
Janob Musayev | Engineering Life
Salkam bir oy avval Allohga shukular bo'lsinki, shu baxt bilan ham siylandim — Ota bo'ldim! Alloh o'g'il farzand bilan siyladi.
Agar hozir IT qaysi yo'nalishini o'qish haqida maslahat so'ralsa katta ehtimol bilan
kiberxavfsizlik
deb javob bergan bo'lardim. Qachonki bu maslahatni so'rayotgan odamda kuchli matematik va algoritmik bilimlar yoki potensial bo'lsa.
O'zbekiston doirasida ham jahonda ham juda aktual masala.
#recommendation
@Janob_Musayev
Startaplarning 75 foizi (venchur kapitalistlar tomonidan moliyalashtirilgan) ta'sischilarga $0 olib keladi. Yoki,
fail
bo'ladi deylik. Katta exit qiladiganlarning, masalan $100 million+, ulushi 0.4% dan ham kam. Ya'ni, startaplarni, va umuman tadbirkorlik faoliyatini romantizatsiya qilmasdan va faqat tirik qolganlariga (survivorship bias) qarab xulosa qilmasdan, qaysidir ma'noda lotereya sifatida ham ko'rilishi kerak.
Perspektiva uchun demoqchiman.
https://pubs.aeaweb.org/doi/pdfplus/10.1257/aer.100.3.1163
@uzbekonomics
FAANG vs GenZ
yoki qanday qilib AI
asosiy
promoterlari AI startapni "chopgani" haqida
FAANG kompaniyalariga kirish uchun yillab Leetcode yechib tayyorgarlik ko'rish, bu usul shu darajada chirib ketganidan uning orqasidan real loyihada hech narsa eplolmaydigan lekin leetcode masalalarini robotdek yechadigan "zombi" dasturchilar yetishib chiqqani yangilik emas.
Boshqa tomondan g'arbda (ayniqsa Amerikada) GenZ vakillari
"Biz 1980-yillardan qolib ketgan korporatsiya qoidalari bo'yicha o'ynamaymiz"
deb korporatsiyalarga qarshi turli "urushlar" ochayotganini ham eshitgandirsiz.
Ana shunday qarama-qarshiliklardan birida o'tgan yili
21-yoshli
yigitcha va FAANG kompaniyalari o'rtasida bo'lib o'tdi. Asl ismi
Chungin Lee
, Kolumbiya Universiteti "Computer Science" talabasi bo'lgan
Roy
ham mantiqsiz Leetcode masalalaridan zerikib
"F*ck Leetcode"
degan AI startap ishlab chiqdi.
Qisqa tushuntirganda uning loyihasi Leetcode intervyulardan AI yordamida "cheating" qilib o'tib ketishga imkon beradi. Intervyu davomida dasturni ishga tushirasiz, u ekrandan masalani o'qiydi va sizga o'ylash jarayonidan tortib, yechimgacha chiqarib beradi. Dastur oynasi asosiy ekranda uyoqdan-buyoqqa harakatlanib ko'zingiz tabiiy harakatlanishini ham ta'minlaydi.
Eng qizig'i uni judayam rivojlangan onlayn coding platformalar "cheat detector"lari ham sezmaydi. Dastur ishlab turgan dasturlar ro'yxatida paydo bo'lmaydi, taskbarda ko'rinmaydi, xullas judayam zo'r o'ylab chiqilgan.
Roy o'zi yaratgan loyiha yordamida Google, Amazon va boshqa ko'plab FAANG intervyularidan o'tganini ham ijtimoiy tarmoqlarda ulashgan. Shunda AWS (Amazon) va YouTube (Google) uning bu harakati ustidan universitetiga shikoyat qilib, uni universitetdan
xaydalib ketishiga
sabab bo'lishdi.
Albatta, bu narsa uni haqiqiy
internet yulduziga
aylantirdi va ko'pchilik u qilgan ish etik to'g'ri bo'lmasa ham u shu yo'l bilan Leetcode intervyulari qanchalik chirib ketgani, lekin FAANG bu usulga yopishib olganini ko'rsatdi deb chiqishdi.
Eng qizig'i bu harakat bilan FAANG o'zlarining qarashlariga qarshi borib kulgugiga qolishiga ham sabab bo'ldi. Chunki
"We're looking for people who can
disrupt the industries
with
unusual
(AI based)
ideas"
deb bong uradigan kompaniyalar
21 yoshli "tirrancha"
aynan ularning industriyasini
AI startapi
bilan ag'dar-to'ntar qilib yuborganiga chiday olishmadi.
Xullas, mana shunaqa gaplar. Bizdagi GenZ ukalarim, siz ham AI yoki dasturlashni o'rganib
"FAANGda $200k+ oylik bilan mazza qilib ishlab yuraman"
deb emas
"Qiladigan ishlarim ana shunday kompaniyalarni ham qaltiratib yuboradi"
deb marrani katta olib
harakat
qilavering.
P.S: Roy loyihasi haliyam ishlayapti. Faqat biroz zerikarliroq nom ostida:
https://www.interviewcoder.co/
#faang_life
#coding_interviews
#industry_news
@Janob_Musayev
Tahririyatimizga mana bunday maktublar kelmoqda: "Assalomu alaykum. Botir aka yaxshimisiz. VPN yoqib olib ko‘ring, Uzbekistan qilib olib ko‘rdim, har doim o‘xshadi"
15 million fuqaro ma'lumotlari: Xavf ostonadamizmi?
🚨
Bugun tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining 15 millionga yaqin shaxsiy ma'lumotlari sotuvga qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu raqam - shunchaki statistika emas, bu har birimizning xavfsizligimiz masalasi.
Nega bu qo‘rqinchli?
Chunki bu ssenariyni shaxsan o‘zim boshimdan o‘tkazganman. Oldinroq menga begona raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lgandi: go‘shakni ko‘tarishim bilan ism-familiyamni aytib, bittasida juda ishonchli ohangda "kredit rasmiylashtirish jarayoni ketyapti" va keyingisida "telefon raqamingiz muddati tugadi, to‘lov qiling" deb tahdid qilishgan. Ular mening kimligimni bilishardi. Bu — ma'lumotlarimiz qayerdandir sizib chiqqanining yaqqol isboti.
IT mutaxassisi va Software Architect sifatida
shuni ayta olamanki, xavfsizlik - bu shunchaki kuchli parol qo‘yish degani emas. Bu - tizimning poydevori. Afsuski, ko‘p hollarda tezroq natija ko‘rsatish yoki reliz qilish poygasida xavfsizlik masalalari ikkinchi darajaga tushib qoladi. Lekin bugungi voqea isbotlayaptiki, raqamli dunyoda arxitekturada qoldirilgan bitta kichik teshik (vulnerability) butun bir millatning shaxsiy ma'lumotlarini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Sifat va xavfsizlik - bu tanlov emas, bu majburiyat.
2026-yil prognozi: Kiber-hujumlar yili
. Agar bugungi xabar rost bo‘lsa va aholining yarmini ma’lumotlari (pasport, manzil, telefon) g‘arazli niyatli shaxslar qo‘liga tushsa, 2026-yilda "ijtimoiy muhandislik" (social engineering) asosidagi jinoyatlar keskin ko‘payadi. Firibgarlar endi shunchaki "bankdanmiz" deyishmaydi. Ular sizning barcha ma'lumotlaringizni pesh qilib, ishonchingizga kirishadi, qo'rqitishadi va osonlikcha chuv tushirishadi.
Yechim bormi?
Texnik himoyadan tashqari, eng kuchli qurol - bu xalqning savodxonligi. Odamlarga firibgarlarning psixologiyasini, ularning sxemalarini o‘rgatish kerak.
Yaqin qo‘shnimiz Qozog‘iston bu borada juda aqlli yo‘l tutdi: ular o‘tgan yili "Moshenniki" (Firibgarlar) serialini ishlab chiqib, katta muvaffaqiyatga erishdi. Ular quruq ma'ruza o‘qishmadi, balki real voqealar orqali xalqqa xavfni ko‘rsatib berishdi.
Bizning hukumatimizdan ham shunday zamonaviy, kreativ va xalqchil ogohlantirish usullarini kutib qolamiz. Ungacha esa, hushyorlikni yo‘qotmang. Agar kimdir sizning hamma ma'lumotingizni bilib turgan bo‘lsa ham - bu unga ishonish kerak degani emas!
#безопасность
#имхо
#ИТ
@dev_story
Tog'ga qarab ketayotgan pingvin haqida eshitmagan odamlar — sizlar baxtli odamsizlar.
@Janob_Musayev
Algoritmlarni mustahkamlashimda yordam bergan manbalar
Va'da qilganimdek o'tgan yil davomida (aniqrog'i 5-6 oyda) algoritmlar mavzusini mustahkamlashimda yordam bergan manbalarni ulashib o'taman.
0 dan boshlash uchun
Agar dasturlashdan xabaringiz bor bo'lib, aynan algoritmlarni 0 dan boshlab o'rganmoqchi bo'lsangiz
Colt Steele
ning
"The Missing Computer Science and Coding Interview Bootcamp"
kursi menimcha eng yaxshi tanlovlardan. Kurs JavaScriptda ekaniga qaramasdan asos bilimlarni o'rganishingiz uchun ajoyib manba.
Faqat kurs ancha oldin tuzilgan va shu sababli yangi o'xshash kurslar jadvalidan farq qiladi. Masalan, rekursiya haqida ancha erta gapirilgan. LinkedList haqida ancha keyinroq.
Bu kursda Leetcode masalalariga ko'p urg'u berilmagan. Ammo ma'lumotlar tuzilmalari juda chuqur o'rgatilgan.
Tushunchani mustahkamlash va ozroq Leetcode uchun
Scott Barret
ning
"Python Data Structures & Algorithms + LEETCODE Exercises"
kursi agar menga o'xshab oldinroq algoritm va ma'lumotlar tuzilmalarini o'qib hozir yaxshiroq tushunib mustahkamlab olmoqchi bo'lganlar uchun juda zo'r manba.
Kurs aslida 0 dan boshlab o'qimoqchi bo'lganlar uchun ham to'g'ri keladi. Faqat asos mavzular, masalan Big O u darajada chuqur emasdek tuyildi. Keyin rekursiya mavzusiga ancha kechroq to'xtaladi. Albatta bu mening shaxsiy fikrim.
Ajoyib tomoni har bir algoritmni silliq
animatsiyalar
bilan aniq tushuntirib berilgani. Yana agar Python bilan arazlashib qolgan joyingiz bo'lsa kursning
Java
,
JavaScript
va
C++
versiyalari ham bor.
Yo'q PHP versiyasi yo'q afsuski.
Kurs davomida ba'zi Leetcode masalalari ham berib ketilgan lekin intervyu uchun bularning o'zi yetarli bo'lmaydi.
O'rta darajadagi tayyorgarlik
Agar mavzularni bir boshdan takrorlash bilan birga o'rtacha darajadagi Leetcode masalalarini yechib ketmoqchi bo'lsangiz,
DesignGurus
ning
Grokking Data Structures & Algorithms for Coding Interviews
kursi mos kelishi mumkin.
Faqat bu kurs intervyudan bir hafta oldin tezkor takror uchun emas.
2-3 oy
o'tirib astoydil tayyorgarlik ko'rishga. Kursdan keyin intervyularga to'liq tayyor bo'lib qolmaysiz, lekin ancha ishonchingiz ortib o'rtacha darajaga chiqqaningizni his qilasiz.
Kurs kamchiligi ko'p mavzular juda tez gapirib o'tib ketilgani. Bu kursni yuqoridagi 2 ta kursdan biri, ayniqsa Scott Barretniki bilan parallel o'qish juda yaxshi samara berar ekan.
Kurs o'zini alohida sotib olaman desangiz biroz qimmatga tushadi. Agar imkoningiz bo'lsa, DesignGurus
butun umrlik
a'zoligini olib qo'yishni tavsiya qilaman. Qanday qilib ancha arzonga olishni izohlarda yozib qoldiraman.
Yuqori darajadagi tayyorgarlik
Agar "Coding intervyu guru bo'laman. Yorib tashlamoqchiman" desangiz, unda yana o'sha
DesignGurus
ning
"Grokking the Coding Interview: Patterns for Coding Questions"
o'rganib chiqishingiz mumkin.
Faqat buning uchun 5-6 oy vaqtingiz ketadi. Kurs salkam 40 ta bo'lim,
543 ta dars va 617 ta masala
dan tashkil topgan. Ammo juda mashhur va ancha yuqori baholangan. Bu kursdan to'g'ri foydalanib tirik chiqa olsangiz, Leetcoderlar orasidagi
top 1-3%
ichiga kirib ketasiz.
Tezkor takrorlash
Algoritmlarni avval ancha o'qib intervyu oldidan tezkor takrorlash qilmoqchi bo'lsangiz
NeetCode Blind 75
,
Grokking 75: Top Coding Interview Questions
yoki
NeetCode 150
dan foydalanishingiz mumkin.
Bu yerda shunchaki o'sha masalalar yechimini eslab qolish emas, asosiy tushunchalarni takrorlab olish va yangi masalalarni yechishda ulardan namuna sifatida foydalanish mumkin.
O'zbek tilida
O'zbek tilidagi manbalar ichida hozirda Azimjonning
Express Algoritm
kursiga yetadigani bo'lmasa kerak. O'zim o'qib ko'rmagan bo'lsam ham bemalol tavsiya qila olaman. Faqat boshlang'ich darajaga mos keladi deb o'ylamayman.
Qo'shimchasiga o'zim 2019-yilda Mediumda yozgan shu mavzudagi
postlarimni
o'qib ko'ring. Haligacha oyiga 300-500 ta o'qishlar bo'lib turadi.
Agar men eslamagan qaysidir manbani judayam foydali deb bilsangiz izohlarda yozib qoldiring! Yoki shunchaki fikringizni yozishingiz ham mumkin
🙂
#algorithms
#DSA
#coding
#interview_life
@Janob_Musayev
Algoritmlar, olimpiadalar
,
coding intervyulari va men
Algoritmik masalalar, ularga bog'liq olimpiadalar va men o'rtamizda
g'alati munosabat
mavjud. Biz hech juda yaqin bo'lmaganmiz, ularni hech ko'nglimga juda yaqin ko'rmaganman va lekin hech qachon ulardan uzoqlashib ham ketmaganman. Eng kerakli vaqtlarda esa doim ular meni tanlashgan )
TATUda birinchi kursda algoritmlar bo'yicha Sunnat akadan dars olib, kurs davomida kontestlar yechishga majburlangan bo'lsak ham u vaqtda HashMap haqida ham to'liq tasavvurga ega emasdim. Yil o'rtalaridagi Informatika olimpiadasida esa qandaydir tarzda 6 tadan 3 ta masalani yechib tashlaganman. Nazariy testlardan esa eng ko'p ball to'plagandim. Faqat 4-kurslar mendan ko'proq masala yechib olimpiadada
4-o'rinni
olganman. Yonimda o'tirgan hozirda eng yaqin qadrdonlarimdan biri esa 5-o'rinni olgan :)
Uchinchi kursga kelib 2-va 3-kurslar o'rtasidagi olimpiadada men favoritlar orasida top 10 talikda ham emasdim. Birinchi masalani ishlab yubordim o'tib ketdi. Ikkinchisini yubordim o'tib ketdi, uchinchisini ham yuborgandim o'tib ketdi. Qarasam
3-o'rinda
turibman. 4-o'rinda matematika fanidan respublika g'olibi kelyapti. Qolgan masalalarga tishim o'tmasligini bilib oxirgi 40 daqiqada shunchaki nima bo'lishini kutdim. U kun raqobatchim kuni emas ekan oxirgacha 3-o'rinda qoldim va
600,000 so'mga
yaqin (bir oylik 5 stipendiyasi) mukofot yutib oldim. Birinchi o'rinni bir kurs pastdagi olimpiadachi yigit Husayn
7 ta masala
bilan olib ketdi.
To'rtinchi kursda yana universitet Informatika olimpiadasi bo'ldi. Bu safar kontest qismga ulgurmay qolmay deb testni shoshib ishladim. Kontest esa 10 daqiqaga kechikkani sabab bundan afsuslandim. Kontest vaqti esa 1, 2-masalalarni yarim soatga qolmay yechib qo'ydim. Qarasam
1-o'rinda
turibman. Qolgan masalalarga tishim o'tmasligini bilib qolgan 1.5 soatni shunchaki 2-o'rindagi Husayn qachon mendan o'tib ketishini kutib o'tkazdim va bu narsa sodir bo'lmadi. Lekin ertasi kuni bilsam eng oxirgi 5 daqiqada 2-masalani yechgan 2-kurs yigit testdan mendan ko'proq ishlagani uchun 1-o'rinni olib ketibdi
😕
Lekin yuqoridagi olimpiadalar sabab olimpiada "bo'rilari" e'tiboriga tushib qoldim. Sirojiddin aka TUIT #1 guruhiga taklif qildi va u yerda ustozim
Yo'ldosh aka
bilan tanishdim. Birga qatnashgan musobaqada esa 16-o'rinni oldik
🙂
O'sha olimpiada sabab Husayn bilan yaqin do'stlarga aylandik. Keyinroq u meni birga qatnashgani xalqaro
ICPC
olimpiadasi
ga jamoasiga taklif qildi va birga Qozog'istondagi
yarim final
ga borib sayohat qilib keldik. Lekin o'sha vaqtda ham Binary Treeni qanday invert qilishni bilmasdim.
Bundan 1.5 yil oldin esa Leetcodeda
49 ta masala
yechgan va System Designni bir hafta o'qigan holatim bilan Microsoft suhbatlaridan o'tib ketib qoldim.
Postni yozishdan maqsad esa bu borada qanday omadliligimni maqtanish emas. Aksincha, 2025-yilda
algoritmlar mavzusi
ni qayta
chuqurroq o'qishga qaror qildim. Bu mavzu men uchun xuddi har yili
"IELTS olaman"
deb ingliz tilini o'qishni boshlab Pre-Intermediatega kelganda tashlab ketib qoladigan yigit singari edi. O'tgan yili esa va nihoyat
Intermediate
darajasigacha chiqa oldim menimcha. Shu yo'lda
foydali manbalar
ni keyingi postda ulashmoqchiman.
O'zi aslida shunchaki shuni aytmoqchi edim
🙂
#coding
#algo
#DSA
#coding_interview
@Janob_Musayev
Whop'dan $500,000 investitsiya oldik.