Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
🌊 Biz bilan ilm dengizini kashf eting! 📖 ☕️ Adabiyot ila tafakkurga undovchi barcha narsalar haqida gaplashamiz Bizga qo‘shilish uchun: @Irmoqlar_bosh_koordinatori ☕️ English bookclub: @Irmoqlar_BookClub 🌞 Bolalar uchun: https://t.me/Irmoqchalar
Subscribers
2 160
24 hours
-14
30 days
500
Unusual 24 hours drop
Post views
278
ER
12,87%
Posts (30d)
74
Characters in post
624
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 09:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 11, 08:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

📚
“Irmoqlar” nima?
Bu mutolaaga qiziquvchi barcha ishtiyoqmandlarni bir joyga to‘plab, kitobxonlar jamiyatini tashkil qilish uchun yaratilgan loyiha. Bizning maqsadimiz kitob o‘qish va uni tahlil qilish asosida yosh-u qari, erkag-u ayol o‘rtasida ilmga bo‘lgan rag‘batni oshirish.
🔎
Loyihada nima ishlar qilinadi?
“Irmoqlar” kitobxonlar klubi hozirda asosan onlayn va ba’zan offlayn ravishda faoliyat yuritadi. Unda biz birgalikda turli kitoblar mutolaa qilamiz, asarlar haqida bayon yozamiz, kunlik test savollari va kitob yakunida bilimlarni sinash uchun katta tanlov o‘tkaziladi. Bundan tashqari har bir kitob mutolaasi tugagach, kanalda jonli suhbat uyushtiriladi va unda ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini o‘zaro almashishadi. Tanlov g‘oliblari va suhbatlarda faol ishtirok etganlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
⁉️
“Irmoqlar” klubining boshqa loyihalardan qanday farqi bor?
Bizning loyihamiz faqatgina mutolaa bilan cheklanib qolmay, balki dunyoqarashni kengaytirish, teran fikrlay olish qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Shuning uchun biz har safar turli janr va mavzuga oid kitoblarni o‘qiymiz. Ular ichida ilmiy, diniy-ma’rifiy, o‘zbek badiiy adabiyoti, jahon badiiy adabiyoti, nazm, biografiya, siyosiy-ijtimoiy va psixologik janrlardagi asarlar bo‘ladi. Albatta, barcha kitoblar qadriyatlarimizga mos ravishda tanlanadi.
💡
Loyihaning kelib chiqishi
Bu loyiha ustoz Odinaxon Muhammad Sodiq tomonidan asos solingan “Peshqadam Karvoni” loyihasiga qarashli bo‘lib, bir necha kitobxonlik tadbirlarini uyushtirgan a’zolar tarafidan tashkil etilmoqda.
@irmoqlar_loyihasi

September 11, 06:17

Channel photo updated

September 11, 06:04
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Ha!
🎉
Bugun Irmoqlar 3 yoshga to‘ldi!
🗓️
Biz sizlar bilan ilm ummonini maqsad qilib, bir irmoqqa birlashgan kunimizga 3 yil to‘libti.
📖
Har bir irmoq oxir-oqibat ummonga eltadi. Bizning safarimiz ham davom etadi!
Shu vaqtgacha biz bilan birga bo‘lgan, qo‘llab-quvvatlagan va ilm yo‘lida hamroh bo‘lgan har biringizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
↖️
Ilmga bo‘lgan muhabbatingiz, intiluvchanligingiz aslo so‘nmasin.
💗
Hurmat bilan Irmoqlar jamoasi!

September 11, 04:05

Bilaman deganlar izohlarga yozsinchi...

September 11, 04:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 10, 10:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

#muallif_haqida
Irmoqlar bilan 30 kitob marafoni
mutolaasida
"Lolazor" kitobi o‘qilayapti
. Bugun sizlarga shu roman muallifi haqida ma’lumot beramiz.
Murod Muhammad Do‘st
— zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. U 1948-yilda Samarqand yaqinidagi
Jom
qishlog‘ida tug‘ilgan.
Talabalik yillari hozirgi
O‘zbekiston Milliy universiteti va Moskvadagi Adabiyot instituti
da o‘tgan. Bu davr uning ijodiy qarashlari shakllanishida muhim o‘rin tutgan.
Yozuvchi adabiyotga 1970-yillarda kirib keldi. Uning ilk kitobi —
"Qaydasan, quvonch sadosi?"
o‘quvchilar e’tiborini tortdi. Oradan ko‘p o‘tmay
"Mustafo"
,
"Iste’fo"
,
"Dasht-u dalalar"
,
"Chollardan biri"
va
"Bir toychoqning xuni"
kabi asarlari ham kitobxonlar qo‘liga yetib bordi.
Murod Muhammad Do‘st ijodida
"Lolazor"
romani alohida o‘rin egallaydi. Asarda eski tuzumning yemirilishi hamda yangi zamon nafasi ta’sirchan tasvirlangan.
"Galatepaga qaytish"
qissasi esa o‘ziga xos qahramonlari va teran badiiy talqini bilan adabiyot ixlosmandlari e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
Adabiyotshunos Rahmon Qo‘chqor "Lolazor"ni o‘zbek romanchiligining muhim yutuqlaridan biri, deb baholagan. Yozuvchi aynan shu asari uchun 1999-yilda Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

September 10, 04:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

#kutubxonalar_goyalari
Dunyoda nafaqat binolarda, balki mashinalar, tuyalar (Bolgariya va Keniyada ko‘chma kutubxonalar) va hatto suv bo‘ylarida ham kichik ochiq osmon ostidagi kutubxonalar faoliyat yuritadi.
Dunyoda kitobxonlikni targ‘ib qilish va chekka hududlarga maʼrifat yetkazish uchun odatiy binolardan tashqariga chiqqan juda ko‘p g‘ayrioddiy kutubxonalar mavjud. Dunyoning eng noodatiy joylashuvdagi kutubxonalaridan biri:
Keniya
Tuyalardagi ko‘chma kutubxonalar
(
Camel Mobile Library)
Keniyaning cho‘l va chekka hududlarida yashovchi ko‘chmanchi qabilalar uchun kutubxona xizmati tuyalar yordamida tashkil etilgan. Haftada bir marta tuyalar karvoni qishloqlarga kitoblar to‘ldirilgan qutilarni yetkazib beradi.
Har qanday sharoitda bo‘lmasin inson doimo ilmga intilib yashaydi.

September 09, 12:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Maʼnosini ulg‘ayibgina anglaydigan, bolalar adabiyotidagi mashhur iqtiboslar:
- Sen tanangda emas, amallaringda yashaysan.
Antuan de Sent-Ekzyuperi
"Kichkina shahzoda
"
Bizdan uzoqlashayotgandek tuyulgan omad, eng so‘nggi lahzada ham kelishi mumkin.
Jyul Vern
"Dunyo bo‘ylab sakson kun"
​Nega har doim shunday bo'ladi: biror be'mantiq bo'lmag'ur narsani o'ylab topsang — hamma senga ishonadi, lekin eng toza haqiqatni aytib ko'r-chi — darrov adabingni berishadi, vassalom!
​Nikolay Nosov
"Bilmasvoy Oyda"
Davomi bor...
Siz yana qaysi iqtibosni keltirgan bo‘lar edingiz? Izohlarda qoldiring.

September 09, 05:45
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

#kutubxonalar_goyalari
Kitob hidi
🤩
Qadimgi kitoblar chiqaradigan yoqimli hid lignin va sellyuzuraning vaqt o'tishi bilan parchalanishi natijasida hosil bo'ladi.
🧴
Hozirda bu hidni atir sifatida ishlab chiqaruvchi maxsus kompaniyalar ham bor.

. "
1+ wish list
" deydigan dizayn ekan-a?