
©Husniddin Isakov
Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmalari instagram sahifalarining avgust oyi yoritilish reytingini
e'lon qilaman
Oxirgi vaqtlarda hududiy boshqarmalarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi, xususan, Instagram sahifalaridagi faoliyati mutlaqo yangi bosqichga ko'tarilib borayotganiga barchamiz guvoh bo'lyapmiz. Avgust oyi sarhisoblariga ko'ra, hududiy sahifalarimizdagi videolarning jami
16 milliondan ortiq ko'rishlar sonini
qayd etdi.
Bu umumiy yutuqda har bir hududiy jamoaning o'z mehnati bor. Reytingga e'tibor qaratsak,
Namangan viloyati jamoasi 4,6 milliondan ortiq
ko'rsatkich bilan yaqqol yetakchilik qildi.
Sirdaryo
hamda
Navoiy
viloyatlari media jamoalari ham yuqori natijalar bilan kuchli uchlikdan munosib joy olishdi.
Bu raqamlar ortida mutaxassislarimizning tinimsiz izlanishi, kreativ yondashuvi va yoshlarimiz hayotini yoritishdagi fidoyiligi turibdi. Yetakchi hududlarimizga ushbu ajoyib natija va mehnatlari uchun rahmat aytaman.
Qolgan barcha hududlarimizning natijalari bilan rasmda tanishishingiz mumkin. Hozircha quyi pog'onalarda turgan jamoalarimiz tushkunlikka tushmasdan, kelgusi oyda albatta o'z ustida ishlab, sifatli va kreativ kontentlar bilan yuqori ko'rsatkichlarga erishishiga ishonaman.
Asosiysi, xalqimiz va yoshlarimizga ishimizni chiroyli ko'rsatib berishda shijoatni tushirmaymiz. Barchangizga yangi oyda yangi marralar tilayman!
Hurmat bilan,
Husniddin Isakov
Yoshlar ishlari agentligi Axborot xizmati rahbari
Jahon shaxmatining eng yirik olimpiadasi Samarqandda
Joriy yilning
15-sentyabr
kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.
1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.
Bu yilgi olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanadi.
To'liq video:
https://youtu.be/8m3TQKrR7eg?si=1FQk-cxW6vtd9pCM
#ChessOlympiad2026
#Uzbekistan
@isakovxusniddin
Samarqanddagi XII global konferensiya o‘z yakuniga yetdi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini yakunladi. Yopilish marosimida anjumanning yakuniy deklaratsiyasi o‘qib eshittirildi.
Hujjatda inson huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy bandlikni taʼminlash, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, shuningdek, raqamli xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
To‘liq nutq — videoda.
#12IPU
#Samarqand
@isakovxusniddin
⚡️
Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoqning Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.
#12IPU
#Samarqand
@isakovxusniddin
Mustaqillik bayramimiz munosabati bilan biz generatsiya qilgan Yangi O‘zbekiston monumenti rasmidan foydalanishingiz uchun sizlarga ham ulashmoqchiman.
✨
🇺🇿
Sifatli varianti izohda
👇
🇺🇿
To‘xtatib bo‘lmaydigan kuch — Yangi O‘zbekiston avlodi!
Biz bu kunlarga shunchaki kelib qolmadik — bu kunni kimdir kutdi, kimdir orzu qildi, kimdir esa shu orzusi uchun kurashdi. Bugun esa o‘sha orzuning davomchilari aynan bizmiz!
Mustaqillik bizga berilgan shunchaki tarix emas, bu biz davom ettiradigan buyuk kelajakdir. Ilm-fan, IT, sport, tibbiyot, startaplar, xalqaro minbarlar va har bir mahallada o‘zining shijoati bilan qadam tashlayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlari — bu yurtning haqiqiy quvvati va intellektual qiyofasidir.
#Mustaqillik35
@isakovxusniddin
Aziz yurtdoshlar!
🇺🇿
Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin!
Mustaqillik — bu shunchaki sana emas, bu o‘zligimizni anglash, orzularimizga erishish va kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan yaratish baxtidir.
Bugun har birimizning intilishimiz, ilmimiz va erishayotgan natijalarimiz Yurtimiz qudratining ajralmas qismiga aylanmoqda.
Tinchligimiz bardavom, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
✨
@isakovxusniddin
Suno.Ai yordamida tayyorladim
@isakovxusniddin