
©Husniddin Isakov
Instagramga yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarni tanishtirishga bag’ilshlab, yangicha yo’nalishda kontent joyladik.
Videoni ko’proq odamlarga yetkazish uchun kontentimizni layk va izohlar bilan qo’llab-quvvatlang:
👉
https://www.instagram.com/reel/Dee466mieNN/?obrf=MWVzMHU4eDhseXFiMg==
🇺🇿
O‘zbekiston — robototexnika bo‘yicha jahon chempioni!
Janubiy Koreyaning
Incheon
shahrida
200 ga yaqin davlat
vakillari ishtirokida o‘tayotgan
FIRST Global Challenge 2026
xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi!
Terma jamoamiz
3 ta oltin medalni
qo‘lga kiritib,
mutlaq chempionlikka
erishdi.
🚀
Yosh muhandislarimiz
16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib
,
637 ball
bilan musobaqa rekordini qayd etdi.
Ushbu natija O‘zbekiston yoshlarining
muhandislik
va
robototexnika
sohasidagi salohiyati xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining yana bir yorqin namunasidir.
Yosh muhandislarimizni ushbu tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz!
@isakovxusniddin
⚡️
“Ko‘mak”
dasturi
olis hududlarda yangi imkoniyatlar yaratmoqda
Batafsil videoda
@isakovxusniddin
🏳️🌈
O‘zbekistonlik talabalar uchun “Google Gemini AI Plus” obunasi 1 yil davomida BEPUL!
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida
Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi
SheerID
🇺🇿
O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.
Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib
,
60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus”
xizmatidan
mutlaqo bepul
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Paket ichiga nimalar kiradi:
• Gemini ilovasi va “Flash Thinking” modelining kengaytirilgan imkoniyatlari;
• 400 GB bulutli xotira (Google Disk, Foto, Gmail);
• Gemini Notebook, Gmail integratsiyasi hamda Google Flow AI-studiyasi.
Aziz talabalar, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishdan to‘xtamang:
•
aileaders.uz
— xalqaro sun'iy intellekt kurslarini bepul o‘rganing;
•
startupbase.uz
— SI yordamida o‘z startap loyihangizni yo‘lga qo‘ying.
@isakovxusniddin
Aziz ustoz va murabbiylar!
💐
Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Mashaqqatli va sharafli mehnatingiz, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan hissangiz uchun minnatdorchilik bildiraman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
@isakovxusniddin
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha muhim qadam
📌
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga chek qo‘yish va ularning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga
kiritildi
.
“
Adolat” SDP fraksiyasi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan mazkur hujjatda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Hujjat uchun Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish qo‘mitasi mas’ul etib belgilandi.
Qonun loyihasi 29-sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi.
@isakovxusniddin
🏆
Qahramonlarimiz poytaxtda: Ikki karra Olimpiada chempionlari tantanali kutib olindi!
Samarqandda bo‘lib o‘tgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolarini poytaxtimizdagi "Shimoliy" vokzalda katta tantana bilan kutib oldik!
Tungi vaqt bo'lishiga qaramay, qahramonlarimizni qutlash uchun yuzlab yoshlar, shaxmat muxlislari, ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatchilik jam bo'ldi.
Yigitlarimiz qo‘lidagi chempionlik kubogi hamda baland hilpirayotgan bayrog‘imiz barchaga o'zgacha bayramona kayfiyat va cheksiz g'urur bag'ishladi!
Tarixiy g'alaba yana bir bor muborak bo'lsin! Biz sizlar bilan faxrlanamiz!
🇺🇿
#ChessOlympiad2026
#KutibOlish
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt