Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Javlon Jovliyev

javlonjovliyev
Assalomu alaykum! Yozuvchi Javlon Jovliyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bizning You tube kanalimizga a‘zo bo‘ling va izohingizni qoldiring! https://youtube.com/channel/UC0MOi-t1EHDAwuYa7Hs2PYw
Подписчики
2 405
24 часа
4
30 дней
-27
Просмотры
429
ER
17,84%
Посты (30д)
88
Символов в посте
645
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 05:46

Javlon Jovliyev
pinned a video

September 10, 05:58
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Millat
teatrida
13-sentyabr
dan premyera
(14 -16 -21-27-sentyabr, 19 : 00)
"Qo'rqma"
spektakli !
Chipta uchun:
https://perfend.com/uz/categories/theatre/events/qorqma
@javlonjovliyev

September 09, 06:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Gohida kitobxonlarning fikrini o'qish ajoyib va qiyin paytda kuch beradi... Rahmat barchasingizga !
❤️
👍

September 09, 02:12

And tell us how you learned to tell a story, and write it?
I made stories up all the time, I had a long walk to school, and during that walk I would generally make up stories. As I got older the stories would be more and more about myself, as a heroine in some situation or other, and it didn’t bother me that the stories were not going to be published to the world immediately, and I don’t know if I even thought about other people knowing them or reading them. It was about the story itself, generally a very satisfying story from my point of view, with the general idea of the little mermaid’s bravery, that she was clever, that she was in general able to make a better world, because she would jump in there, and have magic powers and things like that.
Ҳикоя сўйлашни ва ёзишни қандай ўрганганингиз ҳақида сўзлаб беринг
?
Мен доим ҳикоялар тўқир эдим. Мактабгача бўлган йўлим анча узоқ эди ва шу йўл давомида одатда ҳикоялар ўйлаб топардим. Ёшим улғайгани сари ҳикояларим кўпроқ ўзим ҳақимда, у ёки бир хил вазиятдаги қаҳрамон қиз образида гавдалана бошлади. Ҳикояларимнинг дарҳол дунёга тарқалмаслиги мени безовта қилмасди, ҳатто уларни бошқа одамлар билиши ёки ўқиши ҳақида ўйлаганманми-йўқми, буни ҳам билмайман. Асосийси, ҳикоянинг ўзи эди. Бу, назаримда, жуда мароқли ҳикоя бўлиб, унда сув париси қизнинг жасорати, унинг ақллилиги, ўз сеҳрли кучлари ва бошқа шу каби қобилиятлари билан воқеаларга аралашиб, дунёни яхшироқ маконга айлантира олиши ҳақидаги умумий ғоя акс этарди.
Conversation with
Alice Munro
By Stefan Åsberg, SVT
@javlonjovliyev

September 08, 17:53
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🎉
Bitta kitob oʻqiganga iPhone 17 Pro Max!
🔥
10 kun
davomida
bir dona kitob
o‘qib,
iPhone 17 Pro Max smartfoni
ni qo‘lga kiriting.
“Mutolaa marrasi”
kitobxonlik marafonida
“Chol va dengiz”
asarini
15-25-sentyabr
kunlarida
20 daqiqa
dan o‘qishingiz yetarli!
🎁
Sovg’alar bilan tanishing:
🥇
1-o’rin:
iPhone 17 Pro Max va 1 yillik Mutolaa Premiun;
🥈
2-o’rin:
Planshet va 1 yillik Mutolaa Premiun;
🥉
3-o’rin:
Quloqchin va 1 yillik Mutolaa Premiun;
🏅
4-50-o’rinlar:
1 yillik Mutolaa Premium
• Marra qoʻshilish uchun havola:
https://mutolaa.com/davra/post/474753
Mutolaa ilovasini yuklab oling

September 08, 12:36
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#MutolaadanSo‘ng
#Qo‘rqma #JavlonJovliyev
#Kitobxonlik #BuxoroPMM
🟦
🟦
🟦
🟦
📚
“MUTOLAADAN SO‘NG” RUKNIDA KITOBXONLIK TARG‘IBOTI
📖
Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi
Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Aziza Ortiqova
Buxoro MTRK telekanalining
“Assalom, Buxoro!”
dasturidagi
“Mutolaadan so‘ng”
ruknida ishtirok etdi.
🎤
Mazkur ma’rifiy suhbatda taniqli o‘zbek yozuvchisi
Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma”
asari haqida so‘z yuritilib, unda aks etgan tarixiy voqealar, insoniy kechinmalar, milliy o‘zlik, vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
🟢
Suhbat davomida asarning yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, tarixni anglash, ajdodlar xotirasini qadrlash hamda hayotiy voqealarga teran nigoh bilan qarashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, badiiy asarni shunchaki o‘qish emas, balki uning mazmun-mohiyatini anglash, qahramonlar taqdiri va muallif ilgari surgan g‘oyalar yuzasidan mushohada yuritish muhimligi ta’kidlandi.
📎
Kitob — inson tafakkurini boyitadigan, qalbini tarbiyalaydigan va ma’naviy kamolotga yetaklaydigan bebaho manbadir.
Mutolaa esa insonni fikrlashga, izlanishga va hayotga teran nazar bilan qarashga undaydi.
🎬
Videolavhada
“Mutolaadan so‘ng” ruknidagi mazkur ma’rifiy suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

Bizning sahifalarimiz:
✉️
Telegram
🌐
Web sayt
🗳
Facebook

September 08, 06:27

Sayaka Murata
"Konbini Ningen"
(Do'kon odami) kabi asarlarini yozish jarayonida va hatto nufuzli mukofotlarni olganidan keyin ham oddiy do'konda ishlashni davom ettirgan. Bu unga odamlar bilan aloqani yo'qotmaslik va personajlar uchun real hayotdan ozuqa olish imkonini bergan.
@javlonjovliyev

September 08, 06:23

Ernest Heminguey
o'zining ko'plab asarlarini tik turgan holda yozgani ma'lum. Shuningdek, jarayonni nazorat qilish uchun har kuni nechta so'z yozganini maxsus doskaga qayd etib boradi, bu unga doimiy muvozanatni saqlashga yordam bergan.
@javlonjovliyev

September 07, 13:40

“Nega men bu noma'lum va dahshatli darajada mas’uliyatli holatning butun azob-uqubatlarini boshdan kechirayotgan insonman-a? Nega men, masalan, xonangdagi baxtiyor bir javon emasman? Sen kresloda yoki yozuv stoli yonida o‘tirganingda, divanda yotganingda yoki uxlayotganingda senga tik qarab turadigan o‘sha javon. Nega men javon emasman?”
Frans Kafkaning Milena Yesenskaga yozgan maktubidan.
@javlonjovliyev

September 07, 06:06

Katta romanlar katta mehnat, sabr va vaqt talab qiladi. Barcha yozuvchilar bu sinov yo'llaridan o'ziga xos o'tgan va otadi.
Joanna Rouling:
Mehmonxonaga qochgan.
Katta asarlarning yakuniy qismini yozishda uyidagi shovqinlar, odamlar va chalg'ituvchi omillar ko'payib ketgach, Rouling Edinburgdagi "Balmoral" mehmonxonasidan xona ijaraga olgan. U uydagi mas'uliyatlardan va odamlar e'tiboridan butunlay uzilib, faqat qo'lyozma bilan yolg'iz qolgan.
Lev Tolstoy:
"Qulflangan xona" chegarasida.
Yozuvchi o'z ishxonasiga kirganda qat'iy chegara o'rnatgan. Oila a'zolari va xizmatkorlar u ishlayotgan paytda xonaga kirish, umuman uni bezovta qilish mumkin emasligini qat'iy bilishgan. Odamlarga sizning yozish vaqtingiz daxlsiz ekanligini o'rgatish muhim.
Mayya Anjelou:
Neytral hududda.
Mashhur shoira va yozuvchi uyda umuman ishlamagan. U o'z shahridagi juda oddiy mehmonxona xonasini o'ziga xos "ofis" sifatida ijaraga olgan. Har kuni tonggi 6:30 da u yerga borib, kunduzi 2 gacha yozgan. Xonada faqat lug'at, Injil, karta va asar qoralari bo'lgan.
Stiven King: Eshikni yopib yoz.
Kingning eng mashhur qoidasi: "Eshikni yopib yozing, eshikni ochib tahrir qiling." Yozish jarayoni faqat siz va qog'oz o'rtasida kechishi kerak. Yopiq eshik — bu nafaqat jismoniy, balki psixologik to'siq bo'lib, miyaga "hozir men dunyo uchun yopiqman" degan signalni beradi.
Viktor Yugo: O'zini "qamal" qilgan.
"Parij Notre-Dam ibodatxonasi" romanini yozayotganda Yugo ko'chaga chiqish va odamlar bilan uchrashish vasvasasini yengish uchun butun kiyimlarini xizmatkoriga berib yuborgan. Uyda faqat kulrang ko'rpaga o'ranib yozishga majbur bo'lgan va asarni muddatidan oldin tugatgan.
@javlonjovliyev