
Javlon Jovliyev
Nabijon Boqiyni yoʻqlab keldik. Ustoz Xorazm xoni Asfandiyorxon(1910-1918) haqidagi asari ustida ishlamoqda ekan.
@javlonjovliyev
O’zbek tili bayrami kuni o’zim tug’ilgan Qamashi tumanida Prezident bilan ko’rishdik va unga endi chop etilishi kutilayotgan “Katta qizlar” romanini taqdim qildim.
Prezident hech kutilmaganda yosh kitobxon oila bilan menga ikki xonali uy sovg’a qildilar.
Bu kelajakda yozadigan asarlarimiz uchun katta imkoniyatdir. O’zbek adabiyotini yaxshi asarlar bilan boyitishga harakat qilamiz. Barcha tabriklaganlarga katta rahmat aytaman, yaxshi niyatlaringiz o’zingizga ham hamroh bo’lsin!
Elimizning yaxshi kunlari ko'p bo'lsin,
ilohim!
@javlonjovliyev
Davlatimiz rahbari
“Sultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergashevning
energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanishganini aytdi. Tadbirkorning 2028-yilgacha
yana 30 ming kishini ish bilan ta’minlash
, ayniqsa, ayollar uchun ko‘proq imkoniyat yaratish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Prezidentimiz Nurbek Ergashevga
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish
to‘g‘risidagi farmonga imzo qo‘yganini bildirdi.
Qamashi tumanidagi Chim mahallasida
sulolaviy limonchilik maktabini yaratib, aholi daromadini oshirishga hissa qo‘shayotgan
Abdumannop Xudoyberdiyevga ham “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni
beriladi.
Qashqadaryoda ma’rifatni targ‘ib etayotgan
“Mutolaa” loyihasining bosh muharriri Javlon Jovliyevning
mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek,
“Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘oliblari Baxtishod Rashidov
va
E’zoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovg‘a qilinishi
aytildi.
Davlatimiz rahbari mazkur mukofotlarni shu yerning o‘zida topshirishni taklif etdi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Президент ёзувчи Жавлон Жовлиев ва китобхон оилага Тошкентдан уй совға қилди (видео)
Батафсил
👇
👇
👇
https://qalampir.uz/n/144987
Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY
|
LIVE
|
SPORT
|
TV
|
ENGLISH
Prezident Şavkat Mirziyoyev “Qörqma” romani bilan maşhur bölgan yoş yozuvçi
Javlon Jovliyevning
ijodiy mehnatini alohida e’tirof etib, unga
Toşkent şahridan ikki xonali uy ajratiş
böyiça topşiriq berdi. Javlon Jovliyev suhbatda prezidentga Özbekiston ayollarining 100 yillik keçmişlari haqida hikoya qilingan
“Katta qizlar”
nomli yangi romanini sovğa qildi.
Şuningdek, respublika “Kitobxon oila” tanlovida sovrindor bölgan oilaga ham poytaxtdan ikki xonali uy beriladigan böldi.
“Özingiz bormasangiz ham, u uylar sizniki böladi. Kelajakda farzandlaringiz musofirçilik körmaydi. Ota-onasidan katta sovğa oladi”, — dedi davlatimiz rahbari.
👉
@xushnudbek
👈
“Til bayrami kunida Abdulla Oripovni eslashimiz tabiiy” — Prezident
Prezidentimizning yoshlar va qamashilik faollar bilan samimiy gurungidan ayrim iqtiboslar:
“Mana shu Til bayrami kunini nishonlashimizda Abdulla Oripovni eslashimiz tabiiy, deb o‘ylayman. Men har safar ziyolilar bilan uchrashsam, menga Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Oripov yetishmaydi, deyman”.
“Men ularning uchalasi bilan ham sirdosh bo‘lganman. Erkin Vohidov bilan kunduzi uchrashish mumkin emas edi, kechalari uchrashib, piyoda yurardik. Abdulla Oripov bilan Zomin seminarini tashkil qilganman. Hech kim topshiriq bermagan, sharoit ham, imkoniyat ham yo‘q edi. Vagon qo‘yib, yoshlarni yig‘ardik. Halima Xudoyberdiyeva bilan ham shunday dardkash edik”.
“Hozir shunday zamon keldiki, tilimizga bo‘lgan e’tiborimiz, ehtiromimiz — millatimizga bo‘lgan ehtiromimiz, o‘zligimizga bo‘lgan ehtiromimizdir”.
“Mana, ‘o‘zligimizniki, o‘zimizniki’ degan gaplarni yuzaga chiqardim men. Nimaga desangiz, odamlar unutib yuboryapti-da, bu osmondan tushgan deb o‘ylaydi. Bu osmondan tushgani yo‘q. Chimda shunday sharoitlar bo‘lishi — iqtisodiyot barqarorligidan, yurtda tinchlik borligidan dalolat”.
“Bir paytlar kitob do‘konlari yo‘q edi. Kitob yozishni unutib yuborgan edik, sharoit yo‘q edi. Talab bo‘lgani uchun do‘kon ko‘paydi, kutubxona ko‘paydi. Odamlar kitob o‘qishga shasht bilan kirishdi, ota-bobosidan qolgan merosni tikladi”.
“Ochiq gap, charchagan edim. Sizlarni ko‘rib, charchoqlarim ham chiqib ketdi”.
Uchrashuvning yana bir ta’sirli jihati — yosh ijodkorlar va kitobxon oilalarga ko‘rsatilgan e’tibor bo‘ldi.
Prezident yosh yozuvchi Javlon Jovliyevning ijodiy mehnatini alohida e’tirof etib, unga Toshkent shahridan ikki xonali uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Respublika “Kitobxon oila” tanlovida sovrindor bo‘lgan oilaga ham poytaxtdan ikki xonali uy beriladigan bo‘ldi.
“O‘zingiz bormasangiz ham, u uylar sizniki bo‘ladi. Kelajakda farzandlaringiz musofirchilik ko‘rmaydi. Ota-onasidan katta sovg‘a oladi”.
Prezidentimiz bugun ertalab soat 9:00 da Toshkentdan Qarshiga uchgan edi. Hozir soat 20:00 ga yaqinlashmoqda. Shu vaqt davomida davlatimiz rahbari 10 ta tadbirda ishtirok etdi, turli manzillarda bo‘ldi. Kortej esa hamon yo‘lda.
Bayram bayramdek bölsin!
🇺🇿
Xalqimiz qalbidan çuqur joy olgan
«Qörqma»
romani muallifi Javlon Jovliyev Prezidentimiz tomonidan ikki xonali uy bilan taqdirlandi!
Adabiyotimiz va ijod ahliga körsatilayotgan bunday e’tibor quvonarli, albatta. Yozuvçimizga yangi xonadonda fayz-u baraka, ijodiy parvozlar va yangi asarlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bölsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram