Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar
🌊 Biz bilan ilm dengizini kashf eting! 📖 ☕️ Adabiyot ila tafakkurga undovchi barcha narsalar haqida gaplashamiz Bizga qo‘shilish uchun: @Irmoqlar_bosh_koordinatori ☕️ English bookclub: @Irmoqlar_BookClub 🌞 Bolalar uchun: https://t.me/Irmoqchalar
Подписчики
1 966
24 часа
-24
30 дней
-95
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
230
ER
11,7%
Посты (30д)
70
Символов в посте
683
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 26, 04:03
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Xayrli tong, aziz kitobxonlar!
«Ertaga hali birorta ham xatoga yo‘l qo‘yilmagan yangi kun boshlanishini o‘ylash naqadar yoqimli!»
—
Lyusi Mod Montgomeri, “
Enn Shirl”
Har tong — hayot bizga taqdim etadigan yangi imkoniyat.
Kechaning tashvishlari kechada qolsin. Bugunning esa o‘z quvonchlari, kashfiyotlari va o‘qilishini kutayotgan sahifalari bor.
Bir piyola choy, bir necha sahifa kitob va yaxshi niyat...
Yangi kuningiz xayrli, qalbingiz xotirjam, mutolaangiz barakali bo‘lsin!
Bugun qaysi kitob sizga hamroh bo‘ladi?
Kitobxonlarimiz safiga qo‘shilishni istasangiz,
@Irmoqlar_bosh_koordinatori
profiliga murojaat qiling!
Irmoqlar — Biz bilan ilm dengizini kashf eting! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🌱
Telegram
🟢
Instagram

October 25, 13:21
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#rasmli_jumboq
🌱
Tasvirga qarab kitob nomini toping.
🌱
Hafta davomida eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan kitobxonga sovg‘amiz bor.
Kitobxonlarimiz safiga qo‘shilishni istasangiz,
@Irmoqlar_bosh_koordinatori
profiliga murojaat qiling!
🌊
Irmoqlar — Biz bilan ilm dengizini kashf eting!
🔗
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🌱
Telegram
🟢
Instagram

October 25, 11:19

Ovozlarga qaraganda bugundan boshlaymiz ekan.

October 25, 06:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 25, 04:00
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🤩
Navbatdagi mutolaamiz — “Sab’ai sayyor”!
🌱
1484-
yilda yaratilgan,
38
bob va
5009
baytdan iborat bu asar buyuk “Xamsa”ning to‘rtinchi dostonidir.
❔
Asar nimasi bilan qiziq?
❕
Tasavvur qiling: yetti iqlimga hukmronlik qilayotgan qudratli shoh
Bahrom
birgina surat orqali
Dilorom
ismli go‘zalga oshiq bo‘lib qoladi.
Ammo muhabbat, g‘urur va hukmdorlik mas’uliyati o‘rtasidagi ziddiyat uning hayotini butunlay o‘zgartiradi.
❤️
Shohning iztiroblariga taskin izlab, yetti xil rangdagi yetti qasr bunyod etiladi. Bahrom esa ularning har birida bir musofirning hikoyasini tinglaydi.
Bu hikoyalarda
saxovat va xiyonat, muhabbat va sadoqat, adolat va insoniylik
kabi mavzular o‘zaro uyg‘unlashadi.
Bilasizmi?
📚
“Sab’ai sayyor”
ning eng qiziqarli jihatlaridan biri — uning
hikoya ichida hikoya
usulida yaratilganidir. Yetti musofir hikoyasi mustaqil voqealarga ega bo‘lsa-da, barchasi Bahrom taqdiri bilan bog‘lanib, yaxlit asarni tashkil qiladi.
Navoiy bu dostonda bizni bir savol ustida o‘ylashga undaydi:
inson o‘z nafsini boshqara olmasa, qo‘lidagi cheksiz hokimiyat unga baxt keltira oladimi?
☕
Qadrli kitobxonlar, biz
“Xamsa”
ning besh dostonidan to‘rtinchisiga yetib keldik. Bu shunchaki navbatdagi kitob emas, buyuk mutafakkirning tafakkur olamiga yana bir qadamdir.
❔
Sizningcha, insonni ko‘proq nima halokatga yetaklaydi: muhabbatmi, g‘ururmi yoki o‘z istaklarini boshqara olmaslikmi?
Keling, javobni “Sab’ai sayyor” sahifalaridan birgalikda izlaymiz!
Irmoqlar bilan mutolaa davom etadi!

October 24, 06:19
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Jamiyat uyg‘onmoqda!
Kitobxonlik targ‘iboti ko‘chalarimizga ham kirib kelayotgani quvonarli!
Bunday ezgu tashabbuslar ko‘paysin, kitobxonlar safi kengaysin!
🤩
Kitobxon jamiyatni kimdir kelib qurmaydi. Uni siz-u biz barpo etamiz!

October 23, 14:19
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Kichik irmoqlardan katta marralar sari!
🌟
“Peshqadam” jamiyatining “Kutubxonalar tashkil etish va kitobxonlikni rivojlantirish” yo‘nalishida “Irmoqlar” kitobsevarlar jamiyati o‘z faoliyatini olib boradi.
✨
Bundan roppa-rosa bir yil avval esa ushbu jamiyat qoshida “Irmoqchalar” tashkil etilgan edi.
📖
“Irmoqchalar” — 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni kitob va mutolaa atrofida birlashtiruvchi, ularda kitobga muhabbat uyg‘otishni maqsad qilgan jamiyat.
❗️
To‘g‘risi, jamiyatga ilk qadam qo‘yilganida biroz xavotir, bir qancha savollar ham yo‘q emasdi.
“Bolajonlar mutolaaga qanchalik qiziqish bildirisharkin? Ular ham “Irmoqlar”dek muntazam kitob o‘qiy olarmikan? Eng muhimi, bu vaqtinchalik bo‘lib qolmasdan, doimiy odatga aylana olarmikan?”
🫂
Axir, bolalarni kitob atrofida birlashtirishning o‘zi bir masala bo‘lsa, ularning mutolaaga bo‘lgan mehrini saqlab qolish, kitobxonlikni hayotining bir qismiga aylantirish yana bir mas’uliyat edi.
Ammo vaqt ko‘rsatdiki, bu xavotirlar o‘rinsiz ekan!
🫀
“Irmoqchalar” nafaqat o‘zini oqladi, balki kutganimizdan-da yaxshiroq natijalarni ko‘rsatdi. Kichik kitobxonlarimizning mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqi, intilishi va faolligi bizni quvontirishda davom etmoqda.
🎉
Kuni kecha ana shu “Irmoqchalar” jamiyatining bir yilligini birgalikda nishonladik!
📸
Ushbu tadbirdan sizlar uchun kichik bir lavha tayyorladik.
🌐
Telegram
3️⃣
Instagram
🌐
YouTube
4️⃣
Facebook

October 23, 08:38
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#kun_savoli
📚
Siz qanchalik boysiz?
Bugun sizga odatdagidan biroz boshqacharoq savolimiz bor.
Bu savolning javobini hamyoningizdan emas, kitob javoningizdan izlang!
Keling, kichik bir hisob-kitob qilamiz.
📚
Javoningizdagi kitoblarning bugungi kundagi do‘kon narxlarini aniqlang va ularning umumiy qiymatini hisoblang.
Natijani esa izohlarda biz bilan bo‘lishing!
Ishoning, o‘zingiz ham qanchalik katta boylik egasi ekaningizni bilib, yoqa ushlashingiz mumkin!
Qani, Irmoqlar kitobxonlari orasida eng katta kutubxona sohibi kim ekan?
P.S. Bugun boyligimizni so‘mda hisoblaymiz. Aslida esa kitoblardan olgan bilimimizning bahosi yo‘q!

October 23, 07:25
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

#asardan_iqtiboslar
Bir ishq qissasi zamiriga butun bir ma’naviy olamni sig‘dirish mumkinmi?
Alisher Navoiy “
Layli va Majnun
”
dostoni orqali buning yorqin namunasini yaratgan.
😀
Bu asar shunchaki ikki oshiqning muhabbat qissasi emas. Uning zamirida ilohiy ishq, nafsdan poklanish, ruhiy kamolot va Haqiqatga intilish kabi teran falsafiy va irfoniy masalalar mujassam.
❕
Navoiy bizni voqealarni o‘qish bilangina cheklanmay, ularning ortidagi mohiyatni anglashga chorlaydi.
📖
Bugun sizlar bilan dostondan saralangan hikmatli baytlarni bo‘lishamiz.
Har bir baytni o‘qir ekansiz, uning zamiridagi ma’noni ham kashf etishga urinib ko‘ring.
❔
Sizga qaysi bayt ko‘proq ta’sir qildi?

October 21, 14:42
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Bugun “KitobQand” kutubxonasi o‘zgacha fayzga to‘ldi.
🎉
Bu yerda kitobxonlar 3 yildan buyon ularning totli mutolaa maskaniga aylangan “KitobQand” kutubxonasining 3 yilligini nishonlashdi.
✨
Shuningdek, kitobsevarlar ilm dengizi sari yetaklovchi “Irmoqlar”ning 3 yilligini bayram qilishdi.
📖
Bolajonlarni mutolaaga ilhomlantiruvchi “Irmoqchalar” 1 yilligi bilan qutlandi.
💚
Va albatta, “har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti” — o‘zbek tili bayrami munosabati bilan go‘zal savol-javoblar tashkil etildi.
Tadbirning to‘liq videosini kuting!
🌐
Telegram
3️⃣
Instagram
🌐
YouTube
4️⃣
Facebook