
Jahongir Olimov | Rasmiy
Duo bilan sözga çiqqan aqlli va tili burro bolalar Şavkat Mirziyoyevni ham hayron qoldirdi
😀
👉
@xushnudbek
👈
“‘Eslab-eslab’ bir gapiring qani” — Prezident va aktyor Farhod Abdullayev suhbati
Kinematografiya sohasi xodimlari bilan uçraşuvda Farhod Abdullayev prezident Şavkat Mirziyoyevga minnatdorçilik bildirib, farzandlari va nabiralari kelajagidan köngli töqligini aytdi.
“Oçiq aytaman, siz prezident bölganingizdan keyin mening çöntagim pul kördi”, — dedi aktyor davlat rahbariga yuzlanib.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈
🇺🇿
🇪🇬
Özbekistonliklar uçun Misrga kirişning yangi qoidalari 2027-yil martgaça qoldirildi
Avvalroq
1-noyabrdan
Özbekiston fuqarolari Sinay yarimoroli, jumladan,
Şarm-al-Şayxga (Misr) oldindan viza olmasdan kira olmasligi
xabar qilingandi. Safarlar faqat turoperator orqali taşkillaştirilişi şart bölişi, 40 yoşgaça bölgan sayyohlar uçun oila a’zolari hamrohligida sayohat qiliş hamda
yetarli mablağga ega böliş
talabi kiritilişi qayd etilgan öşanda.
Qayd etilişiça,
TIV va Özbekistonning Qohiradagi elçixonasi tomonidan
Misr tomoni bilan töğridan töğri muzokaralar olib borilişi natijasida Özbekiston fuqarolarining uşbu hududga kiriş tartibini qat’iylaştiriş böyiça
avval qabul qilingan qarorni qayta körib çiqiş
yuzasidan
kelişuvga erişilgan
.
Şu tariqa, yangi qoidalar kuçga kirguniga qadar fuqarolar
Misrga amaldagi tartib asosida
sayohat qilişlari mumkin.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈
❗️
Özbekiston kino sanoatida yangi tizim joriy etiladi — eng muhim özgarişlar
Prezident Şavkat Mirziyoyev kinoijodkorlar bilan uçraşuvda milliy kino sanoatini isloh qiliş böyiça qator muhim özgarişlarni e’lon qildi:
▪
Kinematografiya agentligi tugatiladi.
Uning vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkazilib, vazirlik tarkibida Kino san’ati departamenti taşkil etiladi;
▪
“Özbekfilm” davlat muassasasi tugatiladi.
Uning örnida yangi “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi;
▪
Film işlab çiqariş töliq xususiy sektorga ötadi.
Yangi kinokompaniya filmlarni suratga olmaydi, balki loyihalarni tanlaş, moliyalaştiriş, tarğib qiliş va xalqaro bozorlarga olib çiqiş bilan şuğullanadi;
▪
Kinolarni moliyalaştirişda davlat buyurtmasi bekor qilinadi.
Uning örniga ijodkorlarni subsidiya asosida qöllab-quvvatlaş tizimi joriy etiladi;
▪
10 gektar maydonda “Özbekfilm kino şaharçasi” barpo etiladi.
Unda zamonaviy dublyaj va ovozlaştiriş markazi ham böladi. Quriliş 2027-yil mart oyida boşlanadi;
▪
“Kinoşunoslar klubi” taşkil etiladi.
Professional kinotanqidçilik rivojlantiriladi va xalqaro hamkorlik kengaytiriladi;
▪
Kino sohasidagi ikkita uyuşma birlaştiriladi.
Ularning negizida Özbekiston kino sohasi vakillari palatasi taşkil etiladi;
▪
Kino yaratişda sun’iy intellektdan foydalaniş kengaytiriladi.
Bir oy içida maxsus hamkorlik dasturi işlab çiqiladi;
▪
Quyi Çirçiqdagi “Köhinur” sihatgohi kinoijodkorlarga beriladi.
Har yili kamida 300 nafar soha xodimiga bepul sanatoriy yöllanmasi ajratiladi;
▪
“Özbekfilm” yagona milliy kino brendiga aylantiriladi.
Çilonzor köçasining bir qismiga “Özbekfilm” nomini beriş, kino muzeyi, kinosaroy va Milliy kinofondni şu nom ostida birlaştiriş taklif etildi.
Prezidentimiz uçraşuv yakunida uşbu özgarişlarni nazarda tutuvçi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈
❗️
️️️️️️
Kinematografiya agentligi tugatilib, kino sohasida davlat siyosatini yuritiş vakolati Madaniyat vazirligiga ötkaziladi.
Vazirlikda Kino san’ati departamenti taşkil etiladi. Departament rahbarining maqomi vazir örinbosariga tenglaştiriladi.
Şuningdek, “Özbekfilm”ning taşkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi.
Davlat muassasasi tugatilib, zamonaviy biznes modeli asosida işlaydigan yangi “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi.
Prezidentimiz yangi kinokompaniya milliy kino brendini yaratiş va zamonaviy kinoindustriyani rivojlantiriş böyiça tayanç markaz hamda boş operator bölişini ta’kidladi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈
“Mahallada duv–duv gap”, “Ötgan kunlar”, “Şum bola”, “Çinor ostidagi duel”, “Suyunçi”
kabi filmlarning qahramonlari xotiramizda yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir oğiz söz yoki taniş kuy bolaligimiz,
bobo-buvilarimiz va qadrdon mahallamizni köz oldimizda gavdalantiradi.
Prezidentimiz öz davrida siyosiy va mafkuraviy bosimlar qançalik oğir bölmasin,
ijodkorlarimiz ana şunday milliy san’at asarlarini yarata olganini tahsinga sazovor
deb
baholadi
.
“Men bugun lavozimimdan qat’i nazar, xalqdan ajralmagan, qişloqda ösgan odamman. Maktabimni ham, öşa kinozalimizni ham, daraxtda ötirganimizni ham, stadion bölmagani uçun qoronğida oyoğimiz qonab futbol öynaganimizni ham heç qaçon unutmayman”, —
dedi
davlatimiz rahbari.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈
Prezident Şavkat Mirziyoyev “Özbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuv ötkazmoqda.
Davlatimiz rahbari bu dargohda milliy kino tariximiz, bir neça avlod ijodkorlarining mehnati, xalqimizning ekranga köçgan orzulari, intilişlari va armonlari mujassam ekanini ta’kidladi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈
🇺🇿
🇶🇦
Özbekiston Prezidenti Qatar Amiri bilan uçraşuv ötkazdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri
Şayx
Tamim
bin
Hamad
Ol
Soniy
bilan uçraşuv
ötkazdi
.
Suhbat avvalida Özbekiston va Qatar örtasidagi oliy darajadagi faol muloqotlar va tizimli işlar natijasida
aloqalar strategik şeriklik darajasiga kötarilgani
mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Bu kabi yaqin munosabatlar
ikki
tomonlama döstlik hamda hamkorlikni yanada mustahkamlaşi
alohida eʼtirof etildi.
Uçraşuvda oliy darajada erişilgan kelişuvlar ijrosining borişi körib çiqildi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi
loyihalarni yanada kengaytirişga ahdlaşib olindi.
Yetakçilar
global
va
mintaqaviy
ahamiyatga
molik
masalalar yuzasidan ham fikr almaşdi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈
🏦
Özbekistonda islomiy bank faoliyati uçun ilk litsenziya berildi
Regulyator boşqaruvining 2026-yil 23-oktabrdagi 28/1-sonli qaroriga muvofiq,
“Open bank” aksiyadorlik jamiyatiga islomiy bank
faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi 1-I-sonli litsenziya
berildi
.
Mazkur litsenziya Özbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi Qonuni
5¹-moddasida nazarda tutilgan
islomiy moliya operatsiyalarini qamrab oladi.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈
❗️
Markaziy Osiyoning beşta davlatini boğlovçi 5 milliard dollarlik gaz tarmoğini quriş taklif etilmoqda
🇰🇿
Qozoğiston,
🇰🇬
Qirğiziston,
🇹🇯
Tojikiston,
🇹🇲
Turkmaniston va
🇺🇿
Özbekistonni
yagona gaz tarmoğiga birlaştiriş
ğoyasi Toşkentda ötkazilgan ikkinçi Markaziy Osiyo neft-gaz forumida muhokama qilindi. Bu haqda Euronews
xabar berdi
.
Loyihani qozoğistonlik energetika eksperti
Asqar Ismailov
taklif qilgan, uni Jenevadagi
Global Gas Centre notijorat taşkiloti
ilgari surmoqda. Uning hisob-kitobiga köra, 3 ming kilometrdan ortiq gaz quvurlarini quriş va modernizatsiya qiliş uçun taxminan
5 milliard dollar
kerak böladi. Şundan 2 milliard dollari yangi quvurlar qurişga, 3 milliard dollari mavjud infratuzilmani
modernizatsiya va raqamlaştirişga sarflanişi
mumkin.
Tarmoq yiliga
20 milliard kub metrgaça
gaz uzatişi mumkin. Bu, ayniqsa, qiş mavsumida davlatlar örtasida gaz yetkazib berişni yaxşilaşga xizmat qilişi mumkin. Ismailovning sözlariga köra,
“Özbekneftegaz” dastlabki muzokaralardan söng loyihaga qiziqiş bildirgan.
Hozirça loyihani moliyalaştiriş, beş davlat örtasidagi kelişuvlar va quriliş
muddatlari tasdiqlanmagan.
Loyiha qiymati va quvvati uning tarafdorlari bergan taxminiy körsatkiçlardir.
👉
@jahongirolimov_rasmiy
👈