Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Jonibek Turapov | Shaxsiy IT blog

jonibek_turapov
Full-stack dasturchilik sohasida faoliyat yuritib kelayotgan Turapov Jonibek Shaxsiy IT blogi. Bu yerda sizlar bilan dasturlashga oid tekin darslar, foydali ma'lumotlarni va o'z tajribamni baham ko'raman insha'Alloh. 👉 @shaxsiy_loyihalar
Subscribers
4 930
24 hours
20
30 days
-110
Post views
594
ER
0,12%
Posts (30d)
18
Characters in post
981
December 06, 08:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oramizda Veb dasturlashni noldan online o‘rganmoqchi, lekin Toshkentga kelish imkoniyati yo'qlar bormidi?
Aynan sizlar uchun
online kurs
tashkil qildim!
Ochiq darsda siz o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga
jonli javob olishingiz
mumkin.
📌
Ochiq dars kunidan bexabar qolmaslik uchun
gruppaga ulanib oling:
@webdasturlash_2025_online

December 05, 07:10
Media unavailable
2
Show in Telegram

O‘zbek dasturchilari yana Yandex Cup finalida
🏆
O‘zbekictonlik ikki kuchli dasturchi —
Nazarbek Boltaboyev
(frontend) va
Akobir Abdug‘aniyev
(backend) xalqaro miqyosdagi yirik dasturlash chempionatlaridan biri —
Yandex Cup 2025
finaliga yo‘l oldi. Final 5–7 dekabr kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tadi va 21 mamlakatdan 196 ishtirokchini bir joyga to‘playdi.
🌐
Yandex Cup allaqachon “giklar olimpiadasi” emas. Bu yerda haqiqiy muhandislik keyslari hal qilinadi: algoritmlar, tez fikrlash, arxitektura. Bu chempionat kim haqiqiy tizimli muhandis ekani va kim gunchaki kod yoza olishini aniq ko‘rsatib beradi.
⚡️
Shu bilan birga, yigitlarning tarixi O‘zbekistonda IT sohasida yangi avlod qanday shakllanayotganining yorqin misoli.
👏
So‘nggi yillarda mamlakatda imkoniyatlar ekotizimi juda o‘sdi: xakatonlar, o‘quv dasturlari, muhandislar jamoalari. Bularning barchasi raqobatni kuchaytiradi va haqiqiy mutaxassislar muhitini yaratadi.
🧠
Yandex Cup — bu mukofot uchun kurash emas. Bu tez fikrlash, muhandislik madaniyati va sog‘lom raqobat haqida. O‘zbek mutaxassislarining muntazam ravishda finalga chiqishi esa bitta oddiy faktni tasdiqlaydi: mintaqa endi o‘sayotgan emas, balki kuchli muhandislarni yetkazib berayotgan markazga aylanmoqda.
Endi navbat Istanbul sahnasiga. Kim tezkor ekani yaqin orada ma’lum bo‘ladi.

November 29, 08:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

3-dars e’lon!
Ertaga siz
JavaScript bilan eng sodda interaktivlik va funksiyalarni
o‘rganasiz:
☑️
Tugma bosilganda javob chiqarish
☑️
Funksiyalar yaratish va chaqirish
☑️
Kodni interaktiv qilish
💡
Kutib turing — 3-dars juda qiziqarli bo‘ladi!

November 29, 08:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

♻️
Null & Undefined — Bo‘sh va belgilanmagan qiymatlar
JavaScript’da
qiymat yo‘q
degan tushunchani ikki xil usulda ifodalashimiz mumkin:
Null
— maxsus “bo‘sh qiymat”
Undefined
— hali qiymat berilmagan
Bu farqni tushunishingiz — xatolarni kamaytirish va kodni tushunarli qilish uchun juda muhim.
1. Null — sun’iy bo‘sh qiymat
let natija = null;
console.log(natija);
Siz bu o‘zgaruvchi hozircha bo‘sh deb belgiladingiz
Natija konsolda:
null
2. Undefined — qiymat berilmagan
let ism;
console.log(ism);
Bu o‘zgaruvchiga hech qanday qiymat berilmagan
Natija:
undefined
Farqini ko‘ramiz
let a = null;
let b;
console.log(a); // null
console.log(b); // undefined
null
➡️
siz qo‘shgan “bo‘sh”
undefined
➡️
JavaScript avtomatik “qiymat berilmadi” deb belgilaydi
Amaliy misol: input tekshirish
let userInput = prompt("Ismingizni kiriting:");
if (userInput === null || userInput === "") {
console.log("Ism kiritilmadi");
} else {
console.log("Salom, " + userInput);
}
prompt
foydalanuvchi
“Cancel”
tugmasini bossagina null qaytaradi
Bo‘sh qoldirilsa, "" (bo‘sh string) qaytaradi
Kichik amaliy mashq
Quyidagi kodni yozib, natijani tekshiring:
let qiymat1 = null;
let qiymat2;
console.log("Qiymat1:", qiymat1);
console.log("Qiymat2:", qiymat2);
Qiymatlarni o‘zgartirib natijalarni kuzating
undefined
va
null
bilan shartlar yaratib ko‘ring
Hozir siz:
⏺️
Null
va
Undefined
farqini
⏺️
Qachon
Null
ishlatilishini
⏺️
Qachon
Undefined
hosil bo‘lishini
⏺️
Shartlarda ularni qanday tekshirishni o‘rgandingiz.

