
Jalilov. Qaydlar
Ijtimoiy tarmoqlardan: Alifbo "islohoti"ga oʻziga xos nuqtai nazar.
Инсон мияси матнни дешифрация қилаётганда ҳарфларни битта-битта ўқимайди, балки сўзларни яхлит визуал образлар, яъни гештальтлар сифатида танийди худди тайёр пазлларни йиғгандек. График тизимнинг тинимсиз ўзгариши миядаги тайёр визуал-лексик моделларни (ортографик лексикон) вайрон қилади ва матнни қайта ишлаш тезлигини (cognitive processing speed) кескин пасайтиради. Натижада, бош мия пўстлоғининг префронтал соҳасига тушадиган когнитив юклама (cognitive load) икки бараварга ошади.
RTM telegram kanalida 5-sinf uchun Azamat Ziyo va RTM direktori
o'rinbosari
Saidkomil Xolxo'jayev muallifligidagi (manfaatlar to'qnashuvi? yo'q, eshirmaganmiz) "Tarixdan hikoyalar" darsligining elektron varianti bo'lak-bo'lak qilib joylana
boshladi
. 5-sinflar esa o'quv yilini eski tarix darsligi bilan boshlab olishdi.
Savol: ota-onalar 5-sinfda o'qiyotgan farzandlariga har kuni hamma fanlardan
mashq daftarlarini
chiqarib berish tasvishini qilayotgani yetmaganidek, endi tarix darsligini ham chiqarib berish tashvishini qilishlari kerakmi? Modomiki darslik o'zgargan ekan, nega u o'quvchilar qo'liga berilmagan?
Yuqoridagiga
qoʻshimcha.
Masalan, agar oʻ va gʻ bilan bogʻliq texnik muammoni (bu muammo haqiqatda mavjudligini tushunib turibmiz) texnik yoʻl bilan hal qilishning hech qanday imkoni boʻlmasa, faqat shu ikki harfni vizual jihatdan hozirgi koʻrinishiga yaqin harflarga oʻzgartirib, sh va ch larga tegmaslik
taklifi
ham bor edi. Bu taklif ham hatto muhokama qilib koʻrilgani yoʻq. Sababi - bunday qilinsa - darsliklar va juda koʻp boshqa narsalarni oʻzgartirish zarurati boʻlmas edi (moslik -
compatibility
saqlanib qolardi). Lekin, tushunishimcha, aynan shu
compatibility
saqlanib qolishi kim(lar)gadir kerak emas - soqqa qilishga bahona boʻlmaydi.
Nega menda lotin yozuviga asoslangan alifboni oʻzgartirishni monopolistlar
lobbi
qilyapti, degan qarash (balki ishonch?) bor? Chunki, jurnalist Shuhrat Latipov
yozganidek
, shu paytgacha oʻzgartirishni ilgari surganlar, yoqlaganlar, tasdiqlaganlarning bironta bir ilmiy asoslangan argumentini koʻrmadim:
1. Oʻ va gʻ bilan bogʻliq texnik muammo tushunarli - uni hal qilishning texnik yoʻllari oʻrganildimi? Qaysi yoʻllar koʻrildi va nega ular ish bermadi?
2. Sh va ch - oʻzgartirish tarafdorlari amaldagi lotin yozuvini faol ishlatadiganlar bilan tadqiqot oʻtkazishdimi - bu harf birikmalari ularning oʻqish, yozishiga, oʻzbek tilini qabul qilishiga qanday xalal bermoqda?
3. Amaldagi va yangi alifboda matnni oʻqish, idrok qilish, qoʻlda va texnik qurilmalarda yozish tezligi, samaradorligi tahlil qilindimi? Qaysi yosh guruhlari bilan bunday tadqiqotlar oʻtkazildi va qanday natijalar olindi?
4. Senatda "xushchaqchaq" kabi soʻzlarda sh va ch ketma ket kelishi argument sifatida keltirilibdi. Hozirgi lotinda oʻqiyotgan, yozayotganlardan soʻraldimi: ularga bu kabi soʻzlarda toʻrtta undosh harfning ketma ket kelishi qanday muammo tugʻdiryapti?
(Hurmatli senatorlar, sizlarga bir ilmiy "sir"ni aytay: normal savodi chiqqan insonning miyasi soʻzlarni harflab emas, yaxlit qabul qiladi, shunday ekan, hech qaysi miya "iye, sh ch ketma ket kelibdi" deb oʻylab oʻtirmaydi).
5. Biznes vakillaridan bu oʻtish ularga qanday taʼsir qilishi oʻrganildimi? Masalan, noshir ilmiy-ommabop adabiyotni oʻzbek tilida chiqarmoqchi boʻlsa, qaysi yozuvda chiqaradi? Yangi lotindami? Kim oʻqiydi uni yangi lotinda?
6. Oʻtish "qoʻshimcha xarajatlar"ga sabab boʻlmas emish. Xoʻp, ishondik deylik. Nomoddiy xarajatlar-chi? Hozirgi lotinda savodi chiqqanlarga kognitiv yuklama-chi? Koʻchalardagi, jamoat joylardagi yozuvlar, hujjatlar "yaroqsiz" holatga kelmaguncha ishlatilar ekan, ungacha bir xil soʻzlarning har xil yozilishini qabul qilishga majbur miyaga yuklama va unda oʻzbek tili uchun normal standard shakllanmasligi masalasi-chi, oʻrganildimi?
7. Oʻzbekiston Robinzon orolida yashayotgani yoʻq. Dumli ş va ç larning xalqaro axborot tizimlari tomonidan qanday qabul qilinishi oʻrganildimi?
Savollar koʻp, bularning birontasiga tayinli javob yoʻq. Va boʻlmaydi ham. Faqat "bir tovush - bir harf" va "noqulaylik" degan "yemagan" argumentlar bor.
Endi bu savollarni berish ham befoyda - shu paytgacha berilmagan javoblar endi berilmaydi. Qonun chiqaruvchilarimiz oʻz "missiya"larini bajarib boʻlishdi.
Сенатдан кейин қонунни давлат раҳбари имзолаши керак, балки ҳали ҳам вақт бордир, балки ҳали ҳам соғлом ақл ғолиб бўлар деган умид билан бу сатрларни ёзмоқдаман.
Tabriklayman, tez orada o‘zbek tilida uchta alifbo bo‘ladi
Senat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi o‘sha qonunni
ma’qulladi
. Qonun kuchga kirishi uchun uni prezident imzolashi kerak.
Men bu mavzuda avval ham
yozganman
. O‘zgarishlarga qarshi ekanimning sababi Sh menga prinsipial ravishda yoqib, Ş yoqmasligida emas (garchi Şuxrat unchalik yaxshi ko‘rinmasa ham) yoki hozirgi alifboni ideal deb hisoblashimda ham emas.
Yana takrorlayman: men umuman tilshunos emasman, u yoki bu tovushni qaysi harf aniqroq ifodalashi haqida filologlar bilan bahslashadigan mutaxassisligim yo‘q.
Mening asosiy savolim boshqa:
bu islohotning jamiyat uchun narxi qancha?
Millionlab odamlarning o‘zlari o‘rganib qolgan bir yozuv tizimidan boshqasiga o‘tishining narxi qancha?
O‘zbekiston 30 yildan ko‘proq vaqt oldin kirilldan lotin yozuviga o‘tishni boshlagan. Biz esa bu jarayonni haligacha yakunlamadik. Bugun Senatda ham bu holat amalda
tan olindi
. Kirill yozuvi hanuz hujjat aylanishida qo‘llaniladi, axborot makonining sezilarli qismi ham shu yozuvda ishlaydi.
Ya’ni bizda hozirning o‘zida o‘zbek tilining ikkita yozuv olami mavjud. Badiiy va texnik adabiyotlarning, xorijiy adabiyot tarjimalarining, arxivlar va hujjatlarning ulkan qatlami kirill yozuvida yaratilgan. So‘nggi yillarda hozirgi lotin yozuvida ham xuddi shunday ulkan qatlam shakllandi.
Endi buning ustiga uchinchi variantni yaratmoqdamiz.
«Atigi to‘rtta harf o‘zgaryapti», deb istagancha aytish mumkin. Ammo o‘qish uchun bu katta muammo. Ravon o‘qishni o‘rgangan odam har bir so‘zni harflab o‘qimaydi. Biz tanish so‘zlarni yaxlit, ularning grafik ko‘rinishi orqali taniymiz.
Ammo endi o‘qishdagi odatiy avtomatizmni qaytadan shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha kognitiv yuklama paydo bo‘ladi: yangi yozilishni tanish, unga ko‘nikish, keyin esa u bilan eski matnlarning ulkan massivi o‘rtasida doimiy ravishda almashib turish kerak bo‘ladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi islohot sabab darsliklarga qo‘shimcha xarajat bo‘lmasligini aytmoqda. Ular shunchaki rejali yangilanish davomida yangi alifboga o‘tkaziladi: 1-sinf darsliklari har yili, 2-4-sinflarniki uch yilda bir marta, 5-11-sinflarniki esa besh yilda bir marta yangilanadi. Jarayonni 2031-yilgacha to‘liq yakunlashmoqchi.
Ammo Bektosh Xatamov bu holat bola ko‘zi bilan qanday ko‘rinishini juda yaxshi
tasvirlab berdi
.
Birinchi sinfda u Sh va Ch ni o‘rgandi.
Ikkinchi sinfda eski darslik bo‘yicha o‘qishni davom ettirdi.
Uchinchi sinfga kelganda darslik aynan shu yili yangilandi – unda endi Ş va Ç bor.
To‘rtinchi sinf darsligining almashtirish muddati hali kelmagan – yana Sh va Ch.
Beshinchi sinfda yangi darslik – yana Ş va Ç.
Bosqichma-bosqich almashtirish modelining o‘zi bir maktabning ichida bir alifboning turli variantlaridagi darsliklardan bir vaqtning o‘zida foydalanilishiga imkon beradi. Shu bilan birga, rasmiylar qonun kuchga kirgach, imtihonlar yangi alifboda o‘tkazilishini aytmoqda.
Maktab bolaga bir standartni o‘rgatadi, ammo u o‘nlab yillar davomida to‘plangan bilimlardan foydalanishi uchun baribir eski alifboda ham o‘qishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi.
Xarajat deganda faqat darsliklarni yangilashni tushunmaslik kerak.
O‘qituvchilarni qayta tayyorlash, seminarlar o‘tkazish, metodik qo‘llanmalar chiqarish, test va imtihon materiallarini qayta ishlab chiqish, elektron ta’lim tizimlarini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Klaviaturalar, dasturlar, ma’lumotlar bazalari, lug‘atlar.
Peshlavhalarni, gerbni va uning tasviri tushirilgan buyumlarni yangilash. Hujjat aylanishini qayta tashkil etish.
Bularning barchasi ham pul.
Bundan tashqari, darsliklarga ketadigan xarajatlardan ham kattaroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan tranzaksion xarajatlar bor. O‘qituvchining qayta o‘qishga sarflagan vaqti, bolaning moslashishga sarflagan vaqti, moslashish davrida o‘qish tezligining pasayishi.
Xususiy biznesning ham xarajatlari bor – saytni qayta ishlash, peshlavhani almashtirish, dasturiy ta’minotni yangilash.
Bugun qonun kuchga kirganidan keyin barcha OAVni yagona tasdiqlangan alifboga o‘tishga
majbur qilish
rejalashtirilayotgani ham aytildi. OAVning manfaatlari-chi? Faraz qilaylik, o‘zbek tilidagi bir nashr auditoriyasining sezilarli qismi kirill yozuvida o‘qishga o‘rganib qolgan. Endi nashr kirilldan voz kechishi kerakmi? Unda o‘quvchilarning bir qismi shunchaki uni o‘qimay qo‘yadi.
«Kirill / lotin / yangi lotin» o‘rtasida o‘tish tugmasini qoldirish kerakmi? Unda yana o‘sha uchta variantni olamiz.
Ya’ni hamma narsani birxillashtirishi kerak bo‘lgan islohot o‘tish davrida, aksincha, muhitni yanada ko‘proq parchalab yuboradi.
2026-yilda faqat maktab darsliklarini yangilash uchun
budjetda
qariyb 2 trln so‘m ko‘zda tutilgan. Holbuki, bizdagi muammo darsliklarda yangi harflar yetishmayotganida emas.
Har yili ayrim maktablarda bolalar o‘quv yili boshida zarur kitoblarni ololmagani haqida xabarlar chiqadi (mana,
so‘nggi
videolar
). Ayrim hollarda yanvargacha
elektron nusxalardan foydalanib, sahifalarni mustaqil ravishda printerdan chiqarishga to‘g‘ri kelgan.
Darsliklarni chop etish sohasi monopollashgani sababli (ilgari ularni tender orqali bir nechta bosmaxona yetkazib bergan bo‘lsa, hozir bitta kompaniya nashr etadi) bolalar printerda chiqarilgan kitoblar bilan o‘qishga majbur bo‘lmoqda. Darsliklar esa maktablarning eng katta muammosi ham emas.
So‘nggi yillardagi tadqiqotlarga ko‘ra,
maktablarda normal hojatxonalar, sport zallari, oshxonalar, kompyuterlar
yetishmaydi
. So‘nggi yillarda maktablar kamroq qurilmoqda (statistikani keyinroq alohida ko‘rib chiqaman), shu sabab ko‘plab bolalar hamon bir necha smenada o‘qishga majbur.
Mana,
bugunning o‘zida millionlab bolalarning sog‘lig‘i, qulayligi va ta’lim sifatiga ta’sir qilayotgan muammolar ro‘yxati.
Biz (aniqrog’i tepadagilar) esa harflar bilan shug‘ullanishga qaror qildik.
Men haligacha eng muhim savolga normal javob ko‘rmadim:
bu qaror qaysi tadqiqot asosida qabul qilindi?
Bizga o‘zgarishlar ustida qariyb o‘n yil ishlangani va ilmiy tadqiqotlar hisobga olingani aytilmoqda.
Yaxshi. Ular qayerda? Hech bo‘lmasa bir nechta maktabda o‘tkazilgan
tajriba
qayerda? Bir guruhi hozirgi lotinda, ikkinchi guruhi yangi lotinda o‘qigan bolalar bilan o‘tkazilgan sinov qayerda? O‘qish tezligi bo‘yicha o‘lchovlar qayerda? O‘qilgan matnni tushunish darajasi-chi? Turli yoshdagi bolalarga moslashish uchun qancha vaqt kerak bo‘lgani o‘lchandimi? O‘tish kattalarga qanday ta’sir qiladi? Biznes uchun o‘tishning narxi qancha? Soliq to‘lovchilar uchun-chi?
Qonun qabul qilinishidan oldin jamiyatga bularning birortasi taqdim etilganini ko‘rmadim. Faqat bosqichma-bosqich o‘tish va klaviaturada yozish noqulayligi haqida eshityapman.
Bundan tashqari, qonun loyihasining o‘zi ham to‘laqonli ommaviy jamoatchilik muhokamasidan o‘tmadi. Ovoz berishdan oldin katta ochiq munozara, ishlab chiquvchilar shu savollarga javob beradigan matbuot anjumani ham bo‘lmadi.
Holbuki, bu qaror mamlakatdagi deyarli har bir insonga va kelajakdagi bir necha avlodga taalluqli.
Men avval qaror tepada qabul qilinib, keyin aholiga nega u to‘g‘ri ekani va nega baribir bir kun kelib hamma unga ko‘nikishi tushuntiriladigan yondashuvga qarshiman
. So‘nggi paytlarda deyarli barcha qarorlar aynan shunday qabul qilinmoqda.
Biz 30 yildan ko‘proq vaqt davomida bir alifbodan boshqasiga o‘tishni yakunlay olmadik.
Endi esa uni tugatish o‘rniga bu jarayonni «nollashtirib», hammasini boshidan boshlashga qaror qildik.
@latipovuzb
Yangi alifbo haqida jamoatchilik nima deydi?
Kursiv tarmoqlardagi fikrlarni bir joyga
jamlagan
. Lekin bizning qonun chiqaruvchilarga jamoatchilik fikri qiziqmi?
Ammo alifbo oʻzgarishini soʻragan, qonunni tayyorlagan, qabul qilgan, ma’qullagan, olqishlagan, imzolaganlar! Sizlar koʻproq aybdorsizlar.
Gazeta.uz
yozmoqda
: "O‘zbekistonda 2027−2031-yillar davomida darsliklarni yangi o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Birinchi sinflar yangi darsliklarga boshqalardan oldinroq o‘tadi. MMTV rahbari o‘rinbosari o‘qituvchilar uchun seminarlar tayyorlanayotganini va o‘tish
qo‘shimcha mablag‘ talab qilmasligini
ma’lum qildi".
Ammo-lekin-biroq, har xil sinflarning darsliklari yangilanish muddati
har xil paytda
keladi-ku?
Uning so‘zlariga ko‘ra, darsliklar hozir ham belgilangan davriylik bilan yangilanib borilmoqda: 1-sinflar uchun — har yili, 2−4-sinflar uchun — uch yilda bir marta, 5−11-sinflar uchun — besh yilda bir marta. “2027-yildan boshlab, qonun kuchga kirgach, birinchi sinf uchun darsliklarni har qanday holatda ham yangi alifbodan foydalangan holda chop etamiz”, — dedi vazir o‘rinbosari.
Masalan, 2027 1-sinfga borgan o'quvchiga yangi lotindagi darslik berdik, 2-sinfga o'tganda hali 2-sinf darsliklarining yangilanish muddati kelmagan bo'lsa, unga eski (ya'ni amaldagi) lotin yozuvida yozilgan darslikni beramizmi? Yoki bahonada yangilab olamizmi?
O'zi, uzr-ku, lekin shu "islohot"ning tagida
darsliklar
lobbisi yotmaganiga ishonish juda qiyin bo'lyapti. O', g' ku o'z yo'liga, sh va ch ni almashtirishga hech ham zarurat yo'q edi.