Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Jahongir Olimov | Rasmiy

jahongirolimov_rasmiy
Jurnalist va teleboshlovchi Jahongir Olimovning telegram kanaliga xush kelibsiz! Reklama va hamkorlik uchun: @manageradmin_jo Instagram: https://www.instagram.com/jahongirolimov_official/profilecard/?igsh=b2FsdjhxdGNmd3Q2
Subscribers
43 032
24 hours
-102
30 days
-1 589
Post views
5 626
ER
13,07%
Posts (30d)
231
Characters in post
1 192
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 09:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishining borishi hamda Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini Olmazor tumani misolida o‘rganish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini ham
o‘tkazadi
.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈

September 11, 07:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston harbiylari Koreyadagi xalqaro merganlar musobaqasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi
Mudofaa vazirligi merganlar terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan III Xalqaro merganlar musobaqasida 1-o‘rinni
egalladi
. Sakkizta davlatdan jamoalar qatnashgan musobqada Vetnam ikkinchi va Turkiya uchinchi bo‘ldi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈

September 10, 17:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalardan asosiy
ma’lumotlar
:

2026–2027-yillarda chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha
6 ta investitsiya loyihasi
amalga oshiriladi. Ularning umumiy qiymati
933 million dollar
bo‘lib, loyihalar Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida amalga oshiriladi;

1-sentabr holatiga loyihalar doirasida
286,8 million dollar investitsiya
o‘zlashtirildi, mahalliy mahsulot va xizmatlar xaridi
76,6 million dollarni
tashkil etdi. Qurilish ishlariga
2 ming nafar mahalliy ishchi
jalb qilindi;

Zavodlar to‘liq ishga tushgach, yiliga
3,6 million tonna qattiq maishiy chiqindi
qayta ishlanib,
1,6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi
ishlab chiqariladi. Bu poligonlarga tushadigan yuklamani kamaytirish va “nol chiqindi” tamoyiliga bosqichma-bosqich o‘tish imkonini beradi;

Shuningdek, Singapur, Janubiy Koreya va Xitoy kompaniyalari bilan
yana 5 ta loyiha
amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Qiymati
625 million dollar
bo‘lgan ushbu loyihalar Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Xorazmda amalga oshiriladi;

Qo‘shimcha loyihalar natijasida yiliga
1,9 million tonna chiqindi
qayta ishlanib,
635 million kilovatt-soat elektr energiyasi
ishlab chiqariladi. 500 ta ish o‘rni yaratiladi,
158 million kub metr tabiiy gaz
tejaladi va issiqxona gazlari chiqindisi
316 ming tonnaga
kamayadi;

Chiqindi yoqish zavodlari uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida “Green University”, Samarqand davlat universiteti va Qarshi davlat universiteti bilan hamkorlikda
1 ming nafar mutaxassisdan iborat kadrlar zaxirasi
shakllantiriladi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈

September 10, 17:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan madaniy merosni asrab-avaylash va xalqaro madaniy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflardan asosiy
ma’lumotlar
:

Madaniy merosning yagona raqamli platformasi, obyektlarning raqamli egizaklari va Heritage Open Data tizimini yaratish taklif qilinmoqda.
2030-yilgacha barcha madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish
rejalashtirilgan;

Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz va Toshkentning tarixiy merosini jadal qurilish sharoitida himoya qilish uchun
Heritage Impact Assessment
tizimini joriy etish taklif etilmoqda;

Turistik yuklamani boshqarish uchun Visitor Management tizimi joriy etiladi. Turistlar oqimi prognoz qilinib, zaruratga qarab ayrim obyektlarga tashrif limitlari belgilanadi;

Buxoroda
ixtisoslashtirilgan restavratsiya oliy maktabi
ochish, Arxeologiya institutining hududiy filiallarini rivojlantirish va restavratorlarni litsenziyalash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda;

Toshkent mozaika maktabini saqlash va monumental san’atni rivojlantirish uchun
ixtisoslashtirilgan mozaika markazi
tashkil etish taklif qilinmoqda. Ichan-qal’a hududida esa an’anaviy savdo ruhini saqlagan
“Olloqulixon karvonsaroyi” savdo markazi
tashkil etish loyihasi ko‘rib chiqildi;

Samarqanddagi
Bibixonim majmuasini konservatsiya va restavratsiya qilish
bo‘yicha “Aga Khan Trust for Culture” bilan hamkorlikdagi loyiha davom ettiriladi. Unda xalqaro standartlarni joriy etish va mahalliy mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan;

Xorijga olib chiqib ketilgan tarixiy yodgorliklar, arxeologik ashyolar, nodir qo‘lyozmalar va san’at asarlarini izlash hamda O‘zbekistonga qaytarish uchun Prezident huzurida
madaniy boyliklarni repatriatsiya qilish bo‘yicha komissiya
tuziladi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈

September 10, 16:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha takliflardan asosiy
ma’lumotlar
:

So‘nggi yillarda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish hajmi
2018-yildagi 4,7 trillion so‘mdan 43,1 trillion so‘mga
, eksport esa
1 milliard dollardan ortiq
ko‘rsatkichga yetdi. Bugun O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari
65 ta davlatga
eksport qilinmoqda;

Joriy yil yakunigacha
51 trillion so‘mlik
mahsulot ishlab chiqarish, eksportni
1,6 milliard dollarga
yetkazish va
420 million dollarlik 67 ta loyihani
ishga tushirish vazifasi belgilandi;

2030-yilgacha
elektrotexnika va unga yondosh sanoatda ishlab chiqarish hajmini
11 milliard dollarga
, eksportni
5 milliard dollarga
yetkazish va
3 milliard dollar investitsiya
jalb qilish rejalashtirilmoqda;

Tarmoq korxonalariga mis xomashyosini xarid qilishda
50 million dollar
resurs yo‘naltiriladi. Bunda to‘lovning 25 foizini korxona, 75 foizini “O‘zsanoateksport” amalga oshiradi, mablag‘lar 90 kun ichida yillik 6 foizgacha stavkada qaytariladi;

Kamida
50 million dollar
sarmoya kiritadigan yirik xalqaro brendlarga soliq imtiyozlari beriladi. Elektrotexnika korxonalari uchun soliq va bojxona imtiyozlarini
2030-yilgacha
uzaytirish nazarda tutilmoqda;

Elektrotexnika sanoatida yangi mahsulotlarni raqamli modellashtirish, sinovdan o‘tkazish, prototiplar tayyorlash va injiniring xizmatlarini ko‘rsatish uchun
To‘rtinchi sanoat inqilobi ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazi
tashkil etish taklif qilindi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈

September 10, 09:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Senat o‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritishga oid qonunni ma’qulladi

Yangilangan alifbo
28 ta harf va bitta tutuq belgisidan
iborat bo‘ladi. Ch, Sh, O‘ va G‘ harflarini yozishdagi texnik noqulayliklar bartaraf etilib, Ng harflar birikmasi alifbo tarkibidan
chiqariladi
;

Qonun
2027-yildan kuchga kirsa
, 1-sinf darsliklari yangi alifboda chop etila boshlaydi.
2031-yilgacha
barcha darsliklar yangi alifboga o‘tkaziladi. Imtihonlar ham yangi alifboda olinadi;

Qonun kuchga kirgach,
OAV va rasmiy ish yuritishda yagona alifbodan foydalanish qat’iy belgilanadi
. Shu bilan kirill va lotin yozuvidagi ikki alifbolik masalasiga chek qo‘yish rejalashtirilmoqda;

Qonun rasman e’lon qilinganidan
6 oy o‘tib kuchga kiradi
. Shu vaqtgacha amaldagi alifboda rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishiga to‘sqinlik qilinmaydi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈

September 10, 08:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Administratsiyasi rahbari
Saida Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga
tayinlandi
.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈

September 10, 05:44
Media unavailable
3
Show in Telegram

🇵🇭
Filippinda 134 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan parom yonib ketdi
Hodisa 9-sentyabr kuni Palavan provinsiyasidagi sayyohlik maskani yaqinida yuz bergan. Kechqurun qirg‘oqdan taxminan 2,2 kilometr uzoqlikda June Aster paromida yong‘in
boshlangan
.
Qutqarilganlarning 38 nafari yo‘lovchi, to‘rt nafari esa ekipaj a’zosi hisoblanadi. Kuchli to‘lqinlar sabab parom qirg‘oqdan uzoqlashgan va bu qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilgan.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈

September 10, 03:35
Media unavailable
4
Show in Telegram

Ozod Soliyev: “Bu yerdan inson o‘z tarixini yanada chuqurroq anglagan holda chiqadi”
AQShda faoliyat yuritayotgan
Vatan
Global
Alliance
jamiyati
raisi
Ozod
Soliyev
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari bilan
tanishdi
.
“Men bu markaz haqida avval eshitgan, yangiliklarda ko‘rgan edim. Lekin uning bunday keng qamrovli ekanligini tasavvur ham qilmagan ekanman. Inson bu yerda tariximiz qanchalik boy va chuqur ekanini his qiladi”, — dedi Ozod Soliyev.
Ozod Soliyev markaz nafaqat O‘zbekiston fuqarolari, balki xorijlik mehmonlar uchun ham mamlakatning boy
tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish imkonini beruvchi
muhim ma’rifiy maskan ekanini ta’kidladi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈

September 09, 14:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish
oʻtkazdi
. Unda yangi tizim asosida tashkil etilgan shtablar faoliyati, mavjud imkoniyatlardan foydalanish va joylardagi muammolar muhokama qilindi.

Barcha hududlarda shtablar ish boshladi. Har bir viloyatga iqtisodiy kompleksdan
2 nafardan, jami 28 nafar mas’ul rahbar
biriktirildi;

Ayrim rahbarlar hali ham ishni kabinetdan turib tashkil etayotgani, mahallaga tushib, har bir oila va korxonadagi haqiqiy holatni o‘rganmayotgani tanqid qilindi. Kambag‘allikni qisqartirish faqat ijtimoiy reyestr bilan ishlash emas, oilani
barqaror daromad manbaiga bog‘lash
ekani ta’kidlandi;

Qo‘shko‘pir tumanida
43 million yevroga qurilgan va 1 300 ta ish o‘rniga mo‘ljallangan
to‘qimachilik korxonasi yil boshidan buyon ishlamayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek,
124 ta korxonaning 6 trillion so‘mlik aktivlari
bo‘yicha cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish orqali
10 mingta ish o‘rnini
tiklash mumkinligi qayd etildi;

Davlat banklari balansida
10 trillion so‘mlik 2,5 mingga yaqin mol-mulk
mavjud. Ularni samarali ishga solish orqali
40 mingtagacha ish o‘rnini
tiklash mumkinligi aytildi;

Qishloq tumanlarida ehtiyojmand oila a’zosini ishga olgan korxonalar uchun
1-oktabrdan ijtimoiy soliq stavkasi 2 foiz
etib belgilanadi;

Tadbirkorlarning ijtimoiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ehtiyojmand oila farzandlarini bepul o‘qitishga tayyor loyihalar bo‘yicha davlat yerlarini
1 million so‘m boshlang‘ich narxda
auksionga chiqarish imkoniyati yaratiladi;

Ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazmasdan, savdo va servis faoliyatiga moslashtirishga ruxsat berish taklif qilindi. Bunda
xabardor qilishning o‘zi yetarli
bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda;

Mutasaddilarga bo‘sh turgan bino-inshootlar va yer maydonlarini aniqlab, ularni yangi loyihalarga bog‘lash, gavjum ko‘chalarda tadbirkorlik loyihalarini joylashtirish, turizm hududlarida mehmon uylari va servis shoxobchalarini ko‘paytirish topshirildi;

Eski bog‘lar va qarovsiz yerlarni yangilash, ko‘p qavatli uylar atrofidagi bo‘sh joylardan samarali foydalanish, bolalar va sport maydonchalari hamda yashil hududlar tashkil etish vazifalari belgilandi;

Maktab, texnikum va oliygohlardagi bo‘sh xonalardan darsdan tashqari vaqtlarda yoshlar, ayollar va ishsiz fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitishda foydalanish topshirildi;

Mahalla bilan ishlashni yagona tizimga keltirish, hokimlar, tuman idoralari, “mahalla yettiligi” va banklar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi Bosh vazir o‘rinbosariga yuklatildi. Bundan buyon mahallaga oid masalalar
haftada bir marta yagona yig‘ilishda
muhokama qilinadi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