November 26, 16:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

♻️
Boolean — true/false mantiqiy qiymatlar bilan ishlash
Boolean JavaScript’dagi eng kichik, lekin
eng muhim
ma’lumot turi.
U faqat ikki qiymatga ega:
🔵
true
— ha, to‘g‘ri, rost
🔵
false
— yo‘q, noto‘g‘ri, yolg‘on
Devor — bor yoki yo‘q.
Svetofor — yo‘l ochiq yoki yopiq.
Foydalanuvchi — login qilgan yoki qilmagan.
Bularni hammasida boolean ishlaydi.
🔹
Oddiy Boolean qiymatlar
let student = true;
let premium = false;
console.log(student);
console.log(premium);
🔹
Boolean ko‘pincha solishtirish orqali hosil bo‘ladi
console.log(5 > 3); // true
console.log(10 < 2); // false
console.log(4 == 4); // true
console.log(7 != 7); // false
🔹
Katta farq: == va ===
console.log(5 == "5"); // true (faqat qiymatni solishtiradi)
console.log(5 === "5"); // false (qiymat + turini solishtiradi)
❗️
Zamonaviy JS’da har doim
===
ishlatiladi.
🔹
if sharti — boolean bilan ishlaydigan eng asosiy joy
let yosh = 18;
if (yosh >= 18) {
console.log("Kirish mumkin");
} else {
console.log("Kirish taqiqlanadi");
}
// yosh >= 18 — boolean natija beradi.
📌
Kichik amaliy vazifa
Quyidagi kodni yozib ko‘ring:
let bal = 75;
let otdi = bal >= 60; // boolean
console.log("Ball:", bal);
console.log("O‘tdi:", otdi);
✔️
bal qiymatini o‘zgartiring
✔️
>, <, >=, <=, === kabi operatorlarni sinab ko'ring
Hozir siz:
⏺️
true va false qiymatlari
⏺️
Solishtirish operatorlari
⏺️
== va === farqi (qisman ko'rdik, to'liqroq keyingi darslarda to'xtalamiz)
⏺️
if sharti qanday ishlashi (qisman ko'rdik, to'liqroq keyingi darslarda to'xtalamiz)
👉
Keyingi ma'lumot turi: Null & Undefined — Bo‘sh va belgilanmagan qiymatlar.
Davomi keyingi postda...
↘️

November 26, 15:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

♻️
Number — Sonlar bilan ishlash (JavaScriptda eng ko‘p uchraydigan ma’lumot turi)
JavaScript’da barcha sonlar
bitta turga

number
ga kiradi.
Farqi yo‘q: butun son bo‘lsin, o‘nlik bo‘lsin
hammasi number
.
Keling, buni oddiy misollar bilan tushuntiraman
👇
🔹
Number qanday yoziladi?
let yosh = 22;
let ball = 4.5;
// 22 — butun son
// 4.5 — o‘nlik son
// Ikkalasi ham number
🔹
Oddiy arifmetik amallar
JavaScript
kalkulyator
sifatida ham ishlaydi:
let a = 10;
let b = 3;
console.log(a + b); // qo‘shish
console.log(a - b); // ayirish
console.log(a * b); // ko‘paytirish
console.log(a / b); // bo‘lish
☑️
Natija:
13
7
30
3.3333333...
🔹
Qoldiq olish (%) — juda ko‘p ishlatiladi
console.log(10 % 3); // 1
// Yoki toq/juftni aniqlash:
let son = 15;
if (son % 2 === 0) {
console.log("Juft");
} else {
console.log("Toq");
}
🔹
O‘zgartirish: string → number
Ba’zan inputdan kelgan qiymat
string bo‘ladi
. Uni son qilish uchun:
let yosh = "29";
console.log(Number(yosh));
🔹
Math funksiyalari — juda kerak bo‘ladigan qulay yordamchilar
// Math.round() — yaxlitlaydi
console.log(Math.round(4.3)); // 4
console.log(Math.round(4.6)); // 5
// Math.floor() — pastga qarab yaxlitlaydi
console.log(Math.floor(4.9)); // 4
// Math.ceil() — yuqoriga qarab yaxlitlaydi
console.log(Math.ceil(4.1)); // 5
// Math.random() — tasodifiy sonlar chiqaradi
console.log(Math.random());
📌
Kichik amaliy mashq
Quyidagi kodni yozib, natijani o‘zingiz tekshiring:
let a = 8;
let b = 5;
console.log("Yig‘indi:", a + b);
console.log("Ayirma:", a - b);
console.log("Ko‘paytma:", a * b);
console.log("Bo‘linma:", a / b);
console.log("Qoldiq:", a % b);
✔️
a va b ni o‘zgartirib ko‘ring
✔️
Math.round(), Math.ceil(), Math.floor() bilan tajriba qiling
✔️
Math.random() orqali 1–10 orasida son yarating:
console.log(Math.floor(Math.random() * 10) + 1);
Hozir siz:
⏺️
Butun va o‘nlik sonlar
⏺️
Arifmetik amallar
⏺️
Qoldiq olish (%)
⏺️
Math funksiyalari
⏺️
Tasodifiy son yaratish kabi juda ko‘p ishlatiladigan bilimlarni o‘rgandingiz.
👉
Keyingi ma'lumot turi: Boolean —
true/false
mantiqiy qiymatlar bilan ishlash.
Davomi keyingi postda...
↘️

November 26, 15:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

♻️
String — Matnlar (JavaScriptdagi eng ko‘p ishlatiladigan ma’lumot turi)
JavaScript’da yozganingizning katta qismi aslida
matn
bo‘ladi: ism, familiya, xabarlar, input qiymatlari, tugma matnlari, API’dan kelgan ma’lumotlar — hammasi
string
.
Keling, stringni sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman
👇
🔹
String qanday yoziladi?
String har doim
qo‘shtirnoq
yoki
bittirnoq
ichida yoziladi:
let ism = "Jonibek";
let salom = 'Assalomu alaykum';
Ikkalasi ham bir xil ishlaydi.
🔹
Stringni konsolga chiqarish
console.log(ism);
console.log(salom);
☑️
Natija:
Jonibek
Assalomu alaykum
🔹
Stringlarni birlashtirish (Concatenation)
Har kuni ishlatiladigan eng asosiy amaliyot:
let ism = "Jonibek";
let xabar = "Salom, " + ism + "!";
console.log(xabar);
☑️
Natija:
Salom, Ali!
🔹
Template literal — Matn yozishni osonlashtiruvchi usul
(Bu usul ko‘proq zamonaviy loyiha va frameworklarda ishlatiladi)
let ism = "Jonibek";
console.log(`Salom, ${ism}! Bugun dars boshlandi.`);

E’tibor bering:
backtick (
) ishlatiladi.
🔹
String uzunligini aniqlash
let matn = "JavaScript";
console.log(matn.length);
☑️
Natija: 10
Bu keyingi darslarimizda input tekshirishlarda juda kerak bo‘ladi.
📌
Kichik amaliy vazifa
Quyidagi kodni yozing va natijani ko‘ring:
javascript
let ism = "Jonibek";
let familiya = "Turapov";
let toliqIsm = ism + " " + familiya;
console.log("Ismingiz: " + toliqIsm);
console.log("Belgilar soni: " + toliqIsm.length);
✔️
ism va familiyani o‘zgartirib ko‘ring
✔️
Matnlarni qo‘shishni o‘zingiz har xil variantlarda sinang
✔️
Template literal bilan qayta yozib ko‘ring
Hozir siz:
⏺️
String nima ekanini
⏺️
Konsolga chiqarishni
⏺️
Birlashtirishni
⏺️
Uzunligini o‘lchashni o‘rgandingiz.
👉
Keyingi ma'lumot turi: Number — Sonlar bilan ishlash.
Davomi keyingi postda...
↘️

November 26, 15:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

📕
📕
2-dars: Ma’lumot turlari (Data Types) — JavaScriptning poydevori
JavaScript’da hamma narsa
ma’lumot turiga
bog‘liq. Qanday ma’lumot bilan ishlayotganingizni bilsangiz —
xatolar 50% kamayadi, tushunish esa 2 baravar osonlashadi.
😄
Keling, eng ko‘p ishlatiladigan turlarni ko‘rib chiqamiz:
Davomi keyingi postda...
↘️

November 26, 06:03

So‘nggi kunlarda vaqt yetishmagani sababli, rejalashtirilgan
JavaScript darslarini
vaqtida chiqarolmadim.
Yaxshi xabar — bugundan boshlab
marafonni yana davom ettiraman!
Darslar yana ketma-ket, tartibli va sodda tushuntirishlar bilan chiqib boradi.
Agar JavaScript’ni qadam-baqadam o‘rganayotgan bo‘lsangiz, kuzatishda davom eting — oldinda yanada qiziq mavzular kutmoqda.
🔥

November 17, 15:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

♻️
2-qadam: O‘zgaruvchilar bilan tanishamiz JS’ning eng muhim sirlaridan biri — o‘zgaruvchilar! let ism = "Jonibek"; const yosh = 29; console.log(ism); console.log(yosh);
🔹
let → qiymat keyin o‘zgarishi mumkin (Masalan, ismni "Ali" deb o‘zgartirsangiz, console.log…