Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Jalilov. Qaydlar

jalilovqaydlar
Fikrlar. Kuzatishlar. Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Subscribers
4 886
24 hours
-2
30 days
74
Post views
1 352
ER
27,67%
Posts (30d)
119
Characters in post
1 169
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 15:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

"Mening yurtim" telekanali "Gapiring"
tok-shousida
maktab direktorlarining taʼlim sifatini taʼminlashdagi oʻrni va yangi vazirlik oldidagi dolzarb vazifalar haqida gaplashdik. Bugun 20:00da.

October 26, 12:43

Истеъмолчилар учун, айниқса камбағал қатламлар учун, шакарнинг қимматлашиши.

October 26, 05:53

Yangi alifbo islohoti haqida kirill yozuvida berilgan topshiriq.

October 25, 18:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Maktabgacha va maktab ta'limi hamda oliy ta'lim va ilm-fanga mas'ul vazirliklarning birlashishi O'zbekiston ta'lim tizimi muammolarini hal qila oladimi?
"Ozodlik" radiosi O'zbek xizmati tahliliy
ko'rsatuvi
shu savolga javob izlaydi.

October 24, 10:49

Bektosh Hatamov xususiy maktablar uchun litsenziya
kerakmi
, degan masalaga fikr bildirib, "haqiqiy, natijaga qaraydigan attestatsiya kerak"
demoqda
. Albatta, xususiy maktab va oliygoh ochgan, xususiy taʼlim ichida yurgan tadbirkor sifatida Bektosh Hatamov litsenziya masalalari bilan bevosita toʻqnashgan, uning qanday ishlashini juda yaxshi biladi. Uning "bir marta ham tekshirilmaydigan dars" fikriga qoʻshilmay iloj yoʻq. Qolaversa,
Konstitutsiyada
ham "maktabgacha taʼlim-tarbiya va umumiy oʻrta taʼlim davlat nazoratida" deyilganda bu nazorat aynan litsenziya shaklida boʻlishi aytilmagan - nazorat boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Shuning uchun ham men
postimda
agar litsenziya tizimi samarali ishlamayotgan boʻlsa, isloh qilinishi, yoki sifat nazoratini taʼminlaydigan muqobil mexanizmlar kiritilishi kerak, dedim. Vazirning
gapida
esa, menimcha, asosiy urgʻu mexanizmni toʻgʻrilashga emas, uni butunlay yoʻqotishga, "bino yongʻin va SES talablariga javob bersa - ishlayversin" degan prinsipga qaratildi. (Agar vazirning iqtibosi kontekstdan uzib olingan boʻlsa, vazir oʻz pozitsiyasi boʻyicha batafsilroq izoh beradi, deb umid qilaman).
Biroq, menimcha, xususiy maktab uchun "kirish"dagi nazorat mexanizmi butunlay olib tashlansa, bir qancha jiddiy savollar ochiq qolishi xavfi ham bor:
1. Attestatsiya jarayoni oʻqituvchining bilim darajasini tekshiradi va majburiy tarzda besh yilda bir marta
oʻtkaziladi
. Xususiy maktablar oʻqituvchilari esa attestatsiyadan oʻz ixtiyori bilan oʻtadi (yaʼni, xohlamasa - oʻtmaydi). Bu jarayon maktabdagi taʼlim sifatini kafolatlay oladimi?
2. Akkreditatsiya jarayoni ham nodavlat maktab ochilganidan besh yil oʻtib
amalga oshiriladi
. Bungacha taʼlim sifati, bolalarni kim, qanday oʻqitayotgani, nima bilimlar berayotgani, taʼlim sifati minimal talablarga javob berishi qanday aniqlanadi? Yoki maktab ochmoqchi boʻlgan tadbirkor maktabga malakali mutaxassislarni jalb qila oladimi, bunday niyati bormi oʻzi - bu qanday nazorat qilinadi? Masalan, "uchar" tadbirkorlar chiqib, yongʻin va SES talablariga javob beradigan binoni ijaraga olib, bolalarni yigʻib, umuman pedagogik kvalifikatsiyasi yoʻq shaxslar bilan nimalarnidir oʻqitib yursa-da, akkreditatsiya payti kelganda biznesni yopib, yoʻq boʻlib qolsa - bolalarning bekor ketgan umri nima boʻladi?
"Bozor oʻzi tozalab oladi" masalasida. Oʻquv markazi va umumiy oʻrta taʼlimni solishtirib, "oʻquv markazlari keysida bozor ishlayapti, xususiy maktablarni ham bozor yoki ota-ona tanlovi tozalab oladi" deyish, menimcha, unchalik toʻgʻri boʻlmagan, xavotirli yondashuv:
1. Oʻquv markaziga bola qisqa muddatga va aniq maqsad bilan boradi. Maktabda bola umrining shaxs sifatida shakllanadigan davri oʻtadi.
2. Ota-ona ta’limni tushunadigan mutaxassis boʻlmasligi mumkin. Chiroyli interyer, xushmuomala ma’muriyat, mazali ovqatlar va hamma kanallardan quyilayotgan balandparvoz marketing bilan ota-onada ancha vaqt davomida sifat illyuziyasini saqlab turish mumkin. Lekin bolada fundamental bilim, koʻnikmalar shakllanmayotgan boʻlishi va ota-ona buni faqat qandaydir tashqi imtihonga to‘qnash kelganda tushunib yetishi mumkin. Unda kech boʻlmaydimi?
3. Maktab - muhit ham. Bolani o‘rgangan muhitidan, doʻstlashgan sinfdoshlaridan ajratish - qiyin tanlov. Shu sababli ota-onalar maktabdan koʻngli toʻlmasa ham, "o‘rganib qoldi", "yo‘li yaqin" deb farzandining maktabini almashtirishga shoshilmasligi mumkin.
4. Bizdagi mentalitet bilan ayrim hollarda "ota-ona tanlab oladi" yondashuvi ham teskari natija berishi mumkin. "Bolamga bu fan kerakmas", "mening qadriyatlarimga toʻgʻri kelmaydi" va boshqa sabab-bahonalar bilan ota-ona maktab dasturidan maʼlum bir fanlarni chiqarib tashlashni yoki mazmunini oʻzgartirishni talab qilsa, maktab "bozor talabi" deb uning yoʻrigʻiga yurishi kerakmi? Maktabda olmagan fundamental bilimni bola qayerda oladi?
5. Taʼlimda, ayniqsa umumiy oʻrta taʼlimda faqat natija emas, jarayon ham muhim. Aynan jarayon orqali bolada akademik boʻlmagan koʻnikmalar, qadriyatlar, dunyoqarash shakllanadi. Agar maktab faoliyatini faqat natija bilan oʻlchasak, bu natija nima? Bitiruvchilarning testdagi natijalari yoki OTMga kirishimi? Agar maktab har qanday testni bir pastda robotday yechadigan, lekin empatiya yoʻq, qadriyatlardan mosuvo avlodni jamiyatga yetishtirib berayotgan boʻlsa, "mana, natija beryapman" deb turib olsa - jamiyat uchun oqibatlari qanday boʻlishi mumkin?
Umumiy oʻrta taʼlim - ijtimoiy neʼmat, jamiyatning kelajagi uchun fundament yaratiladigan soha. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim esa shunchaki biznes emas, juda katta ijtimoiy masʼuliyat. Agar restoran mijozga yoqmasa - mijoz bir marta puliga kuyadi, restoran bitta mijozdan ayriladi. Taʼlimdagi xatodan esa bitta maktab yoki bitta ota-ona jabr koʻrmaydi. Shuning uchun bu sohada "binosi talabga javob bersa, ruxsat" yoki "bozor oʻzi tozalab oladi" yoki "natija muhim" yondashuvlari - xavfli. Bu sohada riskni erta aniqlash mexanizmlari ham, sifatni doimiy nazorat qilish mexanizmlari ham ishlashi kerak, menimcha. Bu mexanizmlar davlatniki ham, nodavlat ham boʻlishi mumkin, eng yaxshi yechim - har ikkalasiniki ham.

October 24, 04:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Jurnalist Shuhrat Shokirjonov
yozmoqda
:
"Jalilov uje haddidan oşyapti.
Buzning tilimiz, alifbomiz ölda-jölda bölib turişini çin dildan istovçi, taşqarisidan özini öta kuyunçak va jonkuyar körsatadigan alohida qalam bor va u şu qatlam vakili, deyişganida unçalik işonmovdim. Endi işonyapman".
Shuhrat aka, til, alifbo oʻlda-joʻlda boʻlishini men xohlayapmanmi, yoki ikkita yozuv standartidan bittasiga oʻta olmay (oʻtishni xohlamay?), alifbodan har kuni foydalanadiganlarning fikri va takliflariga quloq solmay (takliflarni nashrlardan oʻchirtirib), uchinchi standartni qabul qilganlar?

October 23, 18:37

Ta'lim va ilm-fan vazirligiga: ta'lim — faqat bino emas
Daryo.uz
nashrining
yozishicha
, Ta'lim va ilm-fan vaziri nodavlat ta'limni litsenziyalash tartibini bekor qilishga chaqirgan:
"SES, qurilish, ‘pojarniy’ va boshqa tegishli tashkilotlar ko‘rib, ruxsat bergan bo‘lsa, vazirlik nimaning evaziga litsenziya beradi? Ular nimani ko‘rib beradi? Umuman, xususiy bog‘cha va maktab ochishda vazirlikning litsenziya berish masalasini yo‘qotish kerak”,
— dedi Turdimov.
Bu bayonot, nazarimda, oldingi postlarda bildirgan xavotirimni — vazirlik ta'lim deganda faqat binoni, ta'limni boshqarish deganda byurokratik konveyerni tushunishi borasidagi
xavotirlarni
yanada kuchaytiradi. Lekin maktab, bog'cha — bular faqat bolalar ma'lum bir vaqt davomida ushlab turiladigan, xavfsizligi ta'minlansa yetarli bo'lgan bino emas. Ular - ta'lim muassasasi. Ularda malakali o'qituvchilar va tarbiyachilar ishlashi, ta'lim mazmuni va jarayoni davlat belgilagan asosiy talablarga mos bo'lishi kerak. Bu talablarning bajarilishiga ishonch hosil qilish - aynan soha vazirligining (yoki boshqa davlat / nodavlat vakolatli organining) birlamchi vazifasi. Yong'in xavfsizligi yoki sanitariya-epidemiologiya bo'yicha maxsus idoralar faqat binoning jismoniy xavfsizligi va yaroqliligini tekshiradi, ta'limning sifatini emas.
Agar litsenziyalash jarayoni bekor qilinsa va uning o'rniga sifat nazoratini ta'minlaydigan muqobil mexanizmlar (masalan, mustaqil akkreditatsiya organlari, doimiy audit tizimi va hokazo) kiritilmasa, xususiy ta'lim bozorida jiddiy tartibsizlik boshlanish ehtimoli juda katta:
Pedagogik malaka masalasi:
Bolalarga ta'lim berish jarayoniga yetarli kvalifikatsiyaga ega, pedagogikani tushunadigan shaxslar jalb qilinadimi yoki kechagina maktabni bitirgan, fanni biladigan, lekin pedagogika qonuniyatlarini tushunmaydigan shaxslar dars berib ketaveradimi? Hozir ham "menga diplomi muhim emas" deb maktabni bitirgan, pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish uchun kvalifikatsiyasi yoʻq shaxslarni darsga qo'yayotgan maktablar yo'q emas. Agar litsenziya va demakki, uni bekor qilish dastagi olib tashlansa, bunday holatlar odatiy normaga aylanadi.
O'quv dasturlarining yemirilishi:
Maktablar o'ziga yoqmagan, o'qituvchi topa olmagan yoki shunchaki xarajatidan tejamoqchi bo'lgan fanlarini o'quv dasturidan chiqarib tashlamaydimi? Hozir ham ko'p maktablar yuqori sinflarda "o'quv markazi" modeliga o'tib olishgan: faqat OTMga kirish imtihonlari uchun kerakli fanlarni qoldirib, qolganlarini nomiga o'tishadi yoki dars jadvalidan chiqarib tashlashadi. Nazorat butunlay olib tashlansa, bu tendensiya boshqa maktablarga va quyi sinflarga ham yoyiladi.
Mazmun va qadriyatlar:
Litsenziya bitimi nodavlat maktabiga ta'lim mazmuni bo'yicha ham ma'lum mas'uliyat yuklaydi. Bu mas'uliyat bo'lmasa, maktabda kimdir chiqib bolalarga "Yer tekis" deb o'rgatmasligiga yoki boshqa ilmiy asoslanmagan qarashlarni singdirmasligiga kim va qanday kafolat beradi?
Ta'lim muhiti:
Vazirlik ruxsat berishdan oldin ta'lim muhitini — o'qituvchi-o'quvchi nisbati, sinf xonalari sig'imi, laboratoriyalar, kutubxona va sport zali mavjudligini tekshiradi (har qalay, tekshirishi kerak). SES yoki yong'in inspeksiyasida esa bunday pedagogik sharoitlarni baholash salohiyati yo'q.
Aytishingiz mumkin:
"Mana, o'quv markazlarini hech kim litsenziyalamaydi, muammosiz ishlayapti-ku?"
deb. Lekin o'quv markaziga bola nisbatan qisqa muddatga (bir necha oy yoki bir-ikki yil) va aniq bir tor maqsad bilan (imtihonga tayyorlanish, til o'rganish va hokazo) boradi. Inson shaxsiyati, dunyoqarashi va fuqarolik pozitsiyasi esa aynan maktabda shakllanadi.
Qolaversa, o'quv markazlari ma'lum bir huquq beruvchi yuridik hujjat (shahodatnoma, attestat, diplom) bermaydi. Hech qanday litsenziya yoki akkreditatsiya talabidan o'tmagan, faqat binosi yaroqli bo'lgani uchungina ochilgan maktab beradigan attestatni tan olish masalasi nima bo'ladi? O'zbekiston ichida-ku, buyruq / qaror chiqarib tan oldirarmiz, lekin xorijiy OTMlar-chi? Bunday maktab bitiruvchilari ertaga chet elda hech qayerga kira olmay qolib ketmaydimi?
Agar amaldagi litsenziyalash tizimi ortiqcha byurokratiyaga botgan yoki korrupsiyalashgan bo'lsa - uni isloh qilish, korrupsion omillarni yo'qotish va shaffoflashtirish kerak. Yoki taʼlim sifatini kafolaydigan muqobil mexanizmlar taklif qilinishi kerak. Lekin inson shaxsiyati shakllanadigan eng muhim bosqichda "binosi yong'in va SES talablariga javob bersa — bolalarni yig'ib, bilganini qilsin
"
deyish — o'ta katta xavf.
Qolaversa, bu bitta vazirning gapi bilan hal bo'ladigan masala emas. Buning uchun amaldagi
Konstitutsiya
va "Ta'lim to'g'risida"gi
qonunni
o'zgartirish talab etiladi.

October 23, 14:36

Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi Qonunda yangi alifbo 6 oydan so‘ng kuchga kirishi belgilangan. Shu sababli Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan imtihonlarda yangi alifbodan emas, amaldagi alifbodan foydalaniladi.

October 23, 12:25

Izohlarda
yozishmoqda:
"Fikrimcha bu oʻzgarish kerak edi bizga , biz turkiy xalqmiz, bu oʻzgarish turkiy qavm ekanligimizni yanada bayon etdi".
Shunchaki qiziq. Nima asosda "sh - turkiy emas, ş - turkiy" degan xulosaga kelindi? Va nega "turkiy qavm ekanligimizni yanada bayon etmoq" uchun birato'la turk-runiy yozuvga qaytib qo'ya qolmadik?

October 23, 12:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

"Uch alifboli xaosga xush kelibsiz"
rukni
davom etadi.
"Xalq soʻzi"
gazetasi
ham qaysi alifboda yozish yoxud viloyat nomi "Qashqadaryo"mi yoki "Qaşqadaryo" ekanligi borasida hali bir toʻxtamga kelmagan koʻrinadi.