy va iqtisodiy xolatdan norozi ekanlari tushunarli, lekin menimcha bu narsa qayta ko'rib chiqilmaydi, axir aynan 60 dan oshganlar saylovda qatnashish ehtimollari o'ta baland. Yoshlar saylovda ovoz berishmagani uchun shunday xolga kelib qoldilar desak ham bo'lsa kerak.
Statistika to'laqonli ochilsa yaxshi bo'lar edi. O'zimiz ham hisoblab olar edik dispersiyani. Masalan menga juda qiziq nega mediana o'rtachadan shunchalik kamligi. Standard chekinishni hech bo'lmaganda ko'rsatsalar yaxshi bo'lar edi.
Миллий статистика қўмитаси илк бор ўртача иш ҳақи билан биргаликда медиана иш ҳақини ҳам эълон қилибди. Жуда яхши қадам.
Ўртача иш ҳақи барчанинг маошини қўшиб, умумий сонга бўлса, медиана иш ҳақи барчани маоши бўйича тартиблаб, ўртадаги одамнинг маошини кўрсатади.
https://www.gazeta.uz/uz/2026/10/27/mediana-ish-haqi/
Qozog‘istondan ayrim qaydlarim:
Barcha tijoriy banklar xususiy. Mamlakatda birorta davlat banki yo‘q. Davlat nimanidir moliyalashtirmoqchi bo‘lsa - byudjet orqali qiladi.
Banklarni aktivlari O‘zbekiston bank aktivlaridan ikki karra ko‘p. Birgina Qozoq Xalq Banki bizni butun bank tizimimizdek aktivlarga ega.
Banklarni portfeli sifati yuqori va nisbatan ancha shaffof. Davlat yo‘naltirgan yo‘nalishlar bo‘lmagani - pullarni to‘g‘ri taqsimlanishiga olib kelmoqda.
Davlat aktivlari boshqaruvi ancha "arms length" darajada yaʼni korporativ boshqaruv sifati yuqori, davlat to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zi egalik qilgan korxonalar qaroriga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashmaydi.
Katta shaharlarda, hatto kichik do‘konlarda ham, qahvaxonalarda ham, odamlar bank kartalari bilan emas, kaftini skan qilib to‘laydi ekan. Biometrik to‘lovlar o‘ta ommalashgan.
Kaspi infratuzilmasi hayotni barcha jabhalariga kirib kelgan. Mamlakatda bir nechta raqobat qiluvchi superapplar mavjud. Shu masalada balki mutlaq yetakchi mamlakat.
Markaziy Bank - bank sohasida regulyatorlik bilan shug‘ullanmaydi. Markaziy Bank o‘z konstitutsiyaviy masalasi - pul kredit siyosati bilan shug‘ullanadi xolos. Alohida regulyator yaratilgani juda yaxshi qaror bo‘lgan. O‘ylaymanki biz ham shunday qilishimiz kerak. MB ham regulyator, ham pul kredit siyosatini o‘tkazish uchun yaxshi tuzilma emas.
Astana Moliya Markazi - unchalik bir kuchli institutsiyaga aylanmadi, aylanish ehtimoli ham yuqori emas. Balki yana qanchadir yil faoliyat olib borar, lekin kelajagi mavhumroq.
Pensiya islohoti oxirgacha qilingan, odamlar pensiyani haqiqatdan yig‘ib borishadi. Pension pullarni boshqarish katta moliyaviy instrument. Uzun pullarni berish manbasi.
Markaziy Bank xodimlari o‘ta yuqori saviyali. Moliya Vazirligida yoki hukumatdan farqli o‘laroq ancha raqobatli muhit yarata olishgan. Oylik daromadlarda ham farq katta. Yaʼni inson kapitali maʼnosida MBga pozitiv seleksiya bor. Shuning uchun, hatto ayrim qiyin va kompleks bo‘lgan, balki hatto kvazifiskal masalalarda aynan MB peshqadamlik qiladi.
Markaziy Bank to‘liq mustaqil. Turkiya MBsidek zaif emas. Oxirgi yillarda barcha OAVlarda, jamoatchilik orasida, siyosatchilar tomonidan ko‘p bosim o‘tkazildi. Asosiy sabab - stavkani tushurishga undash. Bu bosimga chidab berib, hatto hukumat bosimiga chidab bardosh bera oldi. Bu narsa taajublanarli, lekin yaxshi yangilik bo‘ldi Qandaydir maʼnoda investorlar buni ko‘rishdi desak ham bo‘ladi, chunki ishonch ortdi, pul keldi.
Moliya sohasi va texnologiyalar sohasi deyarli bitta bozor. Yaʼni kimdir HIggsfiyeldda ishlab bank sohasiga boradi. Kimdir esa teskari.
Umumiy inson kapitali sifati o‘ta, o‘ta yuqori. Hayron qolalarli darajada ayrim sohalarda iqtidorlar konstentratsiyasi mavjud.
Korrupsiyani ko‘pchilik o‘ta ko‘p deb o‘ylaydi. Yaʼni mamlakatni ko‘pchilik o‘ta korrupsiyalashgan deb o‘ylashadi.
Mamlakatda qurilish ko‘p, lekin yetarli emas. Aytish joizki, uy qurishda bizdan kishi boshiga ikki barobar ko‘p metr kvadrat qurishadi. Vaholanki urbanizatsiya darajasi ancha yuqori. Sababi: moliyaviy va ruxsat olish atrofida bo‘lsa kerak.
Qahva ko'proq ichiladi shekilli.